Hozirgi o‘zbek qissalari
Reja
Hozirgi qissachilikdagi yetakchi tamoyillar.
Janr tarixi haqida ma’lumot.
Qissaning janr mohiyati.
Qissa mavzulari tahlili. Tarixiy, detektiv, fantastik, badiiy-tahliliy, biografik qissalar.
O‘zbek qissalarida qahramon muammosi.
Hozirgi o‘zbek qissalarida yangicha tamoyillar
Adabiyotlar
U. Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. T., Ma’naviyat.2000.
Q. Yo‘ldosh. YOniq so‘z. T., YAngi asr avlodi. 2006.
H. Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. T., YAngi nashr. 2010.
A. Xolmurodov. Qissada badiiy obraz yaratish mahorati. T., Fan. 2006.
A. Xolmurodov. Qissa poetikasi. T., Fan. 2006.
Sanobar To‘laganova. Yil qissalariga bir nazar.// SHarq yulduzi. 2012. 3-son.
Qissa atamasi arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra “hikoyat”, “sarguzasht” demakdir. Terminologik ma’noda esa u yoki bu shaxsning hayoti-faoliyatining muayyan davrini badiiy qayta gavdalantirishga asoslangan epik janrni ifodalaydi. O‘zining janr xususiyatlari bilan qissa, hikoya va roman oralig‘idagi hodisadir. Qissada qahramon hayotining bir bosqichi qalamga olinadi. Roman uchun qahramon vosita, qissa uchun maqsaddir. SHunga ko‘ra qissadagi barcha voqealar qahramon atrofida uyushtiriladi, uning syujeti romanniki kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. hozirgi o‘zbek adabiyotida qissa faol epik janrlardan sanalib, XX asr damomida o‘zbek qissachiligi jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. Bunda, jumladan, janrning yaxshi namunalarini yaratgan G‘.G‘ulom, A.Qahhor, O.YOqubov, P.Qodirov, SH.Xolmirzaev, O‘.Hoshimov, M.Muhammad Do‘st, EA’zamov, X.Sulton kabi adiblarning izlanishlari, ayniqsa, samarali bo‘ldi.
XX asrning 70-80 yillari o‘zbek nasrida qissa janri etakchi mavqeni egalladi. N. Aminov, S. Sityoev, SH. Xolmirzaev, O‘. Hoshimovlar kabi tajribali ijodkorlar qatoridan E. A’zamov, M.M.Do‘st, T. Turod, X.Do‘stmuhammad, X. Sultonov, G‘. Hotamov keyinchalik, A. Sayidov, Bahodir Murod Ali, SH. Bo‘taev kabi iste’dodli ijodkorlar o‘rin oldi. Bu uch avlod zamonaviy o‘zbek qissachiligiga yangi mavzu, yangi qahramon, yangicha talqin va o‘ziga xos konsepsiyalarni olib kirdi.
Mustaqillikdan keyingi yillarda yaratilgan qissalar orasida E. A’zamning “SHoirning to‘yi”, “CHapaklar va chalpaklar mamlakati” qissalari ajralib turadi. “SHoirning to‘yi” qatag‘on qilingan shoir haqida yozilgan asar. Ammo unda aniq bir shoirning nomi tilga olinmaydi. Asarda butun boshli millat, uning shuncha ziyolilari orasidan hech kimga ot qo‘yilmagan. Qissani o‘qish jarayonida kitobxonda qiyofasidan ajralgan, otini yo‘qotgan, bir-birining yuziga qarab yolg‘on gapiradigan, talantli farzandlarini qobiliyatsizlarga qurbon qilib, ularga bo‘ysunadigan ommadan yozg‘irish hissi paydo bo‘ladi. E. A’zamning mahorati shundaki, u o‘qtin-o‘qtin tashqaridan qaraganda hammasi ham qiyofasiz bo‘lgan qahramonlarning har biriga xos jihatlarni g‘oyat ustalik bilan aks ettira olgan.
Adibning “CHapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissasi kechagi kunimizni taftish etishga qaratilganligi jihatidan e’tiborga loyiq. Asarda Buriyo nomli afsonaviy mamlakatning afsonaviy bo‘lmagan hayoti jurnalist Baxtiyor va ikki kishilik delegatsiya rahbari – Erkin obrazlari nigohi orqali aks ettirilgan. Qissada Buriyoning dohiysi Xon Man Men, uning inisi va yordamchisi Xon Men Manning rahbarligida “nurafshon kelajak” sari dadil borayotgan tilsiz-zabonsiz xalq, uning ma’naviyatini parchalash bilan shug‘ullanayotgan qudratli yolg‘onchilik mashinasi – mafkuraning yugurdaklari timsollari hajviy yo‘sinda juda esda qolarli qilib tasvirlangan.
A. Yo‘ldoshevning “Timsohning ko‘z yoshlari” asari bugunning belgilari quyuq aks etganligi bilan ajralib turadi. Qissada ismi tabiatiga o‘xshash Munis timsoli o‘ziga xos chizgilar bilan ishlangan. Qissaning o‘quvchi e’tiborini tortadigan jihati uning yumorga yo‘g‘rilganligidir. Hikoyachining voqelik va personajlarga munosabati hajviy. Ammo asar hajviy yo‘nalishda emas. U kulgi tug‘dirmaydi. Qissa shunday ruhda boshlanib, shunday ohanglarda yakun topadiki, oqibatda, o‘quvchida kulgidan ko‘ra yig‘iga moyillik uyg‘onadi.
Zamonaviy mavzudagi bir necha qissalarda sobiq sho‘ro siyosati, bu siyosatning jamiyat moddiy va ma’naviy asosiga etkazgan ziyoni, mustabit tuzumning illatlari fosh qilinadi. SH. Bo‘taevning “SHo‘rodan qolgan odamlar” nomli qissasi ana shunday asarlar sirasiga kiradi. Asar hayotda nima maqsadda yashayotgani haqida biror marta ham o‘ylab ko‘rmagan kishilarning fojeiy hayoti haqida. Qissada sog‘lom fikr va pokiza tuyg‘ulardan mahrum, faqat buyruqnigina bajaruvchi qo‘g‘irchoqqa aylangan, qamoqdagi o‘z o‘g‘lini oti bilan emas, xizmat talabiga muvofiq “to‘qson oltinchi” deb ataydigan to‘nkamijoz nazoratchi va uning atrofidagi odamlar haqida so‘z boradi.
Bugungi qissachiligimizga nazar tashlaganda birinchi galda undagi mavzu, muammo, shakliy-uslubiy jihatdan rang-baranglik e’tiborni tortadi; ular orasida tarixiy, zamonaviy, ijtimoiy-siyosiy, oilaviy-maishiy, ishqiy mavzulardagi ham an’anaviy romantik, realistik, ham modernistik, ham jidiiy, ham yumoristik, sarguzasht-detektiv yo‘nalishdagi asarlarni kurish mumkin.
XurshidDo‘stmuhammadning “Hijronim meningdir, mening...” qissasi bir qarashda bir qarashda an’anaviy liro- romantik yo‘sinda bitilgan, asar oshiq va ma’shuqaning ko‘ngil rozlarini izhor etuvchi maktub-yozishmalardan iborat. Qissadagi oshiq va ma’shuqalar bir-biriga faqat ezgu tuyg‘ularini izhor etadi, sevgi muloqotlari jarayonida ular xayoli, vujudi, boringki butun hayoti bamisoli nurli, musaffo tuyg‘ular qanotida sayr etadi; bu nafis, musaffo tuyg‘ular ularni insoniy kamolot sari etaklaydi. YOzuvchi qissada shu sehrli holat-vaziyatni, g‘aroyib haqiqatni badiiy kashf etgan.
Qo‘chqor Norqobilning “Kulib tur, azizim” qissasi o‘zbek nasrchiligida o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Asarning jozibasi shundaki, unda urushning jang maydonlarida qoldirgan asoratlaridan ko‘ra ko‘ngilda qoldirgan jarohatlari tasviri etakchilik qiladi. Asarda jang tasvirlari qahramonning ruhiy holatini asoslash, ifodalash uchungina berilgan.
Keyingi yillarda yaratilgan an’anaviy uslubdagi mavzu jihatidan bir-biriga yaqin qissalarga Nilufarning “Beoshyon yaralgan ayol”, A. A’zamning “Hali hayot bor”, A. Ayizovning “Polvon yig‘lagan tun”, E. Xudoyshukurning “Polvonning ori”, J. Ergashevaning “Zulfizar”, A. Namozovning “Notanish”, X. Karimiyning “Hurliqo”, B. Qobulning “Ena shamol”, Oqdala”, “O‘spirinlik” qissalarini kiritish mumkin. Ularni umumiy holda ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-maishiy mavzudagi asarlar desa ham bo‘ladi. A. Abdullaevning “Hazrati Attor”ma’rifiy, F. Salaevning “Uzro” fantastik qissasi ham shu siraga mansub. Noan’anaviy uslubda yozilgan SH. Turdimovning “Mezon” qissasi yuqorida sanalgan qissalardan uslub va bayon usuliga ko‘ra farqlanadi. Qissa janri talablariga ko‘ra o‘lcham olsak, nafaqat qissalar soni ortdi, balki mazmun salmog‘ jihatidan yangilanib, ifoda diapazoni kengaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |