1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi;
3. Import xaridlar samarasi
13-rasm Yalpi talab egri chizig'i
Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, agarda mamlakatda pul
massasi hajmi doimiy deb faraz qilinsa, narxiar o‘sib borayotgan
boMsa, bunday holatda aholi va korxonalaming harajatlari uchun
69
ko‘proq pul kerak boMadi. Bu esa pulga boMgan talabni oshiradi,
demak uning narxi, ya’ni foiz stavkasi ko'tariladi.
0
‘z navbatida, yuqori darajadagi foiz stavkasida, aholi va tadbirkor
lar o‘z harajatlarini qisqartirib, jamg‘armalarini bankka qo‘yishni afzal
ko‘rishadi. Shunday qilib, narxlarning o‘sishi pulga boMgan talabni
ko‘paytirib foiz stavkasini ko‘tarilishiga olib keladi va shu tufayli milliy
mahsulotning real hajmiga boMgan talabni qisqartiradi.
Boylik samarasi shuni bildiradiki, narxlar darajasini o‘sishi bilan
jamg‘arilgan pul aktivlarining (hisoblardagi omonotlar, obligasiyalar)
real xarid qobiliyati tushib ketadi. Ya’ni aholi tobora kambag‘allashib
boradi va tabiiyki u o‘zining tovar va xizmatlami sotib olishga ketadigan
harajatini qisqartiradi. Natijada yalpi talab ham kamayadi.
Im port xaridlari samarasi deganda shuni tushunish lozimki,
qachonki narxlar darajasi xorijiy narxlarga nisbatan oshib borsa,
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga boMgan talab kama
yadi, import mahsulotlariga esa talab esa o‘sadi, ya’ni, milliy mahsu-
lotga boMgan ehtiyoj qisqaradi. Va aksincha, mamlakatda narxlar
darajasining pasayishi importning kamayishiga va eksportning ken-
gayishiga sabab boMadi yoki boshqacha aytganda milliy mahsulotga
boMgan talabni oshiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar yalpi talabning narx omillari deb
ataladi, chunki milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zgarishi bun
day hollarda narxlarning pasayishi yoki o‘sishi bilan bogMiq, hamda
yalpi talab egri chizigMning faqat bir yo‘nalishidagi harakatini
keltirib chiqaradi. U egiluvchan narx modeli deb ataladi.
Yalpi talabning o‘zgarishiga nafaqat narxlar darajasining tebran
ishi, balki bir qator boshqa sharoitlar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Narxga bogMiq boMmagan omillar yalpi talab egri chizigMni
o‘ngga yoki chapga siljitadi. Bu omillar narx darajasi (P) ning
o‘zgarishiga bogMiq boMmaydi.
ADning siljishi sabablari qanday?
Yalpi talab (AD) ni asosiy makroiqtisodiy tenglama orqali tasav-
vur etish mumkin:
Y=C+\+G+Xn
Ushbu komponentlarlardan birortasining o‘zgarishi Yni o‘zgari-
shiga olib keladi.
Shunday qilib, yalpi talabning narxlarga bogMiq boMmagan omil
lari qatoriga quyidagilar kiradi:
70
Do'stlaringiz bilan baham: |