Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати


Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta’siri



Download 7,19 Mb.
bet36/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta’siri.

Ishlab chiqarishda zaharlanish inson organizmiga, nafas yo‘llari, me’da ichak yo‘llari, teri qoplamalariga, terining shikastlangan qismi orqali o‘tadi.

Zaharlanishning ko‘p turlari nafas olganda gaz, bug‘, tumanli aerozollarni yutish natijasida yuzaga kelib, bir xil zaharlar bilan surunkali yoki o‘tkir zaharlanishda organizm turlicha shikastlanadi. Bunda o‘pka to‘qimasi sathining kattaligi, zaharning qonga tez tushishi va havodan nafas olganda turli organlar va tizimlarga o‘tish yo‘lida qo‘shimcha to‘siqlarsiz yutilishi sabab bo‘ladi.

Ayrim zaharli moddalar o‘pkadan arterial qonga o‘tib, so‘ng boshqa organlar va to‘qimalarga tashiladi hamda tez reaksiyaga kirishadigan deb nomlanuvchi bu moddalar, qisqa vaqt ichida butun organizmga tarqaladi.

Sekin reaksiyaga kirishadigan zaharli moddalar arterial qon to‘qimalaridan bir muncha sekinlik bilan o‘tib, ulaning arterial qondagi miqdori venadagiga nisbatan yuqori bo‘lib turadi. To‘qimalar to‘yina borgan sari bu tafovut yo‘qoladi va zaharli moddalarning nafas bilan chiqariladigan havodagi miqdori uning nafas bilan oladigan miqdoriga yaqinlashadi.

Havoda bo‘lgan zaharli gazlar va bug‘lar teri orqali so‘rilishi mumkin, chunki teri nafas olish jarayonida qatnashadi.

Bundan tashqari havodagi zaharli bug‘lar va gazlar teridagi yog‘ qatlamida erib, keyinchalik u orqali so‘rilishi mumkin.

Yog‘simon moddalarda eruvchan zaharli moddalar, xususan, uglevodlar, aromatik aminlar, benzol, anelin kabi birikmalar teri orqali o‘tish xususiyatiga ega.

Ishlab chiqarishdagi zaharlarning teri orqali o‘tish xususiyatini gigienik me’yorlarda va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda hisobga olinadi: bunday moddalar uchun havodagi yo‘l qo‘yiladigan miqdor birmuncha past belgilanadi, teri qoplamalarini himoya qilish choralari ko‘zda tutilgan holda, ishdan keyin, albatta, yuvinish tavsiya etiladi.

Zaharlar ovqat hazm qilish organlariga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaganda: iflos qo‘l bilan ovqatlanishda, chekishda tushadi. Zaharli moddalarning me’daga tushishi, uni shilliq pardasi zararlanishi, sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Organizmga tushgan zaharning qon oqimi bilan to‘qimalarda, oqsil hujayralari va to‘qimalararo muhitning boshqa tarkiblari bilan o‘zaro fizik-kimyoviy ta’sirlashuvi ro‘y beradi.

Bu jarayonlarning biologik yo‘nalishi organizmning zaharlarga qarshi kurashidir.


Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish