Kelajakni davrlashtirish: a) yaqin kelajak yoki bevosita kelajak; b) uncha uzoq bo’lmagan kelajak yoki ko’z tashlash mumkin bo’lgan kelajak (bunda taxmin kuchli); v) uzoq kelajak (bunda ehtimollik kuchli) haqida gapiriladi.
Kategoriya - (yun. - "guvoh", "ta’rif") obyektiv mavjudlikdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim tomonlarini, xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha.
“Kur’on” - islom dinining muqaddas kitobi. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o’z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.
Kuzatish- voqealikdagi narsa va hodisalarni muayyan maqsadga muvofiq o’rganishga qaratilgan hissiy bilish.
Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kommunikatsiya (keng ma’noda) – muloqot. Ekzistentsializmda – muloqot turi bo’lib, uning yordamida «Men» o’zini boshqa odamda topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |