DERAZA TARIXI
Hozirgi kunda derazasiz uyni
tasavvur qilishni iloji yo‘q. Go‘yoki
bu element eng dastlabki yashash
joylari bilan birga paydo bo‘lgandek.
Ammo bu unday emas: birinchi
derazalar faqat meloddan avvalgi
2000 yillikda qayd etilgan. Va
keyinchalik deraza oddiy tuynikdan
murakkab
tizimlarga
o‘tib,
rivojlanishning uzoq yo‘lini bosib
o‘tdi. Birinchi deraza ko‘rinishi juda ibtidoiy edi. Ular havo almashinuvi
va tabiiy yorug‘lik kirish uchun teshiklar shaklida qilingan. Janubdagi
mamlakatlarda – yunonlar va rimliklar, arablar va xorazmliklar derazasiz
uylar qurganlar, bu uylarning hovlisidagi ustunlar orqali honalarga tabiiy
yorug‘lik kirgan. O‘rta asrlarga qadar derazalar hayvonlarning terilari
yoki matolar bilan yopilgan oddiy teshiklar edi. Shuningdek, bu
maqsadlar uchun yorug‘likni o‘tkazadigan qora mol terisi ham
ishlatilgan.
Shisha buyumlari ishlab chiqarish eramizdan avvalgi VII asrda
Qadimiy Misrda paydo bo‘lgan bo‘lsada, faqat eramizning o‘rta asrlariga
kelib shisha oynalar qurilish materiali sifatida ishlatila boshlangan.
Birinchi oynali derazalar Rim imperiyasi davrida paydo bo‘lgan. Buning
uchun kichik shisha sharlar puflangan va bu sharlar tekislangan. Shu
tariqa dumaloq shisha oynalar ishlab chiqarilgan. Bu oynalar yog‘och
taxtada kesilgan teshiklarga joylashtirilgan. Bular birinchi deraza oynalar
edi. Tahminan 1330 yilda, Fransiyada va keyin Germaniyada “oy
shishasi” deb nomlangan oynalar ehtiro qilingan. Bu disk shaklidagi
145
oynalar juda notekis va shaffov emas edi. Bunday oynalardan
qo‘rg‘oshinli ramkalar yordamida butun derazalar yog‘ilgan, bu esa o‘rta
asr va Uyg‘onish davri inter’yerlarining o‘ziga hos hususiyati bo‘lib,
ularni Yevropaning qadimgi binolarida ko‘rish mumkin. O‘sha davrning
me’morlari oldida kichkina shisha plitalarni quyish mumkin bo‘lgan
deraza romlarini yaratish vazifasi turar edi. Deraza romlari temir yoki mis
panjaralardan iborat edi va bu panjaralar orasiga eritilgan shisha
quyilgan. Shu bois O‘rta asrlarda qurilgan binolarning barcha derazalarda
panjaralar mavjud..
O‘rta
asr
cherkovlari
va
soborlarida katta deraza teshiklari
yasalgan, ular vitraj oynalar bilan
bezatilgan yoki rangli shishadan
yasalgan
rasmlardan
yig‘ilgan.
Shisha ishlab chiqarishning primitiv
usuli va uning qimmatligi sabab
o‘sha davrning barcha me’moriy
yodgorliklaridagi
kichik
va
tor
derazalar hozirgi zamon kishilarning
diqqatini jalb etadi.
Hozirgi kunda derazalar uchun ishlatiladigan taxtaoynalar birinchi
bo‘lib Buyuk Britaniyadagi Pilkington kompaniyasi tomonidan float –
uslubda (Float-tekkis) 1959 yilda ishlab chiqarilgan.
146
Do'stlaringiz bilan baham: |