Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 430,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.01.2020
Hajmi430,03 Kb.
#32016
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonda goyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish usul va vositalari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT 

UNIVERSITETI 

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi 

 

Qo‘lyozma huquqida 

 

  JALILOVA GULASAL 

O‘ZBEKISTONDA G‘OYAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLARNI 

BARTARAF ETISH USUL VA VOSITALARI 

 

5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 

bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan 

 

BITIRUV MALAKAVIY  ISH 

 

 

                                             Ish rahbari: E.Karimov 

                                                                

                           

 

ANDIJON-2015



 

 



MUNDARIJA: 



KIRISH 

. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  

3-7 


I BOB 

MAFKURAVIY  TAHDIDLARNING  NAZARIY 

VA USLUBIY MASALALARI. . . . . . . . . . . . . . . .  

8-30 


 

1.1.  “Mafkuraviy tahdid”- mazmuni va mohiyati  .  

8-13 

 

1.2.  Mafkuraviy tahdidning yo‘nalishlari . . . . . . 

14-23 

 

1.3.  Mafkuraviy  immunitet-xavfsizlik  va  barqarorlik 

sharti 

24-30 


II BOB 

O‘ZBEKISTONDA MAFKURAVIY 

XAVFSIZLIKKA TAHDID SOLUVCHI ICHKI 

VA TASHQI OMILLAR. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  

31-50 


 

2.1.  O‘zbekiston  Respublikasining  xavfsizligiga  ta’sir 

ko‘rsatuvchi ichki mafkuraviy tahdidlar . . . .  

31-41 


 

2.2. Globallashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi 

xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi tahdidlar tasnifi. 

. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  

42-50 

XULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  

51-52 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. . . . . . . . . . . .  

53-58 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



KIRISH 



 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Istiqlol  yillarida  dunyoda 

ro‘y berayotgan voqealarni xolisona baholash, turli jarayonlarni ilmiy talqin qilish 

imkoni  paydo  bo‘ldi.  Mamlakatimiz  siyosiy  va  intellektual  soha  vakillari  hozirgi 

zamon  tahdidlarini  teranroq  anglagan  holda  mintaqa  atrofida  kechayotgan 

murakkab  jarayonlarni  to‘g‘ri  tahlil  eta  boshladi.    O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  «Xalqaro  xavfsizlik  va  barqarorlik 

muammosi  yangi  asr  bo‘sag‘asida  hamon  xalqaro  hamjamiyati  oldida  turgan 

asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Farq faqat shundaki, endilikda “sovuq 

urush” asoratlari, xurujlari o‘rniga tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi kuch 

sifatida  xalqaro  terrorchilik...jahon  sahnasiga  chiqmoqda”

1

.  Shu  nuqtai  nazardan 



qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf 

etishning  usul  va  vositalari  ijtimoiy  mohiyatini  ilmiy  tadqiq  etish  dolzarb 

masalalardan biri hisoblanadi.  

Tahdid  omilini  tahlil  qilish  jarayoni  shundan  dalolat  beradiki,  u  o‘z 

xususiyatiga ko‘ra ijtimoiy hamda geosiyosiy jihatlarga bo‘linadi. Ijtimoiy jihat o‘z 

ichiga  siyosiy,  iqtisodiy,  sotsial,  ma’naviy,  mafkuraviy  sohalarni  qamrab  olsa, 

geosiyosiy jihat esa mahalliy, umumhududiy, mintaqaviy, umumbashariy jihatlarni 

qamrab oladi. Shuningdek, o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra, ichki va tashqi  

tahdidlar  bo‘lishi  mumkin.  Bu  o‘rinda    shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  joizki, 

bevosita  tahdid  omilini  uning  maqsad  va  mohiyatiga    nisbatan  ham  ajrata  bilish 

lozimdir.  Maqsad  va  mohiyat  nazaridan  olib  qaraganda,  tahdid  quyidagi 

ko‘rinishlarda  namoyon  bo‘lishi  mumkin:  hududiy  ekspansionizm,  mafkuraviy 

ekspansionizm,    axborot  ekspansionizm,  diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm, 

separatizm,  siyosiy  terrorizm,  mintaqaviy  mojorolar,  diplomatik  tazyiq,  yadroviy 

bakteriologik,  kimyoviy,  ekologik texnogen,  millatchilik,  shovinizm,  imperiyaviy 

                                                            

1

 Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз  масъулмиз. 9-жилд. –Т.: Ўзбекистон,2001. 105 -б.  



 

tafakkur,  umumbashariy  hakamlikka  intilish  va  hokazo.  Demak,  bevosita  tahdid 



omili nihoyatda keng qamrovli, jamiyatga halokatli xavf  soluvchi omil ekan, unga 

yo‘l  qo‘yilgan    taqdirda  jamiyat,  albatta,  tegishli  javob,  ya’ni  tahdidni  bartaraf 

qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishi zarur bo‘ladi. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  o‘rganilganlik  darajasi.  Jamiyatda 

sodir bo‘layotgan negativ holatlar tahdidni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu haqida 

xatto antik davr faylasuflari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar

1

. Jumladan, Platon 



qarashlarida  tahdid  o‘sha  davr  demokratik  tuzumi  misolida  aristokratlarni 

manfaatini  ifoda  etgan  holda  tushuntirib  berilgan.  Ya’ni,  Platon  fikricha,  “Eng 

katta  tahdid  bu  demokratiyaning  jamiyatda  qaror  topishidir.  Chunki  demokratik 

boshqaruvda  intellekt  emas,  hissiyot  birinchi  o‘rinda  turadi.  Oqibatda  esa  davlat 

tanazzulga yuz tutadi”

2

. Mazkur fikr esa keyinchalik amerikalik olim Karl Popper 



tomonidan  keskin  tanqid  ostiga  olinadi.  Shunday  bo‘lsa-da,  antik  davrdagi 

ijtimoiy-siyosiy  bilimlar  taraqqiyoti  tahdidning  mohiyati  bilan  bog‘liq 

muammolarning chuqurroq o‘rganilishiga zamin yaratdi. Xususan, tahdid haqidagi 

mulohazalar  o‘zining  dastlabki  ilmiy-falsafiy  ko‘rinishida  Aristotel,  Foma 

Akvinskiy, Makiavelli, F.Bekon, Tomas Gobbs, Jon Lokk, Nitsshe va boshqa shu 

kabi G‘arbning buyuk mutafakkirlari asarlarida o‘ziga xos talqin etilganini ko‘rish 

mumkin

3

.  



 “Tahdid”  tushunchasi  to‘la  ma’noda  siyosiy  jarayonga  Prezident  Islom 

Karimov  tomonidan  1994  yil  22  sentabrda,  Oliy  Majlis  sessiyasida  so‘zlagan 

nutqida birinchi bor kiritildi. Shuning uchun ham mamlakatimizga xavf solayotgan 

tahdidlar borasidagi dolzarb vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning 

ustuvor  yo‘nalishlari  kabi  masalalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimov asarlarida izchil rivojlantirib borilganini ta’kidlash zarur

4

.  


                                                            

1

 Целлер Э. Очерк истории греческой философии. Перевод С. Л. Франка. СПб. Алетейя. 1996. 



2

 Қаранг: Платон. Собр.соч. В 3-х т.Т.2.-М.: 2009. 

3

 Хлебников Г. В. Античная философская теология. — М.: Наука, 2007. Античная философия: 



Энциклопедический словарь. М.: Прогресс-Традиция, 2008.- 896 с. 

4

  Каримов  И.А.  Ўзбекистон:  миллий  истиқлол,  иқтисод,  сиёсат,  мафкура.  1-жилд.-Т.:  Ўзбекистон,  1996; 

Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-жилд.-Т.: Ўзбекистон, 1996; Каримов И.А. Ват 

 


 

Respublikamizning  mustaqillikka  erishishi  mafkuraviy  xavfsizlik  masalasini 



xolis  o‘rganish,  uni  falsafiy  anglash  bilan  bog‘liq  nazariy-metodologik  masalalar 

R.Abdullaev, N.Jo‘raev, A.Achildiev, S.Mamashokirov, M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, 

R.Z.Jumaev,  U.Idirov,  M.Mirhamidov,  S.Otamurodav,  S.Mamashokirov, 

A.Xolbekov,  N.Safarova  kabi  faylasuf,  pedagog,  tarixchi  olimlarimiz  tomonidan 

olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda o‘z ifodasini topgan

1

.       



Mavjud  ilmiy  adabiyotlar  va  izlanishlar  tahlili  O‘zbekistonda  g‘oyaviy-

mafkuraviy  tahdidlarni  bartaraf  etishning  usul  va  vositalari  mustaqil  tadqiqot 

ob’ekti  sifatida  alohida  olingan  holda  o‘rganilmaganini  ko‘rsatadi.  Bu  tadqiqot 

mavzuini ilmiy o‘rganish ob’ekti sifatida tanlab olinishiga sabab bo‘ldi. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi.  O‘zbekistonda  g‘oyaviy-mafkuraviy 

tahdidlarni  bartaraf  etishning  usul  va  vositalarini  ijtimoiy-falsafiy  tahlil  etishdan 

iborat.   

 

Bitiruv malakaviy ishining  vazifalari: 

–  “tahdid”,  “mafkuraviy  tahdid”  va  “mafkuraviy  xavfsizlik”  tushunchalari 

o‘rtasidagi farqli va umumiy jihatlarini aniqlash orqali, ularning mazmunini ochib 

berish va ta’riflariga oydinlik kiritish; 

– mafkuraviy tahdidning yo‘nalishlarini ilmiy tahlil qilish hamda ular bartaraf 

etilishining baholash metodologiyasini ko‘rsatib o‘tish; 

– O‘zbekiston  Respublikasining  xavfsizligiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  ichki 

mafkuraviy tahdidlarni yoritish; 

–  globallashuv  jarayonida  O‘zbekiston  Respublikasi  xavfsizligiga  ta’sir 

ko‘rsatuvchi tashqi tahdidlar tasnifini ko‘rsatib o‘tish; 

                                                            

1

  Қаранг:  Абдуллаев  Р.  Миллий  сиёсий  ғоялар  тарихидан.  //Инсон  ва  сиёсат,  №9,  1991;  Жўраев  Н. 

Ўзбекистонда янгиланишлар концепциясининг яратилиши, эволюцияси ва амалиётда қўлланилиши. Сиёсий 

фан. докт. дис. автореф.-Т.: “Академия”, 2001; Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. -Т.: 

Ўзбекистон, 2004. Мамашокиров С. “Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар” фани бўйича 

илмий-амалий семинар материаллари. -Т.: ЎзМУ, 2004.   



 

– mafkuraviy immunitetni yoshlar ongida shakllantirishda o‘quv yurtlarining 



rolini yoritib berish; 

– mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishda  ommaviy  axborot  vositalari 

faoliyatining ahamiyati va uni rivojlantirishga qaratilgan amaliy taklif-tavsiyalarni 

ishlab chiqishdan iborat.   



 

Bitiruv  malakaviy  ishining  ob’ekti.  O‘zbekistonda  g‘oyaviy-mafkuraviy 

tahdidlarni bartaraf etishning metodologik asoslari tashkil etadi.  



 

Bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti.  O‘zbekistonda  g‘oyaviy-mafkuraviy 

tahdidlarni  bartaraf  etishning  metodologik  muammolarini  falsafiy  jihatdan  tadqiq 

etishning konseptual prinsiplaridan iborat. 

Tadqiqotning  nazariy  va  metodologik  asoslari.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.A.Karimovning  mamlakatimizdagi  g‘oyaviy-mafkuraviy  tahdidlarga 

bag‘ishlangan  asarlari  hamda  o‘zbekistonlik  va  xorijlik  olimlarning  mafkuraviy 

xavfsizlik  muammosi  tahliliga  bag‘ishlangan  ilmiy  tadqiqotlarida  bayon  etilgan 

qarashlar va xulosalar BMI nazariy asosi bo‘lib xizmat qildi.  

Tadqiqotning  metodlari.  Ko‘zlangan  maqsadga  erishish,  belgilangan 

vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal  etishni  ta’minlashda  ilmiy  bilishning:  ob’ektivlik, 

sistemalilik, 

umumiy 


aloqadorlik, 

rivojlanish, 

vorislik, 

milliylik 

va 

umuminsoniylik,  tarixiylik  va  mantiqiylikning  birligi  tamoyillari  hamda  qiyosiy 



tahlil, analiz va sintez, analogiya, umumlashtirish usullari metodologik asos bo‘lib 

xizmat qildi.  



Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy yangiligi:  

–  ijtimoiy-falsafiy  va  qiyosiy  tahlil  qilish  asosida  “tahdid”,  “mafkuraviy 

tahdid”  va  “mafkuraviy  xavfsizlik”  tushunchalarining  mazmuniga  aniqlik 

kiritishga harakat qilingan; 

–  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy  hayotidan  kelib  chiqqan  holda  mafkuraviy 

tahdidlarning  yo‘nalishlarini  ilmiy  tahlil  qilish  hamda  ular  bartaraf  etilishining 

baholash metodologiyasi ko‘rsatib o‘tilgan; 



 

– bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasining  xavfsizligiga  ta’sir 



ko‘rsatuvchi ichki mafkuraviy tahdidlar yoritilgan; 

–  murakkab  fenomen  hisoblanayotgan  globallashuv  jarayonida  O‘zbekiston 

Respublikasi  xavfsizligiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  tashqi  tahdidlar  tasnifi  ko‘rsatib 

o‘tilgan; 



Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  amaliy  ahamiyati.  Unda  o‘z  aksini 

topgan  nazariy  xulosalar  va  umumlashmalar,  konkret  amaliy  taklif-tavsiyalardan 

mafkuraviy  tahdidlarni  bartaraf  etishga  qaratilgan  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-

ma’rifiy  tadbirlarni  tashkil  etish,  mustaqillik  sharoitida  mafkuraviy  xavfsizlikni 

ta’minlashda  sodir  bo‘layotgan  keng  qamrovli  ijobiy  o‘zgarishlarni  ushbu 

yo‘nalishda  faoliyat  yuritayotgan  uyushmalar,  jamg‘armalarning  faoliyati  orqali 

keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib va tashviq qilish jarayonida, o‘rta, o‘rta maxsus 

va oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv kurslarini o‘qitishda ham foydalanish 

mumkinligi bilan belgilanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  tuzilishi:    bet  bo‘lib,  “Kirish”,  ikkita 

bob,  beshtaa  paragraf,  “Xulosa”  hamda  “Foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxati”dan 

iborat. 


 



I-BOB. MAFKURAVIY TAHDIDLARNING NAZARIY VA USLUBIY 



MASALALARI 

 

1.1.“Mafkuraviy tahdid”- mazmuni va mohiyati 

Hozirgi davrda yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarda 

tarixiy  tafakkurni  shakllantirish  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Respublikamiz 

Prezidenti  I.A.  Karimov  yozganidek:  “Agarki  mendan,  hozirgi  kunda 

ma’naviyatimizni  asrash  uchun  nima  qilish  lozim  va  unga  tahdid  soladigan 

xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalombor shu yurtda 

yashayotgan  har  qaysi  inson  o‘zligini  anglashi,  qadimiy  tariximiz  va  boy 

madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi 

tez  o‘zgarayotgan  hayot  voqeligiga  ongli  qarab,  mustaqil  fikrlashi  va 

diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb 

javob bergan bo‘lardim.”

1

 Haqiqatan ham xalq, millat o‘zining tarixi bilan tirik va 



tarixiga tayanib kelajagini barpo etadi. “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini 

unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini 

topgan.”

2

  



Bugungi  kunda  jahon  tinchligi  va  xavfsizligiga  tahdid  solayotgan  jiddiy 

muammo–xalqaro  terrorizmning  avjiga  chiqishidir.  Terrorchilikka  ixtisoslashgan 

transmilliy  uyushgan  jinoiy  guruhlar  faoliyat  ko‘lamini  kengaytirib,  ushbu 

guruhlar  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  qo‘poruvchilik  harakatlari  tobora 

vahshiy  va  g‘ayriinsoniy  tus  olmoqda

3

.  Afsuski,  xalqaro  terrorchilik  xavfining 



o‘sishi  begunoh  insonlar  ko‘rayotgan  jismoniy  va  ma’naviy  zararning  ortib 

borayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2001 yil 11 

                                                            

1

 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 17-б.  



2

 

Ўша асар, 4-б. 



3

  Маълум  бўлишича,  террорчилик  фаолияти  билан  шуғулланаётган  трансмиллий  уюшган  жиноий 

гуруҳларнинг  сони  тахминан  500  тага  етиб,  улар  томонидан  бир  йилда  содир  этиладиган  террористик 

ҳуружларнинг  сони  1500  ташкил  қилмоқда.  Криминолог-олимлар  башорат  қилишларича,  ушбу  рақамлар 

йилига 300 % ошиб боради. Батафсил қаранг: Трунов  В.Г. Актуальные проблемы борьбы с терроризмом.// 

Государство и право.-Москва, 2001.-.№3.-С.51. 



 

sentabr  kuni  ro‘y  bergan  qo‘poruvchilik  harakatlarining  natijasida  bir  necha 



daqiqada minglab insonlarning hayotiga nuqta qo‘yilib, ularning aynan jahondagi 

eng  qudratli  davlat  hududida  sodir  etilganligi  hech  bir  istisnosiz,  o‘zining  harbiy 

hamda  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanish  darajasidan  qat’i  nazar,  har  bir    mamlakat 

terrorchilik qurboniga aylanish mumkinligini tasdiqladi.  

Jahon  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  insoniyat  g‘oyat  murakkab  va 

ziddiyatli jarayonning guvohi bo‘lmoqda. 

Birinchidan,  bu  dunyo  xaritasida  yangi  davlatlarning  vujudga  kelishi, 

insoniyatning  tinch-totuv  yashashi  va  taraqqiyotning  o‘ziga  xos  bosqichga 

ko‘tarilishiga xizmat qiladigan imkoniyatlarning paydo bo‘lishi; 

ikkinchidan,  taraqqiyotga  to‘siq  bo‘ladigan,  demokratik  rivojlanishni  izdan 

chiqaradigan  va  insoniyat  birligiga  rahna  soladigan  g‘oyaviy  yo‘nalishlarning 

vujudga kelishi;  

uchinchidan,  globallashuv  jarayonini  jamiyat  hayotining  barcha  sohalariga 

kirib kelayotgani bilan belgilanadi. Bunday sharoitda “tahdid” tushunchasi hamda 

amaliyoti o‘ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi. 

Ushbu  vaziyatda  jamiyatimizning  mustaqil  demokratik  taraqqiyoti 

xavfsizligini  ta’minlash  masalalari  haqqoniy  ravishda  yangi  va  yanada 

murakkabroq    vazifalarni  oldimizga  ko‘ndalang  qilib  qo‘ydi.  Global  vaziyatda 

tanlagan  yo‘limizdan  sobitqadamlik  bilan  borishimiz  uchun hozirgi  davr vujudga 

keltirgan  tahdid  omillarini  har  tomonlama  chuqur  anglash  va  ularga  qarshi 

kurashning  samarali    yo‘llarini  izlab  topish  hamda    amaliyotda  qo‘llash  dolzarb 

ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ushbu  umumsotsiologik  qonuniyatning  mavjudligi 

Prezidentimizning 1997 yili chop qilingan, butun dunyo intellektual  doiralarining 

diqqat e’tiborini jalb etgan “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, 

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli fundamental asarida atroflicha 

asoslab berildi.   Bizning nazarimizda, tahdid inson va jamiyat hayotiy faoliyatini 

qiyinlashtiradigan,  uning  barqarorligi,  taraqqiyoti  va  xavfsizligini  ta’minlashga 

yo‘naltirilgan  ijtimoiy-siyosiy  tuzilmani  zaiflashtirish,  ya’ni  davlatning 



 

10

konstitutsiyaviy  asoslarini  buzishga  qaratilgan  va  salbiy  oqibatlarni  keltirib 



chiqaradigan ijtimoiy-siyosiy fenomendir.    

Tahdidga  qarshi  kurashning  quyidagi  omillarni  kiritish  lozim  deb 

hisoblayman:  

-umummilliy siyosiy liderning zaruriyati;  

-tezlik bilan aniq qaror qabul qilish;  

-milliy xavfsizlik uchun dolzarb ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish;  

- shoshilinch ravishda tahdidning mazmun-mohiyati, yo‘nalishi haqida jahon 

hamjamiyatini ogoh qilish;  

-hokimiyat organlari muassasalari faoliyati va mas’uliyatini oshirish; 

-tahdidga qarshi umummilliy safarbarlikni ta’minlash;  

-OAV orqali tahdidga oid to‘g‘ri va haqqoniy axborotlarni, tahdidning millat 

taqdiriga qarshi qaratilganligini tushuntirish;  

-xalqning siyosiy ongining kuchiga tayanish; 

-umumxalq, umumdavlat yakdilligini oshirish va h.k. 

Tahlillar  va  tajribalardan  kelib  chiqib  shuni  alohida  e’tirof  etish  lozimki, 

bevosita tahdidga javob qaytarishda ketma-ketlik qoidasiga amal qilish, ya’ni oldin 

“siyosiy  pauza”  davridagi  chora-tadbirlarni  kutib  turish    va  shundan  keyingina 

tahdidga javob qaytarish haqida o‘ylashlik  katta siyosiy xato bo‘ladi. Boshqacha 

qilib aytganda “siyosiy pauza” bilan tahdidga javobning aniq vaqt birligi ichida va 

birvarakayiga  amalga  oshirilishi  zarur  bo‘lgan  chora-tadbirlar  tizimi  deb 

hisoblamoq kerak. Shundagina bevosita tahdidga javob samarali bo‘ladi. 

Xo‘sh,  jahon  miqyosida  tahdidni  bartaraf  etish  borasida  sa’y-harakatlar 

kutilgan  samara  bermayotganining  boisi  nimada?  Bizningcha,  bu  hol  quyidagilar 

bilan izohlanadi: 

Birinchidan. 

Tahdidni 

bartaraf 

etishda 


yagona 

konsepsiyaning 

yaratilmaganligi va bu boradaga yondashuvlarning o‘zaro mushtarak emasligi. 

Ikkinchidan.  Tahdidni  bartaraf  etishda  ijtimoiy-siyosiy  va  g‘oyaviy-

mafkuraviy omillarning o‘rni hamda ahamiyatiga yetarli e’tibor berilmayotgani. 


 

11

Uchinchidan. Dunyo mamlakatlari aksariyatining o‘z harbiy kuch-qudrati va 



salohiyatiga yuqori, bir tomonlama baho berayotgani. 

To‘rtinchidan.  Yosh  mustaqil  davlatlarning  tahdidni  bartaraf  etishga  doir 

konstruktiv takliflariga bepisandlik bilan qaralib kelinayotgani. 

Shu  o‘rinda,  tahdidni  bartaraf    etish  borasida  yurtimizda  salmoqli  tajriba  

to‘planganini ta’kidlab o‘tish zarur. 

Tajriba shundan guvohlik beradiki, har bir davlat jamiyatning barqarorligiga 

tahdid  solishi  mumkin  bo‘lgan  ijtimoiy  xavf-xatarlar  hamda  ularning  oqimlarini 

bartaraf  etishga  doir  chora-tadbirlarni  nazarda  tutgan  samarali  tizimning 

mavjudligi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda joriy etilgan ushbu tizimning 

alohida o‘rni va qimmati shundaki, u tahdidni oldindan sezish, mohiyati, tabiati va 

oqibatlarini  anglash,  ularni  bartaraf  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  keng  qamrovli 

tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.  

Shunisi  ham  muhimki,    jahon  maydonida  xalqaro  munosabatlarda  harbiy 

kuch-qudrat  emas,  balki,  intellektual  salohiyat,  aql-idrok,  ilm-fan  va  ilg‘or 

texnologiyalar  ustuvor  ahamiyat  kasb  etishi  mazkur  tizimning  takomillashuviga, 

yurtimizda  bu  borada  to‘plangan  tajribalarni  ommalashtirishga  xizmat  qilgan 

bo‘lar edi. 

 

Bu  tajribaning  mazmun-mohiyati  va  ahamiyati  quyidagi  strategik  omillar 



bilan belgilanadi: 

Birinchidan,  jamiyatni  ma’naviy  yuksaltirish.  Ma’lumki,  zamonning 

shavqatsiz  sinovlariga  qarshi  yuksak  ma’naviyati  va  ma’rifati  bilan  javob  bergan 

millat  hech  qachon  zavolga  yuz  tutmagan.  Chunki  aynan  shu  omil  millatning 

zamon  bilan  hamnafasligini  ta’minlagan  jamiyat  hayotiga  tahdidlar  tug‘ilgan 

vaziyatlarda o‘ziga xos qalqon vazifasini o‘tagan. 

Ikkinchidan,    harbiy    sohani    mustahkamlash.  O‘zbekistonning  mudofaa 

doktrinasi  o‘z  hududni,  davlati  va  xalqini  tajovuzlardan    himoya  qilish 

konsepsiyasiga  tayanadi.  Shu  o‘rinda  yurtimizda  ixcham  va  yaxshi    jihozlangan 

kurolli  kuchlarni  tashkil  etishdan  maqsad:  1)  davlat  mustaqilligini  saqlash; 



 

12

2)mamlakatning  hududiy  yaxlitligini  himoya  qilish;  3)aholining  osuda  hayot 



kechirishini  ta’minlash;  4)  jamiyat  havfsizligini  muhofaza  qilish  ekanini    har  bir 

fuqaro yaxshi anglab olishi kerak. Bunday armiyaning tuzilishi mamlakatimizning 

tabiiy ehtiyoj va hayotiy manfaatlari bilan belgilanadi. 

Uchinchidan

–iqtisodiy  rivojlanishni  ta’minlash.  O‘zbekiston  iqtisodiy 

taraqqiyot  strategiyasi,  avvalo,  xususiy  sektorni  jadal  rivojlantirish  konsepsiyasi 

asosida  amalga  oshirilmoqda.  Mazkur  konetsepsiya    mulkdorlar  sinfini 

shakllantirish  orqali  jamiyatning  iqtisodiy  qudratini  ta’minlashni  nazarda  tutadi. 

Shuning uchun ham bugun fermerlik va tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati 

darajasiga ko‘tarilgan. 

To‘rtinchidan

 – moliyaviy barqarorlikka erishish. Bu umumiy xarajat yalpi 

daromaddan oshib ketmasligi, byudjet kamomadi 3 foizdan, inflyatsiya darajasi esa 

6-8  foizdan  oshmasligini  ta’minlash  demakdir.  Shu  yilning  birinchi  choragida 

iqtisodiyotni  isloh  qilish,  mamlakatni  yangilash  va  chuqurlashtirish,  2012-2013 

yillarga  mo‘ljallab  qabul  qilingan  Inqirozga  qarshi  choralar  dasturini  so‘zsiz 

bajarish  hamda  shu  asosda  iqtisodiyotning  yuqori  va  barqoror  o‘sish  sur’atlari, 

uning  samaradorligi  hamda  makroiqtisodiy  muvozanatni  ta’minlashga  qaratilgan 

chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  orqali  erishish  iqtisodiyotni  izchil  rivojlantirish 

tendensiyalari saqlanib qoldi. 

2014-yilda  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsuloti  8,1  foiz,  sanoat  ishlab 

chiqarish  hajmi  8,3  foizga,  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  6,9  foiz,  kapital 

qurilish  10,9  foiz,  chakana  savdo  aylanmasi  hajmi  14,3  foizga  oshdi.  Ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlarning  qariyb  70  foizini  yuqori  qo‘shimcha  qiymatga  ega 

bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. 

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz, shu jumladan, 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab 

chiqarish  10  foizga  o‘sdi.  Inflatsiya  darajasi  yil  yakunlari  bo‘yicha  6,1  foizni 

tashkil etdi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir. 


 

13

O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 



foizdan  8  foizga  kamaytirilgan  bo‘lsa-da,  davlat  byudjeti  yalpi  ichki  mahsulotga 

nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi. 

 Mazkur  omil  jamiyat  iqtisodiy  qudratining  oshishi,  o‘zini  o‘zi  muhofaza 

qilish  imkoniyatining  ortib  borishiga  xizmat  qiladi.  Yuqoridagi  fikrlarni  xulosa 

qilgan  holda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  bugungi  kunda  mamlakatimizda 

ham tahdidlarning yechim va uslublari bilan bog‘liq nazariy muammolarga jiddiy 

munosabatni shakllantirish nihoyatda dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.  

         XXI  asrning  dastlabki  yillarida  to‘plangan  tajriba  har  bir  millatning 

mavjudligi,  barqaror  taraqqiyoti  va  xavfsizligi,  birinchi  galda,  yangi  tahdid  va 

xavf-xatarlarning  manbalari,  sabablari,  oqibatlari  qay  darajada  anglanayotgani, 

idrok  etilayotgani  hamda  ularni  bartaraf  etish  chora-tadbirlarining  aniqligi, 

izchilligi  va  samarasi,  bir  so‘z  bilan  aytganda  “tahdidbardoshlik”  darajasiga 

bevosita bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. 


Download 430,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish