Sabablari.
Kasallik uzoq muddat bir xil oziqlantirish oqibatida
kelib chiqadi. Buzoqlarning kasallanishi ularni sun’iy sut bilan boqishga
barvaqt o’tkazilishi oqibatida kuzatiladi. Riboflavinning endogen
yetishmovchiligi hayvonlarda surunkali gepatit, gepatozlar, jigar sirrozi,
hazm
faoliyatining
buzilishi,
oshqozon-ichaklar
mikroflorasi
140
faoliyatining
pasayishiga
sabab
bo’ladigan
antibiotiklar,
sulfanilamidlarning og’iz orqali qo’llanilishi hamda ichaklarda
gelmintlarning bo’lishi oqibatida kuzatiladi. Riboflavinning faolligi
uning antivitamini - galaktoflavin, 6-metilflavin va boshqalar ta’sirida
ham pasayadi.
Rivojlanishi.
Riboflavin (o’sishni rag’batlantiruvchi omil)
ichaklarda so’rilib, jigarda to’planadi, fosforlanish jarayonida fosfor
kislotasi efiriga aylangandan keyin faol shaklga o’tadi. Bu jarayon
asosan ichaklarda va qisman jigarda va buyraklarda amalga oshadi.
Shuning uchun og’iz orqali qabo’l qilingan riboflavinning faolligi vena
orqali yoki muskul orasiga yuborilgan riboflavinga nisbatan yuqori
bo’ladi.
Riboflavinning
yetishmovchiligi
oqibatida
flavoproteid
fermentlarining sintezi pasayadi va oqsillar, uglevodlar, lipidlar va
boshqa moddalar almashinuvi izdan chiqadi. Siydik bilan triptofan,
gistidin, treanin va boshqv aminokislotalarning chiqarilishi kuchayadi,
organizmda markaziy azot balansi rivojlanib, ariqlash, o’sishdan qolish,
junlarning tushib ketishi, organizmda pirouzum, sut va boshqa
kislotalarning to’planib qolishi, asab tizimi, yurak, ko’rish va boshqa
a’zolar funksiyalarining izdan chiqishi kuzatiladi.
Belgilari.
B
12
gipovitaminozning
umumiy
belgilari:
mahsuldorlikning pasayishi, o’sishning sekinlashishi, oziqalar sarfining
ortishi hisoblanadi. Junlarning tushib ketishi, ayniqsa ko’z atrofida, bel
sohasida qayd etiladi, dermatit, yaralarning bitishining sekinlashishi
yoki tez bitmaydigan yaralar paydo bo’lishi mumkin. Lablar va og’iz
chetlarida yorilishlar bilan kechadigan stomatit rivojlanadi. Og’iz va til
shilliq pardasida giperemiya, qovoqlarning shishi, sulak oqishining
kuchayishi,
kon’yuktivit,
yorug’likdan
qo’rqish,
keyinchalik
shoxpardaning vaskulyarizasiyasi va keratit rivojlanadi.
Shuningdek, asab tizimi funksiyalarining izdan chiqishi, ataksiya,
muskullar tonusining pasayishi, giperkineziya, orqa oyoqlarning yarim
falaji yoki falaji kuzatiladi. Ona hayvonlarda kuyikishning kechikishi,
qisir qolish, ona cho’chqalarda otalanish darajasining pasayishi,
embrional o’limning ko’payishi, muddatidan 14-16 kun erta tug’ish,
buzoqlarda tanglay, til va lablarning qizarishi, kuchli sulak ajralishi,
ko’zdan yosh oqishi, qorinning pastki qismida terining yallig’lanishi,
junlarning hurpayishi, orqa oyoqlar va qorin sohasi terisi junlarining
simmetrik tarzda tushishi xarakterli bo’ladi.
Kasal
Hayvonlar
qonidagi
riboflavinning
miqdori
8-16
141
mkg/100ml.dan kam bo’ladi.
Tashxis
patologoanatomik o’zgarishlar, oziqalar tarkibidagi
riboflavin miqdorini aniqlash, uning preparatlarini qo’llashning
terapevtik samaradorligi ko’rsatgichlari asosida qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |