Yordamchi tarix” fanidan Sirtqi ( 2 otm )bo‘lim talabalari uchun sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami toshkent-2022 y


-topshiriq: Paleografiyа. Yozuvlarning paydo bo‘lishi



Download 256,5 Kb.
bet18/18
Sana06.07.2022
Hajmi256,5 Kb.
#750499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
121099 24 ОТМ Ёрдамчи тарих (7)

6-topshiriq: Paleografiyа. Yozuvlarning paydo bo‘lishi to`g`risida Batafsil ma’lumot bering.

  1. Paleografiya fani va uning vazifalari. Paleografiya fanining shakllanishi va rivojlanishi, ob’ekti, metodlari. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishda paleografiya fanining o‘rni va ahamiyati.

Paleografiya sо‘zi istiloh sifatida ikkita yunoncha sо‘zdan tashkil topgan: «palayos»-qadimgi va «grafo»-yozaman. Paleografiya fani qо‘lyozma manbalarning tashqi belgi-xususiyatlarini tarixiy rivojlanishda о‘rganadi.
Paleografiya fani о‘rganadigan u yoki bu qо‘lyozma manbaning tashqi belgi-xususiyatlari quyidagilardan iborat: qо‘lyozma harflari, bu harflarning yozilish xususiyatlari, yozuv turi, qо‘lyozmaning materiali, yozuv qurollari, qо‘lyozmada ishlatilgan bezaklar, qо‘lyozma yozilgan siyoh, qо‘lyozmadagi tamg‘alar, muhrlar, qо‘lyozmaning formati, qо‘lyozma muqovasi va boshqa tashqi belgilar.
Paleografiyaning vazifasi quyidagilardan iborat: harflarning grafikasi, xususiyatlarini, harflarning rivojlanishini, yozuvning о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish, qо‘lyozmadagi matnni xatosiz о‘qiy olish; qо‘lyozma manbaning yozilgan vaqtini aniqlash; qо‘lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qо‘lyozma kim tomonidan yozilganligini belgilash; qо‘lyozmaning asl nusxa yoki qalbaki ekanligini aniqlash va hakozo.
Paleografiya ilmiy fan sifatida epigrafika, sfragistika, numizmatika, xronologiya, shuningdek manbashunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu fanlar bir-birini о‘rganishga yordam beradi va о‘zaro bir-birini tо‘ldiradi.
Paleografiyaning ish uslubi: paleografiyaning uslubi asosida qо‘lyozmadagi bir qator belgi-xususiyatlar, masalan, xarflarning grafikasi, yozuvda ishlatilgan material, qо‘lyozmadagi bezaklar, qо‘lyozmani yozishda ishlatilgan yozuv qurollari ustidan о‘tkaziladigan kuzatishlar yotadi. Shuningdek bu xususiyatlarning tarixiy bir davr uchun о‘zaro mos kelish-kelmasligini aniqlash ham bu fanning ish uslubiga kiradi.
Ma’lumki, tarixdagi har qanday davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyot darajasi о‘sha davrdagi yozuvning holatida о‘z izini qoldiradi, yozuvning xususiyatlarini belgilaydi. Boshqacha aytganda, paleografiyaning tadqiqot obyekti bilan qо‘lyozmalarning tashqi belgilarini bir-biri bilan bog‘laydi. Masalan, arab xalifaligining VIII asr о‘rtalari va IX asr boshlaridagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti о‘sha davrdagi yozuvga о‘z ta’sirini о‘tkaza olgan. Bundan tashqari о‘sha davrda yaratilgan qо‘lyozmalarda ham о‘zining izini qoldirgan ya’ni sekinlik bilan yoziladigan kufiy yozuvi о‘rnida davlat muassasalaridagi ish yuritishda undan kо‘ra tezroq yozish imkoni bor bо‘lgan nasx yozuvi bilan almashgan
Insoniyat tarixida yozuv juda qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ibtidoiy jamoa davrida odamlar о‘z fikrlari. xohish-istaklarini, biror voqea-hodisa haqidagi xabarni turli xil narsa-predmetlar yordamida ifodalaganlar (yetkazganlar). Lekin bu hali yozuv hisoblanmas edi. Ma’lum muddat vaqt о‘tganidan keyin u yoki bu fikrni bildira oladigan shartli belgilar paydo bо‘lgan. Bu shartli belgilardan keyin biz yozuv deb ataydigan va ma’lum tizimga ega bо‘lgan belgilar vujudga kelgan.
Eramizdan avvalgi tо‘rtinchi ming yillikda Arabiston yarim orolidagi qadimgi davlatlar hududlarida Misr va Shumerda yozuvlar paydo bо‘lgan. Ikkinchi ming yillikning boshlariga kelib, О‘rta Yer dengizi qirg‘oqlarida ossuriylar va bobiliylar yozuvi shakllangan. Hozirgi Hindistonning Shimoliy qismi va Old Osiyo hududlarida esa hind yozuviga asos solingan. Undan ham keyinroq, yozuvning g‘arbiy-somiy tizimi vujudga kelgan.
Umuman, insoniyat tarixi yozuvning tо‘rt qadimiy turini biladi:
1. Piktografik yozuv. Bu istiloh lotincha «piktus»-rasm, surat; «grafo»-yozaman qismlaridan iborat bо‘lib, rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki shakllari mezeolit va neolit davrida paydo bо‘lgan. Odamlar о‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini turli rasmlar, suratlar orqali bir-birlariga yetkazganlar. Odamlarning о‘zi chizgan bu suratlar harbiy yurishlar, urushlar, tо‘qnashuvlar, majburiyatlar, ultimatumlar, sevgi-muhabbat borasidagi xabarlarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish uchun xizmat qilgan. Yozuvning bu turi juda katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret narsa-hodisa tо‘g‘risidagi xabar oson yetkazilgan bо‘lsa-da, abstrakt (mavhum) tushunchalarni yetkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bо‘lgan. Shu sababli yozuvning bu turi insonning talabiga tо‘la javob bera olmagan.
Lekin shunga qaramay, piktografik yozuvning ayrim shakllari hozirgacha saqlanib qolgan. Masalan, darvoza tepasiga qо‘yilgan itning surati hovlida qopag‘on it borligining belgisidir. Transformator budkasi devoridagi kalla suyagi rasmi xatarning mavjudligiga ishoradir. Katta qilib ishlangan barmoq surati harakat yо‘nalishini bildiradi va hokazo.
Vaqt о‘tishi bilan piktografik yozuv о‘rnini undan mukammalroq va murakkabroq bо‘lgan logografik yozuv egallagan.

  1. Logografik yozuv. Bu istiloh lotincha «logos» - sо‘z, mantiq va «grafo» - yozaman sо‘zlaridan shakllangan. Jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, har bir predmet yoki har bir tushuncha shu predmet yoki tushunchaning surati yordamida ifodalana boshlagan. Demak, yozuvning bu turida ifodalangan shakl bilan ifodalanishi kerak bо‘lgan predmet yoki tushuncha о‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik mavjuddir. Shuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom olgan. Bu yozuvda masalan, ikkita qо‘lning surati «jangchi», «askar» ma’nosini ifodalagan. Agar bir qо‘lda qalqon, ikkinchi qо‘lda nayza surati bor bо‘lsa, bu «jang» yoki «jang qilmoq» sо‘zlarini bildirgan. «Kо‘rmoq» fe’lini bildirish uchun ikkita kо‘z surati xizmat qilgan. «Baxillik», «ochkо‘zlik» ma’nosini timsohning surati bildirgan. Bitta oyoqning rasmi «qadam tashlamoq» ma’nosini ifodalasa, ikkita oyoqning surati «yurmoq», «bormoq» ma’nolariga tо‘g‘ri kelgan. Yozuvning bu turi ideografiya deb ham ataladi.

Harfiy yozuv. Yozuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki belgi tо‘g‘ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar va falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat ahamiyatiga molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt о‘tishi bilan bu alifboning juda kо‘p variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng kо‘p xalqlar tomonidan qо‘llanib kelayotgan arab yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IY-III asrlarda oromiy alifbosi eroniy tillarda sо‘zlashuvchi kо‘pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan. О‘rta fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bо‘lgan. Bu alifbo asosida keyinchalik sо‘g‘d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bо‘lgan. Eramizning YII-YIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan.
Bundan tashqari eroniy va О‘rta Osiyodagi Muqaddas kitob uchun maxsus Avesto yozuvi yaratilgan. Bu yozuv oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bо‘lgan.
Yevropada esa, bu yerdagi tillar uchun grek yozuvining turli variantlari, xususan, lotin yozuvi qо‘llanilgan. IX-X asrdagi grek qо‘lyozma alifbosining yana bir varianti slavyan tillari uchun moslashtirilgan va shu tariqa qadimgi rus alifbosi-kirillitsa vujudga kelgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yozuvning kashf etilishi insoniyat tarixida juda katta hodisa bо‘lgan. Yozuv vositasida inson о‘zidan uzoqda bо‘lgan boshqa inson bilan aloqada bо‘la olgan, shuningdek u yoki bu ma’lumotni о‘zidan keyingi avlodga qoldirish imkoniga ega bо‘lgan.


1 Kатaлoг Moнеты Koкaндa. XVIII-XIX вв. – T.: Фан, 1976. - С. 3.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish