„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


Axborot  (informatsion)  urushi  (ingl,  information  war;  information  –  “axborot”,  war  – 
“urush”  )  –  o‗zga  davlat  tinch  aholisi  va  (yoki)  harbiylariga  muayyan  axborot  (informatsiya) 
tarqatish  yo‗li  bilan  ta‘sir  o‗tkazish.  ―Axborot-ruhiy  urushi‖  atamasi  AQSH  harbiy  doiralari 
lug‗atidan  qabul  qilingan.  Ushbu  atama  ingliz  tilida  shu  bilan  birga  ―Axborotlar  qarama-
qarshiligi‖ tushunchasini ham anglatib keladi. 
Mediavirus  (ingl,  media  virus;  media  –  “ommaviy  axborot  vositalari  (OAV)”,  virus  – 
“zararli element”) – ommaviy axborot vositalari sohasi bo‗yicha mutaxassis - amerikalik Duglas 
Rashkoff  tomonidan  jamiyat  hayotida  bevosita  yoki  bilvosita  o‗zgarishlarga  sabab  bo‗ladigan 
OAV bilan bog‗liq hodisalarni anglatish uchun kiritilgan atama. Mediaviruslar – axborotlar bilan 
bog‗liq  sohalarda  tarqatiladigan  memlar,  ma‘lumotlar  majmui  bo‗lib,  u  odamlarning  yirik  va 
mahalliy tusdagi voqea-hodisalarga nisbatan fikri, ularni anglashini tubdan o‗zgartirib yuboradi. 
Mediaviruslarning uch turi mavjud: 
Atayin, muayyan maqsad bilan yaratilgan mediaviruslar, ular biron tovar yoki mafkurani 
tarqatishga ko‗maklashish maqsadini ko‗zlaydi. Masalan, reklama tryuklari va mediafaollarning 
aksiyalarini misol qilib keltirish mumkin. 
―Olg‗a  yetaklaydigan‖  viruslar,  ular  to‗satdan  paydo  bo‗lishiga  qaramay,  zudlik  bilan 
manfaatdor guruhlar tomonidan o‗z qarashlarini tarqatish uchun qurol qilib olinadi. Misol: OITS 
epidemiyasi (konservatorlar tomonidan besoqolbozlarni ayblash maqsadida qo‗llangan) va h.k. 
O‗z-o‗zidan  paydo  bo‗ladigan  viruslar,  bu  o‗z  holicha,  birovning  buyurtmasisiz  yuzaga 
kelib,  qiziqish  tug‗diradi  va  shu  kabi  o‗z  holicha  tarqaladi.  Ularga  yangi  texnologiyalar  yoki 
ilmiy kashfiyotlarni misol tariqasida keltirish mumkin. 
AQSH  ning  sobiq  prezidenti  Bill  Klinton  va  Monika  Levinski  o‗rtasidagi  ishqiy 
munosabatlar oqibatida kelib chiqqan janjalni ham mediavirus misoli sifatida ko‗rsatish mumkin. 
                                                 
33
Kalmikov A.A., Koxanova L.A. Internet-jurnalistika. M.: YUNITI–DANA, 2005, c. 122-125 

Chunki u o‗sha paytda respublikachilar partiyasi tomonidan o‗z manfaatlari yo‗lida, demokratlar 
pozitsiyasini kuchsizlantirish maqsadida qo‗llangan edi
34
.  
Dezinformatsiya  (fran,  des-  “salbiy”  va  information-  “axborot”)  muayyan  guruh  va 
doiralarning g‗arazli maqsadlariga erishish yo‗lida soxta ma‘lumotlardan foydalanish asosida ijtimoiy 
fikrni  chalg‗itish  maqsadida  matbuot,  radio  va  TVda  qo‗llanadigan  usul,  vosita.  Masalan,  Ikkinchi 
jahon urushi davrida u tashviqotda keng qo‗llangan. Dezinformatsiya turlari: a) soxta axborot, ovoza 
va  shovshuvlar  tarqatish;  b)  konfidentsial  ma‘lumotlar  "oqib  ketishi"ni  tashkil  qilish;  v)  muayyan 
faktlarni bo‗rttirib yoritish, ziddiyatli xabarlarni tarqatish. 
Grifing. So‗nggi paytlarda internet orqali ta‘qib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bo‗lsak, grifing 
holatlari  ko‗p  kuzatilmoqda.  Bu  kabi  tarmoq  bezoriligining  eng  birinchi  qurbonlari  aynan  yoshlar 
qatlami,  xususan,  o‗smirlar  hisoblanadi.  Bir  qarashda  beozor  tuyulgan  chat  xonalar  yoki  maxsus 
muloqot  dasturlari  orqali  kechadigan  suhbatlar  tafakkuri  endi  shakllanayotgan  bolalarni  ba‘zan 
jinoyatgacha  yetaklab  borayotgani  hayotiy  haqiqat.  Grifing  bilan  shug‗ullanadiganlar  yoki  grifyorlar 
zamonaviy  yoshlarning  qiziqishlaridan  juda  yaxshi  xabardor  bo‗lib,  onlayn  konferentsiya,  forum 
xonalarida istalgan mavzuda suhbat yuritishi, o‗zlarini ularning muammolarini tushunadigan odamlar 
sifatida ko‗rsatishi mumkin, buning ustiga veb tarmoqda anonimlikni saqlash xususiyati qisqa fursat 
ichida  ishonchga  kirib  olishga  imkon  yaratadi.  Grifing  bilan  kurashishning  eng  oddiy  usuli  — 
kompyuterga maxsus taqiqlov dasturlari (yeng mashhurlari Kiberpatrul yoki Kidskontrol)ni o‗rnatish. 
Shunda zararli manbalardan keladigan barcha xabarlar avtomatik tarzda filtrlanadi yoki dasturga ota-
onalar  tomonidan  kiritilgan  cheklov  tufayli  bolaning  o‗zi  qiziqib  nojo‗ya  axborotni  olmoqchi 
bo‗lganda, avtomatik taqiqga tushadi. Ayni paytda mazkur dasturlar ham to‗liq xavfsizlikni kafolatlay 
olmaydi,  chunki  ba‘zida  ular  foydali  axborotni  cheklab  qo‗yishi  yoki  keraksizini  o‗tkazib  yuborishi 
mumkin. 
 “Kibernetik do„st”. Zamonaviy texnologiyalarning tez sur‘atlarda o‗sishiga qaramay, ba‘zan 
odamlar  ulardan  qanday  oqilona  foydalanish  kerakligini  to‗liq  anglab  yetmaydi.  Kompyuter  va 
internetgacha bo‗lgan davrda o‗sib ulg‗aygan aksariyat ota-onalar va muallimlar agar bola internetdan 
foydalana  boshlasa,  albatta,  foydasidan  zarari  ko‗proq,  deb  o‗ylaydi.  Bolani  kompyuter  yoki 
internetdan chalg‗itish harakati zamirida aslida boshqa bir muammo, ya‘ni kattalarning bu masalada 
nisbatan savodsiz ekani aniqlandi. Biroq agar ular o‗zlari avval texnologiyalar savodsizligi masalasiga 
jiddiyroq  yondashib,  uni  bartaraf  etishsa,  maqsadga  muvofiq  bo‗lardi.  Negaki,  savodsizlik 
masalasidan qochish orqali bolani texnologiyalardan ajratib qo‗yish to‗g‗ri emas. Buning ustiga yana 
bir jihat e‘tiborga loyiq: bolalarda kibernetik do‗stga nisbatan munosabat aynan  kattalarning tutgan 
yo‗lidan kelib chiqqan holda shakllanadi. Shubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun 
ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hajmdagi axborotning barchasini 
ham ishonchli va foydali deb bo‗lmaydi. Foydalanuvchilar ma‘lumotlarning to‗g‗riligini aniq ajrata 
bilishi  uchun  tanqidiy  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo‗lishi  talab  etilardi.  Buning  uchun  bolalarga 
internetda  xohlagan  odam  o‗z  sahifasini  ochishi,  unga  har  qanday  ma‘lumotni  joylashtirishi,  bu 
borada unga hech kim to‗sqinlik qila olmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Bolalarni keng doiradagi 
manbalardan  foydalanishga  yo‗naltirish  jarayonida  faktlarni  fikrlardan  farqlashga,  to‗g‗riligi 
tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o‗rgatish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 
Kiberterrorizm 
–  zamonaviy,  ilg‗or  texnologiyalar,  kompyuter  va  boshqa 
imkoniyatlardan  foydalangan  holda  yovuz  kishilarning  o‗zining  g‗araz  niyatlariga  erishishdan 
iborat.  Kiberterrorizm  (kompyuter  terrorizmi)  ostida  g‗arazli  niyatda,  siyosiy  maqsadlarda 
amalga  oshirilgan  kompyuter  tizimi  va  tarmog‗idagi  axborotga  qilingan  hujum  tushunilib,  u 
odamlar hayoti va sog‗lig‗iga xavf paydo qilib, jamoatchilik tinchligini buzadi, aholini qo‗rqitib, 
harbiy  nizo  keltirib  chiqarishga  intiladi.  Kiberterrorizm  insoniyat  uchun  jiddiy  xavf  bo‗lib,  uni 
yadro,  bakteriologik  va  kimyoviy  qurolga  tenglashtirish  mumkin.  Hatto  u  o‗z  yangiligi  tufayli 
to‗la-to‗kis o‗rganib ulgurilmagan quroldir.  
Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali bank tizimlariga kirish va u yerdan pul mablag‗larini 
o‗marish. Misol sifatida kredit kartalari bilan amalga oshirilayotgan afera (g‗irromlik)lar har yili 
                                                 
34
 htpp/ www.wikipеdia.org;  Hornby  A.S. ―Oxford Advancеd Lеarnеr's Dictionary of Currеnt English‖.   Д.Рашкофф,  «Медиа 
вирус. Тайние послания в популярной културе», 2003. 

400  million  dollar  atrofida  zarar  keltiradi.  Viruslardan  ko‗rilgan  zarar  esa  12  milliardni, 
mualliflik huquqining buzilishi 250 milliardga yaqin zarar keltiradi. 
Virtual  ta‟qib.  Bugungi  kunda  virtual  ta‘qib  nihoyatda  ommalashib  bormoqda. 
O‗tkazilgan  tadqiqotlar  natijalaridan  ma‘lum  bo‗ldiki,  hozirda  maktab  yoshidagi  bolalar 
internetdan  tobora  erta  foydalanishga  kirishmoqda.  Masalan,  boshlang‗ich  sinf  o‗quvchilari 
bemalol  maktab  yon-atrofidagi  kafe  yoki  klubga  kirib,  internetdan  foydalanishi  mumkin.  Shu 
bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‗lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning 
fikricha,  yoshi  o‗nga  yetmagan  bola  odatda  mustaqil  ravishda  internetdan  foydalanish  uchun 
zarur  bo‗lgan  tanqidiy  fikrlash  va  shu  asosda  ma‘lumotlarni  farqlash,  ularni  ajrata  bilish, 
boshqacha aytganda, «filtrlash» qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan yolg‗iz qolganda 
ham  foydalanish  ehtimoli  bo‗lgan  bolani  qattiq  nazorat  ostiga  olish  kerak,  unga  o‗zi  haqidagi 
shaxsiy ma‘lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‗rgatish zarur. 
Virtual  reallik,  virtuallik(  ing.  virtual  reality,  virtual  –  borligicha,  lot.  virtus  –  potentsial, 
ehtimollik,  energiya,  kuch,  shuningdek  tasavvurdagi  xayol)  –  kompyuter  yordamida 
modellashtirish  asosida  foydalanuvchi  sun‘iy  dunyoga  cho‗mib,  maxsus  sensorli  moslamalar 
orqali unda harakat qilish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchining ko‗rish, eshitish, sezish va 
motorli sezgilari kompyuter tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi. 
Virtual reallikning o‗zi nima, degan masalada asosan ikki yo‗nalish (gipoteza) shakllangan. 
Birinchisi  virtual  reallikni  texnikaviy  hodisa  deb  qarash  bo‗lsa,  ikkinchisi  ruhiy  xodisa  deb 
xisoblashdir.  Umuman,  hozirgi  davr  falsafiy  adabiyotlarida  ko‗rsatilishicha,  virtual  reallik 
tushunchasining  fanda,  san‘atda  va  amaliyotda  keng  tarqalishi,  ―  o‗z-o‗zidan  tashkillashuv‖, 
―kooperatsiya effektlari‖, ―tasodifiy tashkillanishlar‖ va shular kabi boshqa tushunchalar orqali 
ifodalanadigan  yangi  ilmiy  paradigmaning  vujudga  kelayotgani  haqida  gapirish  imkoniyati 
vujudga kelayotganini bildiradi
35
.  
Hozirgi  davrda  virtual  reallikni  faqat  kompyuter  texnologiyalari,  ya‘ni  ―kibermadaniyat‖ 
bilan bog‗lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama - qarshi o‗laroq boshqa olimlar virtual 
reallikning kompyuterdagi variantlarini undan ancha chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi 
qo‗pol namoyon bo‗lishidir, degan fikrlarni oldinga surmoqdalar. 
Virtual  reallik  jamiyat  hayotida  muhim  hodisalardan  biri  sifatida  o‗rin  oldi.  Bu  jarayon 
tasarrufchini  kompyuterda  turli  manipulyatsiyalar  (o‗yin  yoki  boshqa  ishlar)  qilishi  uchun 
mo‗ljallangan  har  xil  olam  modellarini  yaratish  proyektidan  boshlangan  edi.  Ana  shu  proyekt 
tufayli  kimyoviydan  tortib  to  ijtimoiyga  qadar  bo‗lgan  barcha  jarayonlarni  sun‘iy  ravishda 
yaratishning  cheksiz  imkoniyatlari  ochildi.  Bu  hol  fanning  barcha  sohalari  namoyandalarining, 
ayniqsa faylasuflarning diqqatini o‗ziga tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab 
chiqish va ulardan amalda foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik 
nuqtai nazardan anglash bilan parallel  ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko‗plab kitoblar, 
jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan.  
Virtualistika bo‗yicha olib  borilayotgan ishlarni asosan uch  yo‗nalishga  ajratish mumkin. 
Birinchisi,  sistemalar  nazariyasi,  modellashtirish,  kompyuter  grafikasi,  mul‘timediya  va  h.k.da 
erishilgan  yutuqlarni  hisobga  olishga  tayanadigan  nazariy  ishlar.  Ikkinchisi,  virtual  reallik 
muammosining  falsafiy  va  psixologik  jihatlari  hamda  uning  insonga,  odamlar  guruhi  va  butun 
jamiyatga  ta‘siri  haqidagi  ishlar.  Uchinchisi,  virtual  reallikka  tegishli  sistemalarni  inson 
faoliyatining  texnik  sohalarida,  ta‘limda,  ilmiy  tadqiqotlarda,  biznesda  va  h.k.da  foydalanish 
muammolariga  bag‗ishlangan  ishlar.  To‗rtinchisi,  virtual  reallikning  axloq,  siyosat, 
madaniyatshunoslik bilan bog‗liq muammolari bo‗yicha ham ishlar olib borilmoqda.  
Prezidentimiz  ta‘biri  bilan  aytganda,  6unday  informatsion  quporuvchilikdan  maqcad  - 
mamlakatimiz  aholisiga  axborot  orqali  va  mafkuraviy  yul  bilan  tazyiq  utkazish,  jahon  afkor 
ommasida o‗zbekiston haqida noto‗g‗ri tasavvur to‗g‗dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol 
g‗oyasi  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar"  risolasidagi  ba‘zi  fikrlar  ham  bugungi  hurujlarning 
maqsadini  oydinlashtiradi.  Ushbu  risolada  aytilishicha,  geopolitik  maqsadlar  -  davlatning  uzga 
                                                 
35
Paxrutdinov Sh. Taraqqiyotga tahdid: nazariya va amaliyot. T.: ―Akademiya‖, 2006, 73 b. 

qududlarda  o‗z  mavqeyi  va  ta‘sirini  kuchaytirishga  qaratilgan  siyosatdir.  Ochig‗i,  bu  ta‘sirif 
ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo‗ymoqda.  
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy 
axborot  vositalari  terrorchilar  uchun  kislorod  vazifasini  o‘taydi",  degan.  Bu  gapning  mag‗zini 
chaqan  odam  "ommaviy  axborot  vositalari  terrorchilar  uchun  havodek  zarur  ekan",  degan 
xulosaga  keladi.  Bir  qarashda  bu  fikr  mantiqsizday  tuyuladi.  Chuqurroq  uylab  kursak-chi? 
Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‗pqyv 
va  daqshat  uyg‗otishga  intiladilar.  Demaq  ularning  maqcadlari  -  uldirish  emas,  jamoatchilikka 
kuchli  ta‘sir  qilishdir.  Taassufki,  ba‘zi  ommaviy  axborot  vositalari  uzlari  bilmagan  holda 
terrorizmning buzg‗unchiliq qo‗poruvchilik ta‘sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‗yadilar. 
Ularning  terror  oqibatlari  haqidagi  vaqimali  axborotlari  insonlardagi  qurquvni,  daqshatni, 
himoyasizlik  hissini  yanada  kuchaytirib  yuboradi.  Bu  kabi  axborotlarga  qarshi  aksiltarg‗ibotni 
uyushtirish zarurati tug‗iladi.  
Globallashuv,  axborot  sohasi  liberallashayotgan  bir  paytda,  uzoq-yaqin  mamlakatlardagi 
turli  hil  siyosiy,  mafkurafiy  va  boshqa  kuchlar  (120  ga  yaqin  davlat  axborot  xurujlarini 
uyushtirish  ustida  ish  olib  bormoqda)o‗zlarining  g‗arazli  manfaatlari  yo‗lida  ommaviy 
kommunikatsiya  vositalaridan,  ayniqsa,  Internet  tarmog‗idan  foydalanib,  axborot  erkinligini 
suiste‘mol qilib, o‗sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va 
hayotiy  qarashlari  shakllanib  ulgurmagan  yoshlarni  chalg‗itish,  yoshlarning  ongi  va  qalbini 
egallash yo‗lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir. 
Shunday ekan, nosog‗lom axborot oqimi va ta‘siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday 
huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o‗rinli savol to‗g‗iladi?  
Ma‘lumki,  xalqaro  amaliyotda  ―Kiber  jinoyatlar  to‗g‗risida‖  Konvensiya,  ―Voyaga 
etmaganlar uchun xavfsiz Internet va on-layn resurslarni joriy qilish to‗g‗risida‖ Yevropa Ittifoqi 
Parlamenti  Assambleyasining  tavsiyalari,  ―Bola  huquqlari  to‗g‗risida‖  BMT  Konvensiyasini, 
―Yoshlarni  himoyalash  to‗g‗risida‖  Germaniya,  ―Voyaga  etmaganlarni  ommaviy  axborotning 
salbiy  ta‘siridan  himoyalash  to‗g‗risida‖  Litva  va  ―Bolalarni  sog‗ligi  va  rivojlanishiga  ziyon 
etkazuvchi  axborotdan  himoyalash  to‗g‗risida‖gi  Rossiya  Federatsiyasi  qonunlari  mavjud 
ekanligini tilga olishimiz mumkin bo‗ladi
36
.  
AQSH  tajribasi  haqida  gapiradigan  bo‗lsak,  shuni  aytish  lozimki,  2001  yili  kuchga  kirgan 
qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil‘tratsiya 
tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar, 
43  foiz  kutubxonalar,  41  foiz  oilalar  (qaysi  kim  bolalari  Internetga  chiqish  imkoniyatlari  borlari) 
kontent fil‘tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar
37

Yevropa  mamlakatlari  tajribasiga  murojaat  qiladigan  bo‗lsak  Buyuk  Britaniyada  davlat 
strukturasi  faoliyat  yuritib  (―Internet  Watch  Foundation‖),  u  doimiy  ravishda  Internetdagi  xavfli 
kontentli resurslarni monitoring qilib boradi
38
.  
Milliy  qonunchiligimizda  ham  yoshlarni  nosog‗lom  axborotlardan  himoyalashning 
mexanizmlari mavjud bo‗lib, xususan, O‗zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining 
asoslari to‗g‗risidagi Qonunda ―O‗zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, 
shu jumladan zo‗ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday 
hatti-harakatlar  man  etilishi‖,  Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‗g‗risidagi  Qonunda  ―Pornografiya, 
shafqatsizlik va zo‗ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli 
ta‘sir  ko‗rsatuvchi  va  huquqbuzarliklar  sodir  etilishiga  sabab  bo‗luvchi  ommaviy  axborot 
vositalaridan  foydalanish,  adabiyotlarni  tarqatish  hamda  fil‘mlarni  namoyish  etish  taqiqlanishi‖ 
belgilab  berilgan  bo‗lsada,  bugungi  axborot  makonidagi  tendensiyalar,  axborot  ekspansiyasi, 
agressiv  axborotlarning  kuchayishi  milliy  qonunchiligimizni  va  ma‘rifiy-tarbiyaviy  ishlarimizni 
yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‗a bo‗lmas. 
                                                 
36
 Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013, 95-96 betlar 
37
 O‗sha manba, 97 bet. 
38
 O‗sha manba, 97 bet. 

Zamonaviy  ommaviy  kommunikatsiya  vositalari  bizni  global  axborot  makoni  bilan  bog‗lab, 
axborotni  olish  va  tarqatish  geografiyasini  kengaytirib,  dunyo  mamlakatlari  va  xalqlarini 
yaqinlashtirdi.  Bu ijobiy  holat, albatta. Biroq,  axborot makonida taxdidlar  bor  ekan, milliy axborot 
makonimizga chegara quyib bo‗lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik 
va buzg‗unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma‘naviy olamining 
daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‗a bo‗lmas. 
Inson o‗zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki 
bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‗lmaganda ―Bu axborotni kim uzatayapti?‖, ―Nima 
uchun  uzatayapti?‖  va  ―Qanday  maqsadda  uzatayapti?‖  degan  savollarni  o‗z-o‗ziga  berishi,  unga 
asosli  javob  topishga  harakat  qilishi  kerak  bo‗ladi.  Ana  shundagina  turli  g‗oyalar  ta‘siriga  tushib 
qolish,  taqdim  etilayotgan  ma‘lumotlarga  ko‗r-ko‗rona  ergashishning  oldi  olinadi.  Shakllangan 
axborot  iste‘moli  madaniyati  milliy  manfaatlarimiz  va  qadriyatlarimizga  zid  bo‗lgan  xabar, 
ma‘lumotlarga nisbatan o‗ziga xos qalqon rolini o‗taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni 
ta‘minlashga xizmat qiladi.  
Axborot iste‘moli ijtimoiy, aniqrog‗i, ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. 
Axborot iste‘molining xizmatlar iste‘molining o‗ziga xos shakli hisoblanadi. Ma‘lumki, har qanday 
xizmatni  iste‘mol  qilishdan  avval  uning  sifati,  narxi,  foydasi,  qulayligi  va  boshqa  shu  kabi 
xususiyatlariga  e‘tibor  beriladi.  Bu  jarayonda,  iste‘mol  qilinayotgan  xizmatning  talab-taklif 
xususiyatlari  ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ktegan xizmatlarning iste‘mol darajasi 
yuqori bo‗lib, ularga  talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste‘moli jarayoniga ham xosdir. 
Biroq  ma‘anviy  ne‘mat  bo‗lgan  axborotni  iste‘mol  qilish  o‗ziga  xos  tomonlari  bilan  ham  ajralib 
turishini  ta‘kidlash  joiz.  Xususan,  axborot  konkret  shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  va  davlat 
tomonidan  iste‘mol  qilinadi-ki,  mazkur  darajalarda  iste‘mol  jarayonlari  bir-biridan  farq  qiladi. 
Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‗lgan ma‘lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun 
ahamiyatsiz  bo‗lishi  mumkin.  Shuningdek,  axborot  makon  va  zamon  xususiyatlariga  ham  ega. 
Chunonchi,  g‗arbda  o‗ta  ommabop  bo‗lgan  axborotlar.  Sharq  xalqlari  tomonidan  kam  iste‘mol 
qilinishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  ma‘lum  bir  tarixiy  davrda  katta  qiziqish  bilan  kutib  olingan 
ma‘lumotlar, vaqt o‗tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‘ikos etmasligi 
mumkin. 
Axborot  iste‘moli,  kim  tomonidan  iste‘mol  qilinishidan  qat‘i  nazar,  qabul  qilish,  tushunish, 
talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan bosqichlarda amalga oshadi. 
Bugungi  kunda,  axborot  iste‘moli  jarayoni  ham  o‗ziga  xos  madaniyatni  taqozo  etmoqda-ki, 
madaniyatning bunday shakli insoniyat ma‘naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur. 
Axborot  iste‘moli  madaniyati  globallashuv  jarayonlarining  xarakterli  xususiyatlaridan  biri 
bo‗lgan,  Internet  tarmog‗i  jadal  rivojlanib  borayotgan  hozirgi  sharoitda,  ayniqsa,  muhim  ahamiyat 
kasb etadi. 
˗ 5. Geosiyosiy  manfaatlar axborot xavfsizligi omili. Bugungi dunyoda axborot muhim 
ahamiyatga  ega  bo‗lgan  siyosiy  omil  hisoblanadi.  Dunyo  bo‗yicha  xabar  tarqatuvchi  ommaviy 
axborot  vositalariga  ega  bo‗lgan  davlatlar  yer  yuzida  kechayotgan  siyosiy  voqealarni  o‗z 
manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda  talqin  qiladi  va  boshqalarga  yetkazadi.  Tarqatilayotgan 
xabarlar  asl  haqiqatdan  yiroq  bo‗lganligi  tufayli  ko‗pgina  mamlakatlar  va  xalqlar    tajovuzkor 
davlatlarning  ta‘siriga  tushib  qolmoqda.  Bu  esa  adolatsiz  urushlarning  davom  etishiga  olib 
kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari omilini 
tahlil etishga harakat qilamiz.      
˗ Ma‘lumki,  huquqiy  fuqarolik  jamiyatida  eng  muhim  demokratik  institutlardan  biri  – 
ommaviy  axborot  vositalari  sanaladi.  Rivojlangan  demokratik  tizimda  ―To‗rtinchi  hokimiyat‖ 
deb e‘tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi: 
˗ birinchidan,  jamiyatdagi  siyosiy,  iqtisodiy,  ma‘naviy,  ma‘rifiy  islohotlarni  targ‗ib  va 
tahlil etadi;  
˗ ikkinchidan,  jamiyatdagi  turli  qatlam  fikrini  ifodalash  barobarida  ijtimoiy  fikrni 
shakllantiradi  va  yo‗naltiradi.  Demak,  mamlakatdagi  ijobiy  o‗zgarishlar,  iqtisodiy  yuksalishlar 
Ommaviy  axborot  vositalarining  mavqei  va  darajasini  belgilaydi.  O‗z  o‗rnida  axborot 

vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta‘minlamay turib demokratik o‗zgarishlarga erishib 
bo‗lmaydi.  Ommaviy  axborot  hukumat  va  xalq  o‗rtasida  vositachi  sifatida  siyosiy  partiyalar, 
davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari 
davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‗yicha, nuqtai nazarini, shu yo‗ldagi  Farmon, qaror 
va  qonunlarni  xalqqa  yetkazadi.  O‗z  navbatida  xalq  davlatning  ichki  va  tashqi  siyosatidan 
boxabar  bo‗ladi,  uni  tahlil  etib,  o‗ziga  yarasha  xulosa  chiqarishga  intiladi,  noqonuniy  hatti-
harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi 
bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta‘minlanadi. 
Keng jamoatchilikka ta‘siri, muayyan axborot yoki ma‘lumotni zaruriy darajada yetkazish, 
auditoriyani  qamrab  olishi,  jamiyatda  kechayotgan  voqea  va  hodisalarni  to‗g‗ri  talqin  etish, 
targ‗ibu  va  tashviq  qilish  jihatidan  ommaviy  axborot  vositalari  turli  darajaga  ega.  Rus  olimi 
Ye.Starobinskiy ta‘biri bilan aytganda, har soha o‗ziga yarasha axborot vositasini, har bir bozor 
esa targ‗ibot shaklini tanlaydi. Kishilarning ayrim qatlami esa o‗ziga mos arzon, sifatli va qulay 
vositani tanlab, ko‗proq ma‘lumot olishga intiladi. ―Delovoy mir‖ jurnali tahliliga ko‗ra, aholiga 
tez ta‘sir qilishi, qisqa fursatda ma‘lumotlarni yetkazish bo‗yicha televideniye, barcha yoshdagi 
kishilarni jalb etishi, ta‘sirchanligi bo‗yicha radio qulay va arzon axborot vositasi sanalar ekan. 
Ijtimoiy-siyosiy  voqelikni  targ‗ib  etish  va  muayyan  g‗oyalar  talqinini  yetkazishda  radioning 
mavqei  yuqori baholangan.
39
 Demak, mamlakatdagi islohotlar jarayonida radio va televideniye, 
gazeta va jurnalning o‗ziga xos alohida o‗rni mavjud. 
Ommaviy  axborot  vositalari  ichida  televideniye  va  radio  kuchli  mafkuraviy  ta‘sir 
o‗tkazadigan  vositadir.  Ular  bir  tomondan  jurnalist  va  mutaxassislar  ko‗magida  targ‗ibot  olib 
boradi, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy muammolarni tahlil etadi. Ikkinchi tomondan har bir fuqaroga 
o‗z fikrini ayta olishga imkon beradi. Axborot tarqatishda televideniye va radio  
Avvalo,  siyosiy  jarayonlarda  ishtirok  etish,  uning  asl  maqsad-mohiyatini  anglash  uchun 
fuqaroning xabardorlik darajasini oshiradi
Ikkinchidan, o‗tish davri, to‗g‗rirog‗i asta-sekin iqtisodiy yuksalish bo‗layotgan bir pallada 
paydo bo‗layotgan muammolarni tahlil etishda muhim vazifani amalga oshiradi; 
Uchinchidan, mafkuraviy kurashlar kuchayayotgan, islom diniga siyosiy tus berilayotgan, 
―islom  dini‖  niqobi  ostida  o‗zining  qabih  –  qo‗poruvchilik  niyatini  amalga  oshirayotgan 
terrorchilar guruhlarining kirdikorlarini ochiq-oydin tahlil etishda ishtirok etadi
To‗rtinchidan,  dunyo  hamjamiyatining  dardiga  aylangan  diniy  aqidaparastlik,  terrorizm, 
separatizm illatlarini bartaraf etishda teleradiokanallar samarali axborot tarqatadi. 
Bugungi illatlarning tub ildizini, aniqrog‗i axborot tarqatish manbalarini qo‗porib tashlash 
xususida  O‗zbekiston  birinchi  Prezidenti  shunday  yozadi:  ―Biz  faqat  terrorizmning  tashqi 
ko‗rinishlariga,  begunoh  odamlarni  otadigan,  portlatadigan  va  o‗ldiradigan  kimsalarga  qarshi 
kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo‗lmasligini bir necha bor ta‘kidlaganmiz. Hayotning 
o‗zi  shuni  ko‗rsatmoqdaki,  avvalambor,  ushbu  balo-qazoning  birlamchi  manbalariga  qarshi 
kurashish  darkor.  Ya‘ni  islom  dinini  siyosatga  aylantirayotgan,  yovuzlik  va  terrorchilik 
mafkurasini  yaratayotgan  ko‗plab  radikal  va  ekstremistik  markazlarning  birinchi  navbatda 
yoshlar  ongini  zaharlab,  zombiga  aylantirib,  ulardan  terrorchilar  tayyorlash  bo‗yicha  konveyer 
tashkil  etayotgan,  xalifalik  tuzishda  turli  xom-xayollarni  amalga  oshirishga  urinayotgan  qabih 
kishilarning ildizini qirqib tashlash kerak‖.
40
 Ko‗rinib turibdiki terrorizm va diniy aqidaparastlik 
aynan axborot vositasida tarqatiladi. 
Axborot  vositasida  amalga  oshiriladigan  har  qanday  qo‗poruvchilik,  xoh  siyosiy,  xoh 
iqtisodiy,  xoh  harbiy  yo  mafkuraviy  bo‗lmasin  davlat  va  jamiyat  taraqqiyotiga  salbiy  ta‘sir 
ko‗rsatadi,  islohotlar  jarayonini  sustlashtiradi.  Ulkan  miqdordagi  iqtisodiy  zarar  keltiradi, 
davlatlar  o‗rtasidagi  munosabatlarni  salbiy  tarafga  o‗zgartiradi,  millatlar,  diniy-etnik  guruhlar 
orasidagi ziddiyatni keskinlashtirib, kelishtirib bo‗lmaydigan darajaga keltiradi. Bu turli millat, 
                                                 
39
 O‗sha joyda, 123-bet. 
40
  Karimov  I.A.  Bizning  bosh  maqsadimiz—jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modjernizatsiya  va  isloh 
etishdir.  Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasi. 

elat,  diniy  konfessiya,  mazhab  va  yo‗nalishlarga  mansub  bo‗lgan,  turli  dunyoqarashu  tafakkur 
vakillari yashaydigan Markaziy Osiyo, xususan O‗zbekiston davlati uchun nihoyatda xavflidir. 
Demokratiya  tamoyillarini  yoyish,  inson  huquqlarini  himoya  qilish,  globallashuv 
jarayonini tezlashtirish, dinlarni takomil toptirish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini dunyo bo‗ylab 
yoyish,  rivojlantirish  va  mustahkamlash  bahonasida  ―Gegemonlik‖  g‗oyasini  singdirishga 
intilayotgan  ba‘zi  bir  davlatlar  ommaviy  axborot  vositalaridan  o‗z  mafkurasini  singdirishda 
foydalanmoqda.  Aslida  terrorizm,  diniy  aqidaparastlik,  mutaassiblik,  giyohvandlik  va 
narkobiznesga  qarshi  kurashda  ommaviy  axborot  vositalari,  ayniqsa,  radio  va  televideniyeya 
asosiy tashviqot quroli bo‗lishi kerak. Ammo g‗arblik siyosatshunoslarning fikricha, televideniya 
va radio terrorchilarning odamlar bilan muloqot qiladigan oddiy vositaga aylanib qoldi
41
.  
Bu  jarayon  Yevropadagi  axborot  vositalarida  ko‗proq  seziladi.  1972  yil  5  sentabrda 
Germaniyaning Myunxen shahrida XX olimpiada o‗yinlari bo‗layotgan bir vaqtda Arabistondagi 
―qora  sentabr‖  ekstremistik  tashkiloti  isroillik  sportchilarni  avval  garovga  olib,  so‗ngra  otib 
tashlagan  edi.  Bu  qonxo‗rlikning  vaqti,  joyi,  shakli  tasoddifiy  emas,  oldindan  rejalashtirilgan. 
Dunyo  hamjamiyatining  diqqatini  Arab  -  Isroil  mojarosiga  qaratish  asosiy  maqsad  hisoblanib, 
ommaviy axborot vositalari targ‗ibot manbaiga aylangandi. 
Axborot  tarqatish  usuli  bilan  nafaqat  maxsus  kontrterroristik  harakatlar  o‗tkazishni 
qiyinlashtirish  yoxud  terrorizm  g‗oyasini  targ‗ib  qilish,  balki  jinoiy  harakatlar  tayyorlash 
taktikasi va terroristik maqsadlarni amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 1986 yilda bir guruh 
uyushgan jinoyatchilar Shvetsiya bosh vaziri U.Telmanni vahshiylarcha o‗ldirishadi. Ommaviy 
axborot vositalari esa bosh vazir o‗limi tafsiloti va taktikasini butunicha e‘lon qiladi. Oradan bir 
qancha vaqt o‗tmay xuddi shu ssenariy asosida bank direktori Z.Marbiy o‗ldiriladi. 
Mamlakatlardagi  harbiy  xizmatchilar,  maxsus  xizmat  vakillari,  huquqni  himoya  qiluvchi 
organlar,  yirik  siyosatshunos  olimlar  ommaviy  axborot  vositalarini  har  qanday  holatda  ham 
terrorchilarga  minbar  sifatida  bermaslik  tarafdoridirlar.  AQSH  Mudofa  Vazirligi  1991  yilda  14 
yanvarda  ―Ommaviy  axborot  vositalari  uchun  asosiy  qoida  va  ko‗rsatmalar‖  ni  qabul  qilib, 
odamlarning  hayotiga  xavf  tug‗dirishi  mumkin  bo‗lgan  axborotni  tarqatishni  ta‘qiqlab  qo‗ydi. 
1996  yil  Moskvada  bo‗lib  o‗tgan  ―Terrorizmga  qarshi  kurash‖,  1997  yilda  Sankt-Peterburgda 
o‗tgan  ―Xalqaro  terrorizm  va  yangi  o‗lchovlar‖  xalqaro  anjumanlarda  muhim  masala  bo‗yicha 
bir  to‗xtamga  kelindi:  terroristik  va  antiterroristik  harakatlarni  yoritish  bilan  bog‗liq 
ma‘lumotlarni  olish  va  tarqatishda  jurnalistlarning  huquqlarini  qonunan  chegaralash  zarur. 
Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  1996  yil  7  martda  ―Terrorizm  bilan  kurashni  kuchaytirish 
xaqida‖  Farmon  qabul  qilib,  Bosh  Prokuraturaga  terrorizm  bilan  bog‗liq  voqealarni  ommaviy 
axborot  vositalari  tomonidan  yoritilishida  Rossiya  Federatsiyasi  qonunchiligining  bajarilishi 
ustidan nazoratni kuchaytirish borasida tavsiya ham bergan.  
Xulosa  sifatida  aytish  mumkinki,  terrorizm  va  uning  oqibatlarini  axborot  vositasida 
yoritish, targ‗ib va tahlil etishda ikki tendensiya ko‗zga tashlanadi: Birinchisi – axborot terrorizm 
illatini  bartaraf  etish,  uning  oldini  olish,  manba  va  ildizlarini  quritish  jarayonida  targ‗ibot 
manbai.  Ikkinchisi  –  axborot  antiterroristik  aktlarni  o‗tkazishda  xalaqit  berish  barobarida 
uyushgan jinoyatchilar guruhi va oqimlarining reklama manbaiga aylanmoqda.  
Keyingisi O‗zbekiston ommaviy axborot vositalariga taalluqli emas. Sababi – birinchidan, 
istiqlolning  dastlabki  kunidanoq  O‗zbekiston  davlati  terrorizm,  diniy  aqidaparastlik, 
mutassiblikning og‗ir oqibatlarini anglab, axborot vositalarida Afg‗oniston, Tojikiston misolida 
ayta boshladi. 
Ikkinchidan,  diniy-etnik  va  millatlararo  notinchlikning  jabrini  biz  boshqalardan  oldinroq 
ko‗rdik (Parkent-O‗sh) va uning ―gazak‖ otishiga qarshi radio, televideniya va matbuot kuchidan 
ham foydalandik. 
Uchinchidan,  mavjud  OAV  to‗g‗risidagi  qonunlar  O‗zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  mudofaa  to‗g‗risidagi  qonunlarda  buzg‗unchilik,  qo‗poruvchilik  va 
parokandalikka qarshi kurash alohida qayd etilgan. 
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish