5-SINF
(haftasiga 2 soat, jami 68 soat, A2+: 102 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
axborot manbalaridan (televizor, radio, telefon, kompyuter) foydalana olish;
kerakli axborotlarni kutubxonadagi adabiyotlardan qidirib topa olish.
A2+
axborot manbalaridan (televizor, radio, telefon, kompyuter) kerakli ma’lumotlarni qidirib topa olish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
o‘qib-o‘rganish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish;
kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish.
A2+
xatti-harakatini nazorat qilish, xatolarini tuzatishga harakat qilish;
yaxshilik va yomonlikni farqlash, yaxshi fazilatlarga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
san’at turlarini bilish, ularni bir-biridan farqlay olish;
maktabning ichki tartib-qoidalariga amal qilish;
A2+
milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar) bilish, sog‘lom turmush tarziga ( sport, tibbiy gigiyena) amal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |