Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Ma’muriy jazo turlari va ularni qo‘Ilash tartibi



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Ma’muriy jazo turlari va ularni qo‘Ilash tartibi
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Ma’muriy 
javobgarlik 
haqidagi  kodeksiga  muvofiq  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir 
etganligi  uchun  quyidagi  ma’muriy  jazo  choralar  qo‘llanishi 
mumkin:  jarima;  ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli 
hisoblangan yoki  bevosita uning predmeti  bo‘lgan  ashyoni  haqini 
toiash  sharti  bilan  olib  qo‘yish;  m a’muriy  huquqbuzarlikni  sodir 
etish  quroli  hisoblangan  yoki  bevosita  uning  predmeti  bo‘lgan 
ashyoni  musodara  qilish;  muayyan  shaxsni  unga  berilgan maxsus 
huquqdan mahrum qilish;  ma’muriy  qamoqqa olish  ( 0 ‘zR.  MJhK 
23-modda).
Shu bilan birga ma’muriy huquqbuzarlikka asosiy yoki asosiy 
va  qo‘shimcha  jazo  belgilanishi  mumkin.  Ta’kidlash  lozimki, 
ashyolami  haqini  to‘lash  sharti  bilan  olib  qo‘yish  yoki  musodara 
qilish  ham  asosiy,  ham  qo‘shimcha  ma’muriy  jazo  tariqasida 
qo'llanishi mumkin ( 0 ‘zR.  MJhK 24-modda).
Tibbiy  xodimlarning  ma’muriy  kasb  huquqbuzarliklari 
uchun  aksariyat  holatlarda  jarima  ko‘rinishidagi  ma’muriy  jazo 
belgilanadi.


Jarima  davlat  hisobiga  pul  undirish  bo‘lib,  uning  miqdori 
huquqbuzarlik  sodir etilgan vaqtdagi,  davom  etayotgan  ma’muriy 
huquqbuzarlik  uchun  esa  bu  huquqbuzarlik  aniqlangan  vaqtdagi 
belgilab  qo‘yilgan eng kam  oylik ish haqidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi.  Fuqarolarga  va  mansabdor  shaxslarga  solinadigan 
jarimaning  miqdori  farqlanadi.  Ya’ni,  fuqarolarga  solinadigan 
jarimaning  eng  каш  miqdori  eng  kam  ish  haqining  ellikdan 
bir  qismidan,  mansabdor  shaxslarga  esa  -   o‘ndan  bir  qismidan 
kam  bo‘lmasligi  kerak.  Fuqarolarga  solinadigan  jarimaning 
eng  ko‘p  miqdori  eng  kam  oylik  ish  haqining  besh  baravaridan, 
mansabdor  shaxslarga  esa  -   o‘n  baravaridan  oshmasligi  kerak. 
Ayni  vaqtda,  istisno  holatlarda  alohida  turdagi  huquqbuzarliklar 
uchun  fiiqarorlarga -  eng  kam  ish haqining  yuz  baravarigacha  va 
mansabdor  shaxslarga  esa  -   yuz  ellik  baravarigacha  miqdorda 
jarima solinishi mumkin ( 0 ‘zR. MJhK 25-modda).
Qonunchilikka 
muvofiq 
joylardagi 
mahalliy 
davlat 
hokimiyati  organlari  jamoat  tartibini  saqlashga  doir  masalalar 
yuzasidan,  basharti  bu  masalalar  ushbu  Kodeks  bilan  tartibga 
solinmagan bo‘Isa, shuningdek tabiiy ofatlar va eidemiyaga qarshi 
kurash  masalalari  bo‘yicha  ulami  buzganlik  uchun  ma’muriy 
javobgarlikka torish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilishi mumkin 
( 0 ‘zR.  MJhK  6-modda).  Bunday  holatlarda  joylardagi  mahalliy 
davlat  hokimiyati  organlarining  qarorlari  bilan  belgilanadigan 
jarimaning  eng  ko‘p  miqdori  fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining 
uch  baravaridan,  mansabdor  shaxslarga  esa  -   besh  baravaridan 
oshmasligi kerak ( 0 ‘zR. MJhK 25-modda).
Ashyolami  haqini  to‘lash  sharti  bilan  olib  qo‘yish  yoki 
musodara  qilish  ko‘rinishidagi  jazo  turlari  xususiy  tibbiy  yoki 
farmatsevtika amaliyoti sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli  hisoblangan 
yoki  bevosita  uning  predmeti  boigan  ashyoni  haqini  to‘lash 
sharti  bilan  olib  qo‘yish,  shu  ashyoni  majburiy  tarzda tortib  olib, 
uni keyinchalik  sotishdan  iboratdir.  Bunda tushgan pul  ashyoning


sobiq  egasiga  tortib  olingan  ashyoni  sotish  harajatlarini  chegirib 
tashlagan  holda  topshiriladi.  Musodara  qilish  esa  shu  ashyoning 
haqini  to‘lamasdan  majburiy  tarzda  davlat  mulkiga  o ‘tkazishdan 
iboratdir.  Musodara  qilish  haqida  qaror  tuman  (shahar)  sudining 
m a’muriy  ishlar  bo‘yicha  sudyasi,  soliq  va  bojxona  idoralari 
tomonidan qabul qilinadi.
Qonunchilikda  ma’muriy  jazo  qo‘llashning  ma’lum  bir 
muddatlari  ko‘zda  tutilgan  ( 0 ‘zR.  MJhK  36-modda).  Ya’ni,  ular 
huquqbuzarlik  sodir  etilgan  kundan  boshlab,  davom  etayotgan 
huquqbuzarliklar  uchun  esa,  huquqbuzarlik  aniqlangan  kundan 
boshlab  ikki  oydan  kechiktirmay  qo‘llanilishi  mumkin.  Ushbu 
muddatlar  ashyoni  bojxona  organlari  tomonidan  musodara  qilish 
holatlariga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, jinoyat ishi  qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat 
ishini  to‘xtatish  to‘g ‘risida  qaror  qabul  qilingan  holatlarda  ham 
m a’muriy jazo  belgilash  muddati  farqlanadi.  Bu  kabi  holatlarda 
jinoyat  ishi  qo‘zg‘atishni  rad  etish  yoki  jinoyat  ishini  to‘xtatish 
to ‘g ‘risida  qaror  qabul  qilingan  kundan  boshlab  bir  oydan 
kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish