X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


 ARKTIKANING AMERIKA SEKTORI



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
5.7.1. ARKTIKANING AMERIKA SEKTORI 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Arktikaning Amerika sektori, Markaziy Amerika 
bo‘yni, Markaziy tekisliklar, Qirg‘oqbo‘yi tekisliklari, Buyuk tekisliklar, 
Grenlandiya, Arktika, qutbyoni landshaftlari, F.Nansen, A.Vegener, meteorologiya, 
glyatsiologiya, aysberg, geolotektonika, geomorfologiya.
Materikning shimoliy orollari Grenlandiya bilan birga tabiiy sharoitining 
sovuqligi bilan ajralib turadi, buning sababi bu orollarning qutb yaqinida 
joylashganligi va hozirgi zamon muzlanishlarining kuchli rivojlanganligi 
htsoblanadi. Yog’in miqdori kam bo’lgan holda yil bo’yi haroratning past bo’lishi 
ko’p yillik muzloq yerlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Arktikaning 
butun Amerika sektorida uzoq qutb tuni va qutb kuni bo’lib, u organik dunyoning 
rivojlanishi uchun o’ziga xos sharoit vujudga keltiradi. Shimoliy Amerikaning bu 
qismi butunlay qutbyoni landshaftlaridan iborat bo’lib, bu yerlar unumsiz arktika 
sovuq sahrolaridan to o’rmon-tundra oraliq polosasigacha bo’lgan barcha 
hududlarni o’z ichiga oladi (Ilova, 22-rasm). 
Grenlandiya.
Yer sharidagi eng yirik orol, ulkan tabiiy geografik o’lka 
bo’lib, 2 mln. km
2
dan ortiq maydonni egallaydi. Grenlandiya yevropaliklar g’arbiy 
yarim sharda kashf etgan birinchi quruqlik bo’lgan. IX asr oxirida bu yerga 
Islandiyadan normandlar kelgan. Orolni tadqiq qilish XVIII asrda daniyaliklar 
tomonidan boshlangan. XIX asr boshida inglizlar tadqiqot ishlari olib borganlar, 
so’ngra esa bu tadqiqotlarni asosan Skandinaviya mamlakatlari olimlari davom 
ettirganlar. Dastlab Grenlandiyaning janubiy qismini 1888 yilda F.Nansen kesib 
o’tgan, so’ngra esa XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Grenlandiyani turli 
mamlakat olimlaridan tashkil etilgan ekspedisiyalar o’rgangan. XX asrning 30 - 
yillarida nemis olimi A.Vegener Grenlandiyaning ichki qismida birinchi qishni 


172 
o’tkazadi. Kuzatuv natijasida orolning meteorologiyasi va glyasiologiyasiga oid 
qimmatli ma’lumotlar to’plangan. 
Grenlandiya shimoldan janubga deyarli 24°ga cho’zilgan. Uning janubiy 
chekkasi Farvel burni 59°46 sh.k. da, chekka shimoliy nuqtasi Shimoliy qutb 
yaqinidagi Morris-Jesep burni 83°39 sh.k. da joylashgan. Bir tomondan qutbga 
yaqinligi, ikkinchi tomondan esa, sovuq oqimlar ta’siri, Grenlandiya tabiiy 
sharoitining sovuq bo’lishiga sabab bo’lganligini ko’rsatadi. Grenlandiya 
yuzasining 3/4 qismi qalin materik muzliklari bilan qoplangan. Muzliklar orolning 
markaziy qismini egallagan, ba’zi joylarda qirg’oqqacha tushib keladi. Muzliklar 
yuzasining deyarli yarmi 2000 m dan balandda joylashgan. Muzlik qoplamining 
o’rtacha qalinligi 1600 metr, maksimal 3400 m ga yetadi. Materik muzligining 
ichki qismi tekis yuzadan iborat bo’lib, uning chekkalari juda parchalangan. Muzlik 
yuzasining chekkalarini yoriqlar va kanonsimon vodiylar kesib o’tgan, muzlik 
stakanlari deb ataluvchi va chuqurligi 0,5 m gacha bo’lgan nuragan tog’ jinslari 
bilan to’lib qolgan silindrik chuqurliklar uchraydi. 
Materik muzligining chekkasi 100 m lik jarlik hosil qilib tik tushgan, yoki 
qirg’oqqa qiya tushib, vodiy muzliklarini hosil qiladi. Grenlandiyaning muzliklari 
orasidagi eng kattasi 
Peterman muzligi
bo’lib, u shimolda joylashgan. Grenlandiya 
muzliklaridan aysberglar hosil bo’ladi va ular janubga Atlantika okeanida deyarli 
40°sh.k. gacha bo’lgan joylarda uchraydi. Grenlandiyada materik muz qoplamining 
paydo bo’lishiga orolning balandligi va shimoliy yarim sharda neogen bilan 
antropogen orasida iqlimning sovib ketganligi sabab bo’lgan. Grenlandiya 
muzliklari hozirgi vaqtda deyarli birmuncha turg’un holatda ekanligi yoki hatto 
iqlimning umumiy isishi munosabati bilan chekinayotganligi aniqlangan. 
Grenlandiyaning muzlar tagidagi rel’efi tekis bo’lib, markazga tomon nishab, 
uning balandligi markaziy qismida 100 m dan oshmaydi. Grenlandiyaning qisman 
muzdan holi chekka qismlarida tog’ tizmalari ko’tarilgan, janubi-g’arbda 190 km 
ga, shimoli-sharqda 300 km ga yetadi. Orolning katta qismi tektonik tarkibiga ko’ra 
platformadan iborat. Shimol va janubda bu platformaning zamini yer betiga chiqib, 
baland qalin kristalli massivlar hosil qiladi. Markaziy qismida kristalli zamin 
cho’kkan, bazalt lavalari bilan qoplangan, bu lava oqimlari neogen davridagi 
ko’tarilishlar bilan bog’liq bo’lib, unda yer po’stida yoriqlar vujudga kelgan. 
Orolning sharqiy va shimoliy chekkasida 
Sharqiy Grenlandiya
bilan 
Innuit
burmali 
tog’lari tizimi cho’zilgan. Qadimgi va hozirgi muzlanishlar ta’sirida Grenlandiya 
tog’lari rel’efi al’p tipidagi rel’ef xususiyatlariga ega. Janubda kristalli tog’ 
tizmalarining balandligi 1600 m ga, sharqda ayrim tog’ tepalari 3000 m balandlikka 
ko’tarilgan, eng baland cho’qqi 
Gunbyorning
balandligi 3700 m ga yetadi. 
Grenlandiya sohillarini fordlar chuqur parchalagan, janubi-g’arbiy va sharqiy 
sohillar ayniqsa kuchli parchalangan bo’lib, bu yerda fordlarning uzunligi 180 km 
ga, chuqurligi 500 m ga yetadi. Orol foydali qazilmalarga boy. Janubda alyuminiy 
sanoatida va emallar ishlab chiqarishda katta rol o’ynovchi jins kriolit qazib olinadi. 
Bundan tashqari, Grenlandiyada sof temir, grafit, torf, uran rudasi konlari 
aniqlangan. 


173 
Grenlandiya iqlimi nihoyatda sovuq, biroq hamma joyda birdek emas. Muzlik 
qoplamining markaziy qismi ustida yil bo’yi antisiklon havosi ustun turadi va 
harorat -10° dan -55°S gacha o’zgaradi. Qishda harorat - 60°S gacha tushadi iyulda 
ham -28°S gacha sovuq bo’lishi mumkin. Harorat domiy 0°S dan yuqori 
ko’tarilmaydi. Grenlandiyaning g’arbiy sohillarini Baffin dengizi suvlari o’rab 
turadi, qishda dengiz ustida kuchli siklonlar bo’lib, bu yerdagi iqlim orolning 
boshqa qismlaridagidan ancha yumshoq, yog’inlar yiliga 1000-1200 mm tushadi. 
Qishki harorati 0°S dan bir necha daraja past, yozda esa -10°S ga yaqin bo’ladi. 
Sovuq Grenlandiya oqimi ta’siri ostidagi sharqiy sohilda iqlim ancha quruq va 
sovuqdir. Bu yerda yillik yog’in miqdori 200 mm bo’lib, qishki o’rtacha harorat -
30°S ga yetadi, yoz sovuq va sernam. 
Grenlandiyaning muzdan holi joylaridagi asosiy o’simliklar tundra o’simliklari 
tipiga xos. Shimoliy qismlari tundra o’simlik turlarga kambag’al. Bu yerlarda turlari 
600 ga yetadigan lishaynik va moxlar ustun turadi, o’t o’simliklaridan qutb 
lolaqizg’aldog’i, toshyorar va momosirka eng ko’p tarqalgan. Shuningdek, 
ayiqtovon, mitnik, tangayaproq uchraydi. Bu yerlarda bo’yi 2-3 metrli qayin va zirk, 
archa va qoraqat o’sadi. Och yashil o’tloqlar tez-tez uchrab turadi. Grenlandiyada 
materikda deyarli qirilib bitgan hayvonlardan qo’y-buqa va karibu bug’usi saqlanib 
qolgan, sohilda oq ayiqlar ko’p. Sohilbo’yi suvlari dengiz hayvonlari va baliqlarga 
boy. Asosiy qismi eskimoslardan tashkil topgan aholi sohil bo’ylab u yer bu yerda 
joylashgan qishloqlarda yashaydi va ovchilik hamda baliq tutish bilan shug’ullanadi. 
Bu yerdagi kam sonli yevropaliklar bilan amerikaliklar yirikroq aholi punktlarida 
yashaydilar. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish