Tayanch atamalar: yosh va individual xususiyatlar, yozuv va o`qishning bog`liqligi, yozuvning imlo bilan bogliqligi, grafik bilimlar.
Ma`ruza matni
1. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. O’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo’yini hisobga olgan holda partalarga o’tkazishdan boshlanadi. Parta o’quvchining bo`y-bastiga mos bo’lsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.
O’quvchining individual xususiyatini hisobga deganda ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lmagan o’quvchilarni yorug` tushadigan deraza tomonga, eshitish a’zolarida nuqsonlar bo’lgan bolani esa oldingi partalarga o’tkazish nazarda tutiladi.
Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto’g`ri ushlaydigan o’quvchilar ham uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlash holatini doimiy nazorat qilish, uni to`g`rilab turishga alohida e’tibor qaratiladi.
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o’ynaydi. Buning uchun daftar parta ustida to’g`ri turishi lozim. shuning uchun o’qituvchi har bir o’quvchining daftarlarini kuzatib boradi. Bu qoidaga amal qilish ham yozuv sifatini oshiradi.
O’quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish, yutuqlarini ko’pchilikka namuna qilib ko’rsatish ham bu tamoyilning asosiy shartlaridan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |