Tasviriy sanhat. Mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyo sanhati haqida hozirgi kunda «Amudaryo xazinasi» (yoki «Oks xazinasi») dagi ayrim buyumlar, Taxtisangin ko’hna shahri (Oks ibodatxonasi) bahzi topilmalari, Pomir va Orolbo’yi saklari mozor-qo’rg’onlaridagi bronza buyumlar hamda Farg’ona sopollaridagi o’ziga xos naqshlarga qarab fikr yuritishimiz mumkin.
1877 yilda Tojikistonning Kobadiyon bekligidagi aholi kanal qazish paytida tilla va kumush buyumlardan iborat xazina topib oladi. Ushbu xazina dastlab buxorolik savdogarlarga, keyin Hindistonga, so’ngra esa Londondagi Britan mo’zeyiga borib to’shadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Angliyadagi ushbu xazinaning asosiy qismini haqiqatan ham SHimoliy Baqtriyadan topilgan topilmalar tashkil etadi. Undan tashqari, I. R. Pichikyan tadqiqotlariga ko’ra, «Amudaryo xazinasi» Panj daryosining Vaxsh daryosiga qo’yilish joyida joylashgan Taxtisangin ko’hna shahridagi Oks ibodatxonasi (mil.avv. IV asr) xazinasining bir qismidir.
«Amudaryo xazinasi» buyumlari orasida Ahamoniylargacha bo’lgan davr G’arbiy Eron ustalari mahsuloti bo’lgan buyumlar, Ahamoniylar podsholari va satraplariga tegishli buyumlar va tangalar, makedoniyalik Iskandar yurishlariga qadar Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar bor. SHu bilan birga tadqiqotchilar aynan mahalliy Baqtriya va skif-sibir qabilalari ustalarining asarlari ham borligini ehtirof etadilar.
Baqtriya sanhatini izohlash uchun oltin plastinkalarga o’yib naqsh solingan tasvirlar ayniqsa qiziqarlidir. Xuddi shunday plastinkalar «Amudaryo xazinasi» dan 50 dan ziyod, Taxtisangindan esa 3 ta topilgan. Ularda kohinlar, harbiylar, savat ko’taragn sovg’achilar, gullar va qurollar shuningdek, ot va tuyalar tasviri tushirilgan. Plastinkalardagi tasvirlar turlicha. Tajribali ustalar tomonidan yuqori sifatda tayyorlangan plastinkalar bilan bir qatorda tasvirlar yomon tushirilgan va past sifatli asarlar ham uchraydi.
Etarli mahlumotalar bo’lmaganligi tufayli O’rta Osiyoning boshqa hududlaridagi amaliy sanhat haqida fikr yuritish qiyinroq. Mil.avv. VI-IV arlar Sug’dda badiiy sanhat asarlari namunalari hozircha topilmagan. Qadimgi CHoch hududlaridan faqat bitta amaliy sanhat namunasi – dastasi qush boshining naqshli tasviri bilan bezatilgan quyma bronza pichoq topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha bu tasvir «skif-sibir uslubi» yodgorliklari doirasiga kiradi. Ushbu uslubdagi asarlar chorvador qabilalar yashagan O’rta Osiyoning sharqiy va shimoliy viloyatlarida va ularga tutash bo’lgan dehqonchilik tumanlarida tarqalgan edi. Bular Pomir va Orolbo’yi mozor-qo’rg’onlari qazishmalari paytida topilgan ot-ulov anjomlari, quyma bronza qozonlardagi tasvirlar, xanjar dastasidagi turli tasvirlar kabilardan iborat. Ushbu topilmalar O’rta Osiyo halqlarining ilgarigi davrlardagi madaniy anhanalarini rivojlantirib, mil.avv. VI-IV asrlarda amaliy sanhat borasida katta yutuqlarni qo’lga kiritganliklaridan dalolat beradi. Bu jarayonda o’zbek halqi ajdodlarining ham munosib hissasi bor.
Xullas, mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyo viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot rivojlanadi. Bu davrda Baqtriya yirik davlat bo’lib, fors podsholarining SHarqdagi yirik markazlaridan biri edi. So’nggi yillarda O’rta Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o’ttizdan ziyod Ahamoniylar davriga oid yodgorliklar ochilgan. Ularning har birida o’zlashtirilgan maydonlar va sug’orish tartibidan tashqari turar joylar va xo’jalik, mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjuddir. Bu davr Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalaimir, Kuchuktepa, Qizilcha, Bandixon kabi o’nlab yodgorliklardan dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qurollari – o’roqlar, ketmonlar, yorg’uchoq va dehqonchilik mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik sunhiy sug’orishga asoslanganligini ko’rsatsa, mehmorchilik madaniyati shaharsozlikning yuqori darajasini ifoda etadi.
Mil.avv. VI-IV asrlarda Sug’diyona hududlarida ko’plab shahar va qishloqlar bo’lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to’lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid O’zunqir, Yerqo’rg’on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo’ja Bo’ston kabi 50dan ziyod ko’hna shahar va manzilgohlar ochib o’rganilgan. Sug’diyona hayotida dehqonchilik katta ahamiyatga ega edi. SHunisi muhimki, dehqonchilik sunhiy sug’orishga asoslangan bo’lib, bu haqda yozma manbalar ham mahlumotlar beradi.
Mil.avv. I ming yillikning o’rtalarida Xorazm ham rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI-IV asrlarda bu hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davr Xorazm inshootlari qurilishida xom g’isht va paxsa ishlatilgan. Manzilgohlar va turar-joylardan topilgan topilmalarning boy va qashshoqligi bu yerda mavjud bo’lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizlikdan dalolat beradi. SHaharlar aholisining asosiy mashg’uloti hunarmandchilik bo’lgan. Ko’plab topilgan sopol, bronza va temir buyumlar fikrimiz dalilidir. Xorazmda bu darvda mahalliy o’troq aholidan tashqari ko’chmanchi chorvadorlar ham yashagan bo’lib, ular o’rtasida doimiy harbiy to’qnashuvlar, iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo’lib turgan.
O’rta Osiyo halqlari Ahamoniylar madaniyat yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa qo’shdilar. Bu davrda O’rta Osiyo halqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. O’rta Osiyo hududidan Ahamoniylar pul tartibiga oid oltin dariklar va boshqa tangalar topilgan. Ahamoniylar davrida ko’pgina sharq halqlarining siyosiy birligi – butun jahon tarixida, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim davr bo’lib qoldi. Bu o’rinda O’rta Osiyo hududidagi xalqlar va qabilalarning ham hissasi nihoyatda katta bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |