Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY TARBIYALASH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY TARBIYALASH 
G.Kushakova 
A.Qodiriy nomli JDPI dots.v/b. 
D.Raxmonova 
2-kurs magistranti 
 
O`zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so`ng  jamiyatimizda  yuz  berayotgan  tub 
ijtimoiy  siyosiy    va  ma'naviy  o’zgarish  umuminsoniy  qadriyatlar  tizimida  insonning  barcha  shaxsiy 
ehtiyojlari, talablari va manfaatlarini, ayniqsa, o`sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy-ahloqiy va aqliy 
imkoniyatlarini yanada ko`tarishni taqozo etadi.  
Shu  jihatdan  qaraganda,  bolalarni  ham  jismonan,  ham  ahloqan,  ham  aqlan  tarbiyalab  voyaga 
yetkazish bugungi kunda Davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. 
Bu  milliyligimizga  asoslangan,  rivojlangan  mamlakatlar  ta'lim  standartlariga  javob  bera  oladigan 
“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  va  “Ta'lim  to`g`risida”gi  qonunda  o’z  tasdig’ini  topgan.  Mazkur 
qonunning  ijrosini  ta'minlash,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  har  tomonlama  rivojlantirish  maqsadida 
“Bolajon” tayanch dasturi ishlab chiqildi. Bunda qonun va dasturlarda har tomonlama komil, ijodkor va 
aqliy  faol  shaxsni  tarbiyalashda  har  bir  bolaning  aqliy  imkoniyatlarini  hizobga  olish  rivojlantirishda 
innovatsion-texnologiyalardan samarali foydalanish vazifa qilib qo`yilgan. 
Hozirgi  kunda  pedagogik  texnologiyalar  barcha  sohada  qo`llanilgani  kabi  maktabgacha  ta'lim 
sohasida  ham  qo`llanilmokda.  Ayniksa,  innovatsion-texnologiyalar  bolalarga  aqliy  tarbiya  berishda 
qo`llanilishi o’z samarasini bermoqda. ”Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,inson 
o’z umri davomida oladigan informasiyaning 70 foizini 5yoshgacha bo’lgan davrida olar ekan.Bolaning 
ongi  asosan  5-7  yoshda  shakllanishini  inobatga  oladigan  bo’lsak  ana  shu  davrda  uning  qalbida 
ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi”.7   
Bola ta'lim tarbiyasi, aqliy yetuk, barkamol bo`lib yetishishi xususida shark mutafakkirlari merosiga 
nazar tashlasak unda quyidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin. 
A.N.Farobiy “Aqlli deb shunday kishilarni aytamizki, unda o`tkir zexn, idrok bo`lishi bilan birga u 
fazilatli ham bo’lsin. Bunday kishi o’zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, 
yomon ishlardan o’zini saqlashga va tortishga qaratgan bo’lmogi lozim. Shunday odamnigina aqlli va butun 
fikr yurituvchi deb atash mumkin” – deb ta'kidlaydi.  
A.A.I.Sinoning aql, aqliy tarbiyaga oid qarashlari deyarli barcha asarlarida o’z ifodasini topgan. 
Olim aqlli 3 bosqichga bo`lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, yaxshi xali harflarni ham, 
yozishni  ham  bilmaydigan  bolalarni  nazarda  tutgan.  Ikkinchi  bosqichda  tayoqchalarni  chiza  boshlagan, 
qalamdan  foydalanishni    o’rganayotgan  bolalarning  aqli,  uchinchi  bosqichda  aqliy  shakllarni  va  ularga 
muvofiq xissiy obrazlarni egallagan inson tasvirlanadi. 
I.Sino  aql  deganda,  insonning  tug’ma  iste'dodini,  bilish  jarayonida  shakllanadigan  fikrlash 
qobiliyatlarini tushunadi. 
Aqlni 2 kategoriyaga bo`ladi: 
Nazariy aql – borliqni umumiy narsalarni idrok etish. 
Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko`rinadigan qobiliyatlar. 
Ma'rifatparvar  alloma  A.Avloniy  inson  aql-zakovati  va  ma'naviy  kamolotining  yo`llari  ustida 
tuxtalib  shunday  deb  yozadiki:  “Ilm  dunyoning  izzati,  oxiratining  sharofatidir.  Ilm  inson  uchun  g’oyat 
muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o`z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko`rsatur, zexnimizni, 
fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur, ilmsiz mevasiz daraxt kabidur” deb ta'kidlab o’tgan. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashda mashg’ulotlarning o’rni va axamiyati kattadir . 
Mashg`ulotlar orqali samarali natijalarga erishish ilgor zamonaviy texnologiyalarni qo`llash orqali 
yuzaga keladi. Demak, pedagogik texnologiya ta'limga tizimli yondashuv asosida tatbiq etiladi.  
Ushbu tizimda: 
Tarbiyalanuvchining  yoshi,  ruxiyati,  dunyoqarashi,  bilimi,  faollik  darajasi  va  boshqalar  e'tiborga 
olinadi. 
Ta'lim-tarbiyaning maqsadi, yo`nalishi, mazmuni, shakllari, usullari. 
O’quv jarayoni. 
                                                             
7
 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent Ma’naviyat 2008 yil 53 bet 


 
139 
 
Tarbiyachining bu jarayon tashkilotchisi, raxbari, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va 
maxoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga ta'sir ko`rsatish, bolani 
eng  ko`p  darajada  faollashtirishga  xizmat  qiluvchi  usullarni  qo’llab,  kafolatlangan  samaralarga  erishish 
qobiliyati tashkil etadi.  
Zamonaviy texnologiyalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida – o`yin, mashg`ulot, sayr davomida 
qo`llash yaxshi samara beradi. 
Biz  hozir  zamonaviy  texnologiyalarni  o`yin  va  mashg`ulot  davomida  qo`llash  usulini  ko`rib 
chiqamiz.  
Ma'lumki  o`yin  faoliyati  bolalar  xayotining  mazmunini    tashkil  etish  bilan  birga,  ularni  atrofni, 
qolaversa,  barcha  yaqinlarini  tanishga  yordam  beradi,  kelgusi  o`quv  faoliyatiga  ro’xan,  aqlan  tayyorlab 
boradi. Ayni paytda o`yin bola uchun  ermak, quvonch manbai hamdir. Bolaning diqqati,  xotirasi, ijodiy 
tafakkuri va tasavvurini hamda dunyoqarashini shakllantirishga, o`stirishga xizmat qiladigan vositadir. Bu 
jixatlar bolaning bundan buyongi xayotida muxim o`rin tutadi.  
Kichkintoylarda  o`yinga  bo`lgan  qiziqish  shu  darajadaki,  ba'zilar  faqat  o`yin  bilan  band  bo`lg`isi 
keladi.  «Keling,  birga  o`ynaylik»,  «Dadajon,  onajon,  o`yinchoq  olib  bering»  kabi  iltijolarni  ko`p 
eshitishimiz  mumkin.  Bu  takliflarga  kunib,  hamma  ishimizni  bir  daqiqa  nariga  surib,  charchog`imiz, 
tashvishlarimizga  qaramay:  «Bupti,  qaysi  o`yinni  o’ynaymiz»  desak  bormi,  bir  onda  biz  yo`lovchi, 
xaydovchi, o`quvchi, ochko`z buri, ko`rqoq quyon, ukolli doktor va boshqa personajlarga aylanib, ularning 
quvonchlariga sabab bo`lamiz. Bola bilan o’ynar ekanmiz, biz ham o`z oldimizga maqsad qo’yib borishimiz 
kerak. O`yin davomida albatta biz ularning xoxishi, istagi bo`yicha harakat qilishimiz, bizning shu paytdagi 
asosiy ishimiz bolaning aytganlarini bajarib, uni xushnud qilish, vaqtini chog’lash va shu asosda muayyan 
ko`zlagan niyatimizni amalga oshirib, bolani ma'lum maqsadga yo`naltirishdir. Masalan, biz bola idrokini 
rivojlantirishni  o`z  oldimizga  vazifa  qilib  qo’yishimiz  mumkin.  Idrokni  o`stirishga  qaratilgan  o`yinlar 
bolada narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko`ra taxlil qilish malakasini shakllantiradi.  
Maktabga  tayyorlov  davriga  kelib,  bolalar    7  xil  rangni  bemalol  farqlay  oladilar.  Ular  asosiy 
geometrik shakllarni bilishlari lozim. Namunaga ko`ra, yoki nomi aytilgan ma'lum bir shakldagi narsalarni 
ajrata olishlari kerak. Shundan kelib chiqib, sizlarga 3-4 yoshli bolalar uchun o`yin mashg`ulotlarini tavsiya 
etamiz. 
 «Nima dumalaydi» 
Bu o`yin mashg`uloti orqali bolalar narsalarning shakli bilan tanishadilar. 
Shunday qilib bolalar bilan quvnoq o`yin – musobaqa uyushtiriladi. 
-Kim  o`z  qo’lidagi  shaklni  pol  yoki  stolga  o’rnatilgan  o`yinchoq  darvozadan  tezroq  dumalatib 
o`tkaza oladi 
Dumalatish  uchun  sharcha  yoki  kubni  taklif  etamiz.  Avvaliga  bolalar  uchun  darvozaga  nimani 
dumalatib  kiritishning  farqi  bo`lmas,  lekin  bir  necha  urinishdan  so`ng  u  sharchani  tanlagan  odam 
yutayotganligini tushunib qoladi. Ana shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi 
shu paytda: 
-  Nega  aynan  shu  shaklni,  sharni  dumalatmoqchisanmi  –  deb  so’raymiz.  Unga  xatti-harakatlarini 
asoslashiga, xulosa chiqarishiga yordamlashamiz. «sharcha dumalaydi, kubik dumalamay tuxtab qoladi». 
Bola e'tiborini kubdagi o`tkir qirralarga qaratamiz. Sharning tekisligini, qirralari yuqligini ko`rsatamiz. Ana 
shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi shu paytda: 
-  Nega  aynan  shu  shaklni,  sharni  dumalatmoqchisanmi  –  deb  so’raymiz.  O`nga  xatti-harakatlarini 
asoslashiga, xulosa chiqarishiga yordamlashamiz. «sharcha dumalaydi, kubik dumalamay tuxtab qoladi». 
Bola e'tiborini kubdagi o`tkir qirralarga qaratamiz. Sharning tekisligini, qirralari yukligini ko`rsatamiz. 
Rasmda  oddiygina  doira  va  turtburchak  shaklida  namoyon  bo`ladi.  Bolaga  shar  va  kub  rasmini 
chizishni taklif etamiz.  
Maktabgacha ta'limlarda ta'lim-tarbiya olayotgan yosh avlodni bilimli, ma'rifatli, har jihatdan yetuk 
qilib tarbiyalashda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyos.  
Xulosa  qilib  aytganda    yosh  bolalarga  aqliy  tarbiya  berishda  zamonaviy  texnologiyalardan 
foydalanish  o`z  samarasini  bergan.  Maktabgacha  ta'limda  ta'lim-tarbiya  olayotgan  yosh  avlodni  bilimli, 
ma'rifatli, har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyosdir.  
 


 
140 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish