Vzu davlat va huquq asoslari



Download 395,4 Kb.
bet69/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Pensiya ta’minoti

Pensiyalar (lot. pensio — toʻlov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa subʼyektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umr-bod toʻlanadigan toʻlovlar. Ijtimoiy taʼminot shakli hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39moddasiga binoan, "har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xrllarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega"dir. P., nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqsori rasman belgilab qoʻyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas. Pensiya taʼminoti masalalari Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida" qonuni (1993 yil 3 sentabr) bilan belgilangan. UzR da doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti davlatlararo bitimlar (shartnomalar)da oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, OʻzR fuqarolari bilan teng ravishda P. olish huquqiga egadirlar. Harbiy xizmatchilar, shuningdek, ichki ishlar organlari boshliqlari va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarni hamda ularning oila aʼzolarini P. bilan taʼminlash shartlari, normalari va tar-tibi UzR qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ayni vaqtda ularga "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonun asosida pensiya olish huquqi ham beriladi. P.ning turli xillarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga ularning tanlashiga qarab bitta pensiya tayinlanadi.


P.ning 3 xil turi mavjud: yoshga doir P.; nogironlik P.i; boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi. Yoshga doir P., oʻz navbatida, 2 xil boʻladi: umu-miy asoslarda tayinlanadigan va im-tiyozli asoslarda tayinlanadigan P. Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir P. — erkaklar 60 yoshga toʻlganda va kamida 25 i. mehnat stajiga ega boʻlganda, ayollar 55 yoshga toʻlganda va kamida 20 yillik mehnat stajiga ega boʻlganda tayinlanadigan P.dir. Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda ayollarning oʻz mehnatidan manfaatdorligini oshirish maqsadida UzR ning "Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida" (1999 i. 14 aprel) dagi qonuniga asosan, kamida 20 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar 54 yoshda pensiyaga chiqib, toʻliq pensiya olishlari mumkin. Bu qonun 1999 yil 1 iyuldan kuchga kirgan. UzR Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250sonli qarori bilan tasdiklangan 1, 2, 3 roʻyxatlarga muvofiq, fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli asoslarda tayinlanadigan yoshga doir P. olish huquqiga ega boʻladilar. Mac, ayrim toifa fuqarolar, yoshidan katʼi nazar, yoshga doir pensiyaga chiqishi yoki 10 yilga, boshqalari, uchun pensiya yoshi, talab etiladigan mehnat staji 5 yilga qisqartirilgan, baʼzi guruh shaxslar uchun yanada imti-yozliroq shartlar belgilangandir (liliputlar va pakanalar uchun). Krnunda xodimlarning soni qisqartirilishi va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tugatilishi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar (erkaklar —58 yoshga toʻlganida va mehnat staji kamida 25 yil boʻlganida; ayollar —53 yoshga toʻlganda va mehnat staji kamida 20 yil boʻlganda) P. olish huquqiga ega boʻlishi koʻrsatilgan.
Yoshga doir P. ishlamaydigan pensionerlarga ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan toʻliq miqdorda toʻlanadi. Ishlab turgan pensionerlarga ularning ish joyida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Qoidaga koʻra, ishlayotgan pensionerlarga yoshga doir P.ning 50% miqdorida toʻlanadi. Bundan istisno tariqasida ayrim toifa xodimlarga yoshga doir P. toʻliq miqdorda toʻlanadi. UzR Pre-zidentining "Xotinqizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi-da"gi farmoni (1999 yil 17 mart)ga muvofiq, yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylari, "Mehribonlik" uylaridagi tarbiyachilar, shuningdek, kutubxonachilar sifatida ishni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar boʻyicha kamida 10 yil stajga ega boʻlgan ayollarga 1999 yil 1 iyuldan boshlab P. toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Nogironlik P.i mehnat qobiliyatini amalda uzok, muddatga yoki bu-tunlay yoʻqotish (nogironlik) munosabati bilan tayinlanadi. Nogironlik P.i nogironlik qachon boshlanganidan: ish davridami, ishga kirguncha yoki ishni toʻxtatgandan keyinmi, bundam qatʼi nazar, quyidagi shaxslarga tayinlanadi: mulkchilik shakli, xoʻjalik yuritish usuli va turidan qatʼi nazar, korxonalarda, mu-assasalar, tashkilotlarda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xo-dimlarga; jamoa, kooperativ, ak-siyadorlik, jamoa korxonalari aʼzosi boʻlgan xrlda u yerda mehnat qilgan shaxslarga; qarbiy xizmatchilarga; byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasip belgilangan badallarni mun-tazam toʻlab kelgan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga, dehqon xoʻjaligi aʼzolariga; pensiya jamgʻarmasiga tegishli badallar toʻlangani holda ij-timoiy davlat sugʻurtasi bilan sugurtalanmagan boʻlsada, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti xu-susida xodimlarga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga. Qonunga muvofiq, nogironlik pensiyasi mehnatda ma-yib boʻlgan yoxud kasb kasalligiga chalinganda meqnat stajidan qatʼi nazar toʻlanadi. Umumiy kasallik tufayli nogiron boʻlib qolganda nogironlik pensiyalari tayinlash uchun muayyan umumiy mehnat staji talab etiladi. "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonunning 17moddasida ana shu mehnat stajlari koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu konunga binoan, 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilgandan keyin nogiron boʻlib qolgan shaxslarga P. mehnat stajidan qatʼi nazar tayinlanadi. Pensiyani tayinlash OʻzR Vazirlar Maqkamasining 1994 yil 11 maydagi 249qarori bilan tasdiklangan "Pensiyalar tayinlash uchun zarur boʻlgan qujjatlarni takdim etish va rasmiylashtirish sharti toʻgʻrisida"gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Boquvchisini yoʻqotganlik P.i — pensiya jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan har oyda beriladigan toʻlovlardan iborat boʻlib, uning miqdori vafot etgan boquvchining ish haqiga, uning qaramogʻida boʻlib kelgan meh-natga krbiliyatsiz oila aʼzolari soniga bogʻliqdir. Bularga daxldor masalalar "Fukarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonunda koʻrsatilgan (19, 20moddalar). Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi pensioner boshqa nikohga kirganda ham saqlab qoli-nadi. Biroq yangi nikoqga kirgandan keyin pensiya tayinlash uchun muro-jaat qilinsa, pensiya tayinlanmaydi. Mehnatga qobiliyatsiz, yaʼni 60 va 55 yoshga kirgan yoki nogiron boʻlgan buva va buvilar, agar qonunga muvo-fiq, ularni boqishi shart boʻlgan kishilari boʻlmasa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega boʻladilar.
Qonunda P. ni tayinlash, hisoblash, qayta hisoblash va toʻlash tartibi koʻrsatib oʻtilgan. P. miqdori mehnat staji muddatiga bogʻliq boʻlib, u: pensiyaningtayanch miqdori; mehnat staji uchun pensiyaning oshirilgan qis-mi; pensiyaga qoʻshiladigan ustama haqlardan tashkil topadi. Qonunga muvofiq, P. tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanadi. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlar ular tushgan kundan eʼti-boran 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. Yoshga doyr pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab 3 oy ichida uni soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, pensiya yoshiga toʻlgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 3 oy ichida pensiya soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun, 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga — umrbod tayinlanadi. Pensioner nogironlarni kayta tib-biy koʻrikdan oʻtkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi. Boquvchisini yoʻqotganlik P.i — pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan eʼtiboran tayinlanadi. Pensiya mar-humning oila aʼzosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun: oilaning erkaklar —60 yoshga, ayollar —55 yoshga toʻlgan aʼzolari uchun esa umrbod tayinlanadi.



Download 395,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish