Izotrop – barcha yo’nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
Integratsiya – birlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o’ziga, o’z ichki dunyosiga qarab mo’ljal oluvchi.
Imitatsiya – taqlid qilish, soxtalashtirish.
Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo’lib, bunda axborot o’ta muhim resursga aylanadi.
Irratsionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar.
Jorj Berkli (1684-1753) o’zining "Kishi bilimining tamoyillari haqida risola" asarida subyektni birlamchi hisoblab, barcha narsalar ongning holatidan, sezgilar majmuidan iborat, deb uqtiradi. U olamda "Men" va mening sezgilarimdan boshqa hech narsa yo’q, olamdagi narsalar mening sezgilarimdagina mavjud, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |