Gaplarning tasnifi. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi.
Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Sodda gaplarning yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari.
Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari.
Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Sodda gaplarning grammatik asosga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz (bir sostavli) va egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini.
Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar.
Do'stlaringiz bilan baham: |