24
1.3 Mafkuraviy immunitet-xavfsizlik va barqarorlik sharti
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritib suveren davlat sifatida taraqqiy etish
jarayonida siyosiy imkoniyatini qo‘lga kiritganligidan boshlab tarixan qisqa vaqt
mobaynida asrlarga teng yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvoffaq bo‘linmoqda. Ana
shunday yutuqlardan biri yosh avlodni, ayniqsa ta’lim oluvchi talabalarni o‘z
vataniga mehr – muxabbat qo‘yadigan, sodiq va barkamol, bilimdon, komil –
insonni voyaga yetkazishning to‘la imkoniyati yaratilganligidir. Ana shunday
imkoniyatlarga keng yo‘l ochib berishga xizmat qilayotgan, prezidentimiz
tashabbusi bilan 1997 yil 27 avgustida Oliy Majlisning IX – sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinganligidir. Bu qonun va «Milliy
dastur»ning asosiy maqsadi kelajakda o‘z vataniga sodiq, bilimdon,
raqobatbardosh ixtisosli mutaxassis kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish bo‘lsada,
buning uchun ta’lim tizimini, qaramlik asoratidan, qizil mafkuraviy tushuncha va
sarqitli qarashlardan batamom xolis etishdan, kelajakda rivojlangan demokratik
davlat darajasiga muvofiq keladigan ma’naviyatli, barkamol, yuksak malakali
kadrlarni milliy g‘oya ruhida tayyorlab, berishdan iboratdir.
Ta’lim sohasidagi milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan
buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680
tadan ziyod umumta’lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta’mirlandi,
zamonaviy mebel, o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi, ularda
kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etildi
1
.
Prezidentimiz I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» nomli
asarida bu haqda shunday deb yozgan edi: «Bilimdon, professional jihatdan
savodli hamda g‘ayrat-shijoatli shaxslarni, o‘z mamlakatimizning chinakam
1
Каримов И.А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожланиш йўлида. 16-
жилд.- Т.: Ўзбекистон, 2008. 31-б.
25
vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan
ma’naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan
bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi
mumkin»
2
.
Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar
fanlarning o‘rni sezilarli ahamiyatga egadir. Ayniqsa oliy ta’lim tizimida
talabalarga ijtimoiy fanlardan ta’lim berish, ularning ushbu fanlarga qiziqishini
tobora oshirish, bilim sohasini kengaytirish, fikrlash, mulohaza qilish qobiliyatini
chuqurlashtirish borasida amalda bajarish uchun qo‘llaniladigan uslubiyati hozirgi
davrda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan biridir. Undan kutiladigan
asosiy maqsad kelajakda barkamol, vatanga sodiq avlodni tarbiyalab, voyaga
yetkazishda, ularda ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – mafkuraviy masala –
muammolarni keng va atroflicha chuqurroq o‘rganish faoliyatini, bilimli, ilmli va
muloxazali
bo‘lishga
qiziqish
qobiliyatini
shakllantirishdan
iboratdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intilmokda» nomli asarida,
eng muxim ustuvor yo‘nalishlardan biri qilib jamiyat ma’naviyatini yanada
yuksaltirishni, erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasini
oldimizda turgan eng muhim dolzarb vazifa ekanligini bejiz uqtirmagan edi
3
.
Chunki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muxim ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy isloxotlar asosida yuz berayotgan mohiyati chuqur va mazmunli
o‘zgarishlar kadrlar tayyorlashda ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oya ruhida
o‘qitish, dars berishni tubdan o‘zgartirishni ta’lim-tarbiyasini zamonaviy
uslublaridan keng ko‘lamda foydalanishni, uslubiyatda yangi-yangi samarali
metodlar ishlab chiqish va ularni qo‘llashni taqazo etmoqda. Shu asosda keng
profelli mutaxassis-kadrlar tayyorlashni yaxshilash, sifatini oshirishni vazifa qilib
qo‘ymoqda. Xalq ta’limi, oliy ta’limning barcha tarmoqlarida o‘zaro aloqalarni
2
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1996. 361- б.
3
Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1999. 381-б.
26
mustahkamlash, tarbiya, ta’lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlikni izchil amalga
oshirishni hozirgi davr talab etmoqda. I.A.Karimov «Maktab – o‘rta – oliy ta’lim –
ilmiy tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy-ma’rifiy komplekslarni vujudga keltirish
yo‘lidan borish kerak deb o‘ylayman. Bunda ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor
yo‘nalishlariga alohida e’tibor berish zarur. Ana shunday mustahkam aloqalar
tufayligina zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor
qonuniyatlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlashimiz
mumkin»
1
- deb yoshlarni milliy g‘oyaviy ijodiy jihatdan tayyorlashning ilmiy-
nazariy yo‘lining ustuvorligini ko‘rsatib bergan edi.
Shu sababli hozirgi davr va kelajakda ijtimoiy fanlardan dars o‘tishning,
asosan seminar mashg‘ulotlarini sifatli olib borishni aniq dasturi vazifasi ana
shundan iborat. Ayniqsa talabalarga ijtimoiy fanlardan ma’ruza darslari, amaliy
mashg‘ulotlarini sifatli o‘tish, ixtisosli turdosh fanlar bilan uyg‘unlashtirish asosida
ta’lim-tarbiya berish, ularda dunyoqarashni aniq shakllantiradi, bilim olish, bilish,
mulohaza qilish, to‘g‘ri va aniq fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Ilmiy va nazariy
bilimlarga ega bo‘lishda tafakkuriy ongini kengaytiradi, bu sohadagi samarali
faoliyatini tezlashtiradi, ma’naviy, mafkuraviy va g‘oyaviy salohiyatini oshiradi.
Shuning uchun ham ijtimoiy fanlardan dars o‘tish, ta’lim-tarbiya berish,
yoshlarni, ayniqsa talaba yoshlarni porloq kelajagimiz ruhiga mos vatanparvar,
insonparvar kadrlar qilib tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.
Shu maqsadda ijtimoiy fanlardan talabalarga ta’lim-tarbiya berilar ekan,
ularda har bir predmetga nisbatan qiziqish uyg‘otish uchun dars o‘tishning ilg‘or
zamonaviy uslublaridan foydalanish, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni jonli,
talabalar ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadigan asosli materiallardan foydalanib har bir
so‘zni aniq, ravon, tiniq va to‘g‘ri ishlatib tafakkuriy ongini chuqurlashtirish
muhim ahamiyatga egadir.
1
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1996. 16 - б.
27
Ayniqsa talabalarga mustaqil fikrlash uchun mustaqil ishlarning
samaradorligini oshirish, ilmiy dokladlar, referatlar yozish malakasini berish,
o‘tiladigan har bir darsni munozarali, muammoviy masalalar asosida, manba’larga
tayangan holda, har bir predmet mavzuini diskussiya, muhokama qilib, fikr xilma-
xilligiga keng yo‘l berish asosida o‘tkazish nihoyatda samaralidir va hozirgi kunda
muhimdir.
Undan tashqari har bir ijtimoiy fan kafedralari qoshida ilmiy to‘garaklar
tashkil etish, tanlovlar uyushtirish, ilmiy-amaliy talabalar anjumanlarini o‘tkazish,
ularning ilmiy ma’ruzalarini tinglab, eshitib, keng muhokama, munozara qilish
ham benihoya foydalidir.
Bunday tadbiriy usullardan foydalanish hozirgi huquqiy demokratik
fuqarolik jamiyat qurish jarayonida davr taqoza etayotgan talablar doirasida
yoshlar tafakkurida bilish, anglash faoliyatini tezlashtirishda muhim ahamiyatga
egadir.
Ana shu tarzda yoshlarga tarbiya, bilim berilsa, ularning ongini ruhiy
tafakkurni chuqurlashtirishda, atrof-muhitni, borliq dunyoni bilishda ijtimoiy
fanlar katta rol o‘ynaydi va kuchli ta’sir etish imkoniyatini yaratadi, borliq dunyoni
ongli ravishda tasavvur etib, ijtimoiy harakatni, umumiy taraqqiyot qonuniyatlarini
to‘g‘ri tushunishida qo‘l keladi.
XXI asr axborot asri bo‘lishi bilan birga, ilm-fan va texnologiyalarning tez
sur’atda rivojlanib borishining guvohi bo‘lib turibmiz. Bugungi to‘rtinchi
hokimiyat, ya’ni OAV o‘z vazifalarini tezkor va haqqoniy yoritish imkoniyatlariga
ega bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan jurnalistlar faoliyatini himoya qilish va
reklama to‘g‘risida qonunlar ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda respublikamizda jami mingga yaqin OAV, shu jumladan:
663 ta gazeta, 195 ta jurnal, 19 ta byulleten, 53 ta telekanal (shundan 29 tasi
nodavlat telekanal), 79 ta kabel studiyasi, 50 dan ortiq nashriyot faoliyat
ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin ommaviy axborot
vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Ommaviy
28
axborot vositalari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq faoliyat yuritishi, axborot
izlashi, olish va tarqatish hukuqiga egaligi va senzura qilishga yo‘l qo‘yilmasligi
belgilab qo‘yildi.
Bugun biz yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi, hayotimizga
keskin sur’atlar bilan kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari ommaviy axborot
vositalari oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda. ”Bugun hayotning o‘zi oldimizga
fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va
rolini yanada mustahkamlash vazifasini qat’iy qilib qo‘ymoqda. Ommaviy axborot
vositalarini yanada erkinlashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televidenie
faoliyatini jonlantarish, ularning Internet global tarmog‘iga kirish imkoniyatlarini
kengaytirish olib borilayotgan islohotlar siyosatining ochiqligi va oshkoraligini
ta’minlashga, kuchli fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishiga madad berishi
darkor
1
” deb ta’kidlab o‘tgan edi davlatimiz rahbari Islom Karimov. Chunki ezgu
maqsadimiz bo‘lganhuquqiy davlat, kuchli kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda
ularning o‘rni beqiyosdir. Shu bois mamlakatimizda demokratik yangilanishlar
jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinligini ta’minlashning muhim
sharti va tarkibiy qismi bo‘lgan matbuot, televidenie, radio faoliyatini
liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash borasida tub
yangilanishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq jamiyatda so‘z va fikr erkinligi milliy
taraqqiyotimizning asosiy tamoyillaridan biri sifatida e’lon qilinib, mazkur
tamoyilga ko‘ra fikrlar va qarashlar xilma-xilligi ta’minlanishida fikr-so‘z,
matbuotning roli oshib bordi. Bu boradagi intilishlarning pirovard natijasi
fuqarolar siyosiy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va yanada
kengaytirishdagi asosiy vazifalarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Ammo,
shu bilan birga, jamiyat birligi faqat erkinlikdan iborat bo‘lsa, hech narsaga erishib
bo‘lmasligi tabiiy hol. Shu ma’noda OAVda fuqarolarning fikr erkinligini anglashi
1
И.Каримов. Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир.
– Т.: “Ўзбекистон”, 2010 йил, 31-б.
29
ikki tomonlama talqin qilish milliy mafkuraning tamoyillariga mos maqsadga
muvofiq erkinlikni mamlakat, xalq, millatning erkinligi bilan uyg‘un idrok etish va
bu erkinlikni jamiyatdagi mavjud tartibotlar, qonunlar, qadriyatlar bilan birga idrok
etishdir.
Bugun kishilarda «Biz boy tarixga egamiz» degan quruq shiorlar bilan
mafkuraviy immunitetni shakllantirish qiyin, OAV turli mahsulotlarga, dasturlarga
to‘la, informatsiya tanlash har kimning huquqi bo‘lgan bir paytda quruq shior va
da’vatlar kishilar ruhiyatiga, ongiga samarali ta’sir etmaydi.
Ommaviy kommunikatsiya vositalarining milliy o‘zlikni namoyon qilishda:
-ziyolilarni, ijtimoiy ongi yuqoriroq kishilarni hamkorlikka jalb etish;
-ijtimoiy fikrni shakllantirish;
-fuqarolar bilan jamiyat, davlat o‘rtasida muloqot o‘rnatish;
-u yoki bu g‘oyalarni, asarlarni, guruhlar faoliyatini reklama va targ‘ib qilish;
-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini va g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
-tarixiy-madaniy boyliklarni, gumanistik merosni tashviq etish;
-dunyoda kechayotgan jarayonlar, voqealar haqida xolis xabarlar tarqatish;
-kishilarda, xalqda, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarda faol ishtirok etish
ishtiyoqini, fikrini uyg‘otish kabilarga asosiy e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Demak, OAVda milliy g‘oya va milliy o‘zlikni anglash davlat va jamiyat
qurilishida, xususan, yoshlarda “Mafkuraviy immunitet”ni shakllantirish hamda
fuqarolik jamiyati qurilishining muhim omili bo‘lib qoladi.
Ommaviy axborot vositalari - eng asosiy, qudratli va ta’sirchan targ‘ibot
quroli hisoblanadi. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos
tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal
qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot
vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya
va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning
yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga
30
munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga
intilishlarning payini kesish va O‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni
shakllantirish bilan bog‘liq. Agar OAVda har qanday yolg‘on ma’lumot haftasiga
3-4 marta, bir necha yil takrorlansa bu yolg‘on – “haqiqat”ga aylanadi.
Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida
urushga munosabatning o‘zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan
darak beradi. Bu qurol – axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan
informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi
o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasa-da, uning qo‘poruvchilik kuchi,
keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam emas.
Chunki bu qurol yordamida ongga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o‘z
manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak, insonni boshqarish, uning
ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida axborot maqsadga erishishning
eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish
uchun u qadar ko‘p mehnat, u qadar ko‘p harakat, u qadar ko‘p harajat talab
etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon to‘kishlarni
keltirib chiqarmasa-da, milliy o‘zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga
olib keladi.
31
II BOB. O‘ZBEKISTONDA MAFKURAVIY XAVFSIZLIKKA TAHDID
SOLUVChI IChKI VA TASHQI OMILLAR
2.1. O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki
mafkuraviy tahdidlar
Yuqoridagi paragraflarda aytilganlardan kelib chiqib, bugungi kunda
mamlakatimizga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahdidlarni alohida ko‘rsatib o‘tish
maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat:
1)
Islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarni
yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;
2)
yosh mustaqil davlatlarni qaytadan sobiq Ittifoqqa birlashtirish
g‘oyasi;
3)
tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini
soxtalashtirishga urinishlar;
4)
axloqsizlikni yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan
intilishlar;
5)
turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo
mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar.
Islom xalifaligini tiklashga urinishlar xavfli ko‘rinish olmoqda. Masalan,
xizb ut-taxrirga tegishli qaysi bir adabiyotni olib qaramaylik, unda xalifalikni
tiklashga da’vat qilinadi. «Akromiylik» esa dastlab Andijon viloyatida, so‘ngra
Farg‘ona vodiysida, keyinroq mamlakatimizning butun hududida, keyinchalik
barcha musulmon mamlakatlarida xalifalikni tiklash g‘oyasini olg‘a suradi. Islom
tarixidan ma’lumki, xalifalikka Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin
choriyorlar Abu Bakr as-Siddiq (632–634), Umar ibn Xattob (634–644), Usmon
ibn Affon (644–656), Ali ibn Abu Tolib (656–661) birin-ketin rahbarlik qilgan. Bu
davrda xalifa dinning ham, davlatning ham boshlig‘i, rahnamosi hisoblangan.
Keyinchalik podsholik bo‘lib, rahbarlik 661–749 yillarda makkalik zodagonlardan
32
Muoviya bin Abu Sufyon sulolasi qo‘liga o‘tgan va ummaviylar sulolasi nomini
olgan. 749 yili toju taxt Muhammad payg‘ambarning amakilari avlodlaridan
bo‘lgan Abdul Abbos as-Safok sulolasi qo‘liga o‘tgan. Ularning davlati abbosiylar
nomi bilan mashxur bo‘lib, 1238 yilgacha, mo‘g‘illar zabt etguncha davom etgan.
Ayni paytda XII–XIII asrlarda Misr va Marokashda fotimiylar sulolasi ham o‘z
davlatini joriy qilgan. XVI asrdan e’tiboran usmonli turklar ham xalifalik e’lon
qilganlar va u 1924 yilning uchinchi martigacha hukm surgan. Turkiya respublika
deb e’lon qilinishi bilan xalifalik hokimiyatiga chek qo‘yilgan va so‘nggi xalifa
Abdumajid 1924 yil 4 martining tong otarida Istambuldan Shveysariyaga chiqarib
yuborilgan. XX asrda islom dunyosi va boshqa mamlakatlar ham o‘zlari tanlagan
taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib kelmoqda. o‘tgan yillar tarixiy tajribasi xalifaliksiz
ham erkin rivojlanish mumkin ekanini ko‘rsatdi. Xalifalik tarix saxifalarida qolib
ketdi.
Bugungi kunda sobiq Ittifoq respublikalarining ayrimlarida eski tuzumni
qaytadan tiklashni xohlovchilar, buni o‘zlari uchun g‘oyaviy maqsad qilib olgan
kuchlar ham mavjud. Sobiq Sho‘ro tuzumi 1991 yilgi ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlardan so‘ng barham topdi. Holbuki, o‘tmishga qaytish, tarixni teskari
aylantirish mumkin bo‘lmaganidek, o‘z yo‘lini topib olgan, mustaqil davlatlar,
Ayniqsa, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi yana eski holatga kaytishga aslo rozi
bo‘lmaydi. Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida sobiq
tuzum to‘g‘risida to‘xtalib, shunday degan edi: «Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi
haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va
amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda
O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan
iqtisodiyotga ega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakatga aylangan edi»
1
.
Endilikda O‘zbekiston bu borada o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan,
u hech qachon o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qaytmaydi.
1
Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1999. 372-б.
33
O‘zbekiston xalqi, o‘zbek xalqi juda katta ma’naviy merosga ega. Lekin sobiq
mafkura ta’sirida uzoq yillar tariximiz bir tomonlama yoritib kelindi. Lekin hali bu
sohada ko‘plab muammolar ham mavjud. «Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe
qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga
intiladi... zararli ta’sirlar davom etaversa, millat o‘zligini yo‘qotishi, ming yillik
an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi ham hech gap emas»
1
. Ana shuni
yaxshi biladigan kuch va turli poligonlar bizni tariximizdan judo qilish, uni zo‘r berib
soxtalashtirishga intiladilar. Bu borada turli yo‘llardan foydalanishga, ayniqsa
yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga harakat qiladilar.
Mamlakatimiz xalqining qalbi va ongiga yot mafkurani singdirish uchun
dushmanlarimiz bir qarashda beozor, go‘yo siyosatdan xoli tuyuladigan
mafkuraviy vositalarga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab
namoyish etilayotgan yengil-elpi yoki jangarilik filmlari bunga misol bo‘ladi.
Ma’lumki, bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa yoshlar maroq bilan tomosha qiladi. Sir
emas, anchagina odamlar tabiatida, xulq-atvorida mana shunday to‘polonlarga
moyillik bo‘ladi. Prezidentimiz shuni hisobga olgan holda ta’kidlagani kabi:
«Shuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday
filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos.
Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik
kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va
filmlarning qaxramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham
topiladi. Chunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday
ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. Afsuski, bizning
televideniemizda ham shunday filmlarni namoyish etishga ortikcha ruju
qo‘yilmoqda»
2
. Ayni shu ma’noda, bunday muamolarni oldini olish maqsadida
1
Ислом Каримов. «Эгали юрт эркини бермас», «Халқ сўзи» , 2000 йил 31 август
2
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз. 8-жилд.- Т.: Ўзбекистон,
2000. 494-б.
34
milliy qadriyatlarimiz aks ettirilgan xujjatli filmlar, seriallar, badiiy filmlarni
tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, buyuk bobokalonlarimiz Jaloliddin
Manguberdi, Temur Malik, Amir Temurlar to‘g‘risida ko‘p seriyali film olishga
hukumatimiz mablag‘ ajratsa bizningcha maqsadga muvofiq ish bo‘lar edi.
Mamlakatimizga tahdid solayotgan mafkuraviy vositalardan yana biri uzoq davom
etadigan mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga urinish bo‘lib,
buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi g‘oyaviy-mafkuraviy
markazlar o‘zlariga maqsad qilib olgan. Ular muayyan mamlakat hududidan boshqa
mamlakatga qarshi giyoxvand moddalar, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog‘
kabi narsalarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinmoqda. Ularning ma’lum bir
kuchlari Afg‘oniston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O‘zbekiston va
Qirg‘iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona
harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini to‘kishga intilmoqda. Islom Karimov
ta’biri bilan aytganda, bunday o‘taketgan xunrezlik, muttahamlikni o‘ziga kasb qilib
olgan bizning umumiy dushmanlarimizga muqaddas zaminimizda aslo o‘rin
bo‘lmasligi kerak.
Bu tahdidlar, eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni
o‘z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum
etishga, pirovard natijada yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgan
tajovuzkorlikning mafkuraviy shaklda namoyon bo‘lishidir.
Ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga
muvofiqdir:
1) milliy ma’naviy qadriyatlarni avaylab-asrash;
2) yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash;
3) o‘zbek san’atining nozik namunalarini muntazam ekspert qilib borish;
4) mafkuraviy dahlsizlik masalasini qonunlashtirib qo‘yish;
5) inson irodasini chiniqtirib borish;
6) targ‘ibot ishlarini kuchaytirib borish.
35
Zero, “Mafkuraviy xavfsizlik”- jamiyat a’zolarining milliy, insoniy va
shaxsiy tuyg‘ulari, qarashlari, turmush tarzi, qadriyatlari hamda urf-odatlarini
daxlsiz saqlashni anglatadi.
Demak, bugungi kunda biz jamiyatimizda o‘zga g‘oyalarga qarshi kuchli
mafkuraviy qalqonni joriy etish maqsadida harakatlar olib borayotgan ekanmiz,
avvalambor, uning o‘ziga xos ichki mexanizmi va elementlari to‘g‘risida
chuqurroq fikr yuritishimiz zarur bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday milliy
mafkuraning o‘zi sotsial bazasining ongi, tafakkuridan chuqur joy olib, uning
faoliyati asosini tashkil etganidan keyingina haqiqiy yaratuvchi va yo‘naltiruvchi
kuchga aylanadi.
Turli xavfli jarayonlarni bartaraf etishda insonning ishtiroki va o‘rni haqida
so‘z yuritar ekanmiz, ushbu o‘rinda, ma’naviy faol shaxsning qiyofasi, mohiyati,
ichki dunyosi, qolaversa, moyilliklari to‘g‘risida turli-tuman fikrlar mavjudligini
albatta e’tiborga olish zarur. Insonning shakllanishi va ijtimoiy mavjudot sifatidagi
ma’naviy rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyot bosqichlari, ularning mohiyat va
xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu haqiqatni hech kim inkor etolmaydi.
Lekin mustaqillikka erishib fikrlar xilma-xilligi tamoyili qaror topgunga qadar, bu
muammo bir yoqlama talqin qilinib kelingan. Doimiy takrorlanib turuvchi ijtimoiy
qonuniyatlar jarayoni bilan inson salohiyatining o‘zaro munosabati haqida
noto‘g‘ri fikr hosil qilindi. Inson bu ko‘r-ko‘rona bo‘ysunuvchi, uning buyuk kuch-
qudrati, uning cheksiz imkoniyati tan olinmay ko‘plab ilg‘or g‘oyalardan ongli
ravishda uzoqlashtirilgan edi.
Bunday yondashuvning nomaqbul jihatlardan biri insonning barcha xavf-
xatarlar oldida ojiz qilib qo‘yilgani insonning ijtimoiy hodisalarni tushunish, bilish
va anglab yetish qobiliyati tan olinmagan, jamiyat hayotidagi xavf-xatarlarni
bartaraf etish yo‘llari, vositalari va qurollari insonning o‘zidan emas, balki undan
tashqarida bo‘lgan allaqanday “ob’ektiv borliq”dan qidirilgan. Ro‘y berayotgan
voqea-hodisalar mohiyati ishlab chiqarish, sinfiy kurash bilan bog‘lanib, ularning
manbai turli mafkuraviy yo‘llar bilan to‘sib kelindi. Insoniyat boshiga ulkan xavf-
36
xatar va fojialarni solgan fashizm va bolshivizm mafkurasining asl sababi inson
tabiatidan axtarilmasdan, bu holatlar qandaydir “tarixiy zaruriyat” deb talqin
qilindi.
Inson omilidan shu tariqa yiroqlashish oqibatida shaxsdan taqdirga tan
berish, faqat jon saqlab qolishning turli-tuman chora-tadbirlari haqida o‘ylashgina
talab qilindi. Inson o‘z murakkab muammolari bilan taqdir girdobiga tashlab
qo‘yildiki, natijada u or-nomus, haq-huquqini himoya qilishni qandaydir “partiya
rahnamoligi” yoki “xalqlar otasi” bo‘lgan “dohiylar” nomi bilan bog‘lash payiga
tushdi. Sho‘rolar tuzumida yashagan inson shu qadar ixtiyorsizlikka yuz tutdiki,
oqibatda u fashizm, kommunizm va totalitarizm singari vahshiy tartiblarga qarshi
ochiqdan-ochiq bosh ko‘tarishdan ko‘ra yolg‘izlikni, uzlatni, loqaydlikni afzal
ko‘ra boshladi. Buyuk nemis faylasufi I.Kant: “Men tarixni o‘qigan va tahlil
qilganim sari, uning insonlar nomukammalligining unsiz guvohi ekanligini anglab
yetdim”
1
deganida nihoyatda haq edi.
Hozirgi davrning insoniyatga qarshi qaratilgan eng salbiy jihatlaridan biri
kuchli davlatlar tomonidan boshqa mamlakatlar, xalqlar, millatlarni mahv
qilishning makkorona uslublari va vositalarini qo‘llashdan iborat bo‘lmoqda. Bu
jarayonda mustaqil jamiyatni qurish va rivojlantirishning asosi bo‘lgan
ma’naviyatga xuruj qilish amaliyoti ustuvorlik qilmoqda. Ma’naviyatga xurujlarni
amalga oshirishda «yangi globallashuv» jarayonlarini o‘z manfaatlari yo‘liga burib
yuborishga harakat qilayotgan ayrim «lider» mamlakatlar va ular nomidan ish
ko‘rayotgan turli siyosiy tashkilotlar asosiy o‘rinni egallamoqda.
Ularning faoliyatida xalqaro globallashuv jarayonlarida allaqachon
iqtisodiyot omili keyingi o‘ringa surib qo‘yilib, mafkura va ma’naviyat bilan
bog‘liq masalalar birinchi darajaga chiqarildi. Sababi, turli niqoblarga o‘ralib
olgan, g‘arazli siyosiy kuchlarga o‘z maqsadlariga erishishida iqtisodiy omildan
1
W.W.W. bankreferatov.ru. Критика чистога разума.
37
ko‘ra ma’naviy omildan foydalanib xuruj qilish arzonroq va foydaliroq bo‘lishi
tabiiydir.
Ma’naviy xurujning asl mohiyati – egallab olish ko‘zda tutilgan jamiyatni,
xalqni o‘zining milliy qiyofasidagi, ongi, tafakkuridan, ijtimoiy hamkorlik
tizimidan, xulq-atvor normalaridan, tarixiy ildizlaridan ongli ravishda
begonalashtirishdan iborat bo‘lib, u mamlakatni butunlay qaram qilib olish
maqsadida amalga oshiriladi. Negaki, biron bir millatni mafkuraviy qaram qilmay
turib, uni to‘la bo‘ysundirish mumkin emas. Bu tarixda o‘z tasdig‘ini topgan
haqiqatdir.
Shu bois ham ma’naviy xuruj «ijodkorlari» o‘z kirdikorlarini amalga
oshirish uchun globallashuv tufayli shakllangan yangi axborot tizimidan har
tomonlama foydalanishga intilmoqdalar. Ma’lumki, o‘tgan asrning oxiri va XXI
asrning boshlariga kelib yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari
misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. Global axborot tizimi vujudga keldi.
Buning natijasida paydo bo‘lgan xalqaro axborot makoni mamlakatlar o‘rtasidagi
siyosiy, ijtimoiy munosabatlar uchun butunlay yangi sharoitlarni yaratib berdi.
Xalqaro axborotlashuv jamiyatlar hayotining barcha sohalariga chuqur kirib bora
boshladi va bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ushbu holat
jamiyatlarning, odamlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari har tomonlama
kuchayishiga olib keldi.
Xalqaro axborotlashuv mamlakatlarning xalqaro siyosiy ahvoliga ham
sezilarli ta’sir ko‘rsata boshladi. Shu bois hozirgi vaqtda jahonning ayrim
mutaxassislari axborot kommunikatsiya texnologiyalari XXI asrda jamiyatlar
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yetakchi omiliga aylanganligini e’tirof
qilmoqdalar. Global axborot tizimining rivojlanishi tufayli zamonaviy jamiyatlar
hayotining boshqalarga bog‘liqligi ham vaziyatni tobora chuqurlashtirmoqda. Ayni
paytda axborot xurujlaridan himoyalanish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar
ko‘lami ham nihoyatda kattalashib bormoqda. Bularning natijasida axborot
xavfsizligini ta’minlash muammosini hal qilish ayrim olingan mamlakatlar
38
jamiyatlarining eng yetakchi siyosiy-ijtimoiy talabiga aylanmoqda. Chunki aslida
axborot xurujidan jamiyatlar ma’naviy hayotini vayron qilishga qaratilgan qurol
sifatida foydalanish bugungi kunning asosiy omiliga aylanib qoldi.
Globallashuv – murakkab jarayondir. Birinchidan, u ijobiy holat va
ustivordir. Ayni, bir paytda, u salbiy holatdir. Bu masalani yoritishda, uning
yuqoridagi xususiyatlariga alohida etibor berish zarur.
Demak, xalqaro axborotlashuv mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni
tezlashtirish bilan bir qatorda, afsuski, milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikka
nisbatan yangi tahdidlarni vujudga keltirmoqda. Bundan kelib chiqadigan muhim
xulosa shundan iboratki, xalqaro xavfsizlik ham, ayrim olingan mamlakatlarning
tinchligi ham axborot xavfsizligini ta’minlashga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jamiyatning
axborot xavfsizligi o‘z navbatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamiyatning ma’naviy
xavfsizligini ta’minlashni bildiradi. Ma’naviy xavfsizlikning amaliyotda
ta’minlanishiga yetarli darajada e’tibor berish har bir jamiyat oldidagi dolzarb
masala ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Ma’naviy xurujlarning nihoyatda keng qamrovli ekanligidan kelib chiqib,
ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Birinchidan, jamiyatimiz a’zolarining milliy ongiga ta’sir qilishga qaratilgan
xurujlar. Ma’lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan
mentalitetida, ya’ni milliy ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida
ota-onaga, o‘zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur
hurmat bilan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha
bilan munosabatda bo‘lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko‘rsatish kabi
xislatlar ustuvorlik qiladi. qolaversa, aynan mana shu qadriyatlar jamiyatimiz
ma’naviyatining tamal toshlarini tashkil qiladi.
Bunday vaziyatni yaxshi o‘rgangan dushmanlarimiz bizga qarshi ma’naviy
xurujlarni amalga oshirishda xalqimizning mana shunday ulug‘vor qadriyatlariga
mutlaqo teskari va begona bo‘lgan, asosan g‘arbga xos «individualizm»,
«egoizm», mehr-muruvvat, oddiy odamiylik va vatanparvarlikni inkor qiluvchi
39
«kosmopolitizm», «zo‘ravonlik», diniy mutaassiblik g‘oyalarini iloji boricha
chiroyli “Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish”, “Ommaviy madaniyat” kabi
niqoblarga o‘rab jamiyatimiz ichkarisiga olib kirishga urinmoqdalar.
G‘animlarimizning xalqimiz milliy ongiga ta’sir ko‘rsatishdan ko‘zlangan
asosiy maqsadlari Prezidentimiz I.A. Karimov xulosa qilganidek: O‘zbekistonda
hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik
muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish, toboro
kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarishdir.
Odamlarimizning yuragiga vahima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi
kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda,
mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat .
Ikkinchidan, milliy urf-odatlarimizga bo‘layotgan xurujlar. Milliy
an’analarimiz va urf-odatlarimizning mamlakatimiz taraqqiyoti uchun naqadar
ulkan ahamiyatini sezgan dushmanlar bu borada ham aniq maqsadga yo‘naltirilgan
xurujlarni amalga oshirmoqdalar. Shu maqsadga erishish uchun ular global aloqa
tizimlari va boshqa vositalari orqali ma’naviy qashshoqlikka, xissizlikka,
tarkidunyochilikka, odamlarga nisbatan oqibatsizlik va shafqatsizlikka olib
keluvchi g‘oyalarni hamda urf-odat normalarini zo‘r berib targ‘ib qilmoqdalar.
Bular orasida g‘arbda ko‘p uchraydigan odamovilik, ota-onaga nisbatan bepisand
qarash shaxsiy hayotni ulug‘lash kabilar ayniqsa ustuvorlik qilmoqda.
Uchinchidan, milliy madaniyatimizga bo‘layotgan xurujlar. Sir emaski,
xalqimizning milliy madaniyati o‘zining qadimiyligi, boyligi bilan alohida ajralib
turadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo tarixida aql-idrok bilan
ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida
mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy,
Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn
Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahriddin Bobur va boshqa ko‘plab buyuk
ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar,
40
xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi
taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum.
Mafkuraviy xuruj uyushtirayotgan siyosiy kuchlar jamiyatimiz a’zolarini
milliy madaniyatimiz boyliklaridan va imkoniyatlaridan begonalashtirishga harakat
qilmoqdalar. Shu maqsadda ular internet tarmog‘idan kinofilmlar va san’at
turlaridan foydalangan holda nihoyatda ohangrabo, lekin yengil-elpi, inson
tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha uning sayozlashuviga xizmat qiluvchi
namunalarini jamiyatimizga olib kirishga intilmoqdalar. Bunday san’at va
madaniyat namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‘oyalarining targ‘iboti
yetakchilik qilmoqda. Vaholanki, bu mamlakatlarning o‘zlari millatlarni
parokandalikka olib boradigan, insoniyat uchun sharmandali vaziyatlarni
demokratiya, inson huquqlari kabi oliy qadriyatlar shiori ostida targ‘ib
qilmoqdalar. Birgina dalil. 1960 yillarning oxirlaridan ruhiy kasallik sifatida jiddiy
tashvish tug‘dirgan gemoseksualizm (besoqolbozlik) bugun “inson huquqlar”ning
bosh masalasiga aylandi. Bu ham yetmaganidek, seks-industriya katta daromad
manbaiga aylantirildi, 1970 yilda AQSh bundan 10 million dollar sof foyda
ko‘rgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib 10 milliard dollarga yetdi. Fahshni televidenie va
kino orqali keng targ‘ib etish, ayollar homilador bo‘lib qolishdan qo‘rqmasliklari
uchun bola bo‘lmasligining samarali usullari ishlab chiqildi. Bular jamiyatda
buzuqchilikning keskin oshishi va tug‘ilishning eng past darajaga tushib ketishiga
olib keldi.
Mana shunday holatlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bugungi
kunda mamlakatimizda har tomonlama samarali va mustahkam bo‘lgan ma’naviy
immunitetni shakllantirishni kuchaytirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifaga
aylandi. Ma’lumki, Prezidentimiz I.A. Karimovning 2000 yilda «Fidokor» gazetasi
muxbiriga bergan intervyusida mafkuraviy immunitetning mohiyati va zarurligi
asoslab berilgan edi. Bugungi kunda biron bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan
kuchlar, avvalo o‘sha xalqni millatni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo
qilishga intiladi. Bunday zararli ta’sirlar davom etaversa, millat o‘zligini
41
yo‘qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi ham hech
gap emas. Tabiiy savol tug‘iladi: bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga
olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?
Buning yo‘li – odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e’tiqodini
mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan
barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-
bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini
qaror toptirish. Ularning, men o‘zbek farzandiman, deb, g‘urur va iftixor bilan
yashashiga erishishdir. Bugun kuchli davlatlarning targ‘ibot va tashviqotlari
natijasida uchinchi dunyo mamlakatlari o‘zlarining yuqori malakali
mutaxassislaridan ajralmoqlar. Oddiygina raqamlarga murojaat qilganimizda
buning tasdig‘ini ko‘ramiz. G‘arb ommaviy axborot vositalarining doimiy tarzda
olib boradigan targ‘ibot va tashviqotlari natijasida kambag‘al Afrika mamlakatlari
uchun yuqori malakali mutaxassislarga katta ehtiyoj bo‘lib turgan bir paytda, oliy
va yuqori malakali xodimlarning har uchtasidan bittasi rivojlangan davlatlarga
ketib qolmokda. Har yili Afrikadan o‘rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‘qituvchi
chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit’a davlatlari 60 mingdan ortiq
o‘rta va yuqori bo‘g‘indagi boshqaruv xodimlaridan mahrum bo‘ldi
1
.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda jamiyatimizda
mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirishda Prezidentimiz I.A. Karimov
tomonidan ilgari surilgan: «Kuch bilim va tafakkurda» g‘oyasini jamiyatimiz
hayotiga har tomonlama chuqur tadbiq etish asosiy mezon bo‘lib xizmat qilishi
kerak. Sababi, aynan mana shu g‘oyada inson ongi, tafakkuri va xulq-atvoriga
ta’sir qilishga qaratilgan har qanday xurujlardan kafolatli himoyalanish va qarshi
zarba berishning manbalari mujassamlangan. Buning uchun esa barcha ma’naviy
va ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiya va madaniy sohadagi chora-tadbirlarni sifat
jihatdan yangi zamonaviy darajalarga tezroq olib chiqishimiz zarur bo‘ladi.
1
W.W.W. afrira. upenn.edu.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |