Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK O‘YINLARNI AMALGA



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK O‘YINLARNI AMALGA 
OSHIRISH METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI 
Xamzayeva Gavxar 
JDPI Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi 211 gurux talabasi 
 
  Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va 
urf-odatlarimizni  asrab-avaylash,  halqimiz,  ayniqsa,  yosh  avlod  qalbi  va  ongiga  ona  yurtga  muhabbat, 
istiqlolga  sadoqat  tuyg‘ularini  chuqur  singdirish  masalasi  bugungi  kunda  tobora  dolzarb  ahamiyat  kasb 
etmoqda.  Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarni  yuksak  ma’naviy  fazilatlarini  kamol  toptirish,  milliy 
ma’naviyatini  takomillashtirish,  boy  madaniy  merosimiz,  tarixiy  an’analarimizga,  umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning 
asosiy  faoliyati  bo‘lib,  u  orqali  bola  shaxs  sifatida  shakllanadi.  O‘yin  bolalarning  kelajakdagi  o‘quv  va 
mehnat  faoliyati,  kishilarga  tmunosabatning  qay  darajada  shakllanib  borishini  belgilaydi.o‘yin  faoliyati 
asosida boladagi bilish  faoliyati rivojlanadi, bola qancha yaxshi  o‘ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi 
o‘qiydi. O‘yin bolalarni jismoniy tamondan tarbiyalash tizimida, matabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-
tarbiya  ishida,  axloqiy,  mehnat  va  estetik  tamondan  tarbiyalashda  katta  o‘rin  tutadi.  O‘yinda  yosh 
organizmga  xos  bo‘lgan  talab  va  ehtiyojlar  qoniqtiriladi,  hayotiy  faollik  ortadi,  birdamlik,  tetiklik, 
quvnoqlik  tarbiyalanadi.  Shunday  ekan,  har  bir  o‘yni-mashg‘ulotini  to‘g‘ri  rejalashtirish  maqsadga 
muvofiqdir.  O‘yin  mashg‘ulotlarni  rejalashtirayotganda  har  doim  maqsadni  hamda  mashg‘ulotdan 
kutilayotgan natijalarni aniqlabolish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shundan so‘ng maqsadga erishish uchun 
qaysi o‘yin, topshiriq yoki mashqdan foydalansa yaxshiroq samara berishi aniqlab olinadi. Buning uchun 
quyidagilarni inobatga olish zarur:  
soddadan murakkabga qarab intilish; turli xillilikka e’tibor berish (nutqiy fpoliyatni turli harakatlar 
bilan, tinch o‘yinlarni harakatli o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib turish);  
guruhiy yoki kichik  guruhlar  uchun mashg‘ulotlarni tashkil qilish. Tarbiyachi qachon katta guruh 
bilan hamda qachon kichik (6-8 boladan iborat guruh) guruh bilan ishlash lozimligini hal etmog‘i darkor; 
mashg‘ulotlarning  vaqt  chegaralarini  aniqlab  olish  (qaysi  vaqtda  bolalar  bilan  shug‘ullanasiz  va 
qancha vaqt davomida).  
 Mashg‘ulotlar  davomida  bolalar  o‘z  fikrlarini  bildirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lganlaridagina 
mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlari va o‘zaro ishonchlari oshib boradi. 


 
132 
 
 
Pedagogik ijrochilik o‘yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib 
bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini 
ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.  Metodika – bu 
tarbiyachi  mehnatining  professional  texnologiyasi  bo‘lib,  tarbiyachi  uni  egallagan  bo‘lishi  va  bolalarga 
rahbarlik qilish usullarini to‘xtovsiz takomillashtirib borishi kerak.  
Maktabgacha  yoshda  bolalar  o‘yin  faoliyatini  o‘zlashtira  borib  ijtimoiy  qadrli  va  ijtimoiy 
baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar.  
 
Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o‘yinlar.  
Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, mahsulotli, ijodiy, 
psixotexnik o‘yinlar.  
O‘yinlar  metodlariga  qarab:  predmetli,  syujetli,  badiiy  rolli,  hodisalarni  tasavvur  etuvchi  va 
drammalashtiruvchi o‘yinlar.  
Predmetlar  asosidagi  o‘yinlar:  matematik,  ekologik,  musiqali,  texnikaviy,  jismoniy  tarbiyalovchi, 
iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar.  
Ўйин-машғулотларнинг 
қатор тамойиллари 
мавжуд бўлиб, 
уларнинг асосийлари 
қуйидагилар
Ўзаро ҳурмат
Рефлексия
Ўйин қоидаларини англаб 
олиш. 
Ўйинларда эркин иштирок 
этиш
Мактабгача таълим 
тизимида қўлланиладиган 
педагогик ўйинларнинг 
қуйидаги турлари мавжуд
Болалар кайфиятини 
кўтарувчи ва ҳамкорликка 
чорловчи
Мактабгача болалар хатти-
ҳаракатидаги 
чекланишларни 
тавсифловчи (диагносика). 
Болалар шахси 
сруктурасига ижобий 
коррекциялар берувчи
Болаларни ўзлигини 
намоён этишга чорловчи
Болаларда ўзига ишонч 
ҳиссини шакллантирувчи, 
жисмоний ва интеллектуал 
муаммоларни йўқотишга 
қаратилган. 
Миллатлараро 
бағрикенгликни 
шакллантирувчи. 
Болаларда ижтимоий, 
жамоавий 
муносабатларни 
шакллантирувчи ўйинлар


 
133 
 
O‘yin  vositalari  bo‘yicha:  o‘yin  vositalari  (koptok,  piramida,  kub  va  boshq.)  bilan  amalga 
oshiriladigan o‘yinlar va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta usida, xonada va dalada 
o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik vositalar. 
Maktabgacha  ta’limda  yoshi  kattalarning  to‘plagan  tajribasini  kichik  yoshdagilarga  singdirish 
jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim  
azifalaridan kelib chiqib, predmetli, syujetli-ishchan, drammalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi.  

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish