kelib chiqishiga, yurak miokardini degenerativ va yallig‘lanish natijasidagi o‘zgarishlar
sabab bo‘ladi. Lekin, uning patogenezi yaxshi o‘rganilmagan.
Klinika:
Ushbu aritmiyalar miokardda chuqur o‘zgarishlar bo‘lgan bemorlarda
uchraydi, qon bosimi ortgan va taxikardiya kuzatilgan bemorlarda, ba’zan paroksizmal
taxikardiyada ham kuzatish mumkin.
Parodoksal puls.
Bemorlarda pulsni kamayishi yoki ba’zida yo‘qolishi bilan
xarakterlanadi. Nafas olinganda puls yo‘qoladi, nafas chiqarganda esa, puls tezlashadi,
parodaksal deb nomlanishiga sabab, bunda nafas aritmiyasi kuzatilmaydi.
Bunday aritmiya ko‘krak qafasining anomaliyasida yoki unda o‘sma, chandiq
to‘qimasi bo‘lsa kuzatiladi.
Qo‘zg‘aluvchanlik
va
o‘tkazuvchanlikni birgalikda buzilishi bilan
kechadigan aritmiyalar.
1.
Bo‘lmachalar trepetatsiyasi [bo‘lmachalar 1 minutda 250-400
tagacha
qisqaradi].
2.
Bo‘lmachalar mersaniyasi [1 minutda 400-600 tagacha qisqaradi].
Bo‘lmachalar trepetatsiyasi va mersaniyasini bir xil omillar chaqiradi,
shuningdek, ular biridan ikkinchisiga o‘tadi, shundan ushbu ikkita aritmiyani
mersatelnaya aritmiya deb nomlashadi.
3.
Qorinchalar trepetatsiyasi [qorinchalar 1 minutda 150-300 tagacha qisqaradi].
4.
Qorinchalar [fibrillyatsiyasi], mersaniyasi [qorinchalar 300-500 tagacha
qisqaradi, xuddi qisqarmay qoladi].
Bo‘lmachalar trepetatsiyasi va mersaniyasi
Bo‘lmachalar miokardida juda ko‘plab ektopik o‘choqlarni hosil bo‘lishi,
qo‘zg‘alishlar o‘tish tezligi va yo‘nalishini buzilishi natijasida, yurak ayrim qismida
qo‘zg‘alish to‘lqinlarini uzoq muddatli sirkulyatsiyasi ro‘y beradi. Natijada
yurak
ritmi keskin buziladi, bu esa bo‘lmachalar trepetatsiyasi va mersaniyasi
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bo‘lmachalar trepetatsiyasida, bo‘lmachalarni
qisqarishi 1 minutda 250-400 tagacha boradi. Ushbu aritmiyada, bo‘lmachalarni
ishlash ritmiga, qorinchalar moslasha olmaydi, natijada
nisbiy yurak blokadasi
ro‘y beradi. Ushbu davrda qorinchalar, bo‘lmachalarni ikkinchi, uchinchi,
to‘rtinchi
qisqarishlariga javob beradi, qolgan qo‘zg‘alishlar esa qorinchalarni
absolyut refraktermik fazasiga tushadi. Shuningdek, qorinchalar qon bilan
to‘lmasdan turib, qisqarishini
amalga oshirishi mumkin, bu esa qon tomirlar
faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Bo‘lmachalar
fibrillyatsiyasida
(mersaniya)
bo‘lmachalar
400-600
tagacha qisqaradi. Ushbu aritmiyada, bo‘lmachalarni ayrim mushak tolalari
qisqaradi xolos,
butunlayicha esa, to‘liq bo‘lmagan qisqarish xolatida bo‘ladi,
natijada bo‘lmacha qon otib berish vazifasini bajara olmaydi. Bu vaqtda,
bo‘lmachalarni ayrim muskul tolalaridan kelayotgan impulslar atrioventrikulyar
tugunni qo‘zg‘ata olmaydi yoki bu xolat neregulyar tarzda ro‘y beradi, shundan
qorinchalarni qisqarishi tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi. Ayrim xolatlarda
qorincha to‘liq qon bilan to‘lmay turib, qisqarishni boshlab yuboradi,
natijada
bemorlarda puls to‘lqini kuzatilmaydi, ya’ni puls defitsiti yuzaga chiqadi.
Ushbu aritmiyalar, yurak nuqsonlarida, aterosklerotik kardiosklerozda,
tireotoksikozda, chap arioventrikulyar teshikni stenozida kelib chiqadi.