“Hozirgi o’zbek adabiy tili” fanidan
1-kurslar uchun
Lutfullayev Jahongirning
-amaliy mashg’ulot
O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI FANI, UNING
MAQSADI VA VAZIFALARI. Bolalar adabiyoti va
bolalar kitobxonligi
mavzusi bo’yicha
DARS ISHLANMASI
Reja:
1.O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning
paydo bo’lishi.
2. O’zbek bolalar adabiyotining fan sifatida
shakllanish bosqichlari.
3. Fanning maqsad va vazifalari.
MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR:
istiloh, qo’llanma,xrestomatiya, omil, genezis,
folklor, bolalar adabiyoti, bolalar kitobxonligi,
adreslilik, olam, munaqqid, nasr, nosir,
nashr, noshir, muharrir, musavvir, matbuot,
kitobatchilik, xarakter, tur, janr, dinamika.
Bolalar adabiyoti istilohi haqida.
XX asrning arafasi va boshlarida o’zbek bolalari uiuchun
ixtisoslashgan maxsus badiiy adabiyot yaratish harakati yuzaga kelib,
izchil tusga kira boshlagan esa-da, mazkur hodisani bolalar adabiyoti
atamasi bilan ifodalash, asosan, 20-yillarning boshlarida sodir bo’ldi.
O’zbek matbuotida bu istiloh ilk bor Sirojiyning 1921-yili «Maorif va
o’qitg’uvchi» jurnalining 3-sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti
to’g’risida bir fikr» (30-31-b). «Zarafshon» gazetasining 1924-yil 21-
iyundagi 157-sonida bosilgan «Qizil o’zbek matbuotida bolalar
adabiyoti», Bashirning «Turkiston» gazetasining 1923-yil 27-
aprelidagi sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti kerak», /ozi Olim
Yunusovning 1925-yil «Maorif va o’qitg’uvchi» jurnalining 3-
sonidagi «Bolalar adabiyoti haqida» va Shokir Sulaymonning 1926
yili «Qizil O’zbekiston» gazetasining 30 -sentabrdagi 224-sonida
bosilgan «Bolalar adabiyoti nashr qilish kerak» maqolasida uchraydi
va qaror topa bordi.
Shuni ta’kidlash joizki, bu istiloh ruscha «detskaya literatura»
iborasining aynan tarjimasi tarzida emas, balki o’zi voqelikka
aylangan o’zbek bolalariga mo’ljallanib yaratila boshlangan
ixtisoslangan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi.
Asrimiz boshlarida jadid ma’rifatparvarligi bag’rida navqiron avlodda
rus mustamlakachiligiga qarshi fikr uyg’otish va uni o’zligini anglash,
o’z erki, Vatan ozodligi yo’lida istiqol jangchisi sifatida shakllanishi
uchun ma’rifat asoslarini egallashga chorlovchi yangi adabiy hodisa
tarzida paydo bo’lgan o’zbek bolalar adabiyoti endilikda o’zbek
xalqining o’ziga xos milliy boyligiga aylandi. Garchi uning g’oyaviy-
badiiy saviyasiga hamon ahyon-ahyonda shubha bilan
qarovchilar topilsa-da, u allaqachon umumjahon bolalar adabiyoti
o’zanidan munosib joy egallay oldi. Talay namunalari mamlakatimiz
sarhadlaridan tashqarida sevilib o’qilayotir. Bir asrdirki, o’zbek
bolalar adabiyoti yosh naslning ma’naviy sog’lom o’sishida muhim
omillardan biriga aylanib xizmat qilayotir.
Biroq hanuzgacha bolalar adabiyoti istilohi asosida
ham adabiy hodisa, ham bolalar adabiyoti haqidagi fan-
ilmiy hodisa tushunib kelinmoqda. Holbuki, bolalar
adabiyotining paydo bo’lish omillari, taraqqiyot tamoyillari
va qonuniyatlari, g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini ilmiy
asosida izchil va yaxlit tizim sifatida o’rganadigan fan-
o’zbek bolalar adabiyoti tarixidir. Bu fan umum-
adabiyotshunoslik qonuniyatlariga amal qilsa-da, bolalar
adabiyoti estetik mohiyatiga aloqador xususiyatlarini
o’rganishi va umumlashtirishi jihatidan o’ziga xos ilmiy
hodisa sanaladi. O’zbek bolalar adabiyoti tarixi
umumadabiy jarayon tarixiga omuxta tarzda rivojlansa-da,
o’zgagina xos taraqqiyot tamoyillariga ham egadir.
Binobarin, o’zbek bolalar adabiyoti tarixini ham bolalar
adabiyotining o’zi singari alohida mustaqil hodisa sifatida
etirof e’tishga to’g’ri keladi.
O’zbek bolalar adabiyoti haqidagi fan XX asr boshlarida
ilg’or marifatparvarlar pedagoglar, adabiyotshunoslar yozgan
maqolalardan yuzaga kela boshlagan esa-da, XX asrning o’rtalariga
kelib dastlabki xrestomatiyalar va o’quv qo’llamalarni tuzish
harakati tufayli shakllanish jarayoniga kira bordi. Pedagogika bilim
yurtlari talabalariga mo’ljallanib 1953-yilda I.Ahmedov
A.Suyumovlar tomonidan ilk bor tartib berilib, 1967-1978-yillarda
qayta takomillashtirib nashr ettirilgan «Bolalar adabiyoti»
xrestomatiyasi va 1957-yilda elon qilingan «Bolalar adabiyoti»
o’quv materiallari qo’llanmasi shu harakatning dastlabki natijalar
edi. Keyinchalik A.Suyumov tomonidan maxsus o’rta o’quv yurtlari
uchun yozilib, 1973-yilda chop etilgan «Bolalar adabiyoti»
qo’llanmasi o’zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo’lidagi
dastlabki qadam bo’ldi. Bu qo’llanma M.Jumaboev bilan
hamkorlikda qayta ishlanib, 1995-yilda yana nashr etildi.
Bolalar adabiyoti-xalq ma’naviy ehtiyojining
hosilasi. U ajdodlarning bolalarni o’z kelajaklari deb
anglashlari, ananalarining vorisi va davomchisi deb
tushunishlari, qolaversa, shu an’analar ruhida
tarbiyalash niyatlarining moddiylasha borishi zamirida
yuzaga kelgan. Shu ma’noda ijtimoiy voqelik xalq
og’zaki ijodi, boy ananalar ega milliy o’zbek adabiyoti
va jahon adabiyoti tajribalarini o’zlashtirish o’zbek
bolalar adabiyotini yuzaga keltirgan bosh omillardir:
Ijtimoiy voqelikhar qanday hodisaning,
jumladan, ham og’zaki, ham yozma adabiyotning
doyasi bo’lganidek, bolalarga mo’ljalangan
profesional badiiy adabiyotning ham yuzaga kelishini
ta’minlagan muhim omil sanaladi.
Qolaversa, XX asr boshlarida yuzaga kelib shakllanish
jarayoniga kirgan tom ma’nodagi yangi realistik o’zbek adabiyoti
bag’rida nasr, dramaturgiya, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik
qatorida bolalar adabiyoti ham rivojlana boshladi. Uni bunyodga
keltirishda dastlab jadid ma’rifatparvarlari sifatida tanilgan milliy
uyg’onish harakati namoyondalari Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-
1918), Abdulla Avloniy (1878-1934), Sadriddin Ayniy (1878-1954),
Abdurauf Fitrat (1886-1938) Hamza (1889-1929), /ulom Zafariy
(1889-1938) va boshqalar samarali ijodiy ishlar qildilar. To’la
qat’iyat bilan aytish mumkinki, o’tgan asrning 30-40-yillari
davomida o’zbek bolalar adabiyoti, asosan shakllanib ulgurdi va 50-
yillaridan e’tiboran izchil taraqqiyot yo’liga kirib bordi. Bunda /afur
/ulom (1903-1966), Hamid Olimjon (1909-1944) va Oybek (1905-
1968) singari kattalar adabiyoti namoyondalarining bolalarga atab
yaratgan asarlari ham samarali rol oynadi. Ular bilan bir safda turib,
butun ijodiy imkoniyatlarini yosh avlodga mo’ljallangan badiiy
adabiyotni rivojlantirishga safarbar etgan Elbek (1898-1942),
Zafar Diyor (1912-1946), Sulton Jo’ra (1910-1943),
Quddus Muhammadiy (1907-1997), Shukur Sa’dulla
(1912-1972), Ilyos Muslim (1909-1993), Adham Rahmat
(1909-1982), Hakim Nazir (1915), Mirkarim Osim (1907-
1984), Qudrat Hikmat (1925-1968), Po’lat Mo’min (1922-
2004), Nosir Fozilov (1929), Xudoyberdi To’xtaboev
(1933), Farhod Musajon (1933), Habib Po’latov (1920),
Latif Mahmudov (1935), Ergash Raimov (1937), Pirmat
Shermuhammedov (1939), Safar Barnoev (1938-2001),
Tursunboy Adashboev (1939), Miraziz A’zam (1936),
Anvar Obidjon (1947) va boshqalarning ijodiy izlanishlari
hal qiluvchi vazifani bajardi, pirovard-natijada o’zbek
bolalar adabiyoti ham mustaqil adabiy hodisa sifatida qaror
topdi va nafaqat mamlakatimizda, balki uning
sarhadlaridan tashqarida ham e’tirof etila boshlandi.
Bolalar kitobxonligi ifodasio’z ma’nosida umuman kitob
o’qish hodisasini anglatsa-da, keng ma’noda necha ming
yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi,
dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo’lib, bolalarning
ham o’qishi doirasida amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi
ma’naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko’tarilgan hammabop
diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy,
shuningdek, XX asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta
boshlagan o’zbek bolalar adabiyotiga doir asarlar silsilasini
o’qish va o’qitishni anglatadi.
Bolalar kitobxonligida bolalar yoshi,saviyasini hisobga olish
nisbiy mohiyatga ega. Maktab darsliklari, o’quv-didaktik
xarakterdagi asarlar va bolalar adabiyoti namunalarigina
bundan istisno bo’lib, ularda bolalar yosh xususiyatlari va
saviyasining inobatga olinishi qat’iydir. Qolaversa, bolalar
adabiyotida obrazli badiiy tafakkur amal qilsa, bolalar
kitobxonligida mantiqiy tafakkur ustivorligi sezilarlidir.
O’zbek bolalar kitobxonligi doirasidagi asarlarni vazifasiga
ko’ra tubandagi ikki toifaga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |