Yusuf Rashidov "yangi nashr"


 YER OSTI GAZ QUVURLARINING KO‘CHADA



Download 15,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana06.01.2022
Hajmi15,09 Mb.
#325180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
gaz taminoti tizimlari

1. 8. YER OSTI GAZ QUVURLARINING KO‘CHADA 

JOYLASHISHI

Yer osti gaz quvurlari shaharlarda, asosan, ko‘chaning qatnov 

yo‘llari tagidan o‘tkaziladi. Agarda ko‘chalarda keng piyoda yo‘llari 

bo‘lsa yoki maysazorlar bo‘lsa, ular tagidan o‘tkazish maqsadga mu-

vofiq, chunki qatnov yo‘llarini buzish va tiklash qimmat turadi. Gaz 

quvurlarini o‘tkazishda gaz quvurlari bilan bino, yer osti va yer usti 

inshootlari va daraxtlar oralig‘ida ma’lum masofani ta’minlash kerak. 

Bu masofalar texnik sharoitlarda va qurilish qoidalarida keltirilgan. 

Shular bilan tanishib chiqamiz.

1. Yer osti gaz quvuri bilan bino orasidagi masofa quyidagicha 

bo‘lishi kerak:

a) past bosim gaz quvurlari uchun – kamida 2 m;

b) o‘rta bosim gaz quvurlari uchun – kamida 4 m;

d) yuqori bosim gaz quvurlari (0,3 – 0,6 MPa) uchun – kamida 7 m;

e) yuqori bosim gaz quvurlari (0,6 – 1,2 MPa) uchun – kamida 10 m.

Bu masofalar yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda 

uning bino ichiga kirmasligini ta’minlay olmaydi, lekin kirish xavfini 

kamaytiradi.

2. Yer osti gaz quvuri bilan tramvay yo‘ligacha bo‘lgan masofa:

a) past va o‘rta bosim gaz quvurlar uchun yaqin relsgacha bo‘lgan 

masofa kamida 2,8 m bo‘lishi kerak;

b) yuqori bosim gaz quvurlari uchun kamida 3,8 m bo‘lishi kerak.

3. Temir yo‘l relsigacha bo‘lgan masofa:



a) past bosim uchun – kamida 3,8 m;

b) o‘rta bosim uchun – kamida 4,8 m;


21

d) yuqori bosim uchun (0,3 – 0,6 MPa) – kamida 7,8 m;

e) yuqori bosim uchun (0,6 – 1,2 MPa) – kamida 10,8 m;

Bu masofalar gaz quvurlarini yotqizish va ta’mirlash ishlarini ba-

jarish paytida transport harakatini to‘xtatmasdan olib borishga imkon 

beradi.


4. Daraxtlardan kamida 1,5 m masofada o‘tish kerak, chunki un-

dan yaqin bo‘lsa, xandaq qaziganda, daraxtning ildizi kesilib ketadi. 

Bundan tashqari, quvurdan gaz chiqa boshlasa, daraxt ildizlariga ta’sir 

qilib, uni quritadi.

5. Elektr kabeli bilan yer osti past va o‘rta bosim gaz quvuri orasidagi 

masofa kamida 1 m bo‘lishi kerak. Agarda yuqori bosim bo‘lsa, kamida 

2 m bo‘lishi kerak. Bu masofalar xandaq qaziganda yoki ta’mirlash 

ishlari olib borilganda kabelni uzib yubormaslik uchun kerak.

6. Gaz quvuri bilan suv tarmog‘i orasidagi masofa:

a) past bosim uchun – 1,0 m;

b) o‘rta bosim uchun – 1,0 m;

d) yuqori bosim uchun (0,6 MPa ga) – 1,5 m;

e) yuqori bosim uchun (1,2 MPa gacha) – 2,0 m.

7. Gaz quvuri bilan kanalizatsiya orasidagi masofa:



a) past bosim uchun – 1,0 m;

b) o‘rta bosim uchun – 1,5 m;

d) yuqori bosim uchun (0,6 MPa gacha) – 2,0 m;

e) yuqori bosim uchun (1,2 MPa gacha)

 – 


5,0 m;

8. Issiq suv uzatish tizimi kanalining tashqi devoridan gaz quvuriga-

cha bo‘lgan masofa:

a) past, o‘rta, yuqori bosim (0,6 MPa gacha) uchun – 2 m;

b) yuqori bosim (0,6 – 1,2 MPa) uchun – 4 m.

Bu masofalar gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda boshqa yer 

osti inshootlariga kirish xavfini kamaytiradi.

9. Agarda bir xandaqda 2 ta gaz quvuri o‘tgan bo‘lsa, quvurlar dia-

metri 

d Θ 300

 mm bo‘lsa, ular orasidagi masofa kamida 0,4 m bo‘lishi 

kerak. Agarda quvurlar diametri d>300 mm bo‘lsa, quvur devorlari 

orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak.

Bu masofa quvurlarni ishlatish jarayonida ularni tekshirish hamda 

tuzatish ishlarini olib borish uchun zarur. Yer osti gaz quvurlaridan 

gaz chiqqanda, u yerdagi bo‘shliqlar orqali uzoq masofalarga tarqa-



22

lishi mumkin. Shuning uchun gaz quvurlari iloji boricha bosimsiz 

ishlaydigan quvurlardan uzoqroq bo‘lgani ma’qul, chunki gaz ular 

orqali binolarga kirish mumkin.




Download 15,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish