Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan “O‘zbek tilida lug‘aviy-sintaktik shakllar” mavzusida yozilgan


-§. Lug’aviy-sintaktik shakllar va so`z birikmalarini ajratish muammolari



Download 433 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana12.05.2020
Hajmi433 Kb.
#50093
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ozbek tilida lugaviy-sintaktik shakllar

 

3-§. Lug’aviy-sintaktik shakllar va so`z birikmalarini ajratish muammolari 

 

Dunyoning  barcha  tillarida  fe’l  gap  tarkibida  u  yoki  bu  bo‘lak  vazifasida 

kelishi  uchun  ma’lum  bir  shaklni  qabul  qiladi.  Qizig‘i  shundaki,  fe’lni  gap 

tarkibiga olib kiruvchi bunday shakllarning har biri o‘zining turli atamalariga ega. 

Masalan,  harakat  nomi  -  rus  tilida  fe’lning  noaniq  shakli  -  «infinitiv»,  Yevropa 

tillarida  «gerundiy»,  arabcha  «masdar»,  sifatdosh  -  ruscha  «prichastiye», 

yevropacha  «partitsip»,  arabcha  «ismi  foil»  yoki  «ismi  maf’ul»,  ravishdosh  - 

ruscha  «deyeprichastiye»,  yevropacha  «adverbiyum»,  sof  fe’l  -  ruscha  «fe’lning 

tuslangan  shakli»,  yevropacha  «verbum  finitum»,  arabcha  «fe’l»  kabi  atamalar 

bilan  yuritiladi.  Lekin  bu  to‘rt  turdagi  shakllar  tizimi  (o‘zbek  tilida)  o‘zining 

maxsus atamasiga ega emas.  

Rus tilshunosligida bu sira fe’lning funksional formalari degan noaniq atama 

bilan  birlashtiriladi  va  o‘zbek  tilshunosligiga  ham  bu  kalka  asosida  kirib  keladi. 

Atamaning  noaniqligi  va  kategoriyaning  nomi  bo‘la  olmasligi  haqida  ko‘pgina 

tilshunoslar  fikr  bildirganlar.  Ammo  bu  kategoriya  uchun  umumiy  bir  leksemali 

qulay 


atamani 

kamdan-kam 

tadqiqotchilar 

taklif 


etganlar. 

Jumladan, 




 

26 


I.I.Smirnitskiy  bu  tizim  uchun  «kategoriya  reprezentatsii»  atamasini  qo‘llaydi. 

Turkiyshunoslikda  ham  bu  atama  H.Ne’matov  tomonidan  ma’qul  deb  topildi. 

O‘zbek  tilshunosligida  mazkur  kategoriya  uchun  birmuncha  munosib  nom 

B.Mengliyev  tomonidan  taklif  etildi.  Tadqiqotchi  bu  sirani  «fe’lning  o‘zgalovchi 

kategoriyasi» deb nomladi. Ammo bu atamaning ham qulay va noqulay tomonlari 

bor.  Qulayligi  shundaki,  u  bir  so‘zdan  iborat  bo‘lib,  fe’lning  boshqa  turkum 

so‘zlariga  yaqinlashishiga  ishora  qiladi.  Noqulayligi  esa  fe’lni  o‘zgalash,  ya’ni 

fe’lni  fe’ldan  uzoqlashtirish  ma’nosining  anglashilib  turishidadir.  Harakat  nomi, 

ravishdosh,  sifatdosh  va  tuslangan  fe’llar  yaxlit  bir  turkumga  birlashadigan 

fe’lning turli shakllari bo‘lganligi sababli, masalan, harakat nomi yoki sifatdoshni 

«fe’ldan  o‘zgalandi»  deb  aytib  bo‘lmaydi.  Bu  shakllarning  barchasi  fe’l  turkumi 

doirasida  qoladi,  ya’ni  boshqa  turkum  so‘zlariga  o‘tmaydi  -  o‘zgalanmaydi.  Shu 

bois o‘zgalovchi atamasini ham qo‘llash fanda unchalik o‘zini oqlamaydi.  

Umumiy  o‘rta  ta’limning  Davlat  ta’lim  standartida  bu  hodisaga  nisbatan  - 

fe’lning  vazifa  shakllari  atamasi  qo‘llandi.  Vazifa  shakllari  atamasi  fe’lning  bu 

bo‘limida  tahlil  etilayotgan  tasniflovchi  (ya’ni,  bu  faqat  fe’l  turkumiga  oid 

so‘zlarga  aloqador),  vazifaviy  (fe’lga  gap  tarkibida  ma’lum  bir  mavqe,  vazifa 

bag‘ishlovchi)  va  lug‘aviy  shakl  hosil  qiluvchi  (fe’lning  lug‘aviy  ma’nosiga 

ma’lum  darajada  ta’sir  etuvchi)  shakllar  sirasiga  nisbatan  qo‘llanishi  fe’lning  bu 

shakllar  sirasini  yaxlit  bir  kategoriyaga  birlashtirish  va  shu  kategoriyaga  mansub 

shakllarni  alohida  bir  paradigmaga  tizish  imkoniyatini  beradi.  Mantiq,  aniqrog‘i, 

so‘z va tushuncha orasidagi murakkab mutanosiblikdan ma’lumki, tushuncha so‘z 

qobig‘ida shakllantirilmasa, u yaxlitlik kasb etmaydi. 

Fe’lning  vazifa  shaklari  harakat  nomi,  sifatdosh,  ravishdoshlar  va  fe’lning 

kesimlik shakllari kabi a’zolardan iborat bo‘lib, fe’lni nutqqa  - gap tarkibiga olib 

kiradi. Fe’l nutqda voqelanish uchun bu kategoriya shakllaridan biriga ega bo‘lishi 

shart  va  zarur.  Kategoriyaning  yaxlitligi  faqat  mana  shu  leksik-funksional 

xususiyat  bilan  belgilanadi.  Fe’lning  vazifa  shakllari  (tur  kategoriyasi  ham  deb 

yuritiladi)  dan  birini  qabul  qilmasdan  turib  fe’l  kommunikatsiya  jarayonida 

voqelana  olmaydi.  Lekin  paradigma  unsurlarining  har  biri  mohiyatan  xilma-xil 




 

27 


tabiatga  ega.  Shuning  uchun  ularning  hammasi  o‘ziga  xos  ichki  paradigma  hosil 

qiladi. Bu paradigmalar yuqorida ko‘rsatilgan leksik-funksional kategorial belgini 

umumiylik  sifatida  saqlagan  holda  alohida-alohida, har  bir  a’zo  uchun  tilda  zarur 

deb  sanalgan  belgilar  asosida  quriladi.  Tur  kategoriyasining  bir  unsuri  -  fe’l 

kesimlik  shakli  -  kesimlik  kategoriyasi  tomonidan  qamrab  olinganligi  sababli, 

ularning ichki paradigmasi kesimlik kategoriyasi paradigmasi ostida ko‘riladi.  

   Harakat  nomi,  sifatdosh  va  ravishdoshlarning  xilma-xil  shakllari  tur 

kategoriyasining  alohida  ko‘rinishi  sifatida  qaralish-qaralmasligi  hozirga  qadar 

fanimizda bahsga sabab bo‘lib kelmoqda. Mazkur shakllar tur kategoriyasi uchun 

kategorial  bo‘lgan  ma’no  asosida  farqlansa(ya’ni  fe’lni  fe’lga  bog‘lash  vazifasi  - 

o‘timli  fe’lni  o‘timli  fe’lga,  o‘timli  fe’lni  o‘timsiz  fe’lga,  o‘timsiz  fe’lni  o‘timli 

fe’lga bog‘lash, fe’lning bir ma’noviy guruhini ikkinchi turdagi fe’l bilan bog‘lash 

kabilarda  hususiylashsa),  bunday  shakllar  tom  ma’noda  tur  kategoriyasining 

alohida  shakllari  sifatida  baholanishi  va  tur  kategoriyasi  shakllari  paradigmasiga 

kiritilishi mumkin.  


Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish