Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

Rossiyada ipakchilik
. Rossiyada ipakchilik to‘g‘risidagi dastlabki 
ma’lumotlar 1600 yillarga to‘g‘ri keladi Boris Godunov hukumronligida Moskva 
viloyati atrofida birinchi marotaba qurt boqish ishlari amalga oshirilgan. Ammo bu 
ish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ushbu tajriba 1625 yil sinab ko‘rilgan va 
natijasiz tugagan.
Rossiya XIV asr oxirlarigacha ipak mahsulotlarini chet mamlakatlaridan 
sotib olardi. Lekin Rossiya ham o‘z ipagiga, pillasiga ega bo‘lish yo‘llarini qidira 
boshladi. XVI asrlarda ipak qurti boqishga dastlab Moskva yaqinidagi viloyatlarda
harakat qilindi. Ammo turli sabablarga ko‘ra Rossiyada ipakchilik rivojlanmadi. 
A.Zlotin (1973) ning ma’lumotlariga qaraganda rus pillachiligiga asos 
solishda Pyotr 1 ning hissasi katta bo‘lgan. U 1700 yilda Astraxan o‘lkasida 
pillachilikni kengaytirish haqida farmon chiqaradi. Farmonda tut daraxtini boshqa 
maqsadlar uchun qirqqan kishi o‘lim jazosiga mahkum etilishi ham ko‘rsatilgan 
edi. Bu farmonga binoan Kievda, Kizlarda (hozirgi Dog‘istondagi shahar), 
Oqtepada (hozirgi Qozog‘istonda), Voronejda tutzorlar barpo etildi, qurtxonalar va 
pilla chuvish korxonalari qurildi. Qurt tuxumi Italiyadan sotib olinar edi. Xalqni 
qiziqtirish maqsadida qurt tuxumi tayyorlab beruvchi xususiy shaxslarga Pyotr 1 


tomonidan turli imtiyozlar bilan yerlar berilgan.
Yekaterina II davrida 1773 yil farmon chiqarilib, Xarkov guberniyasining 
Novo-Vodolaga qishlog‘ida ipak ishlab chiqaruvchi korxona («Шелковое 
производство») tashkil qilindi. Saritsin (hozirgi Volgograd) yaqinida qurtxonalar 
quriladi. 
1774 yilda 20 ta yosh yigitga ipakchilik ilmi o‘rgatilib ipak qurti boqishni 
joylarda tashkil etish uchun 10 ta unter ofitser biriktirildi, tut ko‘chatlarini 
ko‘paytirish qurtxonalar qurish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Hatto 12 ta pilla 
yigiradigan stanok o‘rnatilib, ipak tolasi olina boshlaydi. 1775 yilda esa pillachilik 
bo‘yicha birinchi qo‘llanma chop ettiriladi.
1798 yilda pillachilik bo‘yicha dastlabki qo‘llanma I.Lepyoxinning 
«Краткое руководство к разведению шелка в России» kitobi bosilib chiqqan. 
1800 yilda har bir dehqon yiliga kamida 10 tup tut ekishi va ko‘kartirishi 
lozimligi haqida hukumat buyrug‘i chiqdi. Bu borada yaxshi ishlagan dvoryanlarga 
mukofotlar berildi, tut ekish uchun yer ajratildi. 
Pillachilikni rivojlantirish uchun xukumat tomonidan qilingan bunday 
harakatlarga qaramay, bu soha yaxshi rivoj topmadi.
XIX asr o‘rtalarida Fransiyada pebrina epizootiyasi boshlandi. 1858 yilda u 
yerda 26 ming tonna pilla tayyorlangan bo‘lsa, 1865 yilga kelib bu raqam 5,5 
tonnaga tushib qoldi. Pebrina tez orada Ispaniya, Italiya, Hindiston va boshqa 
mamlakatlar, shu jumladan, O‘rta Osiyo va Rossiyaga ham yetib keldi va 
pillachilikning rivojlanishiga katta zarar yetkazdi . 
Pillachilik Yevropa va Amerika mamlakatlariga nisbatan Osiyo 
mamlakatlari– Xitoy, Yaponiya, Koreya, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Eron kabi 
mamlakatlarda yaxshi rivojlangan. 
Ukraina guberniyasining janubiy rayonlarida ipak qurti boqish uchun shart-
sharoit bo‘lishiga qaramasdan, Rossiyada ipakchilik juda sust rivojlana boshladi. 
Bunday bo‘lishiga sabab mutaxassislar yo‘qligi, dehqonlar bu sohani bilmasligi
davlat qiziqishi kamligi va qator kamchiliklar mavjudligidadir. Rossiya O‘rta 


Osiyoni bosib olgach, ipakchilik bilan koloniyalarni shug‘ullantirish, pilla 
tayyorlash miqdorini yildan-yilga oshirib bordi, ipakchilik birmuncha rivojlandi. 
Natijada ayrim joylarda maxsus qurtxonalar qurish, tut o‘stirish va qurt 
boqish ishlari rivojlana boshlaydi . 
Kavkaz respublikalari pillachiligi tarixi uzoq o‘tmishga ega, lekin bunga oid 
ma’lumotlar juda kam. Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Kavkazga 
pillachilik V asrda kirib keldi. Faqat XIV asrdagina biroz rivojlandi. U Shirvon, 
Gruziya, Qorabog‘ va Lezgistonda keng tarqaldi. Shemaxa Kavkaz orti 
mamlakatlari pillachilikning markazi bo‘lganligi bayon etilgan.. 
M.Eyvazov (1968) ning ma’lumotiga ko‘ra Ozarbayjonda XVIII asrdayoq 
pillachilik Sheki, Tog‘li Qorabog‘, Naxchevan, Shemaxada yaxshi rivojlangan. U 
yerdan ipak Italiya, Iroq, Eron va boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Ipakdan 
tashqari Yevropaga ipak qurti urug‘ini ham chiqarilgan.. 
Pillachilik u yerda ayniqsa XIX asr va XX asr boshlarida yanada rivojlandi, 
lekin juda qoloq texnikaga asoslangan, ilm-fan bilan bog‘lanmagani uchun pilla va 
ipakning sifati zamon talabi darajasiga yetmagan.
« Туркистанские ведомости » [3] jurnalida yozilishicha: «Turkiston 
o‘lkasini Rossiya bosib olgan paytda bu yerda pillachilik yaxshi rivojlangan bo‘lib, 
har yili 100 ming pud ipak tayyorlanib, uning 20 ming pudi Rossiyaga jo‘natilgan». 

Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish