2- savol. Mеhnat orqali maqsad va natijalarga еrishish.
Bolalami tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi.
Yakka topshiriq bolalar bog‘chasidagi barcha yosh guruhlarda qodlaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-harakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko‘rsatish, qo‘shimcha tushun- tirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi.
Jamoa mehnat bir vaqtning o‘zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va ko‘nikmalarini tarbiyalashga imkon yaratadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi munosabatlaming tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsadini tushunish, kelishib olish, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, o‘rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi.
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbatchilikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |