Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sodda gap sintaksisi)” fanidan O`quv uslubiy мajmua


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari



Download 4,03 Mb.
bet130/231
Sana11.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#341952
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   231
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sodda gap s

Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi

0-5 ball

Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi

0-5 ball

Jami ball





























































15 – 13 ball – «a’lo».

12 – 10 ball – «yaxshi».

9 – 6 ball – «qoniqarli».

3-ilova


K i r i sh k o n t r u k t s i y a l a r

Kirish tuzilmalar so’zlovchining gapning ayrim bo’laklari yoki butun ifodaga bo’lgan sub’yektiv munosabatini, emotsional tuyg’ularini ifodalaydi: Yolqin akang bundan ham kattaroq bir unvonni ko’zlayapti, chamasi (P.Q.).

Kirish vazifasida so’z turkumidan ajralib chiqib, faqat kirish vazifasida ishlatiladigan so’zlar (masalan, shekilli, albatta, demak, modomiki kabilar), ma’lum so’z turkumidan ajralib chiqmagan, kirish vazifasida ham, gap bo’lagi vazifasida ham qo’llanuvchi so’zlar (qisqasi, rost, aftidan, oxiri kabilar) keladi.

Kirish bo’laklar bir so’zdan iborat bo’lib, ma’lum so’z turkumi bilan bog’lanadi. Shunga ko’ra, kirish bo’laklar quyidagi turlarga bo’linadi:

a) ot tipidagi kirish bo’laklar: chamasi, taajjub, modomiki, odatda, oxiri, nazarimda, baxtimizga, baxtga qarshi, so’ziga ko’ra kabilar.

b) olmosh tipidagi kirish bo’laklar: menimcha, seningcha, uningcha kabilar.

v) sifat tipidagi kirish bo’laklar: so’zsiz, to’g’ri, durust, qisqasi, tabiiy kabilar.

g) son tipidagi kirish bo’laklar: birinchidan, ikkinchidan kabilar.

d) ravish tipidagi kirish bo’laklar: dastlab, oxir, nihoyat, umuman, asosan, aksincha kabilar.

e) fe’l tipidagi kirish bo’laklar: kechirasiz, bundan chiqdiki, anglashiladiki, deyman kabilar

Kirish birikmalar birikma holida bo’lib, ularning tuzilishi quyidagicha:

a) qaratuvchili kirish birikmalar: uning fikricha, buning ustiga, sening nazaringda kabilar.

b) sifatlovchili kirish birikmalar: bir tomondan, shu jumladan kabilar.

v) to’ldiruvchili kirish birikmalar: menga desa, qisqasini aytsam, to’g’risini aytganda kabilar.

g) holli kirish birikmalar: qisqasini aytganda, boshqacha aytganda, ochiq gapirganda kabilar.

d) aniqlovchili va to’ldiruvchili kirish birikmalar: uning so’ziga qaraganda, sening gapingga qaraganda kabilar.

e) aniqlovchi va to’ldiruvchili kirish birikmalar: uning ochiq aytishicha, uning ochiq gapirishicha.

j) aniqlovchi, hol va to’ldiruvchili kirish birikmalar: uning ochiq gapirishiga qaraganda.

Kirish gaplar. Bular gap shaklida bo’ladi: Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o’z ilmidan bahramand qildi (A .Q.).

Kirish tuzilmalar quyidagilarni ifodalaydi:

1) So’zlovchining aytilayotgan fikriga bo’lgan munosabatini bildiradi. Bunga albatta, ehtimol, balki, shubhasiz, haqiqatan, darhaqiqat, baxtimizga, afsus, essiz, so’zsiz, chamasi, shekilli, toleimizga, koshki, baxtga qarshi, muqarrar, ajab, to’g’risini aytganda, ochiq aytganda kabilar kiradi. Bular quyidagi ma’nolarni anglatadi:

a) ishonch yoki tasdiqni (albatta, shubhasiz, so’zsiz, haqiqatan, muqarrar kabilar): Darhaqiqat, bugungi sayr umrbod esda qoladigan bo’ldi (J. A.).

b) gumonni (ehtimol, balki, chamasi, shekilli, aftidan): Ehtimol, kelib qolar (So’zl.).

v) shodlik, mamnunlikni (baxtimizga, toleyimizga, hayriyat, shukur): Xayriyat, bugun havo ochiq bo’ldi.

g) afsus, achinish, taajjubni ( afsus, essiz, nahotki, baxtga qarshi, ajabki): Eh, attang, shuncha mehnat qilsang mehnating ko’kka sovurilsa (Sh.R.).

d) orzu - umidni (koshki, shoyad, koshkiydi): Koshki, akasi Yo’lchi bo’lsa edi (O.).

2) Aytilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi. Bunga menimcha, aytishlaricha, ma’lum bo’lishicha, uning so’ziga qaraganda, uning qayd qilishicha, seningcha, nazarimda, sening gapingga qaraganda kabilar kiradi: Ernazar akaning aytishicha, bu yil saraton juda issiq boshlandi (I. R.).

3) Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Bunga birinchidan, ikkinchidan, avvalo, nihoyat, oxiri kabilar kiradi: Nihoyat, go’zal kunlarning birida zabardast odam bilan qudratli mashina cho’lning qoq o’rtasida uchrashdi (S. N.).

4) Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. Bunga demak, xullas, xulosa qilib aytganda, anglashiladiki, shunday qilib, baribir, binobarin, ko’rinadiki, ochiq qilib aytganda, qisqasi, bir so’z bilan aytganda kabilar kiradi: Shunday qilib, tarixiy shartnomaga qo’l qo’yildi (Ya.).

5) Aytilayotgan fikrning odatda ro’y beruvchi hodisa ekanligini ifodalaydi. Bunga odatda, odat bo’yicha, odatga ko’ra kabilar kiradi: Odat bo’yicha, shovqin solish, atrofdagilarni bezovta qilish, asabiga tegish man qilinadi.

Kirish tuzilmalarning ba’zilari (demak, haqiqatan, darhaqiqat, baxtimizga, to’g’ri kabilar) ko’proq gap boshida, ba’zilari (shekilli) gap oxirida, ko’pchiligi esa gap o’rtasida keladi.


Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish