Yevropa mumtoz musiqasi haqida innavatsion texnologiyalar bilan tushuntirish reja: Kirish


Yevropa mumtoz musiqasi bo’yicha oltinchi sinf o’quv materiallarining tahlili



Download 470,5 Kb.
bet3/8
Sana12.02.2023
Hajmi470,5 Kb.
#910408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi.,

1.2. Yevropa mumtoz musiqasi bo’yicha oltinchi sinf o’quv materiallarining tahlili
Oltinchi sinf musiqa darslarining o’quv materiallari mazmunida va o’quvchilarga tanishtiriladigan bilimlar haqida sinf darsligining “so’zboshi” sida quyidagi fikrlar bildirilgan:

Tavsiya etilayotgan 6 – sinf “musiqa” darsligi sizlarni musiqa ijodiyotining mumtoz olami bilan tanishtiradi. Mumtoz musiqa har tomonlama yetuk va mukammal bo’lgan asarlarni o’z ichiga oladi. Insoniyat taraqqiyotiga hamohang tarzda keng rivoj topgan mumtoz musiqa dunyoning taraqqiy etgan xalqlari madaniyatida bo’lgani singari xalqimizning ma’naviy xazinasidan joy olgan meros hisoblanadi. Ular har bir avlod tomonidan qunt bilan o’rganilgan va kelajak uchun munosib voris bo’lishga da’vat etuvchi ijodiyotning o’lkan manbai bo’lib kelgan.


Darslikdan mumtozlik kasb etuvchi barcha musiqa ijodiyoti yo’nalishlari bo’yicha tushuncha olasiz.


I – chorakda mumtoz musiqa va ularning janr xususiyatlari haqida tushuncha berilgan. II – chorakda esa Sharq xalqlari arab, turk, ozarbayjon, eron, xitoy, uyg’ur, yapon, hind, qozoq, qirg’iz, turkman, tojik kabi xalqlarning mumtoz musiqasi bilan yaqindan tanish



  1. chorakda zamonaviy musiqa, ayniqsa hozir keng ommalashgan estrada musiqasiga ko’proq e’tibor qaratilgan.

IV – chorakda jahon mumtoz musiqasiga o’lkan hissa qo’shgan V.A. Mosart, L.V. Betxoven, F. Shopen, M. Glinka kabi Yevropa kompazitorlarining mumtoz musiqa ijodiyotidan bahramand bo’lasiz.


Mumtoz musiqa xalqlarning milliy an’analari bilan sug’orilgan ma’naviy boyligi bo’lib, ularni o’rganish, kerakli bilim, tushunchalarga ega


bo’lish inson kamoloti uchun zarurdir. Uylaymizki, darslikka kiritilgan mavzular kelajagi buyuk O’zbekistonimizning barkamol avlodiga xos yuksak ma’naviy tuyg’ularni shakllantirishda, vatanga, xalqimizga bo’lgan muhabbatni yanada oshirishga xizmat qiladi”.


Ko’rinadiki, mumtoz musiqa barcha xalqlar musiqa madaniyatida eng e’zozli, uning milliylik va o’ziga xosligini ifodalovchi qadrli san’atdir. Bu san’at o’z o’rnida zamonaviy musiqaning asl qiyofasini, ranginligi va kelajak istiqbolini ham belgilovchi qadriyat hisoblanadi.


Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishishning eng muhim jihatlari shundaki, Yevropa mumtoz musiqasi madaniyatida shakllangan janrlar keyingi 2 asrdan ortiqroq vaqt mobaynida dunyoning barcha xalqlari musiqa madaniyatidan munosib joy oldi, uumumbashariy san’at darajasiga ko’tarildi. Yevropa mumtoz musiqa ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlar dunyo xalqlarining umumiy mulkiga aylandi va musiqa san’ati taraqiyotida o’lkan burulish yasalishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun bizning mamlakatimizda ham o’quvchi yoshlarni Yevropa mumtoz musiqasi, uning yorqin namoyondalari, ularning eng sara asarlari bilan umumiy tarzda bo’lsa ham tanishtirib borish musiqiy ta’limning eng muhim vazifalaridan sanaladi.


Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, oltinchi sinf dasturi va darsligiga kiritilgan Yevropa mumtoz musiqasi haqidagi o’quv materiallari nihoyatda qisqa tarzda berilganligi, bizningcha bu o’rinda o’qituvchining ushbu mavzu bo’yicha qo’shimcha manbalardan foydalangan holda o’quvchilarga kengroq doirada bilim, tushuncha, ma’lumotlar berishi lozim bo’ladi.


Aytilganidek, VI – sinf IV – choragi mavzusi “Yevropa mumtoz musiqasi haqida tushuncha” deb nomlanadi. 1 – darsda Yevropa mumtoz musiqasi haqida umumiy tushuncha berilishi ko’zda tutilgan. Bu o’rinda Yevropa mumtoz musiqasining shakllanish davri, uning yirik namoyondalari, va eng yetakchi janrlari haqida ma’lumotlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Darslikda mazkur janrlardan opera, kantata, balet, simfoniya kabilarga qisqacha ta’rif berilgan bo’lsada, ular o’quvchilarda yetarli tushunchalarni hosil qilish uchun yetarli bo’lmaydi.


Biz aynan shu mavzudagi darslarda (1 - 2) opera, simfoniya “sonata”, “ballada”, “prelyudiya”, “Rondo”, “konsert”, “variatsiya”, “etyud”, “oda”, “oratoriya”, “opera”, “balet”, “syuita”, kvintet, trio, xor, orkestr, raps odiya kabilar haqida to’liqroq va aniqroq ma’lumotlarga o’rin berilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.





  1. “Opera” italiyancha opera, asar, yirik sahna asari. Sintezlanshgan musiqa asari. Unda musiqaning juda ko’p janrlari sintezlashadi.




  1. “Oda” – yunoncha ode – qo’shiq – lirik, tantanali she’riy va musiqiy asar. U bag’ishlov, qasida xarakteridagi asar. (M. Burhonov “Alisher Navoiyga poema - qasida”).




  1. “Operetta” italiyancha oretta– kichik opera. Komediya janridagi musiqaviy sahna asari.




  1. “Oratoriya” – italiyancha oratorio so’zlayman, iltijo qilaman. Xonanda, xor va simfonik orkestr uchun, ko’p qismli yirik vokal musiqa asari.




  1. Prelyudiya. Lotincha praeludium, praeludo – oldindan ijro etaman – cholg’u pyesa. Asosiy qismdan oldin yoki alohida ijro etiladigan

ichik pyesa. Prelyudiya hamda fuga turkumlari va alohida prelyudiyalar yaratiladi.



  1. Rapsodiya – yunoncha – farsodio –rapsod (dostonchi) qo’shig’i. Erkin shakldagi musiqa asari. Dostonchi bayoniga o’xshatib, qarama – qarshi lavhalar, xalq kuyi va qo’shiqlariga asoslanadi. Masalan: F. List 19 ta

“Vengercha ransodiya”si.





  1. Romans – ispancha romance – ovoz va cholg’u jo’rligi uchun kamer asar, ravon, sokin va mayin vokal asar. Rus kompazitorlari Alyabev, Glinka, o’zbek kompazitorlari D. Zokirov (ko’rmadim).




  1. Rondo – italiyancha – rondo, ronal – doira – o’zgarmaydigan

bosh kuyni (referenni) bir necha bor, turli mazmundagi lavhalardan so’ng qaytarilishiga asoslangan musiqa.





  1. Sonata. Italiyancha sonate, lotincha sonare –kamer cholg’u

musiqasining asosiy janrlaridan. Sonata klassik turi 2 – 4 qismli. 18 asr oxirida I. Gaydin, V. Mosart ijodida shakllandi va keyinchalik L. Betxoven asarlarida rivojlanadi.





  1. Syuita. Fransuzcha suite – qator, izchillik- bir necha qismlardan iborat bo’lgan cholg’u – vokal turkumi.




  1. Uvertyura. Fransuzcha – uverture, lotincha aperture – ochish, boshlash. Opera, balet, oratoriya, drama, kinofilm va boshqalarda orkestr muqaddimasi, shuningdek orkestr uchun yozilgan mustaqil pyesa.

12. Kantata. Italiyancha – kantata, lotincha - kantare –ashula aytamiz. Yirik vokal cholg’u asari, ko’pincha yakka xonanda, xor va orkestr uchun yoziladi. Misol S. Yudakov “Mirzacho’l”.


Darslikda Volfgang Amadey Mosart haqida birmuncha to’liqroq ma’lumot berilgan. V.A. Mosart 1756 yil 27 – yanvarda Avstriyaning kichik bir shaharchasi Zalsburgdasaroy kompazitori va organchisi Leopald Motsart oilasida dunyoga keladi. Mosartning musiqaga bo’lgan qobiliyati 3 yoshdan sezila boshlagan. U opasi, 8 yoshli Annaning klavesinda chalgan kuylarini bir eshitishda eslab qolar va xatosiz qayta chalib berar edi. Otasi o’g’lining musiqiy qobiliyatiga tan beradi va Anna bilan bir vaqtda o’g’li bilan shug’illana boshlaydi.Volfgang 6 yoshida klavesindani mohirchaladigan va kichik asarlar yozadigan bo’ladi.

Motsart 7 yoshga kirganda Anna bilan Fransuz qirolining Versal saroyida konsert beradi. Unda Motsart yakka o’zi skripkada bir qator kuylarni mahorat bilan chalib, barchani hayratga soladi. U birinchi marta ko’rayotgan notanish asarlarni notaga qarab, qiyomiga yetkazib ijro etadi. Unga “sinash” uchun berilgan musiqa bo’lagini ham xilma – xil bezaklarda, mehmonlar chalgan kuy parchasini ko’zi bog’liq holda qiynalmay chaladi. Hatto, bokallarni urishtirilishidan chiqqan tovushlarni ham aniq chalib beradi, qo’shiq kuylamoqchi bo’lganlarga klavesinda jo’r bo’ladi.


Motsart bir qancha shaharlar – Vena, Parij, London, Gana, Bryussel, Jeneva kabi shaharlarda konsertlar beradi.


Otasi Motsartga kompazitorlik sirlarini mukammal o’rgatib boradi. 8 yoshli Motsartning 1 – kitobi Parijda bosilib chiqadi. U 12 yoshida o’zining birinchi operasini yozadi.


Volfgangning Italiyaga otasi bilan qilgan safari uning hayotida uchmas iz qoldiradi. U bu yerda yetuk musiqa nazariyotchisidan Padre Martinidan kompazitorlik sirlari bo’yicha ta’lim oladi. O’qish oxirida barcha sinovlardan oliy darajad ao’tib, Boloniya musiqa akademiyasining faxriy a’zosi diploimini olishga muyassar bo’ladi. Ketma – ket uning “Figaroning tuyi”, “Sehrli fleyta” operalari, ko’plab simfoniyalari, fortepiano uchun yozgan.Sonatalari, konsertlar, xor uchun qo’shiqlari yaratiladi. Volfgang Motsart 36 yoshida vafot etadi.


Simfoniya


Simfoniya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, ikki – “sun” (birga) “fone” (tovush) so’zlaridan tashkil topgan. Bir qancha cholg’u sozlarining birgalikda chalishiga mo’ljallab yozilgan asar hisoblanadi.

Simofniya asari odatda simfonik orkestrda ijro etiladi. Simfonik orkestrning to’liq tarkibi quyidagicha tuzilishda bo’ladi.


Simfoniya, odatda 4 qismdan iborat bo’ladi:

I – qism sonata allegro shaklida yoziladi;


II – qism Lirik xarakterli, vazmin sur’atda.


III–qism. Menuyet yoki skertso xarakterida yozilgan.


IV – qism. Rondo shaklida, ya’ni ayrim qismlarni qayta (naqoratga o’xshab) chalinadi. Tantanavor, jo’shqin bo’ladi.


Simfoniyaning mumtoz turlarini I. Gaydin, V. Motsart, P. I. Chaykovschiy, S. Prokofvev, D. Shostanovich kabi jahon tan olgan kompazitorlar yaratganlar. O’zbek kompazitorlari M. Ashrafiy, I. Akbarov, T. Qurbonov, S. Jalil, M. Tojiyev, M. Bafoyevlar ham simfoniya janrida yetuk asarlar yozishgan.


Simfoniyaning sodda, hajmi kichik turlari ham bo’lib, ular simfonetta deb ataladi.


Shu o’rinda V. Motsartning 40 – simfoniyasi tinglash uchun tavsiya etiladi.




VALS

Vals raqsining kelib chiqishi ohista va ravon dehqoncha raqs - lendlerga borib taqaladi. Bu raqs Avstriya, Germaniya, Chexiyada keng tarqalgan edi. XIX asrda vals butun Yevropa bo‘ylab ommalashib ketdi.


Valsning musiqasi o‘zining xarakteri bo‘yicha juda xilma- xildir. Valslar quvnoq va g‘amgin, tantanavor va xotirjam, yorqin-xayolchan va o‘ychan-qayg‘uli bo‘lishi mumkin. Valslaming shakllari ham turlicha: Ularturmushda uchrab luradigan uncha katta bo‘lmagan pyesalardan tortib, to katta konsert asarlarigacha bo‘lishi mumkin. Chunki vals - eng moslanuvchan va ifodali raqs shaklidir.


Valsning o‘lchovi uch hissali, u valsga xos bo‘lgan jo‘mavozlikning bayon etilishi bilan ajralib turadi: birinchi chorakda bas tovushi turadi, ikkinchi va uchinchi choraklarda ikkita akkord joylashadi va ular bas bilan birgalikda uyg‘un sadolanuvchi garmoniyani tashkil qiladi.


Ko'plab kompozitorlar katta ishtiyoq bilan valslar yozishgan.




Lyudvig van Betxoven.

L.V. Betxoven Germaniyaning Reyndaryosi bo’yida joylashgan Bonn shahrida 1770 yilda tug’iladi. Uning bobosi ham, otasi ham (logan) ko’p yillar saroy musiqachisi bo’lib ishlashgan. Unda yoshlikdan musiqaga qiziishini sezgan otasi uni musiqachi bo’lishini istamas edi. Yosh Lyudvig otasidan yashirincha skripka chalishni o’rganib oladi. Otasi bundan jahli chiqsada, undan “ikkinchi Motsart” tayyorlashni xoxlab, unga klavesin va skripka chalishni o’rgata boshlaydi. 1778 yili otasi Lyudvigni jamoat oldida konsertini chiqishini tashkil etadi. Konsert muvaffaqiyatli o’tadi. Lyudvig Van Betxoven nomi tez mashxur bo’lib ketadi. Organchi Nefeunga murabbiylik qiladi. Oilaviy qiyinchilik sababli u saroy organ chaluvchisiga yordamchi bo’lib ishlaydi. Shu bilan birga u tinmay ijod qiladi. Hayotining oxirgi yillari qizamiq kasali oqibatida qulog’I eshitmay qoladi. U juda ko’plab sanatalar, pyesalar, simfoniya, oratoriya va “Fidelio”operasini yozib qoldiradi. Uning simfoniyalari jahonda mashhur. Darslikda Betxoveninng 3 simfoniyasidan p
archa tinglash tavsiya etilgan.




Iogann Sebastyan Bax.

Iogann Sebastyan Bax 1685-yil 31-martda Tyuringiyaning chetidagi kichik


shahar Eyzenaxda tug‘ildi. Kompozitorning ajdodlari hunarmand bo‘lib, o'z


faoliyatlarini musiqaga bo‘lgan muhabbat bilan qo‘shib olib borar edilar. Baxlar sulolasining boshlig'i Feyt Bax nonvoy edi, lekin u o‘zining sevimli cholg‘usi — sitra bilan hatto tegirmonga un torttirish uchun borganida ham ajralmas edi. Iogann Sebastyan to‘qqiz yoshida ota-onasidan ajrab yetim qoldi va akasi Iogann Kristof uni o‘z tarbiyasiga oldi. 0‘z davrining yirik nemis organchi-kompozitori — Iogann Kristof I. Paxelbefning o‘quvchisi — Ordufda organchi va maktab o‘qituvchisi lavozimida edi. Iogann Sebastyanning kelgusidagi musiqiy ta’limi akasining rahbarligida kechdi. Lekin buyuk iste’dod egasi Iogann Kristofning bachkana, maktab-hunarmandchilik asosida olib boradigan darslariga ko‘nika olmasdi. O'zining keng qiziqish doirasini mustaqil ravishda, akasidan yashirin holda qoniqtirar edi.

Arnshtadtdagi kompozitorlik faoliyatini Bax «Sen mening qalbimni do‘zaxda qoldirmaysan» («Denn du wirst meine seel miht in der Holle lassen») pasxal kantatasi bilan boshladi. Xor, yakkaxonlar va orkestr uchun yozilgan bu kantata 1704-yilning bahorida ijro etildi va undagi ko‘p narsalar Arnshtadt byurgerlarini taajjubga soldi: unda diniy asarlarga xos bo'lmagan dramatizm, hissiyotlar, orkestrdagi realistik ifodaviylikni dadil izlash majvud edi.


Arnshtadtda bizgacha yetib kelgan ilk klavir asarlardan biri — hozirda keng tanilgan «Sevimli og‘aning jo‘nab ketishiga kaprichchio» paydo bo‘ldi./


Bax organ uchun ko‘p yozar, skripka va klavesin uchun turli pyesalar yaratar edi, kapelmeyster yordamchisi sifatida kapella uchun repertuar tuzishi, shu jumladan, saroy cherkovida ijro etish uchun kantatalar yozishi lozim edi. Bularni bajarish uchun turli janr va shakllarda tezlik bilan yoza olish, har xil ijrochilik uslublari va imkoniyatlarni yaxshi bilish talab etilardi. Kundalik amaliy vazifalarning ko'pligi ancha vaqtni olardi, lekin foydali tarafi ham bor edi: uning mohirona texnikasi sayqallashar, ijodiy ixtirosi va tashabbusi rivojlanardi. Buning ustiga Bax uchun bu ilgari mumkin bo‘lmagan musiqa janrlarida nisbatan erkin sinab ko'rish (eksperiment qilish) imkoniyati mavjud bo‘lgan birinchi dunyoviy xizmat edi.


Eriderik Shopen.

Buyuk polyak kompazitori. U fortepiano ijrochiligida eng yuqori mahoratga erishgan o’z zamonasining vertuoz pianinochisi va polyak mumtoz musiqasining asoschisi hisoblanadi. U Varshava hududi 1810 yili tavallud topadi. Musiqa bilan yoshligidan shug’ullana boshlaydi., 7 – yoshida 1 – asarini yaratadi. 8 – yoshiligidan pianinochi sifatida konsertlarda qatnasha boshlaydi.


1830 yili u Parijga boradi va 1849 yili shu yerda vafot etadi. Uning ijodida fortepiano musiqasi asosiy o’rin egallaydi. Ular “oltinmeros” ning eng yorqin namunalariga aylangan. Asarlari: 2 ta konsert, fortepiano uchun 4 pyesa, 3 ta sonata, 4 ta ballada, 76 ta polonez, 60 yaqin mazurkalar, 17 ta vals, 27 ta etyud.


Fridrek Shopen “Mazurka” asarini fonotekadan tinglanadi.


N.A.Rimskiy-Korsakov

Kompozitor, dirijor, pedagog, musiqiy-jamoatchi arbob N.A.Rimskiy-Korsakov samarali ijodiy yo‘lni bosib o‘tdi. “Moguchaya kuchka” a’zolari ichida eng yoshi kichik bo‘lgan kompozitor butun hayoti davomida Balakirev to'garagi g‘oyalariga sodiq qoldi, rus san’atiga sidqidildan xizmat qildi. Uning ijodida rus hamda jahon musiqa madaniyatining an’analari birlashib ketdi, ammo unga ezgulik va adolat tantanasiga ishonchi, olijanob artistligi hamda nozik didi bo‘lgan M.Glinka juda yaqin edi. N.A.Rimskiy-Korsakov professionallik va mahorat masalalari borasida juda talabchan bo‘lib, o‘z asarlarining yanada go‘zal va mukammal bo‘lishiga doimo intilardi.


Kompozitor asarlarining mavzulari va sujetlari xilma-xil: bu rus tarixi va ruhiy nozik xarakterlari bilan turmush dramasi, rus xalq hayotining manzaralari va Sharq obrazlari, ertakona va qadimiy butparastlik udumlari A.Rimskiy-Korsakov buyuk “tabiat shoiri” bo‘lib, uning so‘nmas go‘zalligini kuyladi. Xalq san’atining abadiyligi oldida bosh egib, u o‘z asarlariga ko‘p hollarda asl xalq kuylarini kiritar va xalq yo‘nalishida o‘z mavzularini yaratardi. U ertakona obrazlar yaratish uchun foydalangan qat’iy va yorqin garmoniyalar yangi murakkab ladlar bilan uyg'unlashib ketadi. N.A.Rimskiy-Korsakovning orkestrlashtirishi alohida mahorat va mukammalligi bilan shuhrat qozongan, u o‘zida M.Glinka an’analarini, shuningdek, Yevropa kompozitorlarining cholg'ulashtirish xususiyatlarini birlashtiradi.


N.A.Rimskiy-Korsakov ijodida ertakona va tarixiy-turmush, epik va lirik-psixologik dramali opera asosiy janr bo‘ldi. Kompozitor simfonik ertak janrini yaratib, dasturli simfonik musiqani boyitdi. Uning vokal lirikasi shoirona sadolanadi, unga yorqin mushohada va hazin o‘ychanlik xos. U qayta ishlagan rus xalq qo‘shiqlari to‘plamlari xalq qo‘shiqchilik ijodining haqiqiy xazinasiga aylandi.


Rimskiy-Korsakov kompozitorlik maktabining asoschisi bo‘ldi, u A.Glazunov, A.Lyadov, A.Arenskiy, M.Ippolitov- Ivanov, A.Cherepnin, A.Grechaninov, I.Stravinskiy va boshqa ko‘plab mohir ijodkorlarni tarbiyaladi.


N.A.Rimskiy-Korsakov ham ko‘plab xalq qo‘shiqlarini yozib oldi va qayta ishladi. Uning ovoz va fortepiano uchun “Yuzta rus xalq qo‘shiqlari” to‘plamiga afsonalar, to‘y, cho‘zib aytiladigan, raqsona va xorovod qo‘shiqlari, shuningdek, qadimiy xalq bayramlari vaqtida ijro etiladigan kalendar (taqvim) qo‘shiqlari kirgan.

To‘plamdan ko‘p asrlar ilgari xalq tomonidan yaratilgan qo‘shiqlar joy olgan. Ular orasida “Как за речкою, да за Дарьею” nomli tarixiy qo‘shig‘i mavjud. Qo‘shiqda kuylanadigan voqealar uzoq o‘tmishda bo‘lib o‘tgan sirga olingan rus ayoli uzoq ayriliqdan so‘ng bolalik vaqtida o‘g‘irlab ketilgan qizini kutib oladi.


Qo‘shiq ohista, xotiijam tempda rivojlanadi. Uning kuyiga yumshoqlik, dilkashlik xos. Fortepiano partiyasi akkordlarda bayon etiladi. Ulaming bir xildagi almashinuvi epik uslubga xos bo'lgan ulug‘vorlik taassurotini beradi:


M.Balakirev, N.Rimskiy-Korsakov, P.Chaykovskiy, shuningdek, A.Lyadovning xalq qo‘shiqlari to‘plamlari musiqa san’ati tarixida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ular tufayli xalq tomonidan yaratilgan ajoyib kuylar saqlab qolindi, ularda badiiy qayta ishlangan xalq kuylarining namunalari to‘plandi.


Kompozitorlar tomonidan yozib olingan va qayta ishlangan xalq kuylari operalar, simfoniyalar, fortepiano hamda turli ansambllarga yozilgan asarlarda o‘zining ikkinchi umrini topdi. Kompozitorlar asarlarida nafaqat aynan xalq kuylari, balki xalqona usulda yozilgan kuylami uchratish mumkin. N.Rimskiy-Korsakovning «Qor qiz» operasidan Lei qo‘shig‘i, A.Borodinning «Knyaz Igor» operasidan xor, P.Chaykovskiyning simfonik asarlaridan ko‘plab musiqiy mavzular, M.Glinka va M.Musorgskiyning opera va romanslaridagi kuylami xalq kuylaridan ajratish juda qiyin. Shuning uchun ham klassik musiqa asarlarida xalq qo‘shiqlari kuylari hamda kompozitorlar tomonidan yaratilgan ohanglar tabiiy tarzda uyg‘unlashib ketadi.




M
ixail Ivanovich Glinka.

Rus musiqasining asoschisi Mixail Ivanovich Glinka 1804 yil 20 mayda Smolenek guberniyasining Novospass qishlog’ida dunyoga keladi. Unda musiqaga qiziqish yoshligidan namoyon bo’ladi. Skripka, fleyta, fortepiano chalishni o’rganadi. 1817 yilda Glinka Peterburgga ko’chib keladi. Buyerda Blogorodniy pansionida o’qiydi. 20 yillarda bir qator asarlarini yaratadi. O’z bilim, malakasini oshirish uchun Germaniya, Italiyaga safar qiladi. Bu yerda u yirik kompazitorlar bilan tanishadi. 1834 yilda Rossiyaga qaytib “Ivan Susanin” operasini yozadi. 1836 yil 27 noyabrda opera sahnada namoyish etiladi, katta muvaffaqiyat qozonadi. Shu yillardan “Ruslan va lyudmila” operasini yozishga kirishadi. 1844 yili Parijga borib Berlioz bilan uchrashadi. U 1845 yili Ispaniyaga borib, Madridda “Aragonskayaxota” fantazaiyasini yaratadi. Hayotini so’ngi yillarida “Kamarinskaya” simfonik fantaziyasini, bir qator pyesalar, romanslarini yozadi. 1857 yili Berlinda vafot etadi.


M.I.Glinkaning romans va qo‘shiqlari rus klassikasining faxridir. Kompozitor ulami butun umri davomida yozdi. Glinkaning lirik romanslari uning o‘ziga xos qalb nidosidir. Ularning ba’zilarida rus tabiati va turmushining manzarasi aks etgan. Glinka o‘z romanslarida o‘tmishdoshlari va Zamondoshlari yaratgan maishiy romanslarining barcha jihatlarini umumlashtirdi. Uning o‘zi vokal ijrochiligining ajoyib ustasi edi va inson ovozi imkoniyatlarini juda yaxshi bilardi. Romans shaklini yuksak muk umallik darajasiga ko'tara olganligi buning yorqin dalilidir.

M.I.Glinka romanslari o‘zining samimiyligi va oddiyligi, luyg'u va kayfiyatni talqin etishdagi kamtarligi va vazminligi, shaklning klassik bejirimligi va qat’iyligi, doimo ohangdor,


ifodaviy, matn mazmunini haqqoniy ochib beradigan kuyning go'zalligi va chiroyli garmoniyasi o‘ziga maftun etadi.


M.I.Glinka romans va qo‘shiqlari orasida turli-tuman janrlarni: “rus qo‘shig'i”, his-tuyg‘ularga boy turmush romansi (“Qashshoq xonanda”)dan dramatik ballada, qo'shiq- rivoyatgacha (“Tungi ko‘rik,quvnoq to‘y marosimi va “yo‘l” qo'shiqlaridan to “suv ustidagi qo'shiq” - barkarolagacha uchratish mumkin. Uning vals, mazurka, polonez, ispancha bolero, nihoyat marsh (“Прости, корабль взмахнул крылом” (“Kechir, kema qanot qoqdi”)) ritmidagi qo‘shiq-raqslari betakror va o‘ziga xosdir. Glinka romanslaridagi vokal va fortepiano partiyalarining garmonik uyg‘unlashuvi ham o‘ziga xos xususiyatlardandir.


M.I.Glinka rus vokal qo'shiqchiligi maktabining asoschisidir, uning romanslari - go‘zallik va mukammallik bulog‘i bo'lib, undan barcha keyingi avlod rus kompozitorlari foydalanishgan.





Download 470,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish