Bog'liq Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari
Dehqonchilik. Sunhiy sug’orish. Juda ko’pchilik tadqiqotchilar O’rta Osiyoning o’troq vohalaridagi sug’orish tartibida mil.avv. VI-IV asrlarda sezilarli o’zgarishlar bo’lib o’tganligini ehtirof etadilar. Bu davrda ko’p joylardagi to’planib qolgan suvlardan foydalaniladigan mavsumiy tabiiy sug’orish o’rnini keng hududlarni sug’orish imkoniyatini beruvchi yirik magistral kanallar tartibi egallaydi. Bunday o’zgarishlar natijasida nisbatan kengroq hududlarni o’zlashtirish imkoniyatlari paydo bo’ladi. O’rta Osiyoning deyarli barcha tarixiy-madaniy viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida o’troq aholi tomonidan yangi yerlarning o’zlashtirilganligi ko’zatiladi.
SHimoliy Baqtriya hududlarida bu davrda Surxon va Kobadiyon vohalari keng miqyosda o’zlashtirilib, o’ng qirg’oq Amudaryo irmoqlaridan magistral kanallar o’tkaziladi. Vaxsh vohasida Bolday kanali qazilib, uning atroflarida mil.avv. V-IV asrlarga oid manzilgoh aniqlangan. Xorazm hududlarida, chap qirg’oq Amudaryodagi Sariqamish havzasida joylashgan Ko’zaliqir yaqinida Ahamoniylar davriga oid yirik dehqonchilik vohasi aniqlangan. Bu yerdan o’sha davrga oid bir nechta kanallar aniqlangan.
Tahkidlash joizki, Ahamoniy podsholari va satraplari qishloq xo’jaligining rivojlanishiga, avvalo, dehqonchilikka katta ehtibor berib turganlar. Ksenofontning xabar berishicha, «podsho o’z mamlakatining ayrim qismlarini o’zi aylanib chiqadi, ayrim qismlariga o’z ishonchli odamini yuboradi. Agar hokimlar o’zlashtirilib obod etilgan, bog’-rog’lar barpo etilib ekinlar ekilgan yerlarni ko’rsatsalar ularga yana yangi yerlar qo’shib berilib, turli mukofotlar inhom etiladi». O’rta Osiyodagi dastlabki korizlar yer osti sug’orish kanallari ham Ahamoniylar davrida paydo bo’ladi. Polibiy salavkiylar hukmdori Antiox III ning Parfiya dashtlari orqali yurishini tahriflar ekan, bu yerda sug’orish ishlari quduqlari bo’lgan bir nechta yer osti kanallari orqali amalga oshirilib ular «forslar davrida» bunyod etilgani haqida mahlumot beradi.
Mil.avv. VI-IV asrlar sug’orish inshootlari takomillashuvi bilan birga O’rta Osiyo qishloq xo’jaligida dehqonchilik taraqqiyotiga sezilarli turtki bergan temir buyumlardan foydalanish ham keng tarqaladi. SHimoliy Baqtriyadagi Qizilcha 6, Xorazmdagi Ding’ilja va Ko’zaliqir, Sug’diyonadagi Afrosiyob va Daratepa hamda boshqalardan topilgan temir buyumlar shu jarayondan dalolat beradi.
Bu davrda O’rta Osiyo o’troq tarixiy-madaniy viloyatlari xo’jaligi doirasida chorvachilik ham taraqqiy etadi. Xo’jalikning bu turi katta va kichik daryolar havzalari hududlarida, tog’ va tog’ oldilarida, dasht chegara hududlarida ayniqsa jadallik bilan rivojlanadi. Qadimgi Xorazmdagi Ko’zaliqirdan mil.avv. VI-IV asrlarga oid hayvonlar suyaklarining topib tadqiq etilishi bu yerda xo’jalikning asosini chorvachilik tashkil etganligidan dalolat beradi. Persepol tasvirlarida ham ko’pgina O’rta Osiyo halqlari fors podsholariga soliq sifatida turli hayvonlarni yetaklab kelayotganligining tasvirlanishi ham tasodifiy hol emas.