X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Sharqiy Yevropa tekisligi



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Sharqiy Yevropa tekisligi.
Sharqiy Yevropa tekisligi dunyodagi eng yirik 
tekisliklardan biri, shimoldan janubga Shimoliy Muz okeanidan (69
0
sh.k.) Qora va 
Kaspiy dengizlargacha (40
0
sh.k.), g’arbdan sharqga esa Karpat tog’laridan Ural 
tog’larigacha bo’lgan keng maydonni egallaydi. O’rtacha balandligi 170 m, eng 
baland qismlari tekislikning janubiy va shimoliy qismlarida joylashgan, mutloq 
balandligi 384-525 m gacha yetadi. Kengliklar bo’ylab joylashgan Belarussiya-
Smolensk, Moskva-Klin-Dmitrov-Shimoliy uval balandliklari, Sharqiy Yevropa 
shimoliy va janubiy qismlarga ajraladi. Shimoliy qismi Shimoliy Muz okeani 
havzasiga, janubiy qismi Qora va Kaspiy dengizi havzasiga qaraydi. Shimoliy 
qismining rel’efi tektonik harakatlar to’rtlamchi davr materik muzliklari va dengiz 
transgressiyalari ta’sirida shakllangan. Shuning uchun bu yerda to’lqinsimon 
balandliklar, morena qirlari keng tarqalgan. Tekislik janubiy qismining rel’efi esa 
asosan tektonik harakatlar va energiya ta’sirida shakllangan. Bu yerning asosiy rel’ef 
shakllari meridian yo’nalishidagi Podol, Dneprbo’yi, O’rtarus, Volgabo’yi, 
Umumiy sirt tepaliklari va ular oralig’ida joylashgan Dneprbo’yi, Don va 
Kaspiybo’yi pastekisliklaridan iborat. Sharqiy Yevropa tekisligida tuproq-
o’simliklarning tarqalishida gorizontal zonallik aniq aks etgan. Shimoldan janubga 
tomon tekislikda tundra, o’rmon, o’rmon-dasht, dasht, cho’l va chala cho’l tabiat 
zonalari ajratiladi. 


252 
Sharqiy Yevropa tekisligining rel’efi uning geologik tuzilishi bilan bog’liq. 
Tekislik Sharqiy Yevropa metamorfiklashgan arxey-proterozoy yotqiziqlaridan 
iborat. Platforma qolqonlari va antiklizalar rel’ef balandliklar sifatida, sinklizalar esa 
pastekisliklar va tekisliklar sifatida aks etgan. To’rtlamchi davrda shimoliy yarim 
sharda ro’y bergan iqlimiy o’zgarishlar natijasida Sharqiy Yevropa tekisligining 
katta qismini bir necha bor materik muzliklari qoplagan. Bu albatta tekislikdagi 
fauna va floraning migrasiyasiga, rel’ef shakllariga, cho’kindi tog’ jinslarining 
tarkibga katta ta’sir ko’rsatgan. Sharqiy Yevropa tekisligi 40
0
va 69
0
sh.k. oralig’ida 
joylashgan, natijada bu yerga tushadigan Quyosh radiasiyaning miqdori shimolda va 
janubda bir-biridan katta farq qiladi. Eng ko’p yog’in tekislikning g’arbiy qismida 
600-650 mm, shimoliy va janubiy qismlarida 200-400 mm ni tashkil etadi. Sharqiy 
Yevropa daryolari Mozen, Onega, Shimoliy Dvineya, Legara Shimoliy Muz okeani 
havzasiga, Neva, G’arbiy Dvina Atlantika okeanining Boltiq dengiziga, Dnepr, 
Janubiy Bug, Dnestr daryolari Qora dengizga, Don esa Azov dengiziga quyiladi. 
O’lkada bir qator yaqqol ko’zga tashlanuvchi tabiat zonalari uchraydi. 
Tundraning janubiy chekkasida o’rmon zonasiga o’tkinchi qismida o’rmon tundra 
tabiat zonasi joylashgan, u past bo’yli o’suvchi oq qayin, qarag’ayli siyrak o’rmon 
va butazorlardan iborat. Sharqiy Yevropa tekisligi podzol tuproqlarida igna bargli 
va aralash o’rmonlar zonasi eng katta maydonni egallagan. Igna bargli o’rmonlarda 
asosan yel, qarag’ay, sibir pixtasi, tilyog’och, kedr daraxtlari o’rmon hosil qiluvchi 
daraxtlar, aralash o’rmonlar zonasida
 
dub va yel daraxtlari o’sadi. Qarag’ay, pixta, 
osina, lipa, oq qayin, chrab, vez, zarang, yasen daraxtlari bilan birgalikda dub va yel 
o’rmon hosil qiluvi o’simliklar tarqalgan. O’rmon dasht
 
zonasida o’rmonlar va 
dashtlar bir birini ichiga kirib borgan bo’lib, o’rmonlarida dub, zarak, iqlimi 
yumshoqroq joylarda buk, dashtlarida esa proleska, betaga va boshqa boshoqli 
o’simliklar keng tarqalgan va o’simliklarning eng ko’p turlari tarqalgan zonalardan 
biri hisoblanadi.
 
Dasht zonasi
 
boshqa tabiat zonalaridan katta tekis maydonlarni 
egallaganligi har joy har joyda sho’rxokliklar, botqoqli o’tloqzorlar uchratilishi bilan 
ajralib turadi. 
Chalacho’l zonasi
Volga, Sulak daryosining quyi oqimi atrofidagi 
maydonlarni egallab ko’p joylari och kashtan tuproqlari bilan qoplangan. Chalacho’l 
zonasida ko’plab sho’r ko’llarni, sho’rxok, sho’rtob joylar uchratiladi. Zonaning 
shimoliy qismida shuvoq va boshoqli o’simliklar, janubida esa shuvoq va sho’ra 
ko’p. O’lka hayvonot dunyosi to’rtlamchi davrning ikkinchi yarmida materik 
muzliklari chekingandan so’ng shakllangan bo’lib, g’arbiy va sharqiy zoogeografik 
oblastlarning vakillari mavjud. Shimoldan janubga tomon tundra zonasida
 
shimoliy 
bug’u, oq ayiq, bo’ri, qutb tulkisi, qora nazarka, tundra oq qushi, pushti rang chayka, 
oq kaklik, los, shimoliy bug’u, ayiq, bo’ri, daryo bo’ylarida qunduz, burunduq, oq 
quyonni uchratish mumkin. 
Sharqiy Yevropa tekisligi ham qadimdan inson tomonidan o’zlashtirilgan 
bo’lib, uning tabiiy landshaftlari o’zgartirib yuborilgan. Tabiiy landshaftlarni saqlab 
qolish maqsadida bir qator qo’riqxonalar, jumladan, Kandalaksha, Darvin, Voronej, 
Belovej, Askaniya-Nova, Astraxan, Xojer va boshqa qo’riqxonalar tashkil etilgan.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish