Список литературы:
1.
Есауленко И.Э., Пашков А.Н., Плотникова И.Е. теория и
методика обучения в высшей медицинской школе// учебное пособие.
– 2-е издание, исправл. и допол. Воронеж, ВГМА. – 2011. – С. 383.
2.
Игнатьева А.В., Максимов М.М. Исследование систем
управления// учебное пособие для вузов. – 2000. – С. 157.
3.
Панфилова А.П. Мозговые штурмы в коллективном
принятии решений// Санкт-Петербург. – 2005. – С. 496.
4.
Селевко Г.К. Современные образовательные технологии//
учебное пособие. М.: Народное образование. – 1998. – С. 256.
589
KIMYO FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Tuxtamushova A.U.
Toshkent kimyo texnologiya institute
Ikramova Z.A.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida boshqa sohalarda
bo‘lgani kabi ta’lim tizimi ham tarkibiy, tashkiliy va mazmun jihatidantubdan
isloh qilindi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar va
iqtisodiy islohatlarning chuqurlashuvi, respublikamizning jahon hamjamiyatiga
integrallashuvi jarayonlarining kuchayishi, albatta ta’lim sohasiga ham o‘z
ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Uzluksiz ta’lim jarayonini takomillashtirishning
muhim jihatlaridan biri - ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
qo’llash, talabalarni ta’lim jarayonining passiv, sust tinglovchisidan, ularni
ushbu jarayonning faol ishtirokchisiga aylantirishdan iborat. O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi prezidenti I.Karimovning “Ta’lim, tarbiya va kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish
to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ta’lim
muassasalari, birinchi navbatda Oliy ta’lim muassasalari professor-pedagog
xodimlari safidan yetuk mutaxassislarni tayyorlab, ularni rivojlangan
demokratik xorijiy davlatlar ta’limidagi ilg‘or, ijobiy tajribalarni o‘rganishlarini
tashkil etish, o‘qitishning innovatsion pedagogik texnologiyalarini yaratish -
dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim
muassasalarida rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4732-
sonli Farmonida Oliy ta’lim muassasalarida dars sifatini samarali darajaga
ko‘tarishga va ustozning pedagogik maxoratini oshirishga axamiyat berilmoqda.
Shu o‘rinda kimyo fani biz yashayotgan jamiyatning asosiy ishlab
chiqaruvchi kuchiga aylanib borayotganligini, “Kimyo” fani yutuqlaridan
foydalanmasdan turib, xozirgi zamon sanoati va xalq xo‘jaligini taraqqiy
etishini, ekolgik, ya’ni atrof muhitni himoya qilish muammolarini hal qilishni
tasavvur qilish qiyinligini ta’kidlash joyizdir. “Kimyo” fanining sanoatni turli
yo‘nalishlarida – arxitektura va qurilish, to‘qimachilik, neft va gaz,
yog‘ochsozlik, mashinasozlik va jihozlash texnologiyasi, metallurgiya va
rangli metallar texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi organik va mineral o‘itlar ishlab
texnologiyasi, oziq – ovqat maxsulotlari texnologiyasi, oqova suvlarni tozalash
va atrof muhitni ifloslanishini oldini olishdagi ahamiyati katta o‘rin tutadi. Shu
munosabat bilan Oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini ishlab chiqarishning
zamonaviy yutuqlariga, uni o‘rganish metodologiyasi asosida hamda ilg‘or
axborot texnologiyalariga asoslanib o‘qitishni amalga oshirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
590
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri-
ortiqcha zo‘riqishlarsiz, ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa muddat ichida
yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni
talabalarga yetkazib berish asosida ma’lum faoliyat ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish, faoliyatini nazorat qilish, ular tmonidan egallangan nazariy va
amaliy bilimlar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik
mahoratni, ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni talab etadi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul
yo‘li– bu mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etishdir. Interfaol
metodlar nima, ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega va ulardan ta’lim
jarayonida o’rinli, maqsadli qo‘llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi?
“Innovatsion ta’lim texnologiyalari”tushunchasining mazmuni “innovatsiya” so‘zi
ifodaaydi,
ya’ni
inglizcha“innovation”
-“yangilik
kiritish”degan
ma’nonianglatib, uning negizida muayyan tizimning ichki tuzilishini
o‘zgartirishga qaratilganfaoliyat yotadi. Interfaol ta’lim – ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni
o‘zlashtirish yo‘lida, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga
asoslanuvchi ta’lim tushuniladi. Innovatsion ta’lim – bu yangi g‘oyalar, tizim
yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishga qaratilgan aniq maqsadlar,
noan’anaviy yondashuvlar, noodatiy tashabbuslar, ilg‘or uslublardir. T a’lim
sohasi yoki o‘quv jarayonidagi mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida
yechish maqsadida ta’lim innovatsiyalari qo‘llanilib, ular avvalgidan
samaradorroq
natijani
kafolatlay
oladigan
shakl,
metod
va
texnologiyalardir.Innovatsion
ta’lim
texnologiyalariga
tayangan
pedagog,o‘zining butun innovatsion faoliyatini samarali tashkil etadi, o‘quv
maqsadlarini aniq va oqilona belgilaydi, o ‘ q u v jarayonini maqsadli va loyihali
tashkil etadi,modellashtiradi, loyihalaydi,talabalarning o‘quv bilish faoliyatini
faollashtiradi,ulardamustaqil,tanqidiyva
ijodiyfikrlashqobiliyatini
rivojlantirish
yuzasidanbilim,ko‘nikma-malakalarniyaratadi.
Ma’ruza
darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va
elektron didaktik texnologiyalardan, amaliy mashg ‘ulotlarda texnik
vositalardan, blits-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik
guruhlar bilan ishlash, shuningdek boshqa interaktiv ta’lim usullaridan
foydalanadi.
Pedagogik innovatsiyalarning izchillik bilan pedagogik faoliyatga
yangiliklarni olib kirishga imkon berish orqali ta’lim tizimi yoki o‘quv
jarayoni taraqqiy etadi.
Mutaxassislarning izlanishlari natijasiga ko‘ra insonning axborotlarni
qabul qilish darajalari vaziyatga qarab turlicha bo‘ladi: eshitish orqali -5%,
o‘qiganda-10%, ko‘rish orqali-20%, ko‘rish va eshitish orqali -30%, birga
muxokama qilganda -40%, mustaqil o‘qiganda, tahlil qilgand va yozgan
narsalarini namoyish etganda-75%, o‘qiganlarini boshqalarga o‘rgatganda -
90% ni tashkil etadi. Xitoyliklarda «Aytsang - unutaman, ko‘rsatsang –eslab
591
qolaman, qiziqtirsang – o‘rganaman” – degan maqol bor. Demak, talabalarga
kimyo fanini o‘qitishda aynan interaktiv pedagogik texnologiyalarni qo‘llash,
o‘zaro hamkorlikka asoslangan aniq maqsadga qaratilgan kafolatlangan
natijaga eltuvchi samarali ta’lim jarayonini muhim jihatidir. Muxtasar qilib
aytganda, o‘qituvchining innovatsion faoliyati umum pedagogik jamoani
ilgarilanma harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘bat
uyg‘otuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi, u ta’lim jarayonini sifatini
kafolotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |