Geografik tarqalishi . Tayganing tog’li va salqin joylarida, shimoliy
qiyalarida, g’ovak, nam tuproqli yerlarda o’sadi.
Xabarovsk, Primorsk o’lkalarida tarqalgan.
Mahsulot tayyorlash . O’simlikning ildizi avgust - sentyabr oylarida,
ya`ni urug’i yetilib yerga to’kilgan vaqtda kovlab olinadi, tuproqdan tozalab,
daraxt po’stlog’idan tayyorlangan qutichaga quruq tuproq bilan solib,
xo’lligicha tayyorlov punktlariga jo’natiladi. Quritiladi va bir qismi chet
ellarga eksport qilinadi. Qolgan qismi farm zavodlarga yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi . Tayyor mahsulot ildizdan iborat
uzunligi 25 sm, diametri 0,7 - 2,5 sm bo’lib 2 - 5 ta shoxi bor. Ildizning
tanacha o’xshash qismi yo’g’on silindrsimon. Ildizpoyasi kalta, vertikal,
yuqori tomoni bosh shakliga o’xshaydi, yuqori tomonidagi shoxlari “qo’l”,
63
pastkilari esa “oyoq” ni eslatadi. Ildizning tashqi tomoni uzunasiga
burushgan, sarg’ish - oq rangli.
Mahsulot sal hidli, shirin, lovullatuvchi, so’ngra achchiq mazasi bor.