Savollar
|
Bilaman
|
Bilishni istayman
|
Bilib oldim
|
1
|
Sintaktik birliklarning xususiyatlari
|
|
|
|
2
|
Sintaktik birlik deganda nima tushuniladi?
|
|
|
|
3
|
So‘z birikmasi sintaktik birlik sifatida.
|
|
|
|
4
|
Gap sintaktik birlik sifatida.
|
|
|
|
5
|
Matn sintaksisi haqida gapiring.
|
|
|
|
ilova
2-3-mavzuлар
|
So’z birikmasi
|
Ma’ruza mashgúlotining texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni ______ ta.
|
O’quv mashgúlotining shakli
|
Ma’ruza
|
Ma’ruza mashgúlotining rejasi
|
1. So`z biikmasi sintaktik birlik sifatida.
2. So`z birikmasi va sintagma.
3. Erkin va turg`un birikmalar.
4. So`z birikmasining tuzilishiga ko`ra turlari.
5. So`z birikmasidagi hokim so`zning qaysi so`z turkumiga kirishiga ko`ra turlari.
|
Pedagogik vazifalar:
So’z birikmasi, hokim va tobe so’z, otli va fe’lli birikmalar, so’z birikmasi zanjiri kabilarni o’rganish
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
-so’z birikmasining til tizimida tutgan o’rni haqida bilimini mustahkamlash
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Munozarali ma’ruza, Insert, blits-so’rov
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, proyektor, doska, bo’r.
|
O’qitish shakli
|
Frontal, juftlikda ishlash, guruhiy.
|
O’qitish sharoitlari
|
Jihozlangan auditoriya.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.1. Darsning avvalida talabalarga Ma’ruzaning qisqacha matni va o’quv topshiriqlarini tushuntirish
1.2. Mashg’ulot mavzusini eslatadi va kutilayotgan natijani va darsni olib borish tartibini ma’lum qiladi.
|
1.1. Eshitadilar va Ma’ruza matnini oladilar.
|
2-bosqich.
Bilimlarni faollashtirish
(10 daqiqa)
|
2.1. Jadval va o’z nuqtayi nazaridan sintaksisni ,jumladan ,so’z birikmasining tarkibi , bog’lanish usullari haqida talabalarga ma’lumot beradi (2-ilova)
|
2.1.Topshiriqlarni bajaradi, muammolarni juftlikda muhokama qiladi, savollar- ga javob beradi.
|
3-bosqich
Asosiy
(55 daqiqa)
|
3.1. Ma’ruza matnidan kelib chiqqan holda quyidagi savolga o’z fikrlarini berishni so’raydi:
3.2. So’z birikmasini so’z va gapdan farqi
3.3. So’z birikmasida bog’lovchi vositalar
Savolga javob berishni taklif etadi.
|
3.1.Ma’ruza matnidagi belgilarga e’tibor beradilar
3.2.- Savolga javob beradi- lar. «Insert» jadvalini to’ldiradilar(2-ilova).
3.3. Savolni muhokama qiladilar va javob beradilar.
|
4-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
4.1. «?» belgisi qo’yilgan noaniq qolgan savollarga javob beradi.
4.2. Mavzuga xulosa qiladi va faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi.
4.3. Uyga topshiriq beradi.
|
Eshitadilar
Yozib oladilar
|
1-ilova
Ma’ruza matni
So`z birikmasi sintaktik ta`limotning tarkibiy qismi bo`lib, bunda so`zlarning o`zaro aloqaga kirituvchi vositalar, so`zlarning o`zaro bog`lanish usullari, so`z birikmalari va ularning tillari o`rganiladi. So`zlarning munosabatga kirishi uchun ichki (ma`no) moslik, tashki (grammatik) moslik va ularning uyg`unligi talab qilinadi: chiroyli uy, qorning sovug`i, qalam ushlamoq, vatanni sevmoq kabi.
Bir so`z ikkinchi so`z bilan birikib so`z birikmasi hosil qilishda faqat o`sha birikayotgan so`zlarning qanday so`z turkumiga munosibligigina emas, balki ularning leksik ma`nolariga ham ko`p jixatdan bog`liqdir. Har bir so`z ma`lum semantik guruh bilan bog`langan bo`lib, o`sha guruh so`zlar bilangina birikib so`z birikmasi hosil qiladi. Masalan, o`qimoq fe`li quyidagi semantik guruh so`zlar bilan birikishi mumkin: kitob, gazeta, jurnal.. o`qimoq, maktabda, universitetda.. o`qimoq, qunt Bilan o`qimoq, qishda, yozda.. o`qimoq,tez, sekin.. o`qimoq, ko`p, oz.. o`qimoq, yoddan o`qimoq kabilar.
So`z birikmasi hosil qilish uchun kamida ikkita mustaqil ma`noli so`z bo`lishi, shu so`zlarga grammatik-semantik jihatdan erkin munosabatga kira olish, hosil bo`lgan birikma ochiq qurilmanitashkil etishini, nominativ vazifa ifodalashi kerak.
Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning grammatik-semantik munosabatlardan tashkil topib, bir murakkab tushuncha anglatadigan nominativ xarakterdagi ochiq qurilmalar so`z birikmasi deyiladi.
So`z birikmasi bir so`zning boshqa so`zga qilinishi imkoniyatiga valentligiga tayanadi. So`zni uch xil valentligini ajratish mumkin: sintaktik valentlik, leksik valentlik.
Xokim so`zning grammatik shakli talab etgan valentlik sintaktik valentlik hisoblanadi.
Semantik valentlik so`zlarning so`zlarning bog`lanish imkoniyatidir.
Leksik valentlik bir xil nominativ ma`noga ega bo`lgan so`zlarning boshqa so`zga bog`lanishida tanlash imkoniyatiga ega bo`lishdir.
So`z birikmasi nutq formasi sanaladi. So`z birikmasi gap tarkibiga kiradi. U gapdan tashqarida yashamaydi. So`z birikmalari nominativ xarakterga ega bo`lib, gap tarkibiga ma`lum nominativ vazifani bajarish uchun xizmat qiladi.
So`z birikmasi so`z, qo`shma so`z, sintagma birikma (frazeologizm) va gaplardan farq qiladi.
So`z birikmasi va so`z. So`z va so`z tilda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan birikmalardir. So`z va so`z birikmalari o`rtasida ko`p jihatdan o`xshashlik mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
So`z va so`z birikmasi xam ga ichidagina yashaydilar va shundagina ta ahamiyatiga mlik bo`ladilar.
So`z va so`z birikmasi tilida nominativ vosita sanaladi.
So`zlar kabi so`z birikmalarida ham predikativlik xususiyati yo`q.
So`zlar turnaladilar, tuslanadilar-o`z shakllarini o`zgartiradilar. So`zlarga xos bu xususiyat so`z birikmalarida ham saqlanadi. Qiyoslang: kitobim, kitobing, kitobi. Mening kitobim, sening kitobing, uning kitobi.
So`z birikmalari so`zlar kabi gap tarkibida ajratilgan bo`lak, undalma, kirish bo`lak bo`lib kela oladilar. Masalan: Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudxish motam (Oybek). Sizga bag`ishlanur, o`quvchim, ijodimning eng asl bobi. (Uyg`un). Otaxon, deyman, -uyinga usta ekansizku, -dedi O`rmonjon kulib (A.Qaxxor).
So`z birikmasi va so`z bir-biridan farqli tomonlarga ham egadir. So`z hamma vaqt bir tushuncha bilan bog`langani xolda tilda doim tayyor xolatda mavjud bo`ladi. Chunki so`z til taraqqiyotining muayyan davrida paydo bo`ladi, ma`lum ma`no bilan bog`lanadi vash u tilda ana shu ma`noni ifodalashga xizmat qiladi. So`z birikmalari bunday xususiyatga ega emas, ular tilda tayyor xolatda yashamaydi, hamma vaqt ma`lum bir tushuncha bilan bog`langan bo`lmaydi. So`z birikmasi nutq jarayonida fikr talabiga ko`ra tuziladi. So`z ma`lum til tizimidagi nisbiy mustahkam tovushlar kompleksidan, ayrim xolatlarda yolg`iz bir tovushdan tashkil topadi. So`z birikmalari birdan ortiq so`zlarning birikuvidan tashkil topadi. So`z ma`lum tilda ma`no butunligiga ega bo`lganligi uchun o`sha tilda so`zlovchi v tinglovchilarning hammasi tomonidan bir xilda qabul qilinadi. Shuning uchun ham so`zda bir xillik mavjud.
So`z birikmalarida so`zlardagi kasb emantik butunlik yo`q. So`zlar hamma vaqt ikki ma`no ifodalaydi: leksik ma`no, grammatik ma`no. So`z birikmalarida esa faqat bir ma`no-leksik ma`no mavjud. Ular so`zlar kabi grammatik ma`no ifodalash xususiyatiga ega emas.
So`z morfologik elementlardan (o`zak va affikslardan) tashkil topuvchi il birligidir. So`z birikmalari morfologik elementlardan emas, balki sintaktik elementlardan tashkil topgan.
So`zlar polisemantiklik, omonimlik, xususiyatiga ega. So`z birikmalarida bu xususiyat yo`q, faqat bir aniq ma`nodagina ifodalaydi.
So`z leksik xodisa, so`z birikmasi grammatik xodisa. So`z, so`z birikmasi kabi nominativ vazifa yuajarib, predmet, belgi, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi. So`z birikmasi esa predmet, belgi, ish-harakatni shu xoldagi boshqa predmet, belgi ish-harakatdan ajratib ifodalaydi. Kislang: ko`m-ko`k, ko`m-ko`k dala.
Sўз mavhum ma`noli bo`lib birikmaga kirgach, uning ma`nosi konkretlik tomon siljiydi. So`z tarixiy kategoriya bo`lib til birligi hisoblanadi, so`z birikmasi va nutq jarayonidagina hosil bo`ladi. Shuning uchun ham u nutq birligi hisoblanadi.
So`z birikmalari va qo`shma so`zlar. Qo`shma so`zlar tilda sodda so`zlar kabi vazifalarni bajaradilar, biror tushunchani reallashtirish uchun xizmat qiladilar. lekin tilda qo`shma so`zlarning paydo bo`lishini soda so`zlarning paydo bo`lishi bilan tnglashtirib bo`lmaydi. Qo`shma so`zlarning ko`pchilik va asosiy qismi so`z birikmadaridan yoki so`z birikmalari modeli asosida kelib chiqqan: qo`lqop, belbog`, oqsoqol, karnaygul, gavquvur kabilar.
Qo`shma so`z va so`z birikmalarini quyidagi belgilariga ko`ra fikrlash lozim: 1) so`z birikmalari komponentlari o`rtasida barcha shakliy chegaralar saqlanadi, qo`shma so`z komponentlari o`rtasida esa bu chegaralar yo`qolit ketadi. 2) qo`shma so`zlar bir butunligicha leksik ma`noni ifodalaydilar. So`z birikmalari butunligicha bir yaxlit ma`no bildirsalar ham, lekin uning komponentlari-so`zlarning har biri o`z leksik ma`nolarini saqlaydi. 3) qo`shma so`zlar ham, so`z birikmasi ham tilda nominativ vosita sanaladi. Lekin qo`shma so`z bir soda tushunchani reallashtirsa, so`z birikmasi tarkibiga qiruvchi har bir so`z ma`lum bir tushuncha bilingan tushunchalarni ifodalaydi. 4) qo`shma so`z butunligicha bir so`z turkumiga kiradi. So`z birikmalari butunligicha bir so`z turkumiga qachon munosib bo`lmaydi. 5) qo`shma so`z butunligicha ifodalangan ma`noga ko`ra tasnif qilinadi: qo`shma ot, qo`shma son kabi. So`z birikmalari esa uning asosini, yadrosini tashkil etuvchi bosh so`zning qanday so`z turkumiga mansubligiga ko`ra tasnif qilinadi: otli so`z birikmalari. 6) qo`shma so`zlar butunligicha bir mantiqiy urg`uga ega. So`z birikmalari komponentlarining har biri mantiqiy urg`u olishi mumkin. 7) qo`shma so`z komponentlarining tarkibi qat`iy bo`lib, ular o`rnini almashtirish, boshqa so`z kiritish mumkin emas. So`z birikmalari erkin sintaktik birikmalar bo`lganligi uchun komponenilari o`z o`rnini istagancha o`zgatirishi, ular orasida boshqa so`zlarni kiritish mumkin. 8) qo`shma so`zlar bir tushunchali riallashtiruvchi bir so`z bo`lganligi uchun gapning bir bo`lagi bo`lib kelgan. 9) qo`shma so`zlar bir necha komponetlardan tashkil topishi va ularning ma`nolaridan qat`iy nazar bir ma`no butugnligiga ega. So`z birikmalarida bunday leksik-semantik butunlik yo`q. 10) qo`shma so`zlar barcha so`zlar kabi ikki ma`noga – leksik va grammatik ma`noga ega. So`z birikmalarida bu xususiyat yo`q.
Qo`shma so`zlarning komponetlari o`rtasida grammatik munobabbat yo`q, ular o`z leksik-semantik mustaqilligini yo`qotib, bir bosh urg`u olib, gapda bir semantik vazifani bajaradi. So`z birikmalarining komponentlari o`rtasida grammatik munosabat mavjud, ular leksik-semantik mustaqilligini saqlab, o`z urg`usiga ega bo`ladi, gapda boshqa-boshqa semantik vazifasini bajaradilar.
So`z birikmasi va frazeologizmlar. So`zlarning har qanday nopredikativ bog`lanishi so`z birikmasini hosil qila bermaydi. So`zlarning bog`lanishi erkin bilishi, betakror bo`lishi, ya`ni nutqda tayyor holda olib kirilishi mumkin. Shuning uchun ham so`zlarning bog`lanishi erkin va turg`un bo`ladi.
erkin bog`lanish so`z birikmasini, turgun bog`lanish frazeologmlarni o`z ichiga oladi.
So`z birikmasi nutq nutq jarayonida hosil bo`lib, u nutq birligi, frazeologizmlar yaxlit xolda ko`llanib, til birligi hisoblanadi. Shunday ekan, bog`lanish sintaksisning, turgun bog`lanish frazeologizmning tekshirish ob`ekti sanaladi: oq olma, qizil, daftarni kuymoq; qshl kuymoq, og`zi ochilmoq, yuragini olmoq.
So`z birikmasidagi so`zlar u ma`nosini saqlaydi, turgun birikmasidagi so`zlar esa ko`chgan ma`noda qo`laniladi: ko`p kuymoq-daftarni kuymoq.
So`z birikmalari frazeologizmlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. So`z birikmalari nutq jarayonida ma`lum so`z birikmasi modeli asosida hosil bo`ladi. Shuning uchun ham ular nutq birliklari sanaladi. Frazeologizmlar esa nutq birikmalari sanaladi. Frazeologizmlar esa nutq jarayonigacha tayyor xolda mavjud bo`ladi. U tayyor lug`aviy birlik sifatida nutqqa olib kiriladi.
2. So`z birkmalarida qismlarning semantik aloqa erkin, frazeologizm qismlari o`rtasida aloqa turgun bo`ladi.
3. So`z birikmalari qismlari gap ichida alohida gap bo`laklari bo`lib keladi. Frazeologizm qismlarining grammatik munosabati faqat shu birikma ichida amal qildi. Frazeologizmlar gap ichida bir gap bo`lagi o`rniga keladi.
So`z birikmasi va gap. Gap tuzish modellari, so`z birikmasi modellari kabi, til birligi bo`lib, aniq gap ham nutq kommnikativ kategoriyadir.
So`z birkmasi so`zni, gap esa so`z birkmasini tayyor holda, gapdan tashqaridagi dastlabkixolatda birlashtirmaydi, balki o`zining sintaktik qurilishiga buyisndiradi. Masalan: erta bilan Navoiyning chodiridan boshqa hamma chodirlar yig`ishtirilgan edi. (Oybek) gapi erta bilan yig`ishtirilgan edi; hamma chodirlar; boshqa chodirlar; Navoiyning chodiri; Navoiyning chodirlaridan boshqa kabi so`z birikmalaridan tarkib topgan.
Gap va so`z birikmasi quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
1.Gap- predikativ sintaktik birlik; so`z birikmasi-predikativ bo`lmagan sintaktik birlik.
2.Gap bir komponentli, bir so`zli ham bo`la oladi, so`z birikmasi esa kamida ikki komponentli, ikki so`zli bo`ladi.
Tilda sintaktik birliklarning -gap va so`z birikmalarining abstrakt, umumlashgan modellari bo`ladi.Shu modellar asosida nutqda sintaktik konstruksiyalar hosil qilinadi.
:
O`zbek tilshunosligida so`z birikmalari va gap qoliplari tadqiq etilgan maxsus tadqiqotlar bir talay. (Sayfullayeva R., Аbuzalova М. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida // O’zbek tili va adabiyoti. 1991, 5-son, 42-47 -b.; Nazarova S. Birikmalarda so’zlarning erkin bog’lanish omillari: Filol. fan.nom.diss. avtoref.- Тоshkent, 1997, -21 b.; Аbuzalova М . O’zbek tilida soda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning nutqda voqelanishi: Filol. fan. nom.diss. avtoref.- Тоshkent, 1994, -25 b.)
Gapning ayrim qoliplari: 1)ega+kesim; 2)sifatlovchi (sifatlanmish)+ega+kesim; 3)hol+sifatlovchi+qaratuvchi+sifatlovchi+ega+to`ldiruvchi+hol+kesim: Tunda kichik sharsharaning mayin tovushi bizni ham sekin allalamoqda edi.
Bundan tashqari, har bir gap fikr va his-tuyg`uni ifodalash, muayyan struktura va modelga ega bo`lish, ma'no va grammatik butunlik, predikativlik va nisbiy intonatsion tugallik kabi o`ziga xos xarakterli belgilarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |