‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/415
Sana07.08.2021
Hajmi11 Mb.
#140757
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   415
Bog'liq
PEDAGOGIKA

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari.  Pedagogika fani rivoji  muayyan 
pedagogik m uam m olarni tadqiq  etish  maqsadida olib borilgan  tadqiqot 
ishlarining  g‘oyasi,  m azm uni  hamda  natijalari  hisobiga  t a ’minlanadi. 
Ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  jarayonining  keskin  rivojlanishi,  shaxsni 
h a r   t o m o n l a m a   kaniol  toptirish  im konini  beruvchi  omil  h a m d a  
pedagogik  shart-sharoitlarni  aniqiash,  jamiyat  va  shaxs  m a ’naviyatiga 
ziyon  yetkazuvchi  holatlarni  bartaraf  etishni  taqozo  qiladi.  Tarbiya 
jara y o n la rin in g   m o h iya tin i  anglash  ularni  keng  yoki  t o r   doirada 
o ‘rganish,  mavjud  k o ‘rsatkichlar  vositasida  ularning  sodir  b o ‘lish 
sabablarini o ‘rganish,  zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni 
tashkil  etish  zaruriyatini  yuzaga  keltiradi.  Pedagogik  izlanishlarning 
samarali  kechishi  bir  qator  obyektiv  va  subyektiv  omillarga  bog‘liq.


M azkur jarayonda  maqsadga  muvofiq  keluvchi,  maqbul,  ayni  vaqtda 
samarali  bo ‘lgan  metodlarni  tanlay  olish  ham   muhimdir.
Pedagogik  ilm iv -tad aiq ot  metodlari  shaxsni  tarbiyalash,  unga 
muayyan  yo‘nalishlarda chuqur,  puxta  ilmiy bilimlarni  berishga  berish 
tamoyillari,  obyektiv  va  subyektiv  omillarini  aniqlovchi  pedagogik 
jarayonning ichki  mohiyati,  aloqa va qonuniyatlarini  maxsus tekshirish 
va  bilish  usullaridir.
Ayni  vaqtda,  0 ‘zbekiston  Respublikasida  pedagogik  y o ‘nalishda 
olib  borilayotgan  ilmiy  izlanishlar  dialektik  yondashuvga  asoslanadi. 
Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday 
yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlaming umumiy aloqasi,  ularning 
izchil,  uzluksiz  rivojlanishi,  bolaning fiziologik  rivoji  uning  psixologik, 
intellektual  jihatdan  takomillashtirib  borishini  t a ’minlashi,  q a ra m a -  
q a rsh ilik la rn in g   shaxs  k a m o lo tin i  t a ’m in la s h d a g i  o ‘rni  va  roli, 
shuningdek,  dialektika  kategoriyalarining  ahamiyatini  e ’tiro f etadi.
cPedagogik  ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish  murakkab,  m uayyan 
muddatni  taqozo  etuvchi,  izchillik,  uzluksizlik,  tizimlilik  h a m d a   aniq 
maqsad  kabi  xususiyatlarga  ega boMgan jarayon  boMib,  uning  samarali 
boMishi  uchun bir qator shartlarga rioya etish  zarur.  Ular quyidagilardir:
1)  m u am m oning  dolzarbligi  va  mavzuning  aniq  belgilanganligi;
2)  ilmiy  farazlarning  t o ‘g ‘ri  shakllantirilganligi;
3)  vazifalarning  tadqiqot  maqsadi  asosida  t o ‘g ‘ri  belgilanganligi;
4)  tadqiqot  m eto dlar tizimiga  nisbatan  obyektiv  yondashuv;
5)  tajriba-sinov  ishlari jarayoniga jalb  etiluvchi  respondentlarning 
yosh,  psixologik va shaxsiy xususiyatlari,  shuningdek,  shaxs  rivojlanishi 
qonuniyatlarining  t o ‘g ‘ri  hisobga  olinganligi;
6)  tadqiqot  natijalarini  oldindan  tashxislash  va  uning  natijalarini 
aytib  o ‘tish;
7)  tadqiqot  natijalarining  kafolatlanganligb
Zamonaviy  sharoitda,  pedagogik  yo‘nalishda,  tadqiqotlarni  olib 
borishda  quyidagi  m etodlardan  foydalanilmoqda:
1.  Pedagogik  kuzatish  metodi.
2.  Suhbat  metodi.
3.  Anketa  metodi.
4.  Intervyu  metodi.
5.  T a ’lim  muassasasi  hujjatlarini  tahlil  qilish  metodi.
6.  Test  metodi.
7.  Pedagogik  tahlil  metodi.


8.  Bolalar  ijodini  o'rganish  metodi.
9.  Pedagogik  tajriba  metodi.
10.  Matematik-statistik  metod.
Pedagogik  kuzatish  m etodi.  Uni  q o ‘l!ash  jara y o n id a ,  t a ’lim 
muassasalarining o ‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq 
etilayotgan  muammo holat aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida q o‘lga 
kiritilgan  ko‘rsatkichlar  o ‘rtasidagi  farq  t o ‘g‘risidagi  m a’lumotga  ega 
b o ‘linadi. rPedagogik  kuzatish  murakkab  va  o ‘ziga  xos  xususiyatlarga 
ega.  Kuzatish  aniq  maqsad  asosida,  uzluksiz,  izchil  va  tizimli  amalga 
oshirilsa,  kutilgan  natijani  qo‘lga  kiritish  mumkin.  Olib  borilayotgan 
pedagogik  kuzatish  t a ’lim-tarbiya  sifatini  oshirish,  o'quvchi  shaxsini 
shakllantirishga xizmat qilsa,  mazkur metodning ahamiyati yanada oshadij
Pedagogik  k u z a tu v n i  tashkil  etish d a  x a to ga   yo‘l  q o 'y m a s lik  
muhimdir.  Buning  uchun  tadqiqotchidan  quyidagilar talab  etiladi:
1)  kuzatuv jarayonida  aniq  maqsadga  egalik;
2)  kuzatishni  tizimli  ravishda  yo'lga  qo'yish;
3)  kuzatishning  h ar  bir bosqichida  muayyan  vazifalarni  hal  etish;
4)  har  bir  holatning  mohiyatini  sinchiklab  o'rganish;
5)  xulosa  chiqarishga  shoshilmaslik^
Suhbat  m e to d i.  Bu  m etod  pedagogik  kuzatish  jarayonida  ega 
bo'lingan  m a ’lumotlarni  boyitish,  mavjud  holatga  t o ‘g ‘ri  baho  berish, 
m uam m oning  yechimini  topishga  imkon  beruvchi  pedagogik  shart- 
sharoitlarni  yaratish,  tajriba-sinov  ishlari  subyektlari  imkoniyatlarini 
m u am m o   yechimiga  jalb  etishga  yordam  beradi.  Suhbat  maqsadga 
muvofiq holda  individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. 
Suhbat jarayonida  respondentlarning  imkoniyatlari to ‘la-to‘kis namoyon 
b o 'l is h i g a   e ris h is h   m u h im d ir j   U n i n g   s a m a r a l i   b o 'lis h i  u c h u n  
quyidagilarga  amal  qilish  maqsadga  muvofiq:
1)  m aqsaddan  kelib  chiqqan  holda  suhbat  uchun  belgilanuvchi 
savollarning m azmunini  aniqlash  hamda savollaro‘rtasidagi  mantiqiylik 
va  izchillikni  t a ’minlash;
2)  suhbat  joyi  va  vaqtini  aniq  belgilash;
3)  suhbat  ishtirokchilarining soni xususida  m a ’lum to'xtamga keljsh;
4)  suhbatdosh  t o ‘g‘risida  avvaldan  muayyan  m a ’lumotlarga  ega 
boMish;
5)  suhbatdosh  bilan  samimiy  munosabatda  boMish;
6)  suhbatdoshning  o ‘z  fikrlarini  erkin  va  batafsil  ayta  olishi  uchun 
sharoit  yaratish;


7)  savollarning  aniq,  qisqa  va  ravshan  berilishiga  erishish;
8)  olingan  m a ’lumotlarni  o ‘z  vaqtida  tahlil  qilish.
ГAnketa  metodi  (fransuzcha — tekshirish).  Ushbu  metod yordam ida 
pedagogik kuzatish  va suhbat jarayonida  t o ‘plangan  dalillar boyitiladi. 
Anketa  metodi  ham   tizimlangan  savollar  asosida  respondentlar  bilan 
muloqotni tashkil  etishga asoslanadi.  Anketa savollariga javoblar,  k o ‘p 
hollarda,  yozma ravishda olinadL/O'rganilayotgan jarayon  mohiyatidan 
kelib  chiqqan  holda  anketa  savollari  quyidagicha  boMadi:
1)  ochiq  turdagi  savollar  (respondentlarning  erkin,  batafsil  javob 
berishlari  uchun  imkon  beruvchi  savollar);
2)  yopiq  turdagi  savollar  (respondentlar  «ha»,  «yo‘q»,  «qisman» 
yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va  hokazo tarzdagi javob variantlarini 
tanlash  orqali  savollarga javob  beradilar).
Anketa  m etodini  qoMlashda  ham  bir  q a to r  shartlarga  amal  qilish 
zarur.  Ular quyidagilardir:
1)  anketa  savollari  tadqiq  etilayotgan  m u am m o n in g   mohiyatini 
yoritishga  xizmat  qilishi  lozim;
2)  anketa  savollari  yirik  hajmli  va  noaniq  boMmasligi  kerak;
3)  anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik 
xususiyatlarini  inobatga  olish  asosida  tuzilishi  zarur;
4)  anketa savollari  respondentlar tom onidan toMa javoblar berilishini 
t a ’minlovchi  vaqtni  kafolatlay  olishi  zarur;
5) anketa o'quvchilarning pedagogik va  psixologik tavsifnomalarini 
tuzish  manbayiga  aylantirib  yuborilmasligi  zarur;
6)  anketa javoblari  muayyan  m ezonlar  asosida  puxta  tahlil  etilishi 
shart.
I nte rv vu   m e t o d i   re s p o n d e n t  t o m o n i d a n   t a d q i q   e ti la y o t g a n  
m uam moning u yoki bu jihatini yorituvchi  hodisaga  nisbatan  munosabat 
bildirilishini  t a ’minlaydi.  Intervyu  r e s p o n d e n t  e ’tiboriga  t u r k u m  
savollarni  havola etish  asosida o'tkaziladi.  Intervyu jarayonida olingan 
savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan  m unosabat bildirilishi  uning 
samarasini  oshiradi.
T a ’lim  muassasasi huiiatlarini tahlil  qilish  metodi.  Pedagogik  hodisa 
va  d a lilla rn i  tek s h iris h   m aqsad id a  t a ’lim   m u as s a s a la ri  fao liy ati 
m azm unini yorituvchi  m a’lumotlarni tekshirish  maqsadga  muvofiqdir. 
M azk u r  m etod  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «T a’lim  t o ‘g ‘risida»gi 
Q o n u n i h am da  «Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi»  talablarining t a ’lim 
muassasalari  amaliyotidagi  bajarilish  holatini  o ‘rganish,  bu  boradagi


faollik  darajasi,  erishilgan  yutuq  hamda  yo‘l  q o ‘yilgan  kamchiliklarni 
a niqla sh ,  ilg‘or  tajribalarni  om m alashtirish  va  t a ’lim  muassasasi 
pedagogik  tajribasini  oshirish  maqsadida  qoMlaniladij
T a ’lim  m uassasasi  faoliyati  m o h iy a tin i  y orituvc hi  h u jja tla r  
quyidagilardan  iborat:  0 ‘quv  mashg‘ulotlarining jadvali, o ‘quv  dasturi, 
g u ru h   (yoki  sin 0   ju rn a lla ri,  o ‘q u vchilarn in g  shaxsiy  vara q a la ri, 
buyruqlar,  Pedagogik  Kengash yigMlishi  bayonnomalari yozilgan daftar, 
Pedagogik  Kengash  qarorlari, ta ’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, 
tarbiyaviy  ishlar  rejasi,  o ‘quv-tarbiya  ishlarini  tashkil  etish  borasidagi 
hisobotlar,  t a ’lim  muassasasi  jihozlari  (o‘quv  partalari,  stol-stullar, 
yum shoq  mebellar  va  hokazolar)  qayd  etilgan  daftar va  hokazolar.
M a z k u r  m etod   m uayyan  y o ‘nalishlarda  o ‘quv-tarbiya  ishlari 
samaradorligi  darajasi,  o ‘quvchilarda hosil  boMgan  bilim,  ko‘nikma va 
malakalar  hajmi,  ilg‘o r  pedagogik  tajribalar  mazmunini  o ‘rganishda 
m uhim   ahamiyatga  ega.
T e s t   metodi.  Ushbu  metod  respondentlar to m onidan  muayyan  fan 
s o h a si  yoki  faoliyat  (shu   j u m l a d a n ,   k asbiy  faoliyat)  b o ‘y ic h a  
o ‘zlashtirilgan  nazariy bilim  va  amaliy  ko ‘nikma,  malakalar darajasini 
aniqlashga xizmat  qiladjjTest  o ‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan 
iborat:
1)  ochiq  turdagi  savollar  (respondentlarning  erkin,  batafsil  javob 
berishlari  uchun  imkon  beruvchi  savollar);
2)  yopiq  turdagi  savollar  (respondentlar  «ha»,  «yo‘q»,  «qisman» 
yoki «ijobiy»,  «qoniqarli»,  «salbiy» va  hokazo tarzdagi javob variantlarini 
tanlash  orqali  savollarga javob  beradilar).
3)  t o ‘g ‘ri javob  variantlari  qayd  etilgan  savollar  (respondentlar o ‘z 
yondashuvlariga  ko‘ra t o ‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test  metodini qoMlashda aniqlanishi zarur boMgan bilim,  ko‘nikma 
va  malakalarni  tu rk um   asosida  berilishiga  e ’tibor  berish  maqsadga 
muvofiqdir.  Ushbu  m etodning  afzalligi  respondentlar javoblarini  aniq 
m ezo nlar  b o ‘yicha  tahlil  etish  imkoniyati  mavjudligi  hamda  vaqtning 
tejalishi bilan  tavsiflanadi.  Biroq,  metod  ayrim  kamchilikdan  ham  holi 
emas.  C hunonchi, aksariyat  holatlarda javoblar yozma  ravishda olinadi, 
shuningdek,  respondent  taklif  etilayotgan  javob  variantlardan  birini 
tanlashi  zarur.  Shu  bois  respondent  o ‘z  fikrini  batafsil  ifoda  etish 
imkoniyatiga  ega  emas.
^Pedagogik  tahlil  m etodi.  Tadqiqotni  olib  borish jarayonida  ushbu 
m e to d n i  qoMlashdan  ko'zlangan  maqsad  tanlangan  m u a m m o n in g


falsafiy,  psixologik  ham da  pedagogik  y o ‘nalishlarda  o ‘rganilganlik 
darajasini  a n iqla shdan  iborat  bo'lib,  tad qiq o tchi  ilgari  surayotgan 
g'oyaning  nazariy jihatdan  haqqoniyligini  asoslashga  xizmat  qiladi.
Bolalar  iiodini  o'rganish  m eto di.  M azkur  metod  o'quvchilarning 
muayyan  yo'nalishlardagi  layoqati, qobiliyati,  shuningdek,  m a ’lum  fan 
sohalari  bo'yicha  bilim,  ko'nikma  va  malakalari  darajasini  aniqiash 
maqsadida  qo'llaniladi.  Uni  qo'llashda  o'quvchilarning  ijodiy  ishlari
—  kundaliklari,  insholari,  yozma  ishlari,  referatlari,  hisobotlari  m uhim  
vosita  bo'lib  xizmat  qiladi.  M etodning  afzalligi  shundaki,  u  m a ’lum 
o'quvchiga  xos  b o'lgan  individual  imkoniyatni  ko'ra  olish,  baholash 
va  uni  rivojlantirish  uchun  zamin  yaratadi../
Bolalar  ijodini  o'rganishning  quyidagi  shakllari  mavjud:
1)  fan  olimpiadalari;
2)  turli  mavzulardagi  tanlovlar;
3)  maktab  ko'rgazmalari;
4)  festivallar;
5)  musobaqalar.
r Pedagogik tairiba  (eksperiment  — lotincha  «sinab ko'rish».  «tairiba 
qilib ko'rish»)  m etod i.  Pedagogik tajriba metodidan  m u am m o  yechimini 
topish  imkoniyatlarini  o'rganish,  mavjud  pedagogik  sharoitlarning 
maqsadga erishishni kafolatlay olishi,  ilgari surilayotgan tavsiyalarning 
am aliyotda  o 'z   i n ’ikosiga  ega  b o 'la   olishi  h a m d a   sam aradorligini 
aniqiash  m aqsadida  fo y dalaniladi.j'M uayyan  m u a m m o   ye c h im in i 
topishga  yo'naltirilgan  pedagogik  tajriba  m a ’lum  doirada,  soni  aniq 
belgilangan  r e s p o n d e n tla r  ishtirokioa  a m alg a  oshiriladi.  M a z k u r  
metoddan foydalanish tadqiqotchi tom onidan  ilgari surilayotgan  maxsus 
m etodikaning  samaradorligini  aniqlay  ham d a  unga  baho  bera  olishi 
zarur.
Pedagogik tajriba tashkil  etilish sharoitiga  ko'ra quyidagi guruhlarga 
bo'Iinadi:

Download 11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   415




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish