Ózbekston Respublikası qishloq XójaligI vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 354,09 Kb.
bet20/30
Sana31.12.2021
Hajmi354,09 Kb.
#234354
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
Бино ва иншоотлар ОМК

Mulk egasi, xuquq turi va ulushi

t/r



Hamkor mulk egasining nomi yoki

familiyasi, ismi, sharifi



Mulk huquqini tasdiqlovchi

Hujjatlar



Ulushi

1

2

3

4

























Bino va inshootning qisqacha

TAVSIFI

t/r



Planda-gi liter



Bino

inshoot-ning

nomi va

qavatlar


soni

Materiali

Xonalar

Soni


Turar

joy


maydoni

(kv.m)


Foydali

maydon


Inventar

bahosi


poydevor

devor

tom

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10





























































Ma`lumotnomaning orqa tomoni

Foydalanishda turgan bino, inshootlarning haqiqiy

ulushlari róyxati

12

Planda-gi liter



Bino

inshoot-ning

nomi va

qavatlar


soni

Materiali

Xonalar

Soni


Turar

joy


maydoni

(kv.m)


Foydali

maydon


Inventar

bahosi


poydevor

devor

tom

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




























































Mazkur bino, inshoot bóyicha taqiqlash va hibsga olish yozuvlari

__________________________ da mavjud emas.

(róyxatga olish organining nomi)

Ma`lumotnoma bir oy muddat ichida óz kuchini yóqotmaydi.

Ma`lumotnomani tuzuvchilar: ____________ ___________________

(imzo) (mansabi, familiyasi)

Kadastr xizmati (texnik inventarizatsiya byurosi) boshliǵi:

__________ _____________________ _________________________

Muhr órni (imzo) (familiyasi)


Ma`lumotnoma ajratib berilayotgan yoki meros bóyicha boshqa shaxsga ótayotgan bino va inshootning daliliy tarkibini, holati va bahosini aniqlash maqsadida joyning ózida tuziladi.

Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni ajratib berish bóyicha davlat kóchmas mulk xizmati, texnik inventarizatsiyalash byurosi róyxatga olish ishlarini olib bormaydi va 18-ilova shaklidagi ma`lumotnoma bermaydi.

Bunday hollarda davlat kóchmas mulk xizmati, texnik inventarizatsiyalash byurosi tomonidan tugallanmagan qurilish va uning bahosi haqida dalolatnoma tuzadi va mana shu dalolatnoma asosida tuman, shahar xokimiyatidan bino va inshootni ajratib haqida qarorni chiqarish uchun taklif beradi.

Umumiy ulushdagi bino va inshootlarga egalik huquqlari va huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq tuzilgan ma`lumotnomalarga asosan kadastr, reestr kitobini yuritishda har bir mulkdorning ulushi kórsatilishi, bunda mulki ajratib berilayotgan shaxsning huquqini davlat róyxatiga olishda mulkdorning familiyasi, ismi sharifi birinchi navbatda qayd etilishiga e`tiborni qaratish zarur.

Umumiy egalik ulushida foydalanib kelinayotgan bino, inshootning ayrim qismlarini tomonlarning roziligi bilan notarial tasdiqlangan hujjatlarga asosan davlat róyxatiga ótkazilishi ham kerak.

Agar notarial órganlari tomonidan bino va inshootga ustama quyilgan bólsa yoki sud, jinoyat-qidiruv órganlari tomonidan ajratishni taqiqlash yoki hibsga olish holatlari mavjud bólsa, bunday holatlar haqidagi axborotlar kóchmas mulk davlat kadastri ma`lumotnomalarida ifodalanishi zarur.

Ushbu ma`lumotlarda qachon va qaysi órgan tomonidan taqiqlash ustamasi yoki hibsga olish xabarnomasi belgilangani, qachon va qaysi raqam bilan davlat kóchmas mulk kadastri, texnik inventarizatsiya byurosi tomonidan róyxatga olinganligi aniq kórsatiladi.

Davlat kóchmas mulk kadastri xizmati, texnik inventarizatsiyalash byurosi róyxatga olish vaqtida aniqlangan Ózboshimchalik bilan qurilayotgan yoki kórib bitkazilgan bino, inshootlar haqida kadastr ma`lumotnomasida qayd etadi. Shuningdek Mahalliy hukumat órganlari qarorlari, tuman, shahar me`mori ma`lumotlari asosida buzilishi, qayta ta`mirlanishi yoki yangi aholi punkti qurilishi kutilayotgan joylar haqida manfaatdor shaxslarga qonuniy hujjatlaga asoslanib ma`mulotnomalar berishi mumkin.

Ma`lumotnoma davlat kóchmas mulk kadastri xizmati boshligi yoki texnik inventarizatsiyalash byurosi boshliǵi yoki ularning ishonchli vakili tomonidan imzolanib, “Er tuzish va kóchmas mulk kadastri xizmati” (Texnik Inventarizatsiyalash Byurosi) muhri bilan tasdiqlanadi.
14-Mavzu Bino inshootlar kadastri yuritishda ilgor xorijiy mamlakatlar tajribalarini urganish
Jonajon Ózbekistonimiz yangi ón yillikka qadam qóymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi ózgarishlarni amalga oshirish bóyicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo bólmoqda. Shu bois, bugun Sizlar bilan birgalikda mamlakatimizni 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bóyicha, ustuvor yónalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim.

Respublikamizda mavjud er uchastkalari va kóchmas mulk ob`ektlariga

huquqlarini tartibga solish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qaror, farmoyish va qonunlar ishlab chiqilgan. Jumladan, 1996-yil 31-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 44-sonli qarori e`lon qilindi, uning 5-bandida:

- Belgilab qóyilsinki, shaharlar va shaharchalarning kóchmas mulk kadastrlarni yaratish uchun, mulkchilik shakllari hamda qaysi idoraga bóysunishidan qat`iy nazar, barcha kóchmas mulkning egalari va foydalanuvchilari hisoblangan jismoniy shaxslar er maydonlari va kóchmas mulklarining kadastr suratlari va sertifikatsiyalashga oid hujjatlarga ega bólishlari shart.

1998-yil avgustida qabul qilingan “Davlat er kadastri”ning 13-moddasida fuqarolarga tegishli bólgan er uchastkalari va kóchmas mulk ob`ektlariga huquqlari haqida quyidagilar bayon qilingan.:

-“Er uchastkalariga egalik qilish, foydalanish va ijar huquqida, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar er uchastkalariga bólgan óz huquqlarini belgilangan tartibda róyxatdan ótkazishlari shart.

Davlat róyxatiga olish ariza berilgan kundan e`tiboran ón kunlik muddatda amalga oshiriladi. Er uchastkasiga bólgan huquq davlat róyxatiga olinganligi tóǵrisida róyxatga olingan sana va róyxatga olinganlikning tartib raqami kórsatilgan holda davlat róyxatig olinganlik tóǵrisida guvohnoma beriladi.

Bino va inshootlar davlat kadastri ma`lumotlar barcha davlat órganlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni soliqqa tortishda, loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma`lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.

Bino va inshootlarni davlat róyxatidan ótkazuvchi shaxslar davlat róyxatidan ótkazishda qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda, zudlik bilan davlat boshqaruvi órganlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar (Vazirlar Mahkamasining 1997-y. 2-iyundagi 278-qaroridan kóchirma).

Dastlabki kadastr ma`lumotlari yangilanayotganda ondan foydalanishda, ularni baholashda yuz bergan ózgarishlar aniqlanadi er uchastkalarining huquqiy holatida, erlarning sifat holati va ulardi va róyxatdan ótkaziladi.

Er uchastkalari mulkdorlari, er uchastkalari egalari, erdan foydalanuvchilar va ijarachilar davlat kadastrini yuritish vazifasi yuklangan tegishli xizmatlarga kórsatib ótilgan ózgarishlar tóǵrisida ón kun muddatda axborot berishga majburdirlar (Vazirlar Mahkamasining 1997-y. 31-dekabrdagi 543- qarorining 26-bandi).

Kadastr ob`ektlarning mulkdorlari hamda kadastr ob`ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qómitalari, idoralar, Mahalliy davlat hokimiyati órganlariga kadastr ob`ektlarining geografik joylashuvi,huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi tóǵrisida, shuningdek, ularning holatidagi joriy ózgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.

Kadastr ob`ektlariga bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish

kadastr ob`ektlarinig barcha mulkdorlari va kadastr ob`ektlariga doir

boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Er bólagida joylashgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli bólgan kóchmas mulk ob`ektlari hisoblangan bino va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash óta mas`uliyatli va murakkab ishlar tizimida tashkil topgan. Bu jarayon róyxatdan ótkazuvchi shaxslardan chuqur bilim, óta ziyraklik, katta tajriba va aniqlik talab etadi.

Chunk notóǵri kadastr hujjati bir qator noxush oqibatlar, ziddiyatlar, tortishuvlar va kelishmovchiliklar keltirib chiqaradi. Mana shunday noxush oqibatlarni oldini olish maqsadida óquv óquv qóllanma “Er bólagi va kóchmas mulk ob`ektiga kadastr hujjatlari tóplami” ning tarkibi va uni tayyorlash tartibi yoritib berilgan.

Kadastr hujjatlari tóplamini tayyorlash er uchastkasi va kóchmas mulk ob`ektlariga huquqiy hujjatlari mavjud bólgan yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr órganiga yozma ravishda talabnoma arizani va tegishli huquqiy hujjatlarni taqdim etgandan keyin ózaro shartnoma tuzilib imzolangan va davlat róyxatga olish órganining registriga qayd qilish uchun kadastr xizmati órgani hisob raqamiga bajariladigan xizmat uchun tólov haqi kelib tushgandan sóng boshlanadi.

“Er bólagi va kóchmas mulk ob`ektiga kadastr hujjatlari tóplami”ni

bajarish muddatlari quyidagi jadvalda berilgan.




Download 354,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish