Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan “O‘zbek tilida lug‘aviy-sintaktik shakllar” mavzusida yozilgan



Download 433 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana12.05.2020
Hajmi433 Kb.
#50093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
ozbek tilida lugaviy-sintaktik shakllar

“turlanish” deb nomlanar edi

1

.   



70-yillarga  qadar  maktab  darsliklarida  shakl  yasovchi  va  so`z  o`zgartiruvchi 

qo`shimchalar  farqlanmay,  barchasi  so`z  formasi  deb  atalgan  edi.  Ya’ni  so`z 

o`zgarishi  va  shakl  yasalishi  kabi  so`zning  grammatik  shakllarini  ikki  guruhga 

ajratishga  hech  qanday  asos  yo`q  ekanligi  ta’kidlab  kelinadi

2

.  Lekin    oliy  o`quv 



yurtlarida va qator ilmiy tadqiqotlarda shakl yasash va so`z o`zgartirishni farqlash 

50-yillardayoq boshlangan bo`lib, 1965-yil nashr etilgan U.Tursunov, J.Muxtorov, 

Sh.Rahmatullayevlarning  “Hozirgi  o`zbek  adabiy  tili”  qo`llanmasida  zikr 

etilayotgan  grammatik  shakllarga  quyidagicha  ta’rif  beriladi:  “…  affikslar  ma’no 

va  vazifalariga qarab  uch xil bo`ladi: so`z  yasovchilar, forma  yasovchilar va  so`z 

o`zgartiruvchilar”

3

.  Shuningdek,  ushbu  qo`llanmada  forma  yasovchilarga 



quyidagicha  izoh  beriladi:  “So`zning  leksik  ma’nosini  o`zgartirmay,  unga  har  xil 

semantik-grammatik  ottenkalar,  qo`shimcha  ma’nolar  kiritadigan  affiks  forma 

yasovchi affiks deyiladi. Forma yasovchilar yangi so`z yasamaydi, shu bilan birga 

so`zlarning  o`zaro  munosabatini  ko`rsatish  uchun  xizmat  qilmaydi”.  So`z 

o`zgartirish  esa:  “Grammatik  ma’no  ifodalab,  o`zi  qo`shilib  kelgan  so`zning 

boshqa  so`zlar  bilan  munosabatini  bildiradigan  affiks  so`z  o`zgartiruvchi  affiks 

deyiladi. So`z o`zgartiruvchi affikslar turlovchi va tuslovchilarga bo`linadi”,- deb 

ko`rsatiladi.  Shundan  so`ng  o`zbek  tilshunosligida  va  shu  davrda  olib  borilgan 

qator  ishlarda  forma  yasovchi  va  so`z  o`zgartiruvchi  qo`shimchalari  kabi 

                                                 

1

 Mirzaqulov T. Grammatika o`qitishning lingvistik asoslari. – T.: O`qituvchi. 1994.28-bet. 



2

 Nurmonov A. O`zbek tilshunosligi tarixi. –T.: O`zbekiston. 2002. 203-bet. 

3

 Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. “Hozirgi o`zbek adabiy tili” - T.: O`qituvchi. 1965. 5-bet. 




 

14 


tushunchalar  va  ularga  doir  grammatik    ta’riflar  keng  qo`llanila  boshlandi.  70- 

yillardan  keyin  “maktabni  fan  bilan  bog’lash”,  “fan  yangiliklarini  maktabga 

kiritish”  shiori  ostida  ona  tili  ta’limiga  dastlab  so`z  o`zgartiruvchi  qo`shimchalar 

kiritilib,  ular  turlovchi  va  tuslovchilar  bilan  chegaralandi.  Forma  yasovchilar  esa 

sharhlanmadi. 

O`zbek  tilshunosligida  ikki  qismlik  “O`zbek  tili  grammatikasi”ning  1975-

yilda    nashr  etilishi  o`zbek  tili  morfologiyasini  tadqiq  etishdagi  eng  katta  yutuq 

bo`ldi.  Ushbu  akademgrammatika  o`zbek  tilshunosligining  morfologiya  sohasida 

qilingan  jiddiy  tadqiqotlardagi  barcha  yangi  qarashlarni  o`zida  mujassam  etadi. 

Unda  “So`z  yasalishi”  alohida  qayd  etilib,  qo`shimcha,  o`zak  va  uning  tarkibi 

hamda  morfemikaga  oid  barcha  qarashlar  o`z  ifodasini  topdi.  O`zbek 

tilshunosligiga  doir  ushbu  qimmatli  manbada  shakl  hosil  qiluvchi  va  so`z 

o`zgartiruvchi  qo`shimchalar  quyidagicha  umumlashtiriladi:  “Forma  yasovchi 

affikslar  yangi  so`z  hosil  qilmaydi,  ma’noni  keskin  ravishda  boshqa  qilib 

yubormaydi,  balki  har  xil  ottenkalar  orttiradi,  modifikatsiya  qiladi.  Yasovchilar 

leksik  ma’no  bilan  bog’lansa,  ular  grammatik  ma’noga  ega  bo`ladi.  Bular 

kichraytirish, erkalash, chegaralash, kamlik, oshirish, ko`paytirish, gumon, taxmin, 

emotsionallik  kabilarni  bildirish  –  asosiy  ma’noga  shularni  qo`shish  bilan 

xarakterlanadi.  Bular  orttirgan  qo`shimcha  ma’no  yasovchi  darajasidagi  ayrim 

ma’no  emas.  Anglashiladiki,  forma  yasovchilar,  so`z  o`zgartiruvchilardan  ham 

farqlanadi:  leksik  ma’noga  qo`shimcha  ottenka  berish,  sintaktik  xarakterga 


Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish