ikkinchi bir fe’lga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Bu jihati bilan u kelishiklarga
o‘xshab ketadi. Ravishdoshning sintaktik mohiyatini ravishdosh hosil qiluvchi
boshqa shakllar uchun umumiy va mutlaq bo‘lgan «oldingi fe’lni keyingi fe’lga
tobe a’zo sifatida bog‘lash bilan fe’lni nutqqa kiritish» vazifasi, morfologik
o‘zaro o‘zga kategoriyalar tajallilari asosida xilma-xil ma’noviy paradigmatik
munosabatlarda bo‘ladi. Xususan, -gani va -guncha shakllari hokim fe’l ifodalagan
harakatdan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalaydigan ko‘rsatkichlar qatorini hosil
qiladi. Shu bilan birga, ular o‘ziga xos xususiyatlari asosida teng qiymatli ziddiyat
hosil qiladi. Aniqrog‘i, -gani shakli o‘zida mayl kategoriyasi tajallisi kuchliligi
28
hamda bajaruvchining yakkaligi bilan bunga salbiy munosabatda bo‘lgan va o‘zida
zamon kategoriyasi tajallisi kuchli darajada mavjud bo‘lgan -guncha shakliga
qarama-qarshi turadi.
-gach va (-i)b shakllari tobe va hokim fe’llar ifodalagan harakatning
bajaruvchisi bilan o‘zaro zidlanadi. Tobe uzv -(i)b ko‘rsatkichi bilan
shakllanganda, har ikkala fe’l subyektlari bitta bo‘ladi: Salim xatni o‘qib o‘ylanib
qoldi. Tobe o‘zv -gach ko‘rsatkichi bilan shakllanganda tobe va hokim fe’llar
bajaruvchilari bitta ham(Salim xatni o‘qigach, o‘ylanib qoldi), boshqa-boshqa
ham(Salim xatni o‘qigach, halim o‘ylanib qoldi) bo‘lishi mumkin. Ko‘rinadiki,
Salim xatni o‘qib, o‘ylanib qoldi gapida o‘qimoq va o‘ylanmoq fe’llarining
bajaruvchilari boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin emas. -gach shaklida bunga to‘siq
bo‘lish imkoniyati yo‘q.
Bunday ziddiyatli nuqtalarni har bir shakl misolida ko‘plab keltirish mumkin.
Ortiqcha tafsilotlardan tiyilib, ravishdosh shakllari paradigmatik munosabatlarini
yaxlitlik nuqtai nazaridan xulosalashga harakat qilamiz.
«Fe’lni fe’lga bog‘lash» umumiy grammatik ma’nosi ostida birlashgan
shakllar dastavval «boshqaruvchi fe’l ifodalagan harakat paytiga munosabat»
belgisi ostida privativ ziddiyat hosil qiladi. -a / y, -(i)b, -may / masdan, -gancha, -
gali shakllarida paytga munosabat belgilanmagan bo‘lib, u imkoniyat sifatidagina
mavjud bo‘ladi:
Ko‘rinadiki, ravishdosh shakllari bir umumiy belgi (kuchli sintaktik imkoniyat
- “fe’lni fe’lga bog‘lash” belgisi) asosida birlashib, ravishdoshning zotiy
mohiyatiga daxldor bo‘lmagan belgilar asosida turli xil ziddiyatli munosabatlarda
bo‘ladi. Shu bois zotiy mohiyatning parchalanishi asosida emas, balki zotga
daxldor bo‘lmagan xossalar asosida farqlanishi ravishdosh shakllarini yaxlit
morfologik paradigmaga - kategoriyalarga birlashtirish uchun mone’lik qiladi va
barcha shakllarni bitta ravishdoshning qorishiq ma’nolar bilan murakkablashgan
turli ko‘rinishlari sifatida qarashga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: