faoliyati uchun daromad olishni ko`zlamasligi ta'sis hujjatlarida qayd etilganlari;
2) moliyaviy va boshqa mablag`larni mazkur
tashkilotning xodimlari,
muassislari yoki a'zolarining shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va
investitsiyalamaydiganlari (mehnat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
taqdirlashlardan tashqari);
b) xalq ta'limi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun foyda-laniladigan
mol-mulkka;
d) uy-joy-kommunal xo`jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik
shahar xo`jaligining mol-mulkiga;
e) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg`armasi va
«O'zbekiston chernobilchilari» uyushmasining mulkida bo`lgan, ishlovchi-lari
umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik
shaxslarning mol-mulkiga, savdo, vositachilik, ta'minot-sotish
va tayyorlov
faoliyati bilan shug`ullanadiganlari bundan mustasno;
f) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro`yxatdan o`tgan
paytidan e'tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil
etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo`linma-larining ishlab chiqarish
quwatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etil-gan korxonalarga, shuningdek,
korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana
shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan bo`lib,
qo`llanilmaydi;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat
organlari (o`z hududida mol-mulk joylashgan soliq to`lovchilarga nisbatan)
tomonidan qo`shimcha imtiyozlar berilishi murnkin.
Mol-mulk solig`i hisoblab chiqarilayotganida
soliq solinadigan baza
quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
a) soliq to`lovchining balansida bo`lgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-
madaniy soha obyektlarining;
b) tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yon-g`inga
qarshi xavfsizlik uchun foydalaniladigan obyektlarning;
Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun foydalani-layotganlar
toifasiga kiritish tabiatni muhofaza qilish organlarining muay-yan obyektlardan
tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanilishi to`g`risidagi
ma'lumotnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sanitariya-tozalash maqsadida foydalaniladigan obyektlar qatoriga to-
zalagich inshootlari kiradi.
Yong`indan saqlash obyektlariga o`t o`chirish depolari, o`t o`chirish uchun
maxsus qurilgan suv havzalari, o`t o`chirish jihozlari o`rnatilgan taxtalar kiradi.
g) mahsulot o`tkazgichlar, aloqa yo`llari (shu
jumladan, avtomobil yo`Ilari),
aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek, ularni foy-dalanishga yaroqli
holda saqlab turish maqsadida ko`rilgan inshootlarning.
Mahsulot o`tkazgichlarga quyidagilar kiradi:
neft, neft mahsulotlari, kondensat quvurlari va quvur transportining boshqa
turlari, nasos, kompressor hamda taqsimlash stansiyalari bilan bir-
uy-joy-kommuna] obyektlari bo`lmagan mintaqaviy gaz, bug kuvur-lari,
78
issiqlik trassalari, suv quvurlari, kanalizatsiya koJlektorlari;
buxgalteriya hisobotida alohida obyektlar sifatida hisobga olinadigan alobida
joylashgan sexlar, konlar va karerlarning ayrim uchastkalari ora-sidagi
mahsulotlarni harakatlantirish
uchun ishlatiladigan yer osti, yer usti va havoda
joylashtirilgan har xil ko`rinishdagi kuvurlar va transportyorlar.
Aloqa liniyalariga havo aloqa liniyalari, ularga ilib qo`yilgan simlar va aloqa
kabellari, ustunli radiofikatsiya aloqa liniyalari, ularni belgilaydigan signal va
o`lchov ustunlari (qoziqlaVi), radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon
kanalizatsiyasi, yer usti va yer ostidagi ularga xizmat qilinmaydigan kuchaytirish
(regeneratsiya qilish) punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar,
yerga ulangan sim
konturlari va boshqa aloqa inshootlari kiradi.
Energiya uzatish liniyalariga havo va kabelli elektr uzatish liniyalari kiradi.
Soliq solish maqsadida ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab tu-rish
maqsadida qurilgan inshootlarga ustunlar, tabiiy va sun'iy to`siqlar-dan o`tishlar va
boshqa muhofaza inshootlari kiradi.
d) aloqa yo`ldoshlarining;
e) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko`ra to`xtatib
qo`yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
f) shahar yo`lovchilar transportining (taksidan, shu jumladan, yo`na-lishli
taksidan tashqari), shahar atrofidagi yo`nalishlarda yo`lovchilar ta-shiydigan
umumiy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan, yo`nalishli
taksidan tashqari);
d) yo'1 hujaligi korxonalarining yo`llarni ta'mirlash va saqlash ish-larida band
bo`lgan transport vositalarining;
h) davlat dasturlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari uchun
kadrlar tayyorlashda foydalaniladigan transport vositalarining.
i) lizingga olingan mol-mulkning, lizing
shartnomasining amal qilish
muddatiga.
Soliq to`lovchining balansida bo`lgan tadbirkorlik faoliyatida foyda-
nilayotgan fuqaroni himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyekt-larning;
Chet el krediti hisobiga olingan uskunalarning, shu kreditni qoplash
muddatiga, lekin besh yildan ortiq bo`lmagan muddatga.
Soliq to`lovchilarga O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amal-ga
kiritilishiga qadar qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
bilan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: