HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
4.1. Mikroiqlim ko’rsatkichlari va uni ta’minlash
Ishlab chiqarish honalari (binolari) mikroiqlimi - bu binolar ichki muhitining meteo (iqlim) sharoitlaridir. Ular havo harorati, namligi va harakat tezligi bilan birikma holda, shuningdek tuso'vchi moslamalar, tehnologik uskunalar va issiqlik nurlanish yuzalari haroratining inson organizmiga ta'siri bilan belgilanadi.
Mikroiqlim ishchi hududda ishchilarning doimiy va yoki vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi.
Eng qulay sharoitlar - termoregulyaciya mehanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal isiqlik ahvolini ta'minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta'sir qiluvchi mikroiqlim o'lchamlarining yig’indisi. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart - sharoit yaratadi va issiq - qulay komfort sezuvchanlikni ta'minlaydi.
Insonga uzoq muntazam ta'sir etishda termoregulyaciya mehanizmlari- kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o'zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o'lchamlari yig’indisi yo'l qo'yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo'lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o'zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.
Ishlab chiqarish binosining mikroiqlimi hodimga katta ta'sir ko'rsatadi. Tavsiya etish mazmundan mikroiqlimning ayrim o'lchamlarining chetga chiqishi mehnatga layokatni sustlashtiradi, hodimning xissiyotini yomonlashtiradi va kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Havo harorati. Past harorat organizmning sovub ketishga hamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo'ladi.
Yuqori haroratda - organizm qizib ketadi, juda ko'p miqdorda terlaydi, mehnatga layoqat sustlashadi. Ishchi e'tibori sustlashib, bahtsiz hodisaga olib kelishi mumkin.
Havoning yuqori namligi teri va o'pkaning ustki qismidan namlikning bug’lanishini qiyinlashtiradi va oxir - oqibatda organizmning termoregulyaciyasi buzilishiga, inson ahvolining yomonlashuvi, mehnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi. Past namlikda (< 20%) - yuqori nafas yo'llarining shilliq pardalari qurib qolishi kuzatiladi. Havo harakati tezligi. Insonv=0,15 m/sek.da havo qarakatini seza boshlaydi. Havo oqimining harakati uning qaroratiga bog’liq. 360 S > t da oqim insonga salqinlatuvchi ta'sir, 400 S < t da noqulay, yomon, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
“Umumiy sanitariya-muhandislik talablari” organizm quvvat harajatlariga bog’liq holda 3 toifadagi ishlarni ko'zda tutadi:
1a - jismoniy kuch talab qilmaydigan o'tirgan holda;
1b - o'tirib, turib yoki yurish bilan bog’liq ayrim jismoniy kuchlanish;
2a - 1 kilogacha buyumlarni engil olib yurish bilan bog’liq; ma'lum jismoniy kuchlanishni, 10 kilogacha yukni buyumlarni ko'tarishni talab qiluvchi turgan yoki o'tirgan holda;
Do'stlaringiz bilan baham: |