MASHQLAR TO’PLAMI
1. Matnda qo’llangan sintaktik aloqa vositalarini aniqlab, ularni tavsiflang.
NAMUNA: kunni − -ni so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha, tobe aloqaning shakliy ko’rsatkichi, kelishikli boshqaruvni hosil qilishda qo’llangan.
Gulnor uch kunni jahannam azobida o’tkazdi. Onasidan mash'um xabarni eshitgandan boshlab, tinmay yig’ladi, qaynoq ko’z yoshlari bilan yuz-ko’zlarini yuvib, qayg’u alangasida tutaqib yondi, suyaklariga qadar zirqirab og’ridi. Mirzakarimboyga xotin bo’lish uning xayoliga bir lahza kelgan bo’lsa edi.., Gulnor balki bunchalik o’rtanmagan, bunchalik vahimaga, sarosimaga tushmagan bo’lar edi... (Oybek. «Qutlug’ qon»)
2.Matnda qo’llangan so’zlar orasida sintaktik aloqani ta'minlagan morfologik vositalarga tavsif bering.
Mendan ko’pdan-ko’p salom. Sog’man, sog’liqlaringizni tilayman. O’qishga kirganingni eshitib, juda xursand bo’ldim. Kelajakda baxtli bo’lmoqni istagan har bir qiz o’qishi kerak. Mendan so’rasang: imtihonni yaxshi topshirdim. Men ham (maqtanmay) birdan oldin, birdan keyin darsimni olib borayotirman... (G’.G’ulom. "Yodgor")
3.Tobe bog’lanishli birikuvlarni aniqlab, bog’lanish turlarini aniqlang.
NAMUNA: osmono’par binolar – tobe bog’lanishli so’z birikmasi, bitishuv usulida hosil bo’lgan.
Osmono’par binolar, har narsadan mo’tabar, mehnatiga yarasha, qunt bilan o’qish, vodiiy chekkasida, gulu lola, mehnat intizomi, mahalla bolalari, turmushimiz haqida, gullar so’ligan, bir yoqadan bosh chiqarmoq, birma-bir tekshirish, kechagi suhbat, bizning qishloq, yolg’ondan qizarmoq, jo’rttaga chinqirmoq.
4. "O’zbekiston – Vatanim manim!" mavzuida kichik ma'rifiy matn tuzing. Matnda qo’llangan tobe bog’lanishli birikuvlarni aniqlab, bog’lanish turlarini (moslashuv, boshqaruv, bitishuv) belgilang.
5. Tobe bog’lanish turlarini (moslashuv, boshqaruv, bitishuv) aniqlang.
Ortidan kuzatmoq, har narsadan bir chimdim, nihoyatda chiroyli, mehnat zavqi, qorli tog’lar, gulning hidi, birdan chinqirmoq, kotibani chaqirmoq, bizning bog’.
6. So’z birikmalarining tarkibiy qismlari va bog’lovchi vositasini aniqlang.
NAMUNA. O’zicha kulmoq: o’zicha – tobe so’z, ravish bilan ifodalangan; kulmoq – hokim so’z, fe'l bilan ifodalangan. Tobe so’z hokim so’zga tobelik ohangi yordamida bog’langan.
O’zicha kulmoq, tog’ora-tog’ora somsa, ura sadolari, dildan quvnamoq, mish-mish gaplar, o’nning yarmi, juda haybatli, osmono’par bino, olis yo’l, Marg’ilon atlasi.
7. Berilgan so’z birikmalari qismlarining bog’lanish usullarini aniqlang.
NAMUNA. G’irt yolg’on: g’irt – tobe so’z, yolg’on – hokim so’z; tobe so’z hokim so’zga bitishuv usulida bog’langan.
G’irt yolg’on, mehnatiga yarasha haq, o’zicha gapirmoq, ura sadolari, sevinchdan yig’lamoq, bizning bog’, katta qora echki, haybatli samolyot, kengga keng dunyo, haqiqat uchun kurashish.
8. Quyidagi sintaktik qoliplarga muvofiq so’zshakllarini va biriktiruvchi vositalarni tanlab, so’z birikmalarini hosil qiling. So’z birikmalari qismlarining bog’lanish usullarini ko’rsating.
NAMUNA. [ot + fe'l]: asfal't yo’l // asfal't − tobe so’z, yo’l − hokim so’z; tobe so’z hokim so’zga bitishuv usulida bog’langan.
[Ot + ot], [ot + fe'l], [son + ot], [sifat + ot], [fe'l + fe'l], [ravishdosh + fe'l], [ravish + fe'l], [sifatdosh + ot], [ravish + ravish].
9. Quyidаgi so’zshаkllari ishtirokida so’z birikmasi hosil qiling. Hоsil bo’lgаn so’z birikmаsining bоg’lаnish usulini аniqlаng. Тоbе so’zning qаndаy shаkldа qo’llаngаnligigа izоh bеring.
O’qish, o’quvchi, o’qigаn, qiziqish, qiziquvchаn, qiziqаrli, uquvli, uquv, yugurish, yuguruvchi, yugurgаn.
10. Xalq maqollaridan foydalangan holda quyidagi sintaktik qoliplarga muvofiq so’z birikmalarini toping.
[Ot-ning + Oteg.qo’sh.], [Ot-ni + Fe'laniq.m.], [Otb.k + Otb.k ], [Son-ning + Soneg.qo’sh.], [Ravish + Fe'list.m.], [Otko’m. + Fe'lmaqs.m.], [Ot-ga + Fe'lbuyr-ist.m.], [Ot-dan + Soneg.qo’sh.], [Otlashgan so’z-dan + Soneg.qo’sh.].
11. Tobe so’zi qo’shma, juft va takroriy so’zlardan tashkil topgan so’z birikmalarini hosil qiling hamda ularning qurilish qoliplarini belgilang.
NAMUNA. Katta-kichik bolalar - so’z birikmasi, tobe so’z juft so’zdan tashkil topgan. Qurilish qolipi: [Isif.+Iot]
Do'stlaringiz bilan baham: |