4.Leksikologiya va frazeologiya. Bu bo‘limlarda O‘zbek tilining lug‘at boyligi, uning
rivojlanish qonuniyatlari, lug‘aviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va
tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qo‘llanish xususiyatlari
O‘rganiladi.
5.Leksikografiya. Bu bo‘limda lug‘atchilik, lug‘at tiplari va turlari, lug‘atlarning tuzilish
printsiplari, lug‘at maqolalarining sxemalari, lug‘atlarning amaliy ahamiyati xususida bahs
yuritiladi.
6.Morfemika. Bu bo‘limda so‘z yoki so‘zning grammatik shakllari tarkibidagi ma`noli
qismlar – morfemalar xususida, morfemalarning funktsional-semantik, strukturaviy va pozitsion
tavsifi haqida ma`lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |