Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Passiv evtanaziya yoki ortotanaziya



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Passiv evtanaziya yoki ortotanaziya
 to‘liq va qisman bo‘lish 
mumkin.  To‘liq  ortotanaziya  umidsiz,  kuchli  azobni  boshidan 
kechirayotgan  bemorlar  hayotini  saqlash  va  quwatlab  turishga 
qaratilgan  aktiv  chora-tadbirlardan  voz  kechishini  anglatadi. 
Qisman  ortotanaziya  esa  zarur  bo‘lgan  tibbiy  yordamni  noto‘liq 
hajmda ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Huquq  nuqtai-nazaridan  ortotanaziya jinoiy  harakat  bo‘lib, 
“o‘z  kasbiy  vazifalarini  lozim  darajada  bajarmaslik”  ( 0 ‘zR  JK 
116-modda) yoki “xavfda qoldirish” ( 0 ‘zR JK  117-modda) sifatida 
baholanishi mumkin.
Nisden  shahri  (Angliya)  kasalxonasining  rahbariyati  xavfli 
o ‘smalar,  nafas  a’zolari  va  bo‘yrakning  surunkali  kasalliklarida 
reanimatsion  chora-tadbirlar  qo‘llashni  ta ’qiqlash  haqida  buyruq 
bergan.  Bunday  bemorlaming  kasallik  tarixiga  oldindan  maxsus 
shift NTBR (not to  be resuscitated -  reanimatsiyaga molik emas) 
yozib qo‘yilgan.
AQSHning  ayrim  shifoxonalarida  og‘ir,  umidsiz  bemorlar 
krovatiga DNR (do not resuscitate - reanimatsiya qilinmasin) harfli 
taxtachalar osib qo‘yiladi.
Umidsiz  bemorlar  tomonidan  tibbiy  muolajalami  qisman 
yoki  to ‘liq  rad  etilishini  nazariy  jihatdan  passiv  evtanaziyaga 
taalluqli  deb  hisoblash  mumkin.  Shu  bilan  birga  jamiyat  ayrim 
holatlarda  amalga  oshirilgan  ortotanaziya  amaliyotiga  turlicha 
munosabat bildiradi.  Xususan, ayrim mashhur shaxslarning passiv 
evtanaziyasi tushunish bilan qabul qilingan.
AQSHning sobiq prezidenti Richard Nikson birinchi insultdan 
so‘ng vrachlargayozma ravishda murojaat etib, agarda insult ikkin- 
chi  marta takrorlansa v a u o ' z  irodasini ma’lum  qiladigan holatda 
bo‘lmasa, hayotini sun’iy tarzda uzaytirishga qaratilgan amaliyotini 
qo‘llamaslikni iltimos qilgan.
Rakning so‘nggi bosqichi bilan og‘rigan Frantsiyaning sobiq 
prezidenti  Fransua  Mitteran  shaxsiy  vrachi  bilan  maslahatlashib,


vasiyatnoma  rasmiylashtirgandan  so‘ng  ongli  ravishda  dori- 
darmonlar qabul qilishni to‘xtatgan.
“Reanimatsiyaga monelik qiladigan ko‘rsatma” sifatida ilm­
iy talqin etiladigan ortotanaziya amaliyoti ayrim tadqiqotchilaming 
fikricha insoniylik elementlariga ega boiib,  zamonaviy tibbiyotda 
o‘zini oqlashi mumkin (A. Ya. Ivanyushkin,  1990).
Harbiy-dala  jarrohligining  asoschisi  N.  I.  Pirogov  tibbiy 
sortirovka  tamoyillarini 
tuzish  jarayonida  umidsiz, 
og‘ir 
yaralanganlar  guruhini  ajratgan bo‘lib,  ularga yordam  ruhoniy  va 
m uruw at hamshirasi tomonidan amalga oshirilgan.
Og‘ir  bemorlarga  tashhis  qo‘yish  va  kasallik  oqibatlarini 
prognoz 
qilishda 
“qaltis 
xatolik”lar  bo‘lishi 
mumkinligi 
evtanaziyaga qarshi bo‘lganlarning jiddiy asosi hisoblanadi. Buyuk 
shoir Petrarkani  dafn  etish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan 
vaqtda,  ko‘mishga bir necha soat qolganda u nafas ola boshlagan. 
Keyinchalik shoir o ‘ziga kelib, yana 30 yil umr kechirgan.
XIX 
asming mashhur jarrohi Ernst Bergman o ‘ziga muolaja 
qilinmaydigan ichak raki tashhisini qo‘yib, operatsiyani rad etgan. 
Uning  murdasini  tekshirish  jarayonida  xavfsiz  o ‘sma  topilgan. 
Ushbu  holatda jarrohlik  amaliyoti  uning  hayotini  saqlab  qolishi 
mumkin edi.
Munosabatlaming o‘zaro zidligiga qaramay, ayrim davlatlarda 
passiv evtanaziya sekin-asta jamiyat fikri bilan ma’naviy tomondan 
tan  olinmoqda,  alohida mamlakatlarda esa  mos  tarzdagi  qonunlar 
qabul  qilingan.  Xususan,  Shvetsiyada  va  Finlandiyada  hayotni 
samarasiz  tarzda  quwatlab  turishni  passiv  evtanaziya  yo‘li  bilan 
to ‘xtatish  g‘ayriqonuniy  hisoblanmaydi.  Bemor  o‘z  irodasini 
mustaqil  va  ongli  tarzda  bildirishi  vrach  uchun  bu  kabi  qarorni 
qabul qilinishiga asos hisbolanadi.  Bemor hushsiz bo‘lgan holatda 
uning qarindoshlari tomonidan kiritilgan bu kabi  iltimos,  huquqiy 
tomondan asos bo‘la olmaydi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish