fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining kalendar tematik ish rejasi
№
|
Ma’ruza mavzulari
|
Soat
|
I-mavzu (bob) Sintaksis haqida tushuncha
|
I.1.
|
Sintaksis haqida tushuncha. Sintaktik aloqa va munosabatlar.
|
2
|
II-mavzu(bob) So’z birikmasi va gap
|
II.1.
|
So’z birikmasi
|
4
|
II.2.
|
Gap. Gapning semantik strukturasi hamda grammatik shakllanishi
|
2
|
II.3.
|
Gapning intonatsion xususiyatlari hamda predikativlik
|
2
|
II.4.
|
Gaplar tasnifi. Gaplarning kuzatilgan maqsadga, tuzilishi jihatiga ko’ra turlari
|
2
|
II.5.
|
Gaplarning emotsionallik, modallik va tarkibiga ko’ra turlari
|
2
|
III-mavzu: Gap bo’laklari
|
III.1.
|
Gap bo’laklari. Eganing ifodalanishi
|
2
|
III2.
|
Kesimning ifodalanishi
|
2
|
III.3.
|
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari. Aniqlovchi hamda to’ldiruvchi
|
2
|
III.4.
|
Holning ifodalanishi
|
4
|
III.5.
|
Gap bo’laklarining tartibi. To’liq va to’liqsiz gaplar
|
2
|
IV-mavzu: Bir tarkibli gaplar
|
IV.1.
|
Bir tarkibli gaplar
|
2
|
V-mavzu: Murakkablashgan sodda gaplar
|
V.1.
|
Murakkablashgan sodda gaplar. Uyushiq bo’lakli gaplar
|
2
|
V.2.
|
Ajratilgan bo’lakli gaplar,
|
2
|
V.3.
|
Undalmali gaplar
|
2
|
V.4.
|
Kirish va kiritma konstruksiyali gaplar
|
2
|
JAMI 36 soat
|
Laboratoriya mashg`ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular
Sintaksis haqida tushuncha. Asosiy sintaktik birliklar: So‘z birikmasi, gap va matn. Gapda so‘zlarni biriktiruvchi vositalar: formal vositalar, leksik-grammatik vositalar, pozitsion vosita va intonatsion vosita. Tenglanish va tobelanish aloqalarini belgilash So‘zlar orasidagi atributiv, obyektli va relyativ munosabat.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, shaxsga yo’anltirilgan ta’lim.
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4; Q1; Q2; Q9; Q11; Q13; Q14; Q15; 21 Q22; Q27; Q28; Q29; Q30.
So’z birikmasi va gap. So’z birikmasi. So’z birikmasi sintaktik birlik sifatida. So’zlarning atributiv, obyektli va relyativ munosabatda bo’lib, so’z birikmasini tashkil qilishi. Predikativ munosabatning gapni tashkil qilishi.Tobe aloqaning ko’rinishlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv. Moslashuv hokim so’z tobe so’z bilan shaxs va sonda mos bo’lish. Boshqaruvning kelishikli va ko’makchili turlari. Bitishuvda ikki qismning ko’rsatkichlarsiz qo’llanishi.
Gap fikr, tuyg’u va istakni boshqalarga bildirish uchun ishlatiladigan asosiy sintaktik birlik ekanligi. Gapdagi predikativlikni ifodalovchi shakllar tizimi gapning paradigmasi hisoblanishi. Predikativlik. Gap mundarijasining real voqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikasiya hisoblanishi.
Modallik gap mundarijasining voqelikka munosabatini ifodalashi, zamon (aytilayotgan fikrning nutq momentiga bo’lgan munosabati)ni bildirish, shaxs esa harakat bajaruvchisini ko’rsatishi.
Gaplarning tasnifi. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko’ra turlari: darak gap, so’roq gap va buyruq gaplar. Har bir turning o’ziga xos grammatik va intonation xususiyatlari. Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo’shma gaplar. Sodda gaplarning yig’iq gap va yoyiq gap turlari. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko’ra turlari. Gaplarning modallikka ko’ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Sodda gaplarning sostaviga (tarkibiga) ko’ra turlari. Bosh bo’laklarning biri yoki har ikkisi ishtirok etishiga ko’ra bir sostavli va ikki sostavli gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchag yangicha talqini. Kesim sostavisiz gapning mavjud bo’lolmasligi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, shaxsga yo’anltirilgan ta’lim.
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q7; Q12; Q20; Q7; Q8; Q10; Q12; Q14; Q15; Q16; Q15; Q20; Q21; Q27; Q28; Q29; Q30.
Gap bo’laklari. Gap bo’laklarining tasnifi. Bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar.Gap bo’laklari talqiniga yangicha qarash. Bosh bo’laklar. Kesim nutq predmetining belgisini tasdiq yoki inkor yo’li bilan anglatadigan bo’lak ekani. Bog’lama. Fe’l bo’lmagan so’zlar bilan birga kelib, kesimni shakllantirish, predikativlikni ko’rsatish, modallik, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun qo’llanishi. Kesimning ega bilan moslashuvi. Ega harakatini bajaruvchi shaxsning nomi yoki kesim ifodalangan holat yoki belgi qarashli predmet nomini bildirishi. Eganing ifodalanishi.
Ikkinchi darajali bo’laklar. Ularning tasnifi: aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol. Aniqlovchi predmetning sifati, xususiyati miqdori yoki qarashliligi kabi turli belgilarini anglatuvchi bo’lak ekanligi. Aniqlovchining gapda konstruktiv bo’lak bo’la olmasligi. Aniqlovchining ifodalanishi. Birikmali qo’llanishi. Aniqlovchining turlari. Izohlovchi predmetni boshqacha nom bilan atash uchun qo’llanadigan aniqlovchining alohida turi ekanligi. Hol. Kesimga tobe bo’lib, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni bildiradigan ikkinchi darajali bo’lak ekanligi. Holning turli so’z turkumlari bilan ifodalanishi. Holning turlari. Holning birikmali kelishi.
Gap bo’laklarining tartibi. To’liq va to’liqsiz gaplar. Ularning belgilanishi, asosan, bo’laklarning to’la ifodalanishi yoki biror zarur bo’lakning ifodalanmay qolishiga bog’liq ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |