«Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyatining shakllanish tarixi bet


«Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish holati tahlili



Download 465,91 Kb.
bet6/12
Sana21.09.2021
Hajmi465,91 Kb.
#180679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
“Винклер” МЧЖ

3. «Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish holati tahlili.
Новвойчилик инсониятнинг энг қадимий касбларидан биридир. Бунга сабаб, нон инсон озиқланиши учун физиологик зарур бўлган компонент ҳисобланади. Нон тайёрлаш инсон цивилизациясини бошларида бошланган бўлса ажаб эмас. Дастлаб нон сувга аралаштирилган унни пиширилгани бўлган. Ўшандан бошлаб, ҳозирги кунгача нон тайёрлаш доимий равишда такомиллашиб бормоқда. Бу масалада мамлакатимизда катта тажриба тўпланган эътибор қилсангиз ҳар бир вилоятни нон ёпишади тажрибалари кўз ўнггингизда намоён бўлади. Технологик нуқтаи назардан нон тайёрлашда ачитқилардан фойдаланиш катта аҳамият касб этди. Шу ўринда, нон тайёрлаш жараёнида ачитқи дастлаб ҳаводан тушган десак ҳато бўлмас. Кўп мамлакатларда нон унга ачитқи, туз, шакар ва озроқ ёғ ёки маргарин кўшиб тайёрланади. Бу компонентлар ачитқини тез ривожланиши учун зарур ва оқибатда нонни сифатини яхшилашга хизмат қилади. Бугунги кунда миллий урф-одатлар, каллорияни кўтариш, пархез, тўй-хашам ва бошқа . эҳтиёжлардан келиб чиққан ҳолда нонга бошқа компонентлар ҳам қўшилади. Унни тузли сувда яхшилаб аралаштирилгандан кейин унга Saccharomyces sereviisial ачитқи замбуруғи қўшилади. Башоқлилар, жумладан буғдой кам миқдорда паст молекуляр массага эга бўлган, бижғитадиган шакар моддалари сақлайди. Иккинчи томондан 50% дан кўпроқ крахмал сақлайди ва у ачитқи замбуруғлари томонидан парчаланмайди. Шунинг учун ҳам крахмални глюкоза ёки мальтозагача парчалайдиган ферментлардан фойдаланилади. Илмий изланишлар натижасида ун таркибидаги крахмал замбуруғ ва бактериялардан олинган амилазалар ёрдамида яхши парчаланиши аниқланган. Крахмални гидролизи ҳамирга ташқаридан қўшиладиган амилолитик ферментлар ёрдамида амалга ошади. Амилолитик комплекс бирнеча ферментларни ўз ичига олсада, улардан фақатгина иккитаси: амилаза ва глюкоамилаза новвойчиликда кенг қўлланилади. Амилазани замбуруғлар (Aspergillus oryzae, A.niger, A.awamori ва бошқалар) ва бактериялар (Bacillus subtilis, B.amylolignefaciens, B.mesentericus, B.stearothermophilus) синтез қиладилар. Глюкоамилаза фақатгина қора аспергилларда (Aspergillus awamori, A.niger ва бошқалар) кўпроқ синтез бўлади. Новвойчиликда ишлатиладиган бактерия ёки замбуруғ амилазалар орасида устуворлик замбуруғ ферментларига берилади. Бунга асосий сабаб замбуруғ αамилазалари бактерияларникига нисбатан ҳароратга чидамсизроқ, юқори ҳароратда тез парчаланиб, нон мағзини салбий таъсир кўрсатмаслигидир. Замбуруғ амилазаси қўшилган ҳамирда шакар миқдори кўпроқ бўлиб, ачиш жараёни тўлароқ ўтади, карбонат ангидрид гази кўпроқ чиқади, меланоидинлар ҳосил бўлиши ошади ва тайёр маҳсулотни сақлаш вақти чўзилади. Фермент қўшилганда нон, кекс ва нон маҳсулотларини таъами яхшиланади, хушбўй хидли, ташқи кўриниши ёқимли бўлади. Замбуруғлардан олинган αамилаза таркибида протеаза ҳам учрайди, бу эса ҳамирдаги оқсилларни, хусусан асосий оқсил – клейковинани ҳам Новвойчиликда протеазани фаоллигини тўхтатиб қўйядиган модда (ингибитор) бромат калий ишлатилади. Буғдойни қаттиқ навларидан олинадиган унлардаги клейковинани қисман парчаланиши, ижобий натижа беради. Тажрибаларда кузатилганидек, новвойчиликда глюкоамилазани ишлатилиши ҳам ижобий натижа беради. Бу ферментни эплаб ишлатилганда, керакли миқдорда глюкоза ҳосил бўлади. Юқорида таъкидланганидек, глюкоамилаза крахмал молекуласидаги ички боғларни гидролиз қилаолмайди, демак уни молекуляр массасини тез камайтириб юбора олмайди. Бу фермент фақатгина крахмални қайтарилган учидаги глюкозани гидролиз қилишга қодир холос, шунинг учун ҳам у биополимерни умумий физикавий хусусиятларига жуда ҳам кам таъсир кўрсата олади холос. Бу эса жуда ҳам муҳим, чунки крахмал нонга шакл беради, уни бутунлай парчаланиб кетиши маълум шаклдаги нон ёки нон маҳсулотлари тайёрлашни қийинлаштириб юборади. Новвойчилик тажрибасида бошқа ферментлар ҳам ишлатилган (целлюлоза, ксиланаза), аммо бундай мисоллар шунчалик камки, шунинг учун ҳам уларни муҳокама қилишни мақул деб билмадик. Нон тайёрланаётганда ҳамирдаги шакар моддалари ачитқи замбуруғлар томонидан истъемол қилинади ва улар томонидан спирт ва карбонат ангидрид газига айлантирилади. Нон ёпиш (пишириш) жараёнида спирт учиб кетади, арбонат ангидрид гази эса ҳамир орасида тарқалиб, унга ўзига хос бўлган бўшлиқ сақлаган шакл беради.

«Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyatining so’nggi yillardagi iqtisodiy holatiga baho berish uchun biz korxonaning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga murojaat qilamiz (1-jadval).



2016 yil yakuniy hisobotlariga ko’ra mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaldagi baholarda 266064,0 ming so’mlik, 2017 yilda 289256 ming so’mlik, 2018 yil yakuniga kelib esa, yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 318883 ming so’mni tashkil qildi. Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2018 yilda 2016 yilga nisbatan 52819 ming so’mga yoki salkam 20 foizga ortgan, huddi shuningdek, 2017 yilga nisbatan esa, 29627 ming so’mga yoki 10,2 foizga o’sish sur’ati kuzatilmoqda. Ko’rib turganimizdek, so’nggi uch yillikda kor






















1-jadval







«Wincler» MCHJ korxonasining asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari




t/r.

Ko’rsatkichlar

o’lchov birligi

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2018 yilda 2016 yilga nisbatan

2018 yilda 2017 yilga nisbatan

(+,-)

%

(+,-)

%

1.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi (amaldagi baholarda)

ming so’m

266064

289256

318883

52819,0

119,9

29627,0

110,2

2.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi (solishtirma baholarda)

ming so’m

299587

310371

318883

19296,0

106,4

8512,0

102,7

3.

Mahsulot sotishdan tushum

ming so’m

279055

292084

326047

46992,0

116,8

33963,0

111,6

4.

Sanoat ishlab chiqarish xodimlari, shu jumladan

kishi

32

36

36

4

112,5

0

100,0

injener-texnik xodimlar

kishi

8

8

6

-2

75,0

-2

75,0

ishchilar

kishi

24

28

30

6

125,0

2

107,1

5.

Mehnat unumdorligi (bir ishlovchi hisobiga)

ming so’m

9362,1

8621,4

8857,9

-504,2

94,6

236,4

102,7

6.

Mehnat unumdorligi (bir ishchi hisobiga)

ming so’m

12482,8

11084,7

10629,4

-1853,4

85,2

-455,2

95,9

7.

Ish haqi jamg’armasi

-///-

41592

56790

65012

23420,0

156,3

8222,0

114,5

8.

O’rtacha oylik ish haqi, bir ishlovchi hisobiga (4 q/2 q/12)

ming so’m

608,313

631,458

650,491

42,2

138,9

19,0

114,5

9.

Mahsulot tannarxi

ming so’m

220024

236002

233800

13776,0

106,3

-2202,0

99,1

10.

Ming so’mlik mahsulot tannarxi

so’m

734,42

760,39

733,18

-1,2

99,8

-27,2

96,4

11.

Foyda

ming so’m

79563,0

74369,0

85083,0

5520,0

106,9

10714,0

114,4

12.

Rentabellik darajasi

foiz

36,2

31,5

36,4

0,2




4,9




Manba: Korxonaning yillik hisobotlari asosida tayyorlandi

xonada amaldagi baholarda ifodalangan mahsulot ishlab chiqarish hajmi bir maromda, ya’ni yillik o’rtacha 10 foizdan ortib borgan.

Yuqoridagi ko’rsatkichlarning holatidan kelib chiqib, korxonaning iqtisodiy faoliyatini umumlashiruvchi natijaga yanada aniq, ob’ektiv baho berish uchun biz ushbu raqamlarni solishtirma baholarda o’rganib chiishimiz lozim. «Wincler» mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi 2016 yilda 299587 ming so’mlik, 2017 yilda 310371 ming so’mlik hamda 2018 yilda mos ravishda 318883 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishgan. Bunda 2018 yil natijalarini avvalgi yillarga solishtirib, narxlar indeksini hisobga olingan holda haqiqiy o’zgarishni aniqlashimiz mumkin. Ya’ni 2018 yilda 2016 yilga nisbatan korxona 19296 ming so’mlik yoki 6,4 foiz o’sishga erishgan bo’lsa, 2017 yilga nisbatan esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 8512 ming so’mga yoki 2,7 foizga ortganligi jadval ma’lumotlarida tasdiqlangan.

Yuqoridagi tahlil natijalariga ko’ra, korxona mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichining yillik o’rtacha o’zgarishini hisoblaydigan bo’lsak, 2018 yil natijaviy holati ta’sirida so’nggi uch yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi yiliga amaldagi baholarda o’rtacha 26409,5 ming so’mga, solishtirma baholarda esa, yiliga o’rta hisobda 9648 ming so’mni tashkil qildi.

Korxona 2016 yilda iste’mol bozoriga taklif etilgan ne’matlar - yuqori sifatli, vitaminlangan mahsulot hisoblangan, 279055 ming so’mlik non mahsulotlari, 2017 yilda 292084 ming so’mlik mahsulotni va 2018 yilda esa, 326047 ming so’mlik non mahsulotini sotdi.

Korxona miqyosi va unda bajariladigan ishlar hajmi katta emasligini undagi ishlovchilarning miqdor ko’rsatkichi ham bildirib turibdi, ya’ni mas’uliyati cheklangan jamiyatimizda 2016 yilda hammasi bo’lib 32 kishi faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2018 yilga kelib, mavjud ish o’rinlaridan 1 nafar iqtisodchi va 1 ta hisobchi shtati qisqartirilgan, ayni paytda 2017 va 2018 yillarda hammasi bo’lib 6 ta qo’shimcha ishchi o’rni yaratilishi hisobiga 36 nafar ishchi-xodim xo’jalik faoliyatining samarali borishiga o’zining munosib hissasini qo’shdi shulardan 7 nafari kasb xunar kollejlarining bitiruvchilaridir.

Har qanday iktisodiy birlikda mulkchilik shakli, ishlab chiqarish turi va xarakteri qanday bo’lishidan qat’iy nazar, uning faoliyati mehnat jamoasi a’zolarining tegishli salohiyatini qanchalik ishga solganligi, qo’pol qilib aytadigan bo’lsak, o’zining jismoniy va aqliy qobiliyatlarini qay darajada ishga solganligini aniqlash maqsadida mazkur jarayonning natijasi sifatida – mehnat unumdorligi ko’rsatkichini o’rganib chiqish talab etiladi. CHunki, barcha iqtisodiy resurslar inson omili ta’siri ostida xarakatga keltirilib, moddiy va nomoddiy ne’matlar yaratiladi. Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, ish sifati zarur darajada bo’lgani holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo’lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.

2016 yilda mehnat unumdorligi ko’rsatkichi, ya’ni bir ishlovchi hisobiga to’g’ri keladigan yillik mahsulot hajmi 9362,1 ming so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2017 yilda bu ko’rsatkich 8621,4 ming so’mga, 2018 yilda esa, mos ravishda 8857,9 ming so’mga yetgan. Bunda mehnat unumdorligi ko’rsatkichi 2018 yilda 2016 yilga nisbatan 504,2 ming so’mga yoki 5,4 foizga kamayganligini ko’ramiz, 2017 yilga nisbatan esa, 236,4 ming so’mga yoki 2,7 foizga ortgan. Bunda korxonaning o’z ichki imkoniyatlari deyarli o’zgarmagan holda mahsulot ishlab chiqarish salohiyati ba’zi yillarda goh kamayib, goh ortib borishi aniqlandi. Taxlillar natijasida bu xolatning asosiy omili korxonaning xom ashyo bilan ta’minlanish darajasi bir maromda bo’lmaganligi xisoblanadi.

Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan ta’min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va mehnatga to’langan ish haqi xarajatlari bilan o’lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o’lchanishi mumkin. SHuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi. Korxonaning ish haqi jamg’armasi 2016 yilda 41592 ming so’mni, 2017 yilda 56790 ming so’mni va 2018 yilda mos ravishda 65012 ming so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2018 yilda ish haqi jamg’armasi 2016 yilga nisbatan 23420 ming so’mga yoki 56,3 foizga ((65012/41592)*100-100=56,3), 2017 yilga nisbatan esa, 8222 ming so’mga yoki 14,5 foizga ortiq ((65012/56790)*100-100=14,5) to’lovni tashkil etgan(1- rasm).











Download 465,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish