KIRISH
2018-yil 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yig’ilishda Davlat rahbari bugun mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi hamda 2018-yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalar haqida ham aytib oʻtdi.
Shu bilan birgalikda 2018-yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, “2018–2021-yillarda ‘Elektron hukumat’ tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish, “Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi” rezidentlari tomonidan koʻrsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda koʻmaklashish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini uch yil ichida jahondagi eng obroʻli ming universitet safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi boʻlgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi ta’kidlandi [1].
Hozirgi davrda tadqiqot uchun qiziqarli mavzulardan biri bo‘lib Internet hisoblanadi, va bunda yordam beradigan texnologiyalardan biri DPI – Deep Packet Inspection hisoblanadi.
Sir emas, har kuni telekommunikatsiya kompaniyalariga va aloqa ko‘rsatish provayderlarning asbob-uskunalari orqali juda ko‘p miqdorda tarmoq trafiklari o‘tadi, va statistik mahlumotlarga ko‘ra, har yili bu ko‘rsatkich ortadi. Internet tarmog‘iga ulanuvchi qurilmalar sonining ortishi kabi, foydalanuvchilarning soni ham ortadi, ular barcha Internet imkoniyatlarini maksimal tarzda ishga solib, resurslardan aktiv foydalanib keldmoqdalar. Bu esa tarmoq oqimning nazorat va taxliliga tobora muxtojlikni bildiradi.
O‘z navbatida tarmoq trafikini tahlil qilish— juda keng mavzu. «Tarmoq trafiki tahlili» ostida biz real vaqtda ularning mazmunidan kelib chiqib tarmoq paketlarini jamlashga, qayta ishlashga, klassifikatsiya qilishga,nazorat va modifikatsiya qilishga imkon beruvchi texnologiyalarning umumiy nomi va uni amalga oshirishni tushunamiz.
Ushbu masalani ko‘rib chiqishda murakkablashtiruvchi faktorlardan biri tarmoq trafikini tahlil qilishning ikkilamchi rivojlanishi hisoblanadi: bir tomondan – bu algoritmlarning rivojlanishi va tahlilga yondashish, ikkinchi tomondan – bu masalani samarali yechish uchundasturiy- apparat vositalarining rivojlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasi tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlariga oid farmoni iqtisodiyotining barcha jabxasida zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturi maxsulotlardan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarida ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha eng zamonaviy integratsiyalashgan axborot tizimlarini faol qo‘llashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur farmonga binoan Dasturiy vositalar va axborot tizimlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish, 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan Milliy axborot kommunikatsiyasi tizimini rivojlantirish kompleks dasturi loyixasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Shu bois, ushbu bitiruv malakaviy ishdaDPI tizimlarida umumiy oqimdagi turli trafik turlarini detektorlash xususiyatini tadqiq etish ko‘rib chiqilgan bo‘lib, tarmoq trafigining taxliliga, paketlarning chuqur taxlili texnologiyasiga o‘rg‘u berilgan. Undan tashqari paketlarning chuqur taxlili texnologiyasining imkniyatlariga, dasturiy yechimlariga axamiyat berilib natijalar taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |