Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan


Yopiq sport inshootlariga gigiyenik talablar



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/188
Sana13.01.2022
Hajmi2,25 Mb.
#358747
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   188
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

Yopiq sport inshootlariga gigiyenik talablar.
 Sport  inshootlari (zallar, 
suzish xavzalari va h.z) maxsus yoki jamoa inshootlari (o’quv yurtlari, jamoalar 


 
177 
va  h.z.)  tarkibiga  kiritilishi  mumkin.  Sport  inshootlarining  xizmat  xonalari  bir-
biri  bilan  shunday  bog’lanishi  kerakki,  shug’ullanuvchilar  quyidagi  tartibda 
harakat  qilishi  amalga  oshirilsin:  kiyimlar  uchun  vestyubl-garderob  –  erkak  va 
ayollarning kiyinish xonalari (dush va xojatxona bilan) – sport zali. Inshootning 
ichki  ishlovi  muhim  gigiyenik  ahamiyat  kasb  etadi.  Devorlari  tekis,  to’p 
tegishlariga  chidamli  va  nam  yig’ishtirishga  qulay  bo’lishi  kerak.  Markaziy 
isitish  radiatorlari  devor  ichiga  joylashtirilib,  himoya  panjaralari  bilan 
ta’mirlangan  bo’lishi  kerak.  Eshik-romlari  bo’rtib  chiqqan  joylarga  ega 
bo’lmasligi  lozim.  Tibbiy  shahobcha  sport  zallarga  yaqin  joyda  bo’lishi  kerak. 
Ko’rinadigan joylarda strelkali belgilar yordamida tibbiy shahobcha joylashgan 
joy ko’rsatilishi lozim. Sport zallardagi inventarlar sozlangan, ishchi holatda va 
shakli, vazni va material sifati bo’yicha ma’lum standartlarga mos kelishi lozim. 
Ularga  quyidagi  gigiyenik  talablar  qo’yiladi:  sport  jarohatlarini  oldini  olishga 
yo’naltirilgan, 
havoni 
chang 
bilan 
iflosga 
qarshi 
yo’naltirilgan, 
shug’ullanuvchining  yoshiga  snaryadlarning  mos  kelishiga  yo’naltirilgan 
talablardir. Bularning hammasi o’quv-mashg’ulotlarini normal holatda o’tishiga 
sharoit yaratib beradi. Sport zallarni har kuni nam holda yig’ishtirish, haftasida 1 
marta  pollar, devorlar  va sport inventarlari  general  yig’ishtirilishi kerak. Yopiq 
sport zallarida chekish, sport kiyimisiz shug’ullanish qatiyan man etiladi. 
Devorlarni  bo’yashda  yorug’likni  qaytarilish  darajasi  va  ruhiy  fiziologik 
funktsiyalarga ta’siri inobatga olishini zarur: yashil rang tinchlantiradi va ko’rish 
a’zosiga  yaxshi  ta’sir  etadi;  sariq  va  qizg’ish  rang  tetiklashtiradi  va  issiqlik 
sezgisini  chaqiradi;  qizil  rang  qo’zg’atadi;  havo  va  binafsha  rang  tormozlaydi. 
Yog’li  bo’yoqlar  qo’llanilganda  devor  va  shiplar  to’liq  bo’yalmaydi,  chunki 
inshootning tabiiy ventilyatsiyasiga qarshilik ko’rsatadi. Pollar tekis, silliq emas, 
elastik,  yengil  yuviluvchi  bo’lishi  lozim.  Inshootlarda  optimal  mikroiqlimni 
hosil  qilinishi  o’ziga  xos  gigiyenik  ahamiyatga  ega:  havo  harorati  +15˚C 
darajasida ushlab turilishi kerak, nisbiy namlik 30-60%, havoning harakat tezligi 
0.5  m/s  bo’lishi  lozim.  Kurash  va  stol  tennisi  zallari  uchun  havo  harakatining 


 
178 
tezligi  0.25  m/s  dan,  dushlarda,  kiyinish  va  massaj  qilish  xonalarida  0.15  m/s 
dan  oshmasligi  kerak.  Zaruriy  havo  almashinuvini  ta’minlash  uchun  markaziy 
ventilyatsion moslamalardan foydalaniladi, tashqaridan ichkariga soatiga 80 m
3
 
bir shug’ullanuvchi uchun va 20 m
3
 bir tomoshabin uchun havo yuboriladi. Agar 
buning  imkoniyati  bo’lmasa,  tabiiy  yo’l  bilan  ventilyatsiya  amalga  oshiriladi 
(oynalarni,  fortochkalarni  ochib).  Buning  uchun  aeratsiya  koeffitsiyenti 
aniqlanadi  va  normada  1/50  nisbatda  bo’ladi,  ya’ni  fortochkalarning  umumiy 
maydoni  polning umumiy  maydonidan 50  marta  kichik bo’ladi. Sport  zallarida 
havoni  almashtirish  soatiga  3-4  marta  bo’lishi  kerak.  Sport  zallari  imkon 
darajasida  tabiiy  yoritilishi  lozim;  sun’iy  yoritish  yorug’likni  tarqatuvchi 
yoritkichlar  bilan  amalga  oshiriladi.  Yorug’lik  bir  me’yorda  tarqalishi  va 
normalarga  amal  qilingan  holda  gorizontal  va  vertikal  yoritishning  zaruriy 
darajalari  ta’minlanishi  kerak.  Markaziy  asab  tizimining  tonusini  aniqlashda, 
ko’rish  analizatorlarining  holatiga  ta’sir  etishda,  jarohatlanishni  aniqlashda 
yoritishning  gigiyenik  ahamiyati  kattadir.  Yoritishga  gigiyenik  talablar 
quyidagilardir:  tabiiy  yoritishga  mos  bo’lishi  kerak;  maydonning  hamma 
yuzasiga  bir  xil  tarqalishi  kerak;  kunning  hamma  vaqtlarida  doimiy  bo’lishi 
kerak;  ko’zga  yaqqol  tushmasligi  kerak;  issiqlik  effektini  bermasligi  kerak. 
Tabiiy  yoritishni  baholash  quyidagi  mezonlar  bo’yicha  amalga  oshiriladi: 
mahalliy  yorug’lik  iqlimi,  kun  vaqti,  yorug’lik  tushushi  bo’yicha  inshootning 
qurilishi, yorug’lik tushishi bo’yicha derazalarning qo’yilishi (yaxshisi janubiy-
sharqiy),  derazalarga  daraxtlarning  yaqinligi  (20  m  dan  yaqin  emas),  qo’shni 
binolarning yaqinligi, derazalarning kattaligi va shakli (yaxshisi to’rtburchakli), 
oynalarning  tozaligi,  derazalardagi  oynalar  soni  va  ularning  himoyalanganligi, 
poldan  derazalarning  joylashgan  balandligi  (2  m  dan  kam  emas),  devordagi 
derazalar  oralig’i  (deraza  kengligidan  1,5  marta  kam  bo’lmagan),  inshoot 
shipidan  tutgan  o’rni  (0,5  m  dan  ko’p  emas),  inshootning  ichki  bo’yalishi 
(ko’zga 
tashlanuvchi 
rang), 
inshoot 
kattaligi. 
Shuningdek 
yorug’lik 
koeffitsiyenti  aniqlanadi,  ya’ni  derazadagi  oynalarning  maydoniga  pol 


 
179 
yuzasining  nisbati  –  sport  zallari  uchun  1/6,  ya’ni  pol  yuzasi  oynalarning 
umumiy  yuzasidan  6  marta  katta  bo’lishi  kerak;  agar  maydon  bir  tomonlama 
yoritilsa,  unda  yorug’lik  nurlarining  maydonning  ishchi  yuzasiga  tushish 
burchagi  aniqlanadi  va  u  270˚  bo’lishi  kerak,  shundagina  yorug’lik  ko’zga 
yaqqol  tushmaydi.  Shu  bilan  bir  qatorda  sun’iy  yoritishdan  ham  keng 
foydalaniladi.  Bu  maqsadda  lyuminestsent  lampalaridan  foydalaniladi.  Ular 
shipga  (umumiy  yoritish  uchun),  devorga  (yon  tomondan  yoritish  uchun)  va 
mahalliy  (ishchi  maydonni  yoritish  uchun)  ko’rinishda  qo’yiladi.  Sport 
turlarining  o’tkazilishiga  qarab,  lampalar  har  xil  balandlikka  osiladi.  Masalan: 
stol  tennisi  zali  uchun  minimal,  sport  o’yinlari  zali  uchun  8-9  m  balandlikda 
joylashadi.  Hamma  lampalar  himoyalangan  bo’lishi  bo’lishi  kerak.  Yoritishni 
optimal holatga keltirishda yorug’lik yo’nalishining quvvati muhim ahamiyatga 
ega, sport zallarida qo’llanilayotgan lyuminestsent lampalar uchun 13-16 Vt/m
2
 
va qizuvchi lampalar uchun 26-32 Vt/ m
2
 bo’lishi kerak. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish