116
Lyanos Orinokoda yomg‘irli davr o‘rtacha apreldan oktabr oyigacha, quruq
davr noyabrdan mart oyigacha davom etadi. Shimolda janubiy hududlarga
nisbatan
qurg‘oqchil davr erta boshlanib kech tugaydi, yomg‘ir fasli atigi uch oy davom etadi.
Qurg‘oqchil davrning uzoq davom etishi shimoli-sharqiy passat shamollarining
shimoliy hududlarga erta kirib kelishi va ularni kech tark etishi bilan bog‘liq.
Janubga tomon yog‘inning ekvatorial rejimga o‘tishi munosabati bilan yomg‘ir davri
bir muncha uzoqroq cho‘ziladi.
Bunga sabab aksincha, janubdan nam ekvatorial
havo massalari kirib kelib, ularning hukmronlik vaqti uzoq cho‘ziladi. Natijada
shimolda yog‘in miqdori 750-800 mm. ni, janubda 1000 mm. ni, Meta daryosining
o‘rta oqimida va undan janubda 1800 mm. ni tashkil etadi. Yog‘inlar asosan yoz
oylarida tushadi, qishda deyarli yomg‘ir yog‘maydi. Yillik yog‘in miqdorining 3 %
qishning uch oyiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham yog‘inning fasliy
xususiyatlarini hisobga olib Venesuela va Kolumbiyaning mahalliy aholisi yomg‘irli
yoz
davrini qish, qurg‘oqchil qish davrini esa yoz deb atashadi.
Lyanos Orinoko yer yuzasining morfologik tuzilishiga ko‘ra ikki qismga
bo‘linadi. Janubdagi balandligi okean sathidan 100-150 m dan oshmaydigan
pastqam yerlar
Past Lyanos
va shimoldagi balandligi 300-350 m atrofida bo‘lgan,
daryo vodiylari bilan kesilgan platosimon yerlar
Baland Lyanos
deb ataladi. Past va
Baland Lyanoslar har qaysisi o‘ziga xos, tabiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Jumladan, Baland Lyanosda qurg‘oqchil davr uzoq davom etadi, yog‘in nisbatan
kam bo‘ladi, o‘simlik qoplamida kserofit siyrak o‘rmonlar va butazorli savannalar
ko‘pchilikni tashkil etadi. Past Lyanosda yomg‘ir fasli uzoq davom etadi, yog‘in
ko‘p bo‘ladi, qalin va baland o‘tli tipik savannalar hukmronlik qiladi. Yomg‘ir
faslida daryolar to‘lib oqadi. Past Lyanosning pastqam joylari suv tagida qolib bir
necha o‘nlab kilometrga cho‘zilgan suv havzasini hosil qiladi. Suv kamaygandan
keyin ularning o‘rnida botqoqliklar vujudga keladi.
Orinoko pastekisligi tabiiy geografik o‘lkasi uchun palmaning ikki quruq
joylarda o‘sadigan kopernisiya turi va nam botqoq hamda suv bosadigan joylarda
o‘sadigan maurisiya turi xarakterli. Janubga borgan sari daraxt o‘simliklarning
maydoni kengaya boradi. Janubda palmalardan tarkib toptan o‘rmonlar polosasi
daryo vodiylari bo‘ylab uzoq masofalarga cho‘zilgan.
Yilning qurg‘oqchil davriga kelib daryolarning rejimi keskin o‘zgarib, suv
sarfi
minimal darajaga kamayadi, suv havzalari sayozlashib, ayrim joylari to‘liq
parlanib ketadi. Qurg‘oqchil davrda suv havzalarining qurib qolishiga shimoli-
sharqdan esadigan quruq passat shamollarining kuchli ta’sir etishidir. Bu davrda
daraxtlar bargini to‘kadi, savannada o‘sadigan o‘tlar qovjirab qoladi. Faqat daryo
vodiylaridagina o‘t va daraxt o‘simliklari o‘zining yashil holatini saqlab qoladi.
O‘simliklar ichida qurg‘oqchil sharoitga moslashgan
kaktuslarda va sukkulent
daraxtlar keskin biologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Orinoko pastekisligining tabiati va tabiiy resurslari kam o‘zlashtirilganligi
sababli hayvonot dunyosi yaxshi saqlanganligi va xilma-xilligi bilan farq qiladi. Bu
o‘lkada yirtqich hayvonlardan puma va yaguar keng tarqalgan. Ular o‘txo‘r
hayvonlar bilan oziqlanib ayrim paytlarda uy hayvonlariga ham hujum qilib turadi.
Daryo vodiylaridagi o‘rmonlarda, botqoqli yerlarda tapirlar yashaydi. Ochiq
117
savannalarda chumolixo‘rlar va qalqondorlar uchraydi. Orinoko havzasida boshqa
hayvonlarga xavf tug‘diradigan va o‘zidan elektr toki chiqaradigan ugra balig‘i
yashaydi.
Lyanos Orinoko hududida aholi siyrak joylashganligi va tog‘-kon sanoati kam
rivojlanganligi sababli landshaft majmualarining deyarli barcha turlari o‘zining asl
qiyofasini yaxshi saqlagan. Insonning xo‘jalik faoliyati tufayli o‘zlashtirilgan yerlar
juda kam. Tog‘ va yassi tog‘lik etaklaridagi sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan
yerlarda makkajo‘xori, sholi, paxta va maniok yetishtiriladi. Banan plantasiyalari
ham barpo etilgan. Ayrim hududlarda
yaylov chorvachiligi, ayniqsa ekstensiv
qoramolchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: