Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY 
OMIL 
Abdullayeva Maryambibi Djumaniyazovna 
TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi 
o‘qituvchisi 
 
Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ,,Barkamol avlod orzusi” asarida 
,,Biz komil  inson  tarbiyasini  davlat  siyosatining  ustuvor  sohasi  deb  e’lon  qilganmiz.  Komil inson 
deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil  fikrlay  oladigan,  xulq-atvori  bilan  o’zgalarga ibrat bo’ladigan 
bilimli,  ma’rifatli  kishilarni  tushunamiz”.  Yana  ,,Yuqori  malakali,  zamonaviy  fikrlaydigan  odamlarning 
yetishmasligi bizning olg’a siljishimizda hamon katta to’siq  bo’lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalombor, 
yosh  kadrlarni  topish,  o’stirish,  tarbiyalash  bugungi  kunning  eng  dolzarb  masalasiga  aylanmoqda”,  deb 
juda o’rinli ta’kidlangan. 
Maktabgacha ta’lim me`yoriy  –  huquqiy  hujjati bo`lgan 2008  yil ishlab chiqilgan 
,,Maktabgacha  ta’lim  to’g’risida”gi  Konsepsiyada    ham  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari 
taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari, ta’lim - tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab 
berilgan bo’lib,  bu  borada  ilgari  surilgan  davlat  talablari  har  bir  bolaning  yoshini e’tiborga olgan 
holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari  bo’lajak  tarbiyachilariga  katta 
talablar qo`yilmoqda. 
Bo’lajak tarbiyachining har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishga maqsadli  yo’naltirish, 
uning dunyoqarashini, ehtiyojini ijtimoiy ahamiyatiga ega  bo’lgan  faoliyatini shakllantirish uchun maxsus  
kasbiy  bilim  va  ko’nikma  zarur.  Bo’lajak  tarbiyachi  shunday  universal va o’ta kuchli ommabop ta’sir 
vositalariga ega bo’lishi kerakki, undan quvvat olgan tarbiyalanuvchi har qanday salbiy, hatto o’ta kuchli 
yomon ta’sirga tushib qolganda ham uning ta’siridan chiqib keta olsin.  Pedagogik  qobiliyat  nazariyasi  va  


 
130 
 
metodikasining    ishlab    chiqilmaganligi  shunga  olib  keladiki,  pedagog-tarbiyachilarning  har  biri  o’zicha 
paypaslab ijodiy izlanish olib boradi. Ayni paytda bir necha xil savollar tug`iladi. Bo’lajak tarbiyachilar 
bilan  bolalar  jamoasi  qanday  qilib  til  topishishi  mumkin?  Qanday  qilib  yaxshi  pedagogik  -  psixologik  
muhitni    saqlab  qolish  va  o’z  kuch-quvvatini  oqilona  sarflash  mumkin?  Bolalarni  pedagogik  talablarini 
bajarishga  qanday  qilib  majbur  etish  mumkin? kabi  savollar  muttasil  takrorlanadi. Shu  va shu kabi 
savollarga javob topish mazkur maqolaning asosiy muammosini belgilaydi. Pedagogik san’at vaziyat bilan 
bog’liq. Bu yerda har gal hamma narsa g’oya yangidan sodir bo’lganday tuyuladi. Binobarin, kishi o’zining  
har  bir  qadamini  oldindan  ko’rishi va  rejalashtirishi  amalda  mumkin emas. Tarbiyachining mehnati - 
bu  behad  izlanish  va  azob-uqubatli  kechinmalar,  ko’pdan  -  ko’p  kundalik  ishlar,  hafsalasi  pir  bo’lish  va 
bolalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan  quvonchdan  qanoat hosil qilinadi. “Mutlaqo to’g’ri bo’lgan 
hech  qanday  pedagogik  tadbirni  yoki  tizimni  o’rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa hozirgi bosqich 
sharoitlari  va  talablaridan  kelib  chiqmaydigan har qanday qotib qolgan aqida hamisha noto’g’ri qoida 
bo’ladi” - deb yozgan edi A.S.Makarenko. 
Ko’rinib turibdiki, bo’lajak tarbiyachilarda pedagogik qobiliyatni  shakllantirish,  ta’lim   - tarbiya 
samaradorligini oshirish asosiy omillardir. Demak, bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashda bolalarni qobiliyat  
sirlarini  o’rgatishimiz,  mustaqil  kuzatishlar  olib  borishga  odatlantirishimiz,  ilg’or tajribalarni kuzatib 
malakalarini  shakllantirishimiz  va  nihoyat  tarbiyachilik  kasbiga  ijodiy  yondashish  orqali  mehr 
munosabatini rivojlantirishdir. 
Mazkur vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal  etishda  yana  bir  omilning  mavjudligi,  ya’ni  uzluksiz 
ta’lim  tizimi  xodimlari,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarbiyachilari  tomonidan  ilg’or  pedagogik 
tajribalarni o’rganish va  zamonaviy  ta’lim  texnologiyalaridan  xabardorliklari,  ularni  ta’lim  - tarbiya 
jarayonlarida  samarali  qo’llay  olishlari,  shuningdek,  ta’lim  jarayonini  tashkil  etishga  nisbatan  ijodiy 
yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki,  bu  vazifalarning muvaffaqiyatli 
amalga oshishi tarbiyachiga pedagogik qobiliyatning qay darajada shakllanganligiga bevosita bog’liq. 
Bo’lajak tarbiyachilar hozirgi zamon yutuqlariga asoslanib davr talabiga mos keladigan pedagogik 
qobiliyatning shakllanish yo’llari va uning ayrim  nazariy  asoslarini  yaratish  juda muhimdir. Barkamol 
avlodni  rivojlantirish  va  shakllantirish  vazifalarining  serqirraligiga  va  murakkabligi  pedagogik  qobiliyat  
muammosi  ta’lim - tarbiya  nazariyasi  hamda  amaliyoti  uchun  o’ta zarurligini hisobga olgan holda eng 
dolzarbligini  belgilaydi.  Barcha  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari  uchun  o`z  kasbining  ustasi  bo`lgan 
bo’lajak tarbiyachilar nihoyatda zarur. 
Hozirgi zamon pedagogikasida  tarbiya  tarbiyachining  tarbiyalanuvchi  shaxsiga  oddiy  shunchalik 
ta’sir ko’rsatish emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchining aniq bir maqsadga qaratilgan, bir  - biri 
bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Hozirgi 
vaqtda amalga oshirilayotgan ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 
,,Ta`lim to`g`risidagi” O’zbekiston Respublikasining qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan 
bo’lib, uning asosiy maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yuksak ma`naviy va  ahloqiy talablarga 
javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  zarurligi  va  uzluksiz  ta’lim  ijodkor,  ijtimoiy  faol, 
ma`naviy  boy shaxs  shakllanishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratadi”, deb  takidlanishi bejiz emas, albatta. 
,,Tarbiyachining darsdagi pedagogik madaniyatini o’rgatmoq bu ikki karra o’rganilmoqdir” - degan 
fikr tez-tez quloqqa chalinadi. Qachonki  tarbiyachi  o’z  fanini  mukammal  egallasagina va  faqat shu shart 
bilangina  u  ma’lum  darajada  dars  o’tish  qobiliyatlariga,  bolalarning  hurmatiga  o’z  bolalariga  yanada 
kuchliroq  tarbiyaviy  ta’sir  etish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi. Dars  har  qanday  ta’lim - tarbiya jarayoni 
kabi siyosiy elementlarni o’z ichiga oladi. Darsda tarbiyachi o’zining va bolalarning dunyoga munosabatini 
siyosiy mafkura bilan uyg’unlashtirib beradi. Avvalombor, tarbiyachi har bir darsning hatto bir xil mavzu  
turli  guruhlarda  o’rganilsada,  ijodiy  jarayon  bo’lishiga intilish zarur. Buning uchun  fantaziyaga  erk  
berib    dars    -  metod   shaklini  o’zgartirib,  boshqa  fakt  va  dalillarni    keltirib,  yangi-yangi    ma’lumotlarni  
kiritib, ohangni  o’zgartirib  borish tavsiya etiladi. Tarbiyachining bolalarga talabi juda ko’plab qo’yiladi. 
Turli  xil  darslar  kuzatilib,  oddiy hisob-kitob qilinganda bir dars davomida 4-5 daqiqa ichida  bolalarga  
100    larcha    talab  qo’yiladi.  Talab  qilishni  qanday  o’rganish  kerak?  Ehtimol  buning  uchun  tajribali 
tarbiyachilarning darslarini kuzatib borish lozimdir. Albatta, bu siz ishni amalga oshirib  bo’lmaydi. Ammo  
bundan    savol  talab  xususiyatlarini,    talab    xarakterlarini    o’rganib    olish    zarur.    Bolalarga    nisbatan  
qo’yiladigan  talabning  turlarini  aniqlashda  ularning  yosh  xususiyatlariga  e`tibor  berish  lozim.  Bunda 
pedagogik vaziyat muhim omil  bo’lib,  maqsad  va  vazifa  hamda  natijaga  erishishdir.  Hissiy faollikni 
shakllantirish  -  bu  bolalar  dars    jarayonida    nafaqat    o’quv  predmetini  faol    o’zlashtiriladi,    balki  va 
o’rganilayotgan narsaga o’zining  turlicha  munosabatlarini  bildirib  boradi. Ba’zi  voqealar  uni hayajonga 
solsa, u befarq biron narsa unga yoqishi  yoki  yoqmasligi  mumkin,  ba’zi  tarbiyachilarni yoqtirsa ba’zilarni 


 
131 
 
yoqtirmaydi.  Psixologlarning  aniqlashlaricha,  ijobiy    tuyg’ular  insonda  buyuk  yaratuvchanlik  va 
ilxomlantiruvchi kuchlarni uyg’otadi. Boshqacha qilib aytganda,  inson hissiyotisiz haqiqatni izlay olmaydi, 
bolalar esa ta’limni o’zlashtirila olmaydi. 
Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda,  bizning  fikrimizcha  bo`lajak  tarbiyachilar  pedagogik 
mahoratga  ega  bo`lishi,  ya`ni  ta`limiy  -  tarbiyaviy  jarayonning  barcha  shakllarini  eng  qulay  va  samarali 
holatda tashkil etishi, tarbiyalanuvchilarni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirishi, bolalarda ilmiy 
dunyoqarashni  shakllantirishi,  ularda  jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan  faoliyatga  moyillik  uyg`otishi  asosiy 
vazifasidir. 
Adabiyotlar: 
Mirziyoyev  Sh.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekiston  davlatini  birgalikda  barpo  etamiz. 
“O‘zbekiston” 2016. 
Sharipov  Sh.S.  Pedagogikheskiye  usloviya  formirovaniya  izobretatelskogo  tvorchestva  studentov: 
Avtoref.dis.kan.ped.nauk. - T.: 2000. - 20 s. 
Sharipov  Sh.S.  Kasb-hunar  ta’limida  o‘quvchilar  ijodkorlik  qobiliyatlarini  uzluksiz  rivojlantirish. 
Monografiya. - Toshkent, 2005. -140 b. 
Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – T.: Fan, 2006. – 
247 b. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish