Yevropa mumtoz musiqasi haqida innavatsion texnologiyalar bilan tushuntirish reja: Kirish


Musiqa tinglash faoliyati turlarida



Download 470,5 Kb.
bet6/8
Sana12.02.2023
Hajmi470,5 Kb.
#910408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi.,

Musiqa tinglash faoliyati turlarida:



  1. Biror musiqa tinglanganida uning bastakori, asarning janri,

mazmuni, qaysi kompazitor ijodiga tegishli ekanligi, g’oyaviy – badiiy mazmuni haqidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratish.





  1. O’qituvchi jonli tarzda o’rganilayotgan asarni yoki kuy – qo’shiqning biror parchasini chalib, tinglatish bilan o’quvchilarni ushbu asar va uning muallifi ijodiga mehr va qiziqish uyg’otishimumkin.




  1. Yevropa mumtoz musiqasi tarkibiga kirgan opera, balet, kantata, oratoriya, syuita kabi yirik janrdagi asarlarning muayyan qismlarida bo’lgan

kuylarni, ariyalarni, uvertyuralarni eshittirish, tinglangan kuylar, qo’shiq va ariyalarni tasmalarda eshitilganda o’quvchilardan qaysi kuy yoki qo’shiq ekanligi va qaysi asarga tegishli ekanligini so’rabb orish.


Tanlab olgan maktablardagi musiqa darslarida o’quvchilarga V.A. Motsart va L.V. Betxoven haqida beriladigan bilim, tushunchalar mazmunida Motsartning “Figaroning to’yi” operasining bosh qahramonlari, asarning g’oyaviy – badiiy mazmuni va bosh personajlarning ariyalarini, ommaviy sahna ko’rinishi bilan bog’liq holat, xor, orkestr musiqasi, operaning “uvertyura” qismini tinglattirdik va har bir ko’rinishiga qisqa – qisqa izohlar berdik. L.V. Betxovenning 9 – simfoniyasi tinglandi va shu o’rinda simfoniyaning sonato allegro (1 - qism), menuet, yekerso (III - qism) rondo (IV - qism) musiqa sikllari, ularni simfoniya janridagi o’rni va ahamiyati, janriy xususiyatlari haqida tushunchalar beriladi


Jamoa bo’lib kuylash faoliyatida.

Jamoa bo’lib kuylash faoliyatida tadqiqotimiz ob’yekti sifatida tanlangan umumta’lim maktablarining 7 – sinf o’quvchilarga rus kompazitori N. Alyabevning “Kuylama sohibjamol” romansi, M.I. Glinkaning “Ruslan va Lyudmila” operasidan Ruslan va Lyudmilaning ariyalari tinglattirildi. “Ruslan va Lyudmila” operasining mazmuni (badiiy syujeti) haqidagi suhbat ayniqsa o’quvchilarda katta ta’ssurot qoldirdi.





  1. Yevropa mumtoz musiqasiga mansub tavsiya etilgan qo’shiq yoki ariyaning matnining mazmuni, uning g’oyaviy badiiy mazmuni, ta’limiy va tarbiyaviy tomonlari bilan o’quvchilarni xabardor etish.




  1. Tinglangan asarlarni eng muhim xususiyatlari, ularning ijrochilik uslublari, mashhur ijrochilari hamda va ularning o’ziga xos ijro mahorati haqida tushunchalar berish.




  1. Qo’shiq yoki asarning ma’lum parchasini o’qituvchining o’zi

tomonidan kuylab yoki cholg’u sozida chalib ko’rsatishi asar haqida o’quvchilarda real tushunchalarni hosil bo’lishiga samarali ta’sir etadi.





  1. Opera, balet, simfonik asarlardagi vokal qo’shiqlarini jamoa

bo’lib kuylashga o’quvchilarni jalb etish.


Musiqa savodi” faoliyatida. Mazkur faoliyatda o’quvchilarga yevropa xalqlari mumtoz musiqa ijodida shakllangan Sonata, sonatina, rondo, pe’sa, romans, kantata, syuita janrlari, ularnng shakliy tuzilishi, o’ziga xos ijrochilik xarakteri, qaysi kompazitorlar ijodida keng o’rin tutganligihaqidagi ma’lumotlarni aniq dalillar asosida yetkazishga e’tibor qaratildi. Bu o’rinda syuita (M. Nasimov “Dilbarim”) kantata (S.Yudakov “Mirzagul”), Romans, (D. Zokirov “ko’rmadim”), oda, (M. Burhanov “A. Navoiy poemasiga qasida”) kabi asarlaridan ham foydalandik. Mazkur janrlarni o’ziga xosligini chuqur va yaxshi anglashga erishish uchun ularni tinglash va taqqoslashga ( masalan, o’zbek xalq mumtoz ashulalari – Gulzorim, Ey sabo, Ko’cha bog’i, Ushshoq, Munojat) kabilarni romans janridagi, qo’shiqlarni pe’ssalar bilan, sonata bilan randoni, kantata bilan aratoriyalarni taqqoslash, farqli jihatlarini aniqlash kabilarga alohida to’xtalib o’tildi. Shu bo’yicha o’quvchilarga savollar tasdim etilib, ularning javoblari savol – javob, bahs – munozara kabi shakllarda tahlil qilib borildi.


Mazkur faoliyat turida musiqa nazariyasi bilan birga Yevropa mumtoz musiqasi haqida nazariy bilimlarni o’quvchilarga mavjud tarixiy, ilmiy, uslubiy manbalarga tayangan holda yetkazish.


Biz o’z tadqiqotimiz mavzusi bo’yicha amaliy tajribalar o’tkazish jarayonida o’quvchilarga Yevropa mumtoz musiqasi, uning mashhur nomoyondalari hamda dunyo xalqlarining eng yuksak darajadagi teatrlari pertuaridan munosib joy olgan asarlar haqida imkon boricha keng va to’laqondli ma’lumotlar berishga harakat qildik. Mashg’ulotlarda turli kinofilmlar, maxsus yozib olingan vedio yozuvlardan unumli foydalanildi. Shuningdek, tajribalarimiz jarayonida jamoa bo’lib teatrlarga borish, ijodiy jamoalar konserti va repetitsiyalariga musiqiy sayohatlar uyushtirish, professional ijrochi san’atkorlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar o’tkazishga yetakchi e’tibor qaratildi. Bu ishlar bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik amaliyoti jarayonida ham bo’lg’usi musiqa o’qituvchilari bilan hamkorlikda davom ettirildi. Bu esa ma’lum darajada bakalavrlarni Yevropa mumtoz musiqasi bo’yicha maktab amaliyotiga tayyorlash yo’lida ham o’zining samarali natijalarini berganligi ular bilan o’tkazilgan muloqatlar davomida aniqlandi

Tajriba – sinov ishlarini olib borish jarayonidagi dastlabki darslar Yevropa mumtoz musiqasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishuv, o’quvchilarning ushbu yo’nalishdagi tasavvurlarini bilish va fikrlarini eshitishga bag’ishlandi. Keyingi darslarimizda darslikda keltirilgan, ya’ni tinglash uchun tavsiya etilgan asarlarni magnit yozuvlarini eshitish va nazariy tahlil qilishga asosiy e’tibor qaratildi.


Yevropa mumtoz musiqasi mavzusi bo’yicha o’tkazilgan mashg’ulotlarda o’quvchilarning tinglangan musiqa asarlari, mashxur kompazitorlar hayoti va ijodi haqidagi savol – javoblari ularning berilgan uy vazifalarini bajarishlari, qiziqgan savollari yuzasidan baxs-munozaralarga alohida e’tibor berildi. Shu kabi ish usul va shakllaridan so’ng “Musiqa savodi” faoliyat turida “Yevropa mumtoz musiqasi” haqidagi nazariy bilimlarni amaliy ijrochilik bilan bog’lagan holatda tushuntirish, taqqoslash va tahlil qilishishlari olib borildi. Mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarning Yevropa mumtoz musiqasiga ва qiziqishlarini oshirish uchun turli xil metodlardan unumli va o’z o’rnida foydalanish doimiy diqqat markazimizda bo’ldi.. Tajriba – sinov ishlari uchun ajratilgan muddat so’ngida o’quvchilarda musiqa darsiga hamda bizning tadqiqotimiz mavzusi bo’lgan Yevropa mumtoz musiqasiga bo’lgan qiziqishlari ancha oshganligi sezildi.



Download 470,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish