AMALIYOT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA –
INTERFAOL METODLARNING O‘RNI
Tuxtamushova A.U.,
Toshkent kimyo texnologiya instituti
Ikramova Z.A.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,
O‘zbеkistоndа tа’lim tizimini tubdan islоh qilish, uni mazmunan yuksak
pog‘onalarga olib chiqish yuzasidan qator qоnuniy hujjatlar qаbul qilingаnki,
bular «Tа’lim to‘g‘risidа» vа «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi» to‘g‘risidаgi
qоnunlаrdir. Ushbu qоnuniy hujjatlаrdаn kеlib chiqаdigаn vаzifа tа’lim
dаsturlаri mаzmunining yuqоri sifаtigа erishish vа yangi pеdаgоgik
tехnоlоgiyalаrni jоriy qilishdan iboratdir. Yoshlar – yurtimiz istiqboli, bizning
ertangi kunimiz. Ertangi kunimizning qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan, qaysidir
ma’noda biz - o‘qituvchilarga ham bog‘liq. Chunki, bugungi kun ta’lim
dargohlarida istiqbolimiz uchun poydevor yaratiladi, uning nechog‘lik
mustahkamligi, bugun biz pedagoglarning o‘quv auditoriyalaridagi ta’lim
jarayoni sifatiga hamda uni amalga oshirishdagi yondashuvimizga bog‘liq.
Bugungi kun o‘qituvchisi dоimо o‘z darajasi, ilmiy salohiyati va pedagogik
mаhоrаtini оshirib, uni sаn’аt dаrаjаsigа yеtkаzib bоrishi kеrаk. O‘z fikrini
tushunаrli, ko‘rgаzmаli ifоdаlаy bilish, jаhоn vа mаmlаkаtimiz ijtimоiy-
iqtisоdiy hаyotidаgi vоqеаlаrgа o‘z munоsаbаtini bildirishi, tа’lim bеrishdа
ijоdiy yondаshuvni rivоjlаntirib bоrishi kеrаk. O‘qituvchining ijоdiy yondаshuvi
esa o‘z navbatida tаlаbа tоmоnidаn kimyo fanini o‘rgаnishgа bo‘lgan ijоbiy
yondаshuvining zaruriy shаrti bo‘lib hisoblanadi.
O‘qitishning
interfaol metodlarini ta’lim tizimiga qo‘llanilishi
raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri
hisoblanadi. Bugungi kunga kunga kelib o‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha
chuqur bilimga ega bo‘lishi va faqat katta hajmdagi ma’lumotlarni yetkazib
berishining o‘zi yetarli emas. Ta’lim jarayoniga yangicha qarash, talabalarga
interfaol yondashuv asosida bilim berish - eng samarali yo‘llaridan biri
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, talabalar o‘quv jarayoniga faol jalb
qilingandagina berilayotgan materiallarni osonlik bilan idrok etadilar. Shundan
592
kelib chiqqan holda, bugungi kunda asosiy metodik innovatsiyalar o‘qitishning
interfaol metodlarini qo‘llashni taqozo etadi. Ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchining o‘zaro hamkorligiga asoslangan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv
mashg‘ulotining samaradorligini oshirishda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek
interfaol metodlarni qo‘llashning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
qisqa vaqt ichida kutilgan, kafolatlangan natijaga erishish, talabalarni faolligiga,
mustaqil fikrlashishiga erishish, hamda kichik guruhlarda muqobil fikrlar
ichidan maqbulini tanlay olish, muammo va muammoosti muammolarini
aniqlay olish, o‘zgalar fikrini tinglay olish, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish
ko‘nikmalarni shakllantirish kabi xususiyatlarni, talabalrda rivojlantirish -
bo‘lg‘usi kimyogar-texnologlar uchun juda muhimdir. Ma’lumki, amaliy
mashg‘ulotlarda ma’ruza darslarida o‘tilgan mavzularni mustahkamlanadi.
O‘qituvchining vaqtdan unumli foqdalanishi, uni to‘g‘ri taqsimlay olishi,
talabalar diqqatini ko‘rgazmali vositalar yordamida taqdimot, videorolik
namoyishi orqali, amaliy mashq bajarishda, masalalar yechishda interfaol
metodlardan, shuningdek grafik organayzerlardan joyida va o‘rinli foydalanishi,
xuddi shu o‘qituvchining an’anaviy usulni qo‘llagan holatidan tubdan farq
qiladi. 1-rasmda talabalar diqqatini vaqtga nisbatan o‘zgarib borishi keltirilgan.
Ko‘rinib turibdiki, interfaol metodda talabalar faol pozitsiyada, ya’ni ularning
diqqati o‘quv materialini o‘zlashtirishga qaratilgan.
Amaliymashg‘ulotlarnio‘tishda “Keys – stady”, “ Bumerang”,
‘Aqliyhujum”, grafikorganayzerlardan “Klsater”, “Venndiagrammasi”,
“SWOT” tahlil, “Insert” vah.k. metodlaridanfoydlanishko‘proqsamaraberadi.
Masalan, “Klaster” metodi(tutam, bog‘lam) – axborotxaritasinituzishyo‘li–
barchatuzilmaningmohiyatinimarkazlashtirishvaunianiqlashuchunqandaydirbiror
asosiyomilatrofidag‘oyalarniyig‘ishusuli.Bilimlarni
faollashtirish
jarayonini
tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli
tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga imkon beradi. Talabalar klasterni
tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki kata qog‘oz varag‘ining
o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi.
593
Klasterni mustaqil ish sifatida individual topshiriq sifatida ham berish mumkin.
Kim eng ko‘p bog‘lam xosil qila oladi (albatta asoslangan tarzda). Birikma
bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yoniga mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar
kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Bu “yo‘ldoshlar”da ‘kichik
yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar
tugaguncha davom etish mumkin. O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “Venn
diagrammasi” grafik organayzeridan foydalanilganda taqqoslanayotgan
ob’ektlarni (guruh, moddalar yoki elementlar) xususiy va umumiy jihatlarini
qiyoslanadi. Bunda o‘zaro kesishuvchi ikkita yoki uchta doiralardan
foydalaniladi. Masalan, VII – A va VII-B guruh elementlarini “Venn
diagrammasi” grafik organayzeridan foydalanib, o‘ziga xos va barchasi uchun
umumiy bo‘lgan xossalarini aniqlash vazifasini berish mumkin:
Interfaol metodlar qo‘llanilganda talaba bilimlarni qabul qilish jarayonida
to‘laqonli ishtirokchiga aylanadi. O‘qituvchi tayyor bilimlarni berishni emas,
balki talabalarda bilim olishga rag‘bat, ishtiyoq uyg‘otadi, ularni mustaqil
izlanishga yo‘naltiradi. O‘qituvchining faolligi talabalarga ko‘chadi, bu bilan
birga talabalar tashabbuskorligi uchun imkoniyat yaratiladi. Muammoli ta’limni
tashkil qilish ham talabalarni mustaqil, tahliliy, tanqidiy va ijodkorona
fikrlashini shakllantirishga ko‘maklashadi. Ularda muammoni topish – muammo
osti muammolarini izlash – muqobil variantlarni topish – maqbul yechimga
kelish tizimida fikrlash, individual, juftlikda va jamoada ishlash, o‘zaro fikr
almashinish, fikrlar xilma –xillgi sharoitida o‘z fikrini himoya qila olish, to‘g‘ri
fikrni qo‘llab-quvvatlashni o‘rganadi. Ayniqsa, “Keys-stadi” metodini, amaliyot
darslarida qo‘llash orqali yetkazilayotgan materialni o‘qituvchi emas, balki
talabaning o‘zi o‘zlashtirishi , bu o‘rinda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi vazifasini
o‘tashi muhimdir. “Keys-stadi” (inglizcha сase –to‘plam, aniq vaziyat, stadi –
ta’lim) – keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammolarni ifodalash
hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga
yo‘naltiradigananiq, real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-
vaziyatli tahlil etilishiga asoslangan ta’lim uslubidir.Keys texnologiyasi –
594
bilimlarni tayyor holda yetkazish yoki yechimlarni berish emas, balki uni izlab
toppish va mustaqil izlashga o‘rgatadi.
Agar u o‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida
qo‘llansa, metod xarakterida bo‘ladi, biron bir jarayonni tadqiq
qilishdabosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa,
texnologik jihatni kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, amaliyot mashg‘ulotlarida talabalar tomonidan
egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash nazarda
tutiladi. Mavzu yuzasidan vazifalarni talabalar individual, juftlikda yoki kichik
guruhlarda bajarishlari mumkinligi esa qo‘llaniladigan interfaol metodlarni
tanlash va oldindan loyihalashtirish, kutiladigan natijani avvaldan belgilash
imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |